REJA
KIRISH
Abdulla Qodiriy mohir publitsist
Feleton haqida
Abdulla Qodiriy feletonlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Abdulla Qodiriy mohir publitsist
Abdulla Qodiriyning 1917 y. Oktyabr to‘ntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bog‘langan. Uning 1919—25 y.lar oralig‘ida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Adibning publitsistik chiqishlari avvalo o‘sha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasidir. 20-y.lar o‘rtalarida yozilgan “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydir?” satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi “harakter kulgusi” darajasiga ko‘tarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yo‘lidan bormay, harakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko‘rsatishga jazm etadi.
Zamonaviy matbuotimiz tarixi, xususan, “Mushtum” jurnalining tashkil topishi va felyeton janrining shakllanish jarayonlarini ham Abdulla Qodiriyning nomi bilan bog‘laymiz.
Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910 yillarning o'rtalariga to'g'ri keladi. "Sadoi Turkiston" gaztasining 1914 yil 1 aprel sonida, "Toshkent xabarlari" ustunida "yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosiladi. Oradan ko'p o'tmay, uning "to'y", "ahvolimiz", "Millatimga bir qaror", "fikr aylag'il" kabi she'rlari, "baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chop etiladi. Adib ijodining boshlanish davri namunalari bo'lgan bu asarlarda ma'rifatparvarlik ruhi, jadidona kayfiyat seziladi. Uning 1916 yilda yozgan "Uloqda" hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan o'zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi. 1923 yili "go'zal yozg'ichlar"da bosilgan "jinlar bazmi" hikoyasi bilan keyingi nusxalari taqqoslanganda adib o'z asarlari ustida qayta-qayta ishlagani, uning badiiyati va hayotiylik jihatlariga jiddiy diqqat qilganligi ayon bo'ladi. Abdulla Qodiriy o'z ijodiy taqdirini matbuot bilan bog'ladi. O'z davrining ayrim adiblari bilan matbuotda bahslashdi. "Jasorat – ayb emas", "shallaqi", "o'jar ko'r" nomli maqolalari bahslar natijasi o'laroq maydonga keldi. 1926 yilda "Mushtum" jurnalida "yig'indi gaplar" maqolasi bosiladi. Aynan shu maqolasidagi "yuqori rahbarlarga tegadigan qaltis gaplari" uchun, ayrim muttaham hamkasblari oqibatida adib 1926 yili 8 mart kuni qamoqqa olinadi. "Abdulla Qodiriy – Julqunboyning 1926 yil 15-17 iyunda bo'lib o'tkan sudda so'zlagan nutqi"da o'sha maqolaning mohiyati, satirik janr tabiati, kulgining tiplari tahlil qilinib, undagi mulohazalar "ovsar" tilidan faqat ishchi-dehqon manfaati kuzatilib aytilgani"ga, "hukumat kishilariga bo'lgan gaplar, o'rtoqlik hazili" ekaniga urg'u beriladi. Chaqimchilar xususida yozadi: "ammo bir necha shaxslar bu maqolani o'zlarining, bilmadim, qandog'dir tarozulariga solib, zararlik topishlari ersa g'arazgo'ylik, tirnoq ostidan kir izlashdan boshqa narsa emasdir". Adib o'z ijodini, o'zi yozgan fikrlarni, o'zining haqligini jasorat bilan isbot etadi va aytadiki: "men to'g'rilik orqasida bosh ketsa "eh" deydirgan yigit emasman".
XX asr oʻzbek adabiyotining ilk romannavisi Abdulla Qodiriy nomi tilga olinganida uning biri biridan goʻzal “Oʻtgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi romanlari, “Obid ketmon” qissasini yodga olishga odatlanganmiz. Ushbu asarlar oʻzbeklar turmushining butun qirralarini sodda va samimiy, hayotiy tarzda tasvirga olgani bilan qanchalik ahamiyatli boʻlsa, Qodiriy ijodiy faoliyatining ikkinchi qismi – hajvgoʻylik va publitsistika ham xalqimiz hayotini yanada rang-barang va tanqidiy tusda yoritgani bilan shu qadar sevimli va eʼtiborga molik.
Oʻz davrining ilgʻor fikrli, ziyoli bir kishisi oʻlaroq Abdulla Qodiriy atrofida yuz berayotgan har bir oʻzgarishga, millatining maʼnaviy qiyofasidagi ayrim jihatlarga befarq boʻlmagan. Aksincha, u XX asr boshlarida qalami oʻtkir jurnalist, usta hajvchi sifatida jamiyat hayotiga faol aralashganini koʻramiz. Adib oʻtgan asrning 20-yillarida mashhur hajv jurnali – “Mushtum”da faoliyat yuritgan, shapaloqdekkina, biroq magʻzi toʻq, oʻqigan kishiga jizillatib chaqqan ari nishidek taʼsir koʻrsatadigan maqolalari bilan qator gazetalarda “Julqunboy”, “Dumbulnisa”, “Maxzum”, “Kalvak maxzumning jiyani”, “Tarsak”, “Shapoq maxdum” singari taxalluslar ostida muntazam qatnashgan. Bu maqola va hajviy chiqishlarni oʻqiganimizda oʻsha davr kishilari koʻz oldimizda namoyon boʻladi, zamona zaylini his qilamiz.
“Turkiston” gazetasining 1922 yil 26 dekabr sonida “Julqunboy” imzosi bilan bosilgan “Ogʻzingga qarab gapir!” hangomasi alohida ahamiyatga molikdir. Hangoma ortiqcha dabdaba va isrof bilan oʻtkaziladigan toʻy-hashamlar, ayrim kishilarning nojoʻya ishlarini tanqid qilish, ularning asl basharasini ochib tashlab, qilayotgan ishi notoʻgʻri ekanini koʻrsatib berish oʻrniga buni xaspoʻshlash va oʻz ishini andishalilik deb ataydigan muxbir tilidan beriladi. Qodiriyga xos hajv, achchiq kinoya ifodasi orqali shunday odamlar va ularning ishlaridan koʻz yumayotgan, jurnalistik burchini bajarmayotgan muxbirlar fosh etiladi. “Turkiston”ning… nchi sonida “muxbirlarimizdan” bittasi bir narsani yozibdurki, oʻqib koʻrib, nax muxbirning ogʻzini yorib yuborgim keldi. Axir, uying kuygur, sal ogʻzingga qarab gapir-da”, deb boshlanadi hangoma. Davomida esa muallifni “gʻazablantirgan” voqea tafsilotini oʻqiymiz:
“Isroflik toʻy… Samarqandda oʻrtoq Qurbi oʻgʻillarini kesturdi. 3-4 kun toʻy berdi, bir-ikki milliard pul ketdi… toʻyga isrof qilgan aqchasini “Koʻmak uyushmasi”ga berganda foydali boʻlar edi…”
Bu tanqidiy maqolachani oʻqigan muxbir endi oʻz qarashlarini bayon eta boshlaydi. Uningcha, oʻsha “muxbircha”ning yozgani “zap kurakda turmaydigan vahimalar”dan iborat. U maqola egasiga “Koʻmak uyushmasi” mulla Qurbining kor xayriga qancha koʻmak beradi?” degan savolni beradi. Davomida hayot faqat shunday toʻy-tomoshalardan iborat, boshqa bilan nima ishim bor, deguvchi odamlar qiyofasi quyidagi gaplar orqali ustalik bilan chizib koʻrsatiladi:
“Samarqandlik mulla Qurbi bilan kamina toshkandlik mulla Julqunboyning onalari nima uchun tugʻib tashladi? Doyachamiz nima deb tanglaychamizni koʻtardi?
– Yaxshi boylarga kuyov boʻl, uvalik-chuvalik boʻl, oʻgʻillaringning toʻyi-tomoshasini koʻr!..
Ammo: toʻy qilaturgan pulingni “Koʻmak”ka ber deyilmabdi-ku! Bas, shundogʻ boʻlgandan keyin biz ham besh kunlik dunyoda bola-chaqamizning orzu-havasini koʻraylik…”
Shundan soʻng muallif muxbir deganlari har qanday gapni ham gazetaga yozavermasligi lozimligini aytadi. Odamga andisha, rioya kerakligini taʼkidlaydi. Maqolaning shu oʻrnida Qodiriyga xos ustamonlik koʻzga yaqqol tashlanadi. Yaʼni muxbirning agar oʻzida andishayu rioya boʻlmasa, kimlarni, qanday tanqid qilishi, ayblarini ayamay ochib tashlashi mumkinligi, ammo unga bu ishni qilishda andishasi yoʻl qoʻymasligini izhor qilaturib, mahorat bilan illatlaru ularni qilayotganlarni qistirib oʻtadi:
Mohir publitsist
Maʼlumki, biror kishining ichki qiyofasini ochib berish uchun yozuvchidan avvalo shu tipdagilarning tabiatini puxta oʻrganish, nutqidan tortib, harakatlariga qadar aynan “nusxa koʻchirish” talab etiladi. Qodiriyning oʻsha davrlardagi gazetalarda bosilgan, “Mushtum” sahifalarida sonma-son eʼlon qilinib, mushtariylarni kuldirgan, keyingi sonni kutishga undagan “Kalvak maxzumning xotira daftaridan”, “Sharvon xola nima deydi?”, “Toshpoʻlat tajang nima deydir?” singari hajviyalarida bosh qahramonlar qiyofasi juda yorqin va ishonarli, hayotiy chiziladi. Ayniqsa, Sharvon xola obrazini yaratar ekan, ayollar nutqiga xos soʻzu iboralar shu qadar ustalik bilan qoʻllanganki, oʻqigan kishining koʻz oldida darhol ezmagina, ostona hatlab koʻchaga chiqmagan sodda oʻzbek ayolining qiyofasi namoyon boʻladi:
“Bir vaqt osh-suvdan qutilib, Norpochcha xanimminan bir piyola zaharni ichib oʻltursam, eshikdan nortuyadek boʻrtib ikkita yallachi oʻlgur kelvotti. Bosh yalang, ogʻzi oʻlgurda popiriska… Shu vaqtda yer yorilmadiki, yerga kirsam… Ogʻzi oʻlgurdan allambalo gurkiydi, tovba deng, aylanay Buhamfa!”
Bu satrlar kishini kuldirish barobarida yozuvchining mahorati, kuzatuvchanligiga tan berdiradi. Sharvon xola timsoli esa Oʻzbek oyimu Oftob oyimlar qatorida yodda saqlanib qoladi.
Avvalroq aytganimiz kabi Qodiriy oʻz davrining ijtimoiy hayotiga juda faol aralashgan. Hech bir voqea-hodisa uning nazaridan chetda qolmagan. Masalan, “Mushtum”ning 1923 yilgi 7-sonida uning “Roʻza, iftor, xatm, zakot” sarlavhasi bilan “Tarsak” taxallusi ostida ortiqcha chiqimlar tanqid qilingan bir maqolasi chop etiladi. Bu maqola atrofida yetarlicha shov-shuv, eʼtirozlar koʻtarilgan boʻlsa kerakki, keyingi sonda yozuvchining shu maqolaga raddiyasi “Uzr” nomi bilan bosiladi. Maqola tagiga “Mushtum” imzosi qoʻyilgan. Raddiya ham oʻziga xos tanqid. Yaʼni yozuvchi “uzr”ini ham achchiqqina, zardaligina qilib yozadi. “ – Eyy, mushtuming toshga tegsin, roʻzaga til tekizdi! – deb “Mushtum”ning roʻza noʻmerlaridan tarvaqaylashganlar koʻp boʻlishibdirlar”, deb gap boshlaydi muallif. Soʻngra oʻz muddaosini baralla aytadi:Publitsist sifatidagi shunday kichik maqola va hajviy chiqishlari Julqunboyning ixlosmandlari sonini oshirgani barobarida uning gʻanimlarini ham paydo qilganiyu bu adibning keyingi taqdiriga nechogʻlik taʼsir etgani barchamizga maʼlum. Ammo uning oʻtkir tilli jurnalist sifatida oʻsha davr matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi ham ulkanki, hamon sevib oʻqiladi, oʻrganiladi, ibrat boʻladi. Bu kabi asarlarda ikkinchi umrini yashayotgan adib siymosiga dillarda chuqur ehtirom uygʻotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |