O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTET
IQTISODIYOT KAFEDRASI
«GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: «Zamonaviy globallashuv jarayoni va subyektlari»
Bajardi: ________________________ guruhi: __________
Ilmiy rahbar: __________ __________________ (imzo) Zaripov Xurshid
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022y.
Baho “_____” ___________
Urganch – 2022 yil
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………….3
I BOB. Zamonaviy globallashuv jarayoning asosiy tushunchalari.
Globallashuv jarayonining mohiyati va asosiy yo'nalishlari…………….4
Globallashuv va uning oqibatlari…………………………………………8
II BOB. Zamonaviy globallashuvning ijobiy tamoni va muammolari.
2.1 Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari……………………..………………..11
2.2 Globallashuvning zamonaviy muammolari……………………………..……15
2.3 Globallashuvning O`zbekistonni iqtisodiyoti rivojlanishiga ta`siri…………21
Xulosa……………………………………………………………………………24
Adabiyotlar ro’yxati va ilovalar…………………………………………………25
KIRISН
Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini-o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shakUantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘Hb borilmoqda. 0 ‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi. I.A. Karimov 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabridagi qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida: «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo'lishimiz shart. Ma’lumki, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu bois awalambor, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turU falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko‘rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvoffaqiyatga erishadi. Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab aytmoqchimanki, mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda, ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizni isloh etish va modemizatsiya qilish yo'lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor»1, - deya ta’kidlagan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2013-yilda mamlakatimizni ijtimoiy —iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida «Iqtisodiyotiinizning 2014-yilga mo‘ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo‘nalishlari, awalo, bu sohaning yuqori sur’atlar bilan о‘sib borishini ta’- minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlami safarbar etish borasida qabul qilingan strategiyani davom ettirishga qaratilgan»,2 deb ta’kidlagan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning iqtisodiyotni tartiblash mexanizmini yanada takomillashtirish va bozorning o‘zini-o‘zi tartiblashning obyektiv mexanizmi bilan uyg'unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan o‘quv kursini o'qitishdan maqsad - talabalarda iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari, shakl va usul, vositalari, davlatning iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi tizimli, keng qamrovli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘quv kursining vazifasi iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi va shakllarini ko‘rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o‘mi haqidagi turli konsepsiyalami tahlil etish va rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish, O'zbekistonda iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmining shakllanishi va rivojlanishi, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, iqtisodiyotni tartibga solishning shakl va vositalarini tahlil qilish, iqtisodiyotni tartiblashning bozor va davlat mexanizmlari uyg‘unligini ta’minlash yo‘nalishlarini o‘rgatishdan iborat. «Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish» o‘quv kursini o‘zlashtirish jarayonida talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish» o‘quv kursining predmetini, asosiy kategoriyalarini va tadqiqot usullarini; bozor iqtisodiyotining o‘zini-o‘zi tartibga solishi mexanizmining kamchiliklari, salbiy oqibatlarga, ya’ni inqirozlarga ohb kelishi mumkinligi, bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi, davlatning iqtisodiy vazifalarini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslarini, bu boradagi turli nazariy konsepsiyalami, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish shakllari, usullari va vosita (dastak)lari haqidagi bilimlarga ega boladi; - 0 ‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmining shakllantirilganligi hamda uning o‘ziga xos xususiyatlarini, davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarishning iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishdagi o‘mi va ahamiyatini o‘rganishi, davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini aniqlash, ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishni dasturlash, prognozlash va rejalashtirish shakllari va usullari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘ladi; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning budjet-soliq, pul-kredit vositalarini qo‘llash; ijtimoiy sohani boshqarish, ijtimoiy jarayonlami tartibga solish usullarini; davlatning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashi indikatorlarini tahlil qilish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda yuz berayotgan jarayonlarga baho berish; 0 ‘zbekistonda iqtisodiyotni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash asosida barqaror, mutanosib o£sishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflami hamda amaliy tavsiyalami ishlab chiqish ko‘nikmalariga va malakaiariga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |