Urayimov Abrorjonning O’zbekiston nomoddiy madaniy me’rosi



Download 1,24 Mb.
Sana02.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#733170
Bog'liq
A.Urayimov M.Ta\'lim


SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETI MSMTEB TA’LIM YO’NALISHI 3-BOSQICH TALABASI
Urayimov Abrorjonning
O’ZBEKISTON NOMODDIY MADANIY ME’ROSI FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
MAVZU: O’zbek dostonchilik maktablari
va ularning namoyondalari.
Atoqli xalq baxshisi, o‘zbek dostonchilik maktabi asoschilaridan biri Muhammad Jomurod o‘g‘li Po‘lkan 1874 yilda xozirgi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga qarashli Qatag‘on qishlog‘ida Mulla Jomurod xonadonida tavallud topgan.Muhammaddagi dostonchilikka mehr-muhabbat yuksakligini bilgan Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi namoyondalaridan biri, mashhur Jassoq baxshi uni o‘ziga shogirdlikka qabul qiladi va 70 dan ortiq dostonlarni o‘rgatadi: «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlar, «Qironxon», «Orzigul», «Alpomish», «Yodgor», «Rustam» turkumi va b. U Jassoq baxshini 12-shogirdi hisoblanadi. Yosh Muhammadqul 25 yoshida xalq dostonchisi sifatida elga taniladi.
1. Bulung’ur dostonchilik maktabi qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo’lgan. Sodda, yuksak, o’ta ananaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan. Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi talantli vakili Fozil Yo’ldosh o’g’li (1872-1955) hisoblanadiki, undan «Alpomish», «Yodgor», «YUsuf bilan Ahmad», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «SHirin bilan SHakar», «Rano bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1868 yilda Qo‘shrabot tumani Qo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek xalq shoiri, dostonchi.Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ulkan shoir-dostonchi bo‘lib yetishishida oilasi va qishlog‘idagi boy adabiy muhit katta rol o‘ynagan. Dostonchilik ta’limini otasi Jumanbulbuldan olgan.Jumanbulbul ota o‘g‘li Ergashning o‘qish-o‘rganishi, bilim olishiga katta e’tibor bergan. 1884—1886 yillarda Buxoro madrasalaridan birida o‘qib, fors tilini o‘rgangan, arab tili bilan tanishgan, husnixat mashq qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil, Mashrab, Mahtumquli asarlarini mutolaa qilgan.
Epik sanatning ikkinchi bir muhim Qo’rg’on dostonchilik maktabi bo’lib, uning eng so’nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o’g’li (1868-1937) va Po’lkan shoirlar (1874-1941) hisoblanadi. Bu talantli sanatkorlardan «Alpomish», «YAkka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntug’mish», «Qironxon», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «YUnus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «CHambil qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan YUlduz», «Xoldorxon», «Hilomon», «Berdiyor otliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi dostonlar yozib olingan.
Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbek-laqay baxshilari ham ijro yo’llarining badiiy tasvir vositalari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Dang’ara rayonining Jorubqo’l qishlog’i bilan bog’liq. Bu erda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Haybat SHomol o’g’li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o’tgan. Hozir ham ularning davomchilari bor. O’zbek-laqay baxshilarining dostonchilikdagi asosini «Go’ro’g’li» dostonlari turkumi tashkil etadi. Bu dostonlar o’zlarining nihoyatda mo’`jazligi bilan ajralib turadi.
Dostonni baxshilar kuylaydilar. qadimgi zamonlarda “baxshi” xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz ma’nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so’z, asosan, xalq dostonlarini kuylaydigan san’atkorni bildiradi. Baxshi soz chertganda sozanda, she’riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir. Shuningdek, parchalarni bir zumda to’qib ketadigan shoir dostondagi nasriy parchalarni yoddan o’qiyotganda badiiy so’z ustasi hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon dostonni bir xil, ya’ni o’zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi Zarifovning ta’kidlashlaricha, burung’urlik Amin baxshi “Alpomish” dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda boshlangan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini tasavvur qilaylik.
XIX asrda mavjud bo’lgan yana bir epik markaz SHahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so’nggi namoyandasi Abdulla Nurali o’g’li (1874-1957) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho’x, quvnoq, ko’tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar.Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o’g’li (1874-1953) bir tomondan, SHahrisabz, ikkinchi tomondan, Qo’rg’on dostonchilik maktabi bilan bog’liq bo’lgan. Uning ijro usuli va undan yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va SHerali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon», «Kuntug’mish» kabi dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, ularda har ikki maktab xususiyatlari yaqqol ko’rinadi.
O’zbekistonning janubida yashovchi ko’pgina baxshilar SHerobod dostonchilik maktabi bilan bog’liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur vakili SHernazar Beknazar o’g’li bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o’g’li, Umir Safar o’g’li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o’g’li, Mamadrayim baxshi, Bo’riboy Ahmad o’g’li, YUsuf O’tagan o’g’li kabi o’nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan.
Bir fasl muddatda doston ijro etgan baxshi biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she’riy parchalarni qaerdan topgan? O’sha nusxadagi dostonning hajmi qanday bo’lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun naqadar yuksak mahorat egasi bo’lishi kerak o’sha baxshi? Bu savollarga beriladigan har bir javob o’zbek dostonchiligining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi, xolos.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish