4-mavzu: «layli va majnun» turkumidagi dostonlar tahlili reja



Download 405,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.01.2022
Hajmi405,8 Kb.
#382076
  1   2
Bog'liq
'ruza matn



4-MAVZU: «LAYLI VA MAJNUN» TURKUMIDAGI DOSTONLAR 

TAHLILI 

Reja: 

1. “Layli va Majnun”ning  manbalari   

2."Layli va Majnun"  Navoiy qalamida. 

3.Dostondagi timsollar. 

4. Asar badiiyatiga doir. 

"Layli va Majnun" jahon adabiyotida  samimiy sevgi haqida  yaratilgan  eng  

Qamgin  qissalardan  biridir.  Biz,  boshqa    biron-bir  sevgi    asarining  "Layli  va 

Majnun"chalik  fojiaviy,  sevishganlar  ma‟naviy-ruhiy  olamining  chuqur  va  o‟ta  

ta‟sirli  ochilganini  bilmaymiz. O‟tmishda  o‟nlab yozuvchilar, xalq ijodkorlari  bu 

sevgi    qissasini    qayta-qayta  ishlaganlar.  Zamonlar    o‟tib  asar  Yaqin  va  O‟rta 

SHarq xalqlari orasida  keng  tarqalgan, shuhrat tutgan. 

“Layli  va  Majnun”  ko‟p  asrlik    tarixga    ega.  Uning    ildizlari,  mashhur 

adabiyotshunos-matnshunos 

akademik 

I.Krachkovskiy 

 

ta‟kidlaganidek,              



VII asrning  ikkinchi  yarmiga  borib taqaladi.                

 Ayrim  arab  manbalarining    ma‟lumotiga    ko‟ra,  Majnun  tarixiy  shaxs.  U 

Bani  Omir  qabilasidan    chiqqan,  uning  asl  nomi  Qays  ibn  Mulavvah  (yoki  Qays 

ibn Muod ) bo‟lgan. U qabiladoshi  Laylini  sevgan va  o‟z  sevgisi, hijron azoblari  

haqida    mungli  she‟rlar    bitgan.  Bunday  ma‟lumot    ibn  Qutaybaning    "Kitobut-

she‟r va shuaro" asarida  ham  keltiriladi.  SHu bilan  birga, boshqa manbalar bu 

ma‟lumotlarni  rad etadi. Jumladan, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy   (764 

yilda  vafot  etgan),  arab  tarixchisi  Hishom  al-Qalbiy  (819  yilda  vafot  etgan)lar 

Majnun  tarixiy    shaxs  emas,  uning  nomi  majoziy,  sevgi,  hijron  she‟rlari    esa 

umaviy  xonadoniga  mansub  bir  oshiq  yigit    tomonidan  bitilgan  va    asl  nomini  

oshkor  etmaslik  uchun    Majnun  taxallusini  qo‟llagan,  deyishadi.  SHu  tariqa  VII 

asrning    ikkinchi    yarmidan    boshlab  arab  poeziyasida    Majnun  taxallusli  mungli 

she‟rlar  ko‟payib,  keng  tarqalib  boradi.  Vaqtlar  o‟tishi  bilan    ko‟plab  afsonalar, 

rivoyatlar to‟qiladi va ular turli  manbalardan joy ola boradi. Endi, Majnun  nomi  




arabistondagina emas, balki Yaqin va O‟rta SHarq  o‟lkalarida  ham keng  shuhrat 

topadi.  

"Layli  va  Majnun"  haqida    birinchi    marta    1188  yilda    ulug‟  Ozarbayjon 

shoiri,  mutafakkiri  Nizomiy  Ganjaviy    doston    yaratadi  va  u  g‟oyaviy-badiiy  

yuksak,  mukammal    badiiy  asar    darajasiga    ko‟tariladi  hamda    xamsachilikning  

an‟anaviy  dostoniga  aylanadi. . . 

1298/99  yillarda  ulug‟  hind    shoiri    va  mutafakkiri  Amir  Xisrav  Dehlaviy 

"Majnun va Layli" dostonini yaratdi. Dehlaviy  Nizomiy dostonining  mazmuni  va 

qurilishini deyarli saqlab qoldi. Ammo  u dostonga bir  qator  o‟zgarishlar  kiritdi. 

Masalan, Majnunga Navfal qizining  nikoh  qilinishi, Layli va Majnunning sahroda  

hayvonlar himoyasida  tunni o‟tkazishi va b. . . 

"Layli  va  Majnun" dostonining   tadrijiy    takomilida    Navoiy   dostoni    yangi 

bir  adabiy    hodisa  bo‟ldi.  Navoiy    arab  rivoyatlari,  Nizomiy    va  Dehlaviy  

dostonlari  va  Ashrafning  bizgacha  saqlanib  qolmagan  "Layli  va  Majnun"i  bilan 

yaqindan  tanish  bo‟lgan.  Navoiy  oldida  ana  shu    mavjud  manbalardan  ijodiy 

foydalanish, shu bilan  birga, o‟z davri, uning ehtiyoju talablariga  to‟la javob bera 

oladigan yangi bir "Layli va Majnun" asarini yaratish vazifasi  turar edi. Bu haqda 

dostonda  o‟qiymiz: 

 

Men xastaki bu  raqamni  chektim, 



Tahriri uchun  qalamni   chektim. 

Yozmoqta bu ishqi jovidona

Maqsudum emas edi fasona, 

Mazmunig‟a  bo‟ldi ruh mayli, 

Afsona  edi aning  tufayli. . . 

Men turkcha boshlabon rivoyat, 

Qildim bu fasonani hikoyat. 

Kim  shuhrati chun jahong‟a to‟lg‟ay, 

Turk  eliga  dog‟i bahra bo‟lg‟ay. . . 

 



Parchada  shoirning  ezgu  niyati  ochiq  va    munavvar  aks    etgan.  Birinchi 

maqsad,  "afsona"  va  "mazmun"ga,  ya‟ni  asarning  qobig‟i  va  mag‟ziga,  ichki 

mohiyatiga,    ikkinchi  maqsad,  til    masalasiga    e‟tibordir.  Ayni    shu  fazilatlar 

Navoiy    asarining  yuksak  muvaffaqiyatini,      e‟tirofi  va  shuhratini    ta‟minladi. 

CHunki    zamin  va  zamon,  ya‟ni  shoir  yashagan  davr,  muhit    ana  shunday    bir 

asarni      talab  etar  edi.  .  .  Sirtdan  qaraganda,  doston  voqealari  qachonlardir  arab 

sahrolarida    bo‟lib  o‟tgandek...  Biroq  ta‟kidlaganimizdek,  Navoiy  "Layli  va 

Majnun"   dostonini  yashagan davrining  hayot  ehtiyojlari asosida yaratdi. SHoir 

Layli va Majnun fojeasi bilan  yashagan muhitning  noinsoniy qonun-qoidalariga, 

ayrim  urf-odatlariga    qarshi  chiqdi,  isyon  ko‟tardi.  SHu  orqali  samimiy  sevgini, 

sadoqatni, insoniy haq-huquqlarni  yoqladi, sharafladi. Bu o‟rinda, shuni ham qayd 

etish  zarurki,  "Layli  va  Majnun"  mojarosi,  voqealari  qachonlardir,  islomgacha 

bo‟lgan  zamonlarda,    johiliyat  asrlarida,  qizlar  tiriklayin  yerga  ko‟mib 

tashlanadigan, ularning insoniy haq-huquqlari  bilan hech kim hisoblashmaydigan, 

jaholat, molu johga  hirs-havas kuchli bo‟lgan zamonlarda kechgan. Buyuk insoniy  

fazilatlarni,    qadriyatlarni    tarannum  etgan  xamsanavislar  va,  ayniqsa,  Alisher 

Navoiy  bunday  manfur odatlarga,  qotillik  va bedodliklarga  qarshi isyon ko‟tardi, 

layli va majnun, laylilar va majnunlar sevgisini,  ular sha‟nini  sharaflaydi. 

Alisher  Navoiy  salaflaridan    farqli  ularoq  dostonga  Zayd  timsolini  va  davr 

hamda  muhit  bilan  chambarchas  bog‟liq  ayrim  o‟zgarishlar    kiritdi.  Va,  ayniqsa, 

sevishganlar  ruhiyati    tasvirini    kuchaytirdi,  uning  ta‟sir    kuchini    oshirdi. 

Binobarin,  kitobxon  bevosita    sevishganlar  bilan    mungdoshlik  qiladi,  ular  

qismatidan dahshatga tushadi. .  


Download 405,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish