Vetinariya 2016. pmd


Jarrohlik operatsiyalarining tasnifi



Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana08.09.2021
Hajmi2.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Jarrohlik operatsiyalarining tasnifi

Jarrohlik operatsiyalari bajarilishiga qarab xilma-xil bo‘ladi va

quyidagi bir necha guruhlarga bo‘linadi:



6

1.  Qonli operatsiyalar – teri, shilliq parda va qon tomirlar

birligining buzilishi, masalan: yumshoq tovon tog‘ayini kesish.

2.  Qonsiz operatsiyalar – bunda teri qoplamlari birligi

buzilmasdan operatsiya bajariladi (chiqqan bo‘g‘imlarni joyiga qayta

solish, bog‘lam ishlatish).

3. Radikal va palliativ operatsiyalar. Radikal – (lotincha radix-

ildiz, o‘zak – asosiy hal qiluvchi) kasallik belgisidan tashqari, uning

sababini ham bartaraf qilish, masalan, chirigan tishni qirqib (kesib)

olib tashlash – eksterpatsiya qilish, siydik xaltasida va uning yo‘llarida

paydo bo‘lgan toshni olib tashlash. Palliativ (fransuzcha palliative;

lotincha palliare – yashirmoq) – vaqtincha kasallikka yengillik berish.

Hayvondagi og‘riqni pasaytirish orqali uning xo‘jalik faoliyati va

hayotini uzaytirish; qorin bo‘shlig‘ida to‘plangan zardobni chiqarish.

Nafas qaytishining oldini olish uchun traxeotamiya o‘tkazish va

boshqalar.

4.  Kechiktirib bo‘lmaydigan va rejali operatsiyalar. Birinchisi

darhol operativ aralashuvni talab qiladi, chunki kasal hayvonning

hayoti xavf ostida bo‘ladi, masalan, tomoq yoki qizilo‘ngachda yot

jismlarning tiqilib qolishi, qisilgan dabba, qon oqish va boshqalar.

Rejali operatsiyada esa kasal hayvon holatiga, kasallikning kechish

jarayoniga qarab operatsiya o‘tkazishni bir qadar kechiktirish

mumkin.

5.  Aseptik va septik operatsiyalar. Aseptik – toza,

mikroorganizmsiz sharoitda, ifloslanmagan to‘qimada operatsiya

o‘tkaziladi, masalan, teri ostida joylashgan o‘smani olib tashlash;

septik – abssess, flegmona kabi yiringli jarayonlarda va boshqalarda

o‘tkaziladi.

6.  Diagonostik operatsiyalar – turli kasalliklarni aniqlash yoki

tashxis (diagnoz) qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday operatsiya

ko‘pincha oyoq kasalliklarini aniqlashda ko‘p ishlatiladi.

7.  Bir va ikki fursatli katta va kichik operatsiyalar. Kichik

operatsiyalar qatoriga teshish, sanchish, shuningdek, yuza

joylashgan abssesslarni yorib ochish va boshqa operatsiyalar, kattasiga

esa anatomik bo‘shliqlar va chuqur joylashgan to‘qimalarda operatsiya

o‘tkazish kiradi. Bir fursatli operatsiyalarda harakat aralashuvi bir

harakat bilan oxiriga etadi, ikki fursatli operatsiya jarayoni ikki va

undan ortiq marotaba qaytariladi, lekin ma’lum vaqtdan keyin u

yana takrorlanishi (masalan: yiringli bursalarda to‘plangan suyuqlikni

teshib chiqarib tashlangandan, keyin 5–7 kun o‘tgach, patologik

bursa kapsulasi olib tashlanishi) mumkin.



7


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat