Vchd-2 da diplom mavzu bo‘yicha qilinadigan ishlar



Download 1,39 Mb.
bet1/9
Sana30.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#597597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IbragimovHISOBOT (1)




MUNDARIJA




Kirish

2-4

1.

Vchd-2 da diplom mavzu bo‘yicha qilinadigan ishlar

4-7

2.

Yo‘lovchi vagon tormoz uskunalari

7-12

3.

Tormoz silindrlari va g‘amlama rezervuarlar

12-14

4.

TO-1, TO-2, TO-3 tormoz uskunasiga texnik xizmat ko'rsatish

14-17

5.

Havo taqsimlagichlarining ishlash printsipi va tavsifi

18-19

6.

Havo taqsimlagichlarning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi

20-23

7.

Tormozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi

24-25




Xulosa

26




Foydalanilgan adabiyotlar

27-28

-

Kirish


Ushbu texnologik jarayon amaldagi boshqaruv hujjatlari, texnik koʻrsatma va qoʻllanmalar, qoidalar, shuningdek yoʻriqnomalarga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagilarni ta’minlaydi:
- yoʻlovchi poyezdlar tarkibidagi vagonlarga texnik va texnologik xizmat koʻrsatishni tashkil etishni takomillashtirish, ta’mirlash, shaylash va jihozlash ishlari sifatini oshirish, hamda mehnat unumdorligini oshirish, yoʻlovchi poyezdlarini reysga xavfsiz, benuqson tayyorlash, shuningdek, mavsumiy ta’mir va tayyorgarlik davomida yoʻlovchi vagonlarini ta’mirlashni sifatli tashkil etish.
-yoʻlovchi vagonlarning ostki-ustki qurilmalari, elektr jihozlari, havo konditsioneri (isitish va sovutish) tizimlari, shuningdek elektr bilan ta’minlash tizimining barcha qurilmalari va uskunalarini avtomatik ishga tushuvchi kukunli va suv bilan yongʻin oʻchirish tizimi, hamda yongʻindan darak beruvchi moslamalar, suv bilan isitish va ta’minlash tizimi, shuningdek ichki anjom va jihozlari mexanizmlari, vagon ostidagi xavfsiz harakatni ta’minlaydigan barcha qurilmalar va jihozlarini, ya’ni havoli (pnevmatik) va elektr havoli (EPT) tormoz tizimlari, avtobirikma qurilmalari va tortish – zarba yutish mexanizmlari, gʻildirak juftlari, aravalar, tebranishni soʻndiruvchi moslamalar, kuzov qismi, hamda oʻtish va chiqish yoʻlaklari sozligini ta’minlash, yoʻlovchi poyezdlar tarkibini sifatli va sanitar talablari qoidalari asosida yoʻlovchi anjomlari bilan jihozlash, shuningdek vagonlarni kuzov va ichki qismini yuvib tozalash, ichimlik suvi va yoqilgʻi (ko‘mir) bilan ta’minlashni oʻz ichiga oladi.
- ta’mirlash jihozlash punkti (keyingi oʻrinlarda TJM)da poyezdlar tarkibini tuzish, uzatish va qabul qilish, shu bilan birgalikda tezkor va xavfsiz manyovr harakatlarini amalga oshirish, vagonlardan samarali foydalanish, tahlil etish, shuningdek, ularni oʻz vaqtida rejali davriy joriy (DR, KR-1, KR-2, KVR) ta’mir va texnik koʻrik yoki texnik xizmat koʻrsatishdan va joriy uzish ta’miridan oʻtkazishni tashkil etish.
- yoʻlovchi poyezdlar tarkibidagi vagonlarni reysga texnik, texnologik tayyorlash va ta’mirlash jarayonlarini sifatli bajarish usullarini, shuningdek, yoʻlovchi poyezdlar harakatida xavfsizlikni ta’minlashni va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda zamonaviy ilgʻor metodlarni joriy etish, hamda korxona ishchi-xizmatchilarini bilimini, malakasini va mas’uliyatini oshirish;
- yoʻlovchi poyezd tarkibidagi vagonlarni texnik, texnologik tayyorlash va ta’mirlash jarayonlarida texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash, hamda mas’uliyatini oshirishni oʻz ichiga olgan.
-Joylarda mehnat sharoitlari va xavfsizligi holatini tekshirish, ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish va belgilangan ish vaqti va dam olish vaqtiga rioya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etishni nazorat qilish. Mehnatni muhofaza qilish uchun ajratiladigan mablagʻlar sarflanishini nazorat qilish.
-Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, korxonada sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish ishlarini tashkil etadi
-Mehnat xavfsizligi boʻyicha ishlarni takomillashtirish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish
-Xavfli va noqulay sharoitlarida ishlaydigan ishchi-xodimlarni mehnat sharoitlarini yaxshilash va dam olishga qaratilgan buyruq va chora-tadbirlar, shuningdek, yangi xavfsiz texnika va texnologiyalarni joriy etadi.
-korxonada rahbar xodimlar, hamda mutaxassislarning mehnatni muhofazasi va texnika xavsizligi sohasidagi bilimlarni nazorat, shuningdek, bilim va malakasini oshirish uchun oʻquv va amaliy mashgʻulotlar tashkil etadi.
-Zarur hollarda loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan ishlab chiqarish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyalari ishida ishtirok etish.
-Xavfsizlik koʻrsatmalarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishda metodik yordam koʻrsatish, xodimlarni xavfsiz ish uslublari boʻyicha oʻqitish dasturlarini tuzishda ishtirok etish.
-Boʻlimlarda mehnatni muhofaza qilish holati toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash va uni yaxshilash boʻyicha taklif, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha ishchilarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish