Qayta kristallanish tartibini bering. Qayta kristallanish bu organik moddalarni tozalash usullaridan biri. Bunda 1-navbatda ifloslangan modda biror erituvchida eritiladi. Erituvchini to’g’ri tanlash krak
Qayta kristallanish tartibini bering.-Qayta kristallanish bu organik moddalarni tozalash usullaridan biri.Bunda 1-navbatda ifloslangan modda biror erituvchida eritiladi.Erituvchini to’g’ri tanlash krak.2-navbatda esa aralashma qaynash darajasigacha qizdiriladi.So’ng 3- navbatda issiq aralashma tezda filtrlanadi.So’ng hona haroratida sovutiladi.
Moddalarning kristallanish printsipi nimaga asoslanadi?-Moddalarning turli xil eruvchanligiga va turli xil tezlikda kristallanish prinsipiga asoslanadi.
Kristallanish jarayonida erituvchini tanlash shartlarini sanab bering.-Qayta kristallash jarayonida erituvchini to’g’ri tanlash juda katta ahamiyatga ega.Bu quyidagicha :
1)tozalanayotgan moddadagi aralashmalarni yaxshi eritishi kerak.Modda bilan aralashmaning o’rtasidagi farq qanchalik katta bo’lsa shunchalik yaxshi .
2)tozalanayotgan moddaning eruvchanligi temperatura ortishi bilan oshishi kerak,shundagina olinayotgan modda unumi yaxshi chiqadi.
3)tozalanayotgan moddaning oddiy temperaturadagi eruvchaligi o’rtacha bo’lishi kerak.Ya’ni modda qo’shimchalarga qaraganda erituvchida unchalik yaxshi erimasligi lozim.Shuningdek erituvchi tanlashda modda bilan erituvchining ham tuzilishi hisobga olinadi.
n-geksandan kristallanish uchun asboblarni tavsiflang; suvdan; dioksandan. –Asboblar:stakan,shisha voronka yoki byunxer voronkasi,bunzen kolbasi ishlailadi.Stakan eritma hosil qilish uchun,voronkalar esa filtrlash uchundir.Kam miqdordagi moddalar esa maxsus probirkasimon so’rg’ich idishda vakumda filtrlanadi.Kolba esa eritma uchun.
Kristallanish jarayonida eng katta kristallarni qanday olish mumkin?-Bunda toza va yirik kristal olish uchun eritma sekin sovitilib,kristallanishga xalaqit beruvchi moddalar tushmasligi uchun qog’oz bilan yopib qo’yish kerak.Kristallanish markazlari qanchalik kam bo’lsa shunchalik katta Kristal olish imkoniyati ham ortadi.Eritmani tinch qoldirish kerak unga tashqi tomondan tasir bo’lmasligi kerak.
Agar aralashmangizni qayta kristallashtirish uchun etanol, xloroform va suv mos kelsa, ish uchun qaysi erituvchilarni tanlaysiz?-Agar uchala erituvchi ham mos kelsa ko’proq bezarar hamda tezroq uchib ketadigan erituvchidan foydalanganimiz maqulroq.Shuningdek erituvchi arzon bo’lishi kerak.Albatta biz aniqlayotgan moddaning tuzilishini ham inobatga olishimiz maqsadga muvofiq.ko’pincha labaratoriyalarda asosiy erituvchi sifatida suv ishlatiladi.Chunki spirtlar yonuvchan ,tan narxi qimmatroq va xavfliroq.
Byuhner va Bunzen kolbasidan filtrlashda jarayoni va xavfsizlik choralari haqida.-Hosil bo’lgan kristallarni ajratish maqsadida odatda kamaytirilgan bosimda filtrlash (vakuumda filtrlash)usuli qo’llaniladi.Buning uchun esa Byunxer voronkasi yoki shotta va Bunzen kolbasi kerak. Vakuumda filtrlash uchun suv nasosidan foydalaniladi.Jarayonda Bunzen kolbasi suv nasosiga ulanadi. Ulanganda ulanish joylari germetik yopiq bo’lishi kerak.Suvni katta tezlik bilan oqizmaslik kerak.Byunxer varonkasidan sekinlik bilan eritmani quyish kerak.Bu jarayonda yolg’iz ishlamaslik kerak.