Xulosa foydalanilgan adabiyotlar abdulla Qodiriy mohir publitsist



Download 37,9 Kb.
bet2/3
Sana12.07.2022
Hajmi37,9 Kb.
#783162
1   2   3
Bog'liq
REJA

Feleton haqida

Felyeton (fransuzcha: feuilleton < feuille — varaq, varaqa) — badiiy publitsistik janr. Ijtimoiy hayot masalalarini satira va yumor vositasi bilan, yaʼni ijtimoiy kulgi asosida yoritadi, hamda ijtimoiy tanqid uchun xizmat qiladi.


Felyeton deb dastlabki davrda matbuotda berilgan ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tanqidiy mavzudagi qiziqarli va alohida ajratib koʻrsatilgan material larga aytilgan. "Turkiston viloyatining gazeti"da bosilgan ayrim adabiy mavzudagi materiallar, jumladan, shoir Mahtumquli va Ogahiy haqidagi maqolalar mazkur rukn ostida berilgan. Keyinchalik, jamiyat taraqqiy etishi bilan bu ruknda ijtimoiy xayotda uchraydigan nuqson va kamchiliklarni kulgi tanqidi ostiga oluvchi materiallar chop etila boshlagan.
Felyeton hajviy publitsistikaning alohida janri boʻlib, ijtimoiy hayotda muhim oʻrin tutadi. Mazkur janrning asosiy vazifasi jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-maʼnaviy tomonlarini qamrab olgan holda oʻzida aks ettirish, mazkur sohalarda uchraydigan kamchilik, nuqson, ijtimoiy illatlarni fosh etish, bu kamchilik va nuqsonlarning tugatilishiga erishish, binobarin, jamiyat hayotining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir kursatishdan iborat. Felyetonning tanqidiy maqola va boshqa janrlarga oid materiallardan farqi — uning hajviy publitsistika qonuniyatlariga asoslanishi, yaʼni ijtimoiy kulgi, satira va yumor vositalariga tayanishidadir. Ijtimoiy kulgining xil va koʻrinishlari turlicha boʻlib, ular orasida kinoya, piching, hazil, yengil kulgi kabilar bilan bir qatorda zaharxandali kulgi, ijtimoiy masxaralash, grotesk (ataylab boʻrttirilgan kulgi) kabi hajv vositalari ham mavjud. Felyetonda ijtimoiy kulgining ana shu serqirra usullaridan keng foydalaniladi.
F. oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vazifasiga koʻra 2 xil — maʼlum faktga asoslangan va umumiy F. bulishi mumkin. Maʼlum faktga asoslangan F.da hayotdan olingan aniq faktlar, muayyan odamlarning ijtimoiy nuqsonlari, faoliyatlaridagi kamchiliklari koʻrsatiladi (Furqatning "Hind nayrangbozi Yorkentda", Abdulla Qodiriyning "Toshkent boylari" va boshqalar). Umumiy F. esa hayotdagi biror ijtimoiy illat, nuqson va muammolar haqida boʻlib, unda mazkur masalalar hajviy mushohada etiladi va tanqid qilinadi (Abdulla Qodiriyning "Kalvak mahzumning xotira daftaridan", Abdulla Qahhorning "Quyushqon" va boshqalar).
F. yozilish uslubi jihatidan hikoyaF., publitsistik F., F.sharh, F. taqriz, F.lar turkumi kabilarga bulinadi. Bularning har birida F.ga xos umumiy xususiyatlar bilan birgalikda alohida tasviriy uslub, ijodiy yunalish mavjud. F. janrining F.reportaj, F.suhbat, F.kundalik va boshqa shakllari ham bor. F. nasriy boʻlishi bilan birlikda sheʼriy ham boʻlishi mumkin. Sheʼriy F. badiiy adabiyotning muhim turi bulgan hajviy sheʼriyat talablariga javob berishi, shuningdek, oʻzida publitsistik xususiyat ham kasb etishi, xayotda uchraydigan va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan illatlarni kulgi, tanqid ostiga olishi lozim. Mas, Gʻafur Gʻulomning 30-yillarda yaratilgan "Qultiqlangan kalla toʻgʻrisida qofiyali vaʼz" hajviy sheʼri oʻzbek xajviy publitsistikasida yaratilgan birinchi sheʼriy F. boʻlgan.
Hajviy publitsistikaning eng murakkab va mukammal asarlaridan biri — F.lar turkumidir. Bunday badiiypublitsistik asarlar bir necha F.lardan tashkil topadi. F.lar turkumi ham ijtimoiy hayotning eng muhim masalalariga, koʻzga koʻrinarli illat va nuqsonlarini fosh etishga bagʻishlanadi va bir yoki bir necha mualliflar tomonidan yozilishi mumkin. Bunday hajviypublitsistik asar felyetonchidan hayotni chuqur kuzatishni, katta hajviypublitsistik mahoratni talab qiladi. Maʼlum bir hajviy tip bilan bogʻlangan F.lar turkumi hajviy publitsistikaning eng murakkab asarlaridandir. Bunday F.lar turkumiga Abdulla Krdiriyning "Kalvak maxzumning xotira daftaridan", "Toshpoʻlat tajang nima deydir?" kabi asarlari misol boʻla oladi. Mohir felyetonchi toʻqima obrazlar — Kalvak maxzum va Toshpoʻlat tajang obrazlari orqali oʻz davrining ijtimoiy illatlarini ochib tashlagan. Hajviy publitsistikaning bu ijodiy anʼanasi hozirgi oʻzbek hajviy matbuotida ham qoʻllanib kelmokda.
F. badiiy publitsistika janri boʻlganligi sababli, unda turli badiy vositalar, jumladan, badiiy toʻqima ham ishtirok etadi. Ammo F.da badiiy toʻqima adabiy asarlardagidan farkli ravishda cheklangan koʻrinishga ega. U F.ning asosi boʻlib xizmat qilayotgan fakt va voqealardan, "qahramon"lar feʼlatvorlarining mantiqidan kelib chiqishi lozim. F.da obraz muhim oʻrin tutsada, badiiy adabiyot asarlaridan farqli ravishda, unda obraz publitsistik xarakterga ega boʻladi.
Jahon matbuoti tarixida F. janri muhim oʻrin tutib kelgan. Oʻzbekistonda xam mazkur janrning tarixi uzok, zamonlarga borib taqaladi. Hali matbuot vujudga kelmasdan ilgari mazkur janrning funksiyalarini yozma hajviy adabiyot bajarib kelganligi maʼlum. Alisher Navoiyning hayotdagi ijtimoiy adolatsizlik, zulmzalolat va boshqa illatlarga qarshi qaratilgan asarlarini bu janrning oʻsha davrdagi koʻrinishlari, deyish mumkin. Keyingi davrlarda ijod qilgan Turdi Farogʻiy, Maxmur, Muqimiy, Zavqiy va boshqalarning oʻz davridagi muxim ijtimoiy illatlarni fosh etgan hajvlarini mazkur janrning yorqin namunalari, deyish mumkin. Uzbekistonda dastlabki matbuot nashrlari paydo boʻlishi bilan F. janri matbuot janri sifatida ish koʻra boshladi va tez suratlar bilan taraqqiy etdi. Ayniqsa, 20-asrning boshlarida maydonga kelgan jadid matbuoti sahifalaridan F. janri keng oʻrin oldi va rivojlandi. Mazkur janrning vujudga kelishi va taraqqiy etishida Hamza, Tavallo, Choʻlpon va boshqa katta xizmat qildilar. A. Qodiriy 20-yillarning mohir F. chisi sifatida samarali ijod qildi. Oʻzbek hajvi ustalari Abdulla Qahhor, Gʻafur Gʻulom ham mazkur janrning rivojiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda 90-yillardan publitsistikaning boshqa janrlari qatorida F. janri ham keng rivojlandi, uning bir qator yangi turlari, jumladan, radiofelyeton, telefelyetonlar vujudga keldi.



Download 37,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish