Yil fasllari
102(19)-guruh talabasi Bozorboyev Abbos
Yil fasllari
Bahor fasli
Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib qish va yoz fasllarining oʻrtasida joylashgan fasldir. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda — mart, aprel va maydan, janubiy yarimsharda esa sentabr, oktabr va noyabrdan.
Bahorda daraxtlar gʻuncha tugishga, havo asta-sekin isishga boshlaydi. Bu faslda qish faslida yogʻib oʻtgan qorlarning erishi va juda koʻp miqdorda yomgʻir, doʻl kabi yogʻinlarning yogʻishi suv omborlarini, koʻl va koʻlmaklarning toʻlishiga sabab boʻladi. Chaqmoq va Momoqaldiroq kabi tabiat hodisalari ham eng koʻp bahor faslida roʻy beradi. Bahor faslida yogʻinlarning va baʼzi tabiat hodisalarining koʻp miqdorda sodir boʻlishi baʼzi oʻlkalarda toshqin, sel va yongʻin kabi falokatlarga sabab boʻladi.
Taqvimiy bahorga qaraganda, astronomik bahor kechroq, yaʼni yozgi tengkunlikda (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-mart, janubiy yarimsharda 22 yoki 23-sentabrda) keladi va yozgi quyosh turishi (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-iyun, janubiy yarimsharda 21 yoki 22-dekabrda) boshlanadi.
Yoz fasli
Yoz toʻrt fasldan biridir. Yoz fasli bahor va kuz fasllarining orasida joylashgan boʻlib, eng issiq fasldir. Yoz fasli shimoliy yarimsharda eng uzun kundan boshlab, tengkunlikgacha davom etadi. Bu fasl Shimoliy yarimsharda [[22 iyundan 22 sentabrgacha, Janubiy yarimsharda esa 22 yanvardan 21 martgacha davom etadi.
Yoz — yilning eng issiq fasli; moʻʼtadil mintaqada (mas, Oʻzbekistonda) iyun, iyul, avg . oylari Yo. hisoblanadi. Xalq orasida yilning issiq yarmi Yo. deyiladi. Yoz faslining astronomik davomiyligi 93,6 sutkadan iborat. Baʼzi tarixiy manbalarda, chunonchi, "Bobirnoma"da bahor fasli Yo. deyilgan. [1]
Yoz fasli inson organizmi uchun eng kerakli fasllardan biridir. Yoz fasli, inson sogʻligʻi uchun juda zarur boʻlgan, suyaklarning rivojlanishi uchun katta dastak beradigan D vitaminiga boydir. Chunki D vitamini eng yaxshi quyosh nurlari bilan insonga oʻtadi. Quyoshda toblanish bod kasali bilan ogʻrigan odamlar uchun ham juda foydali. Meva,sabzavot va boshqa oʻsimliklar ham yoz faslida pisha boshlaydi.
Yozning juda qattiq jazirama issiq kunlari inson sogʻligʻi uchun zararlidir, haddan ziyod oftobda toblanish ham inson terisiga zarar berishi mumkin.
Kuz fasli
Kuz, yoz va qish orasida joylashgan fasl boʻlib shimoliy yarimsharda sentabr, oktabr va noyabr oylaridan, janubiy yarimsharda esa mart, aprel va may oylaridan iborat.
Kuz — yil fasli, mavsumi. Yerning Shimoliy yarim sharida koʻzgi teng kunlik (23-sentabr) dan qishki Quyosh turishi (21 yoki 22-dekabr) gacha davom etadi. Shartli ravishda sentabr, oktabr, noyabr oylarini K. deyiladi. Bu vaqtda Yerning Janubiy yarim sharida bahor. [1]
Kuz fasli kelganda asta-sekin kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. Sovuq, shamolli va yomgʻirli kunlar koʻpayadi. Daraxt va oʻsimliklarning barglari sargʻayib qurishga boshlaydi.
Qish fasli
Qish toʻrt fasldan biri boʻlib, kuz va bahor fasllarining orasida joylashgan eng sovuq fasldir. Qish fasli 3 oydan iboratdir. Shimoliy yarimsharda: dekabr, yanvar va fevraldan, Janubiy yarimsharda esa: iyun, iyul va avgustdan. Bu faslda iqlim darajasi minusga qarab tusha boshlaydi. Shu sababli sovuq yogʻingarchiliklar orta boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |