Abdulla Qodiriy feletonlari
Abdulla Qodiriy yuzlab publisistik maqolalar, hajviy asarlar yozdi. "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan", "Toshpo'lat tajang nima deydir?"kabi hajviy asarlari bilan adib kulgusi "xarakter kulgusi" darajasiga etdi. Hayotni kuzatdi – insoniylik a'moliga nomuvofiq voqealarga nisbatan turli yo'sinda hajviy-tanqidiy munosabatlarini bildirdi. Shu jarayonda "feletonlar qiroli" nomini oldi
«Kalvak Mahzumning xotira daftaridan» asari. Bu asar 1923-27 yillar orasida yozilgan. Unda «ko‘bdan haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurafoti bilan miyasi g‘ovlag‘on» mahalla imomi Kalvakning kulgili sarguzashtlarnni hikoya qilib bermoqchi bo‘lgan. Asarda ulug‘lardan biri vafot etganda Maxzum kechasi maxfiy ravishda marhumga janoza o‘qishga boradi. Ertasi esa partiyalilar kelib yangichasiga aroqxo‘rlik bilan marhumni ko‘mishga hozirlik ko‘radilar... Asardagi «Qavoidul-umaro» bobida adib saltanatni boshqarishda podshoh va amirlar, sulton va salotinlar, Xudoyorxonning bek va bekzodalari, Nikolay oq podshoh mansabdorlarining amal qilgan «ko‘hna va lekin puxta qoidalar» ushbu «hurriyat, mardikor, saradehqon zamona hukumatdorlari orasida ham» davom etayotganidan kuladi. «Kalvak Maxzum» asarining «Odamzodning aqli yetmaydir», «Qishloqqa yuzingni o‘gir!», «Bachima’ni?», «Qishloqqa qoningni o‘gir», boblari olib borilgan siyosatning ko‘ngilsiz oqibatlarini dangal ko‘rsatadi, xalqning dindan uzib qo‘yilgani tasvirlanadi.
«Toshpo‘lat tajang nima deydi?» asari. Muallif bu asar bosh qahramoni sarguzashtlari orqali bizni 20-yillar hayotining ziddiyatli dramatik hodisalariga, davrning o‘tkir muammolariga ro‘para qiladi. Asar qahramoni Toshpo‘lat - bolaligida yaxshi tarbiya ko‘rmagan, maktabda yolchitib bilim olmagan, savodsiz-omi, ma’rifatdan yiroq, hayotda yo‘lini topa olmagan, omadsiz, ishsiz, biri ikki, biti sirka bo‘lmagan va shu faqirlik orqasida yomon yo‘llarga kirib qolib tajanglangan chapani. U dehqonchilik qilib, «non o‘rniga kesak tishlab, yoz bo‘yi suv ichib ishlab, oyog‘ida bitta chilim qovoqqa ega» bo‘ladi. Xullas u, o‘zi ayttaniday, «odamizod farzandining g‘aribi». Toshpo‘latning o‘ziga o‘xshash faqir do‘sti, soddadil, besh norasida go‘dakning otasi Salim so‘takdir.
Yozuvchining hajviy-yumoristik mahorati, «xarakter kulgisi» yaratish san’ati yirik asarlarida, «O’tkan kunlar» romanidagi O’zbek oyim, Xushro‘y, «Mehrobdan chayon» dagi Solih mahdum, «Obid ketmon»dagi Xatib domla va mulla Muhsin obrazlarida yorqin namoyon bo‘lgan.
Qodiriy shoir, dramaturg bo’lish bilan birga mohir felyetonchi, hajvchi, hikoyanavis, qissanavis va birinchi romannavis sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Adib «Juvonboz», «Uloqda» kabi hikoyalari va «Kalvak mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo’lat tajang nima deydi?» kabi hajviy qissalarida jamiyatdagi va odamlar orasidagi nopokliklarni hajv qiladi. Abdulla Qodiriy eng avvalo adabiyotimiz tarixida birinchi o’zbek milliy tarixiy anlarini yaratgan adib, san’atkor sifatida katta shuhrat topgan. «
Maʼlumki, biror kishining ichki qiyofasini ochib berish uchun yozuvchidan avvalo shu tipdagilarning tabiatini puxta oʻrganish, nutqidan tortib, harakatlariga qadar aynan “nusxa koʻchirish” talab etiladi. Qodiriyning oʻsha davrlardagi gazetalarda bosilgan, “Mushtum” sahifalarida sonma-son eʼlon qilinib, mushtariylarni kuldirgan, keyingi sonni kutishga undagan “Kalvak maxzumning xotira daftaridan”, “Sharvon xola nima deydi?”, “Toshpoʻlat tajang nima deydir?” singari hajviyalarida bosh qahramonlar qiyofasi juda yorqin va ishonarli, hayotiy chiziladi. Ayniqsa, Sharvon xola obrazini yaratar ekan, ayollar nutqiga xos soʻzu iboralar shu qadar ustalik bilan qoʻllanganki, oʻqigan kishining koʻz oldida darhol ezmagina, ostona hatlab koʻchaga chiqmagan sodda oʻzbek ayolining qiyofasi namoyon boʻladi:
“Bir vaqt osh-suvdan qutilib, Norpochcha xanimminan bir piyola zaharni ichib oʻltursam, eshikdan nortuyadek boʻrtib ikkita yallachi oʻlgur kelvotti. Bosh yalang, ogʻzi oʻlgurda popiriska… Shu vaqtda yer yorilmadiki, yerga kirsam… Ogʻzi oʻlgurdan allambalo gurkiydi, tovba deng, aylanay Buhamfa!”
Bu satrlar kishini kuldirish barobarida yozuvchining mahorati, kuzatuvchanligiga tan berdiradi. Sharvon xola timsoli esa Oʻzbek oyimu Oftob oyimlar qatorida yodda saqlanib qoladi.
Avvalroq aytganimiz kabi Qodiriy oʻz davrining ijtimoiy hayotiga juda faol aralashgan. Hech bir voqea-hodisa uning nazaridan chetda qolmagan. Masalan, “Mushtum”ning 1923 yilgi 7-sonida uning “Roʻza, iftor, xatm, zakot” sarlavhasi bilan “Tarsak” taxallusi ostida ortiqcha chiqimlar tanqid qilingan bir maqolasi chop etiladi. Bu maqola atrofida yetarlicha shov-shuv, eʼtirozlar koʻtarilgan boʻlsa kerakki, keyingi sonda yozuvchining shu maqolaga raddiyasi “Uzr” nomi bilan bosiladi. Maqola tagiga “Mushtum” imzosi qoʻyilgan. Raddiya ham oʻziga xos tanqid. Yaʼni yozuvchi “uzr”ini ham achchiqqina, zardaligina qilib yozadi. “ – Eyy, mushtuming toshga tegsin, roʻzaga til tekizdi! – deb “Mushtum”ning roʻza noʻmerlaridan tarvaqaylashganlar koʻp boʻlishibdirlar”, deb gap boshlaydi muallif. Soʻngra oʻz muddaosini baralla aytadi:Publitsist sifatidagi shunday kichik maqola va hajviy chiqishlari Julqunboyning ixlosmandlari sonini oshirgani barobarida uning gʻanimlarini ham paydo qilganiyu bu adibning keyingi taqdiriga nechogʻlik taʼsir etgani barchamizga maʼlum. Ammo uning oʻtkir tilli jurnalist sifatida oʻsha davr matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi ham ulkanki, hamon sevib oʻqiladi, oʻrganiladi, ibrat boʻladi. Bu kabi asarlarda ikkinchi umrini yashayotgan adib siymosiga dillarda chuqur ehtirom uygʻotadi.
Qodiriyga, Qodiriy ijodiga johillarcha munosabat ayni uning hajviy asarlarini noto‘g‘ri tushunish, talqin etishdan boshlandi: chunonchi, adibning 1926 yili «Mushtum»da bosilgan «Yig‘indi gaplar» hajviyasidagi jumhuriyat rahbarlari haqida ovsar bir personaj tilidan aytilgan beozor tanqid, hazil aralash haq gap uchun unga siyosiy ayb qo‘yilib qamoqqa olindi, adib ustidan ig‘vo, bo‘htonlar uyushtirildi. O‘zbek oyim, Solih mahdum kabi personajlar o‘sha davr tanqidchiligida, umuman yozuvchining yutug‘i sifatida nisbatan ijobiy baholangan bo‘lsa-da, bu xil, obrazlar mohiyati anchayin yuzaki talqin etildi. So‘nggi paytlarda «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» personajlari tevaragidagi ayrim bahslar, yangicha izlanishlar jarayonida faqat mazkur asarlar personajlarigina emas, umuman Qodiriy ijodidagi hajviy xarakterlarning adabiyotshunoslikdagi talqini keskin tanqidga, qayta ko‘rib chiqishga muhtoj ekani ma’lum bo‘lib qoldi
Shunday biryoqlamalik adibning «Kalvak maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi?» kabi asarlari talqinida ham ko‘zga tashlanadi. I. Sulton o‘zining «Abdulla Qodiriy» tadqiqotida birinchilardan bo‘lib bu ikki asarni ancha keng tahlil etgan, ularning asosiy ruhi «ijtimoiy hayotning hamma sohalarida, ayniqsa kishilarning ongida» saqlanib qolayotgan eskilik qoldiqlariga, ekspluatator sinflar ideologiyasi sanalmish dinga, «faqat kapitalizm sarqitlarigagina emas, feodalizm qoldiqlariga qarshi kurash»dan iborat ekanligini aytadi. Bugina emas. Olimning fikricha, «Abdulla Qodiriy salbiy xarakterlarni tasvirlash orqali ijobiy hodisalarni tasdiq etadi», «yozuvchi sovet davridagi ijobiy hodisalarni shu hayotda eskilik sarqiti bo‘lgan salbiy personajlar orqali tasvir etadi
«Kalvak maxzum...» bilan «Toshpo‘lat tajang...» asosan feodal o‘tmishning kishilar ongidagi sarqitlarini fosh etuvchi asarlar sifatida qaraladi. «Yozuvchi bu asarlarda, — deyiladi o‘sha kitobda, — o‘tmish sarqitlari, ruhoniylar va tekinxo‘r takasaltanglarni qattiq tanqid qiladi, ularning yangi hayot qurishimizga ko‘rsatayotgan qarshiliklarini ochib tashlaydi» (71-bet.) Bu asarlardagi yetakchi personajlar mohiyati odatdagi qarashlar doirasida sharhlanadi. Chunonchi, Maxzum — reaktsion ruhoniy, eski tuzumning ko‘pgina yaramas tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan, u yangi tuzum afzalliklarini tushunishdan juda uzoq kimsa (262-bet). Kalvak maxzum o‘tmishiga oid tasvir ma’nosi shunday izohlanadi: «Tarjimai hol» bilan tanishar ekanmiz, ichki dunyosi chirik, tashqi dunyosi kulgilik kalvak Maxzumgina emas, balki bunday tuban tushunchali buzuq axloqli kishilarni yetishtirgan o‘tmish jamiyat, qoloq ijtimoiy tuzum illatlari ham ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi« (264-bet). Maxzumning sho‘ro davridagi sarguzashtlariga oid tasvir ma’nosining «Tarix»dagi talqini esa mana bunday: «Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyingi yangi tarixiy sharoitda — Kalvak Maxzum kabi kishilar toifasining ildiziga bolta urilgan bir vaqtda — reaktsion ruhoniy ulamolar darg‘azab bo‘ldilar, progressiv kishilarga qarshi g‘iybat va bo‘htonlarni yog‘dirdilar». «Tarixida «Toshpo‘lat tajang» xususida muxtasar qilib u «o‘tmishdagi qoloq ijtimoiy tuzumning yaramas sarqitlaridan qutila olmagan tuban kishilarning tipik bir vakili» deyiladi
XULOSA
Abdulla Qodiriy adabiy merosi o'zidan keyingi o'zbek adiblari ijodi uchun mahorat maktabi vazifasini o'tadi. Qardosh xalqlarning romannavislari adibni o'zlariga ustoz sifatida e'tirof etishdi. O'zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid I. Sulton, M. Qo'shjonov, U. Normatov, A. Aliev, I. Mirzaev, F. Nasriddinov, S. Mirvaliev, N. Karimov, Sh. Turdiev, A. Rasulov, X. Umurov, X. Ismatullaev, S. Meliev, Sh. Rizaev, A. Ulug'ov, M. Qarshiboev, X. Lutfiddinova, I. G'aniev, A. Boboniyozov, S. To'laganova, A. Qahramonov, L. Toshmuhammedova va boshqa turli avlodga mansub olimlarning kitoblari, o'nlab ilmiy maqolalari, maxsus tadqiqotlari maydonga keldi. Adib avlodlari – H. Qodiriy "Otam haqida", "Qodiriyning so'nggi kunlari", Sh. Qodiriy "37-xonadon" kabi o'z ota-bobolari to'g'risida qimmatli kitoblar yozishdi. O. Yoqubov, P. Qodirov, T. Malik, O'. Hoshimov, X. Sulton, X. Do'stmuhammad, N. Boqiy va boshqa o'zbek adiblarining e'tiborga molik adabiy maqolalari, suhbatlari, badiiy asarlari paydo bo'ldi. Shuningdek, Qodiriyshunos sifatida N. Tun, I. Baldauf, Z. Klaynmixel, E. Olvort, X. Murfi, E. Nabi, A. Merxan kabi xorijlik olimlar adib ijodi yuzasidan tadqiqotlar olib borishdi.
Abdulla Qodiriyning hajviy merosi hanuzgacha to‘laligicha yig‘ilgan, atroflicha o‘rganilgan emas.
Adibning hajviy iste’dodi 20-yillarda to‘laroq namoyon bo‘lgan. Yozuvchi o‘sha kezlari bizda «o‘tkir kulgi ijodchilari yo‘qligidan», «bu kungi hajviyotimizda keskinlik» yetishmayotganligidan afsuslanadi. «Biroq yaxshi xususiyatimiz shundaki, har zamon jamiyatning qitig‘ini izlaymiz, izlashdan charchamaymiz va o‘tirib ham qolmaymiz», deya o‘ziga taskin beradi: yangi inqilobiy hajvchilik «yoshligi jihatidan dag‘alligi, qo‘polligi va kamchiligi bo‘lishi ham tabiiy» ekanini e’tirof etadi.
Darhaqiqat, o‘tgan asrda Gulxaniy, Muqimiy singari hajvchilarni bergan o‘zbek adabiyotida asrimizning dastlabki yigirma yili davomida yorqin hajviy iste’dodlarni, barkamol hajviy asarlarni deyarli ko‘rmaymiz. Agar inqilobdan burungi hajv ko‘proq taraqqiyparvar adiblar qo‘lida ma’rifatparvarlik — jadidchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga, «qoloq udumlar»ni qoralashga xizmat qilgan bo‘lsa, inqilobdan keyin yangi hukmron inqilobiy mafkuraning «o‘tkir quroli»ga aylandi; eski tuzumni, uning ma’naviy asoslarini, eski jamiyat ustunlari bo‘lmish mansabdor, boy va ruhoniylarni qahru g‘azab bilan qoralash, savalashga tushdi. Bu davrda yaratilgan aksari hajviy asarlarda qahru g‘azab, qoralash, fosh etish bor-u, chinakam san’at asariga, chin ma’nodagi realistik hajviyotga xos, Qodiriy iborasi bilan aytganda, «xarakter kulgisi», hayotning, turmush hodisalarining xolis va teran tahlili yo‘q. Qodiriyning ko‘plab hajviyalari ham bunday kamchiliklardan xoli emas. Ayni payda, 1915 yilda bitilgan «Uloqda» hikoyasidan boshlab yozuvchi ijodiga kulgining xilma-xil tovlanishlari — yengil hazil, nimtabassum, kinoya-kesatiq, piching yo‘llari bilan xalq turmushi manzaralarini xolis turib chizish, personajlar qismati va tabiati mohiyatini ochish mayllari ko‘zga tashlana boshlagan edi. Bu jihatdan «Otam va bolshevik», «Tinch ish», «Bechora Roziqboy aka», «Maslaku maqsaddan shamma’i izhor» kabi asarlari ajralib turadi. 20-yillar miyonasida yaratilgan «Kalvak maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi?» qissalari yangi inqilobiy hajviyotimizning jiddiy yutug‘i bo‘ldi. Bu asarlarda yozuvchi kulgisi chindan ham «xarakter kulgisi» darajasiga ko‘tarildi, muallif endi hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy mavqeda turib nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yo‘lidan bormay, xarakter va hodisalarni butun murkkabligi, ziddiyatlari bilan ko‘rsatishga jazm etadi. Ha, Qodiriy buyuk so‘z ustalariga xos realistik tasvirning sehrli qudratini ko‘rsatdi, hattoki hajviy personajlar talqinida ham bir xildagi rang, ohanglardan qochib bo‘yoqlarning rang-barang jilolarini namoyon etdi. Bunday fazilat «O‘tgan kunlar» romanidagi O‘zbek oyim, «Mehrobdan chayon»dagi Solih mahdum, «Obid ketmon»dagi Xatib domla, mulla Muhsin obrazlari ifodasida yana ham sayqal topgan. Mazkur siymolar jahon adabiyotidagi hajviy xarakterlarning eng mumtoz namunalari qatoridan o‘rin olishga haqli
FELETONDA NAMUNA
SHODMARG
Mulla Karim Hojining yoshi yetmish yoshlarda edi. Yoshliqda boshiga ko‘b jabr-jafolar tushmish, dunyodagi hamma azoblarni tortmish edi.
Balki siz “Mulla Karim Hoji juda kambag‘al bo‘lg‘an ekan, shuning uchun faqirlik azobini, ochlik jafosini tortg‘andir”, deb o‘ylarsiz. Yo‘q, Karim Hoji kambag‘al emas edi. Juda boy bo‘lmasa ham, besh-o‘n ming oqchasi, o‘n-o‘n besh botmon sholikor va bir qo‘rasi, yana bular ustiga xatmi kutub ham qilg‘an, zamonadan xabardor, musulmonlarning foyda zarariga tushunuvchi edi.
Endi mendan “O‘ziga yetarlik dunyosi, xatmi kutub qilg‘an, zamonadan xabardor bo‘lsa, nima uchun jabr-jafo chekkan?” — deb so‘rarsiz, albatga. Mulla Karim Hojining jafo chekuviga haligi zamonadan xabardorligi, musulmonlarning foyda-zarariga tushunuvchiligi edi. Mulla Karim Hojining qisqacha tarjimai holi mana bu:Bir vaqt mulla Karim Hoji oxundning shahrida qozi saylovi bo‘lg‘an edi (bu vaqt qirq yoshlarida edi). Savdogar qozilar ellikboshilarga va hokimlarga minglab, yuzlab pora tiqib, qoziliqni sotib olg‘ach, bizning Karim Hoji qozi bo‘luvchilar ila etishgan va ularga “Xoinlar, zolimlar, zolim yordamchilari!” deb qichqirg‘an edi.
Qozi bo‘luvchilar nafsoniyatka ketib, yuqori hukumatka mulla Karim oxund ustidan: “Siz — hukumat, zolim ekansiz, biz — qozilar, sizlarning xoin yordamchingiz ekanmiz, shahrimiz mullalaridan mulla Karim oxund, siz—hukumatimizni «Zolim” va bizlarni “Zolim yordamchilari” deb atadi. Jazosini beruvingiz marjudir. Mundoq hukumatka qarshi kishilarning yo‘q qiluvingizni o‘tinamiz», deb ariza berdilar. Hukumat bu arizani ko‘ruvi bilan darrov jandarma yuborib, Mulla Karim oxundni turmaga oldirdi. To‘g‘ri so‘zlik jazosini tortib, so‘rovsiz, nesiz, ikki oy yotdi, uch oy yotdi, to‘rt oy yotdi. Beshinchi oyda so‘roq bo‘ldi. Karim oxund to‘g‘ri so‘zlik o‘ldig‘idan so‘ng:
— Hukumatni zolim debsan, — deb so‘ragan savoliga:
— Juda to‘g‘ri dedim, chunki hukumat jamoatning saylag‘an kishisini jamoat ishiga kiritmaydilar, o‘z tilovincha ish yuritadir.
Jamoat biror foyda-zararni ajratuvchini saylovga qaror bersa, darrov hukumat va hukumat bo‘rilari sapchiydilar. Munday hukumatni takroro “Zolim” va hukumat tarafidan qo‘yilgan ma’murlarni “Zolim yordamchilari” deyman, — dedi. Sud o‘lim jazosini buyursa ham, ba’zi suddagilar devona va telbalikka qaror berib, o‘n besh yil katr jazosi ila kifoyalandilar.
Oy o‘tdi, yil o‘tdi. Mulla Karim oxund dunyoda ko‘rmag‘an azoblar va jafolarni tortdi. Va hamisha Alloh taolodan zolimlarning jazosini tiladi. O‘n besh yilni azob-uqubat, hasrat va bolalarining firoqida o‘tkazib, jamoat ishina aralashmaslik vazifasi ila vatanina qaytdi. Bolalarni yonida ko‘bda turmadi. Haj niyatida safar qildi. Muqaddas ziyorat joylarida Alloh taolodan zolimlarning jazosini tiladi. Hajdan ham qaytdi. Jamoatka aralashmaslik vazifasi o‘ldug‘indan, zolim hukumat zulmidan hammaslaklari ila birlikda shikoyatlanuv ila kifoyalandi. Mundan so‘ng hukumat jafosina ilinmadi. Ilinganda ham Qora to‘raga (pristav) o‘rnidan turib, ta’zim qnlmag‘ani uchun uch oy turmada yotg‘an edi.
Endi chetdangina hukumat zulmiga, musulmonlarning ezilganlariga, shu zolim hukumat ish boshida turar bo‘lsa tez vaqtlarda musulmonlarning inqirozga yuz to‘tuvlarina chin-chindan achinib, kuyinib zolimlar haqig‘a duoyi badlar ila kifoyalandi.
Bu zolim adolatsizlik mulla Karim Xojini jabr-jafo, hasrat, afsus ila qartaytirdi, yoshi yetmishga yetdi.Har kun o‘g‘li bozordan qaytg‘anda yangi xabarlar so‘rovchi bo‘lg‘anliqdan bu kun ham yangi xabarlar so‘radi. O‘g‘li suyungan tusda: — Suyunchi bering ota! Xalq va askar bir bo‘lib, hukumatni o‘rindan tushirgan, hamma ish xalq qo‘liga o‘tkan, eski hukumat ma’murlari o‘rindan tushirilib, qo‘lga oling‘an, ministrlar ham hibs etilg‘an, podsho ham qamalg‘an, hurriyat e’lon qiling‘an, dedi. Mulla Karim ota:— Hurriyat?! — dedi, orqasiga yiqildi. O‘g‘illari yuziga suv sepdilar. Lekin ul hushsiz emas edi, balki shodmarg bo‘lg‘an edi.
NЕGAKIM
Elbekga bag‘ishlab
Elbek o‘zining maqolasida nega “negakim”ni ko‘b yozadir?
— Negakim, Elbekning tuprog‘i “negakim” degan yerdan olinub “kim-kim” degan daryoning suvidan aralashdirilib, loy qiling‘ani uchun.
Mirmulla aka nega Hamza Hakimni ilgarigidek yerga urmay maxtiy boshladi?
— Negakim, Hamza Hakim jonidan to‘yg‘anidan so‘ng Mirmullag‘a sohnada afsun o‘qub, dam urgani uchun.
Janob saodatmaob, muhtaram “Nomakob”ning yozg‘an falsafalariga nega men tushunmayman?
Negakim, janob “Namakob”[1] o‘tacha olim bo‘lg‘ani uchun.
Nega xalq betoblanub, sayohat jabdug‘ini tuziy boshladi?
— Negakim, ramazon oyi yaqinlashgani uchun.
“Ishtirokiyun” gazetasi nega bir kun chiqub, bir kun chiqmay oqsay boshladi?
Negakim, harf teruvchi xizmatchilarni hukumat ortiqcha tuydurub, qorun soldirg‘ani uchun.
Nega gazetalarda turklar borasida dahanaki ur-ur, sur-sur, janjal, to‘polonlar bosilub qoldi?
— Negakim, hamma janjal afandining choponi ustida bo‘lg‘ani uchun.
Nega men “Nashriyoti G‘ozi Yunus” haqinda yozmadim?
— Negakim, bunga xos qasidaning borlig‘i uchun.
Nega so‘zingni shu yerda to‘xtatmoqchi bo‘lasan?
— Negakim, bundan ortiqni zamon ko‘tarmag‘ani uchun.
KULA-KULA O‘LASAN
Bir vaqtlarda atoqli bir lo‘ttichi turli lo‘ttilar (fo‘kslarni) ko‘rsatar edi. Ayniqsa aning chigildak bir qog‘ozni og‘zig‘a solub, hech bir poyonsiz uzun qilub og‘zidan chiqaruvi bizni hayron qoldirar erdi. Lo‘ttiboz yo‘q kunlarda aning o‘rnig‘a lo‘tgichilik qilaturg‘an bir majnun bor edi:
— Kishilar-kishilar, potino-potino! Chunki lo‘ttiboz xalqni yig‘moqchi bo‘lg‘anda “Potino” degan bir ashula aytar edi. Xalq majnunning atrofig‘a quruq bir mazax uchun yig‘ilg‘anda majnun yana bir marta “Potino”sini aytub olg‘ach, cho‘nchagidan bir changal qog‘oz chiqarub, xalqg‘a ko‘rsatub chiqar edi. (Lo‘ttichi og‘zig‘a solaturg‘an chigildak qog‘ozni yalmalkan ekanlig‘in xalqdantasdiq ettirar va og‘zini ham ochub, boshqa qog‘oz yo‘qliqni ko‘rsatar edi).
Majnun kulunch bir holda xalqg‘a og‘zini a… a…. qilub ochub kuldirgach, boyag‘i bir changal qog‘ozni og‘zig‘a solub qiziq bir vaziyat ila yalmiy boshlar va bir qancha vaqt chaynab qog‘ozni yutub yana “Potino-potino”sini aytub, qog‘ozni lo‘mbozdek qilub olur va hunarini xalqg‘a g‘ururlanub ko‘rsatub chiqar edi. Majnunning bu ishi — lo‘ttibozligidan ham xalqqa ortiq kulgi berar, hammamiz bu vaqt kula-kula o‘lar edik.
“Ishchi”ning kichkina fileto‘ni bo‘lg‘an “Osti-ustiga”si bosilub chiqdi, bunisi “Kichkina fileto‘n”i emish. “Osti-ustiga”si emish “Yaram-yaram bog‘i” emish. Eski shahardagi inqilob shunga o‘xshar emish. Kelishmagan qiliq o‘lsun deymi? Buni o‘qub: Kula-kula o‘lasan!..
“Nashriyoti G‘ozi Yunus”dan besh yuz qirq bir va qirq ikkinchisi bo‘lg‘an “So‘zlayturgan qo‘g‘urchoq” ila “Turkiston tabibi”si bosilub chiqdi. “Nashriyoti G‘ozi Yunus”ning yo‘llarinda ham besh yuz qirq nechalanchi martaba noshirdan bir-ikki so‘z bor. Buyuk noshir G‘ozi Yunus janoblarining nashriyotlarinda bo‘laturg‘an bir-ikki so‘zlari haqinda bir o‘rtog‘im:
“Har bir asarning boshinda bir-ikki so‘z yozub qog‘ozni bemaza qilub yurgandan ko‘ra, bir-ikki so‘zlarni hammasini birga yig‘ub «Noshirdan bir-ikki so‘z” isminda bir narsa yozub nashr etsa, kitobning boshig‘a yozg‘anig‘a qarag‘anda G‘ozi Yunus ismini chiqarishg‘a qulayroq, ham bir asar maydonga kelgan bo‘lmasmi?», degan edi.
Bu so‘zlarga kula-kula o‘lasan! “So‘zlayturgan qo‘g‘urchoq” ozarbayjonchadan buyuk noshirning tabdillari ekanki, tantana ila imzolari asar boshinda qo‘yilmishdir Birov “Kalning tanig‘ani sho‘ra” desatag‘i: Kula-kula o‘lasan…
Musulmoncha “RO‘STA” gazetasining Eski shahar sho‘basining vakillig‘ig‘a mashhur eslikli yoshlardan G‘ulom Zafariy ta’yin etilgan. Rivoyatlarga qarag‘anda, Toshkandda bu o‘run uchun o‘zindan boshqa eslik kishi topolmag‘ach, G‘ulom Zafariy o‘zini ta’yin etdirgan. Bu o‘rtoq shu kundan boshlab o‘z atrofiga eslikli yosh o‘smirlarni yig‘a boshladi, deylar… Tag‘i: Kula-kula o‘lasan!..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan
Muxtor XudoyqulovЖаҳон адабиёти” журнали, 2013–4
Qashqadaryo” gazetasi
(«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1980 yil 3 avgust
I. Sulton. To‘rt jildlik, 11-jild, 345-bet).
«O‘zbek sovet adabiyoti tarixi»da (1-jild, 1968 71-bet
(261-bet). A. Aliev «Abdulla Qodiriy» kitobi
Julqunboy
“Ishtirokiyun” — 1920 yil, 13 iyun, 120-son, 2-bet
Julqunboy
“Ishtirokiyun” — 1920 yil, 8 may, 91-son, 1-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |