Vchd-2 da diplom mavzu bo‘yicha qilinadigan ishlar


Tormoz silindrlari va g‘amlama rezervuarlar



Download 1,39 Mb.
bet5/9
Sana30.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#597597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IbragimovHISOBOT (1)

3. Tormoz silindrlari va g‘amlama rezervuarlar.

Tormoz silindrlari tormoz sistemalarini kuchlangan organlari bo‘lib, tormoz kolodkalarini g‘ildiraklarga siqilishini bajaruvchi richakli uzatishlarga siqilgan havo bosimidan porshen va shtok orqali kuchlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Harakatli tarkibda o‘rnatilishiga ko‘ra tormoz silindrlari vertikalli va gorizontalli bo‘ladilar.



4-rasm. Tormoz silindirlari
№ 188B va 519B tormoz silindrlarini (4-rasm a) yuk vagonlarida va lokomotivlarda o‘rnatiladi. Asosiy qismlari: 1-porshen: 2- zichlashtiruvchi manjeta: 3 - namatli moylovchi xalqa: 4 - cho‘yanli silindrli korpus; 5 - barmoq; 6 - quvurli shtok: 7 - qo‘yib yuborish prujinasi; 8 - oldi qopqog‘i: 9 - to‘rsimon filtr; 14 - changdan saqlovchi rezinali shayba, 11 - tayanch xalqasi; 12 - boshchasi. Siqish kuchi 1500 N ga yaqin.
№ 501 B va 505 B tormoz silindrlari (4-rasm b) yo‘lovchi vagonlari, lokomotivlar va elektropoezdlar uchun mo‘ljallangan.
№ 502B va 507B tormoz silindrlari (4-rasm v) o‘z-o‘zidan o‘rnatiluvchi shtok bilan bajarilgan, lokomotivlar uchun mo‘ljal­langan. № 45, 116, 316 tormoz silindrlari DR1 dizel-poezdlarda va pritsepli elektropoezd ER22 vagonlarida diskli tormoz bilan jihozlanganda qo‘llaniladi: (4-rasm g) - agar silindrlari korpusi qichqartirilgan ko‘lmali bo‘lsa; (4-rasm d) - agar qolipli payvandlangan silindrli korpusi 4 bo‘lsa.
Tormoz silindrlarini porshenlari diametri 254 mm va undan ko‘p bo‘lsa, tormozlanish boshida 0,01-0,03 mPa bosim bilan; so‘ngida 0,03-0,06 Mpa bosimda siljiydi. Tormozni ishlatishdagi holatida eng muhim ko‘rsatgichi va richakli uzatishlarni to‘g‘irlash sifati tormoz silindrlarini shtokini chiqanlik kattaligi hisoblanadi, chunki uni normadagiga nisbatan ko‘p chiqishi poezd tormoz yo‘lini uzaytiradi.
G‘amlama rezervuarlar - tormozlash uchun tormoz sistemasinn ishchi sig‘imi hisoblanadi.
Bu rezervuarlar havo taqsimlagichi bo‘lgan barcha harakatli tarkib birligiga o‘rnatiladi. G‘amlama rezervuarlar 1,0 mPa va 0,7 mPa hisobli bosim uchun ishlab chiqariladi. Rezervuar payvandlangan berk idish ko‘rinishida bo‘lib (5-rasm). Silindrli qismi va ikkita yon tomonidan chiqqan tubidan iborat. Rezervuar tubiga 3/4", 1/2 rezbali shtutser 1 eritib ulangan, unga yuk turidagi havo taqsimlagich va 1 rezbali yo‘lovchi xavotaqsimlagichini quvurlari birlashtiriladi.

5-rasm. G‘amlama rezervuar

Agar vagonlarda yuzga qarshi uskuna o‘rnatilsa, g‘amlama rezervuar yoki iste’mol rezervuarini hajmi ikki baravar oshiriladi, ya’ni hajmi 78 l bo‘lgan ikkita namunaviy g‘amlama rezervuarlar yoki bitta 156 l yoki 170 l hajmlilari ER elektropoezdidagi bosh rezervuarlarida qo‘llaniladi.


G‘amlama rezervuarlarni hisobliga nisbatan 1,5 baravar oshiq bo‘lgan bosimda gidravlik sinovlardan o‘tkaziladi. Texnika xavfsizligiga binoan barcha tuzatish ishlari, rezervuardan siqilgan havoni chiqarib yuborilgandan so‘ng, bajariladi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish