Umumtalim maktablari jismoniy tarbiya darslarida voleybol o’yini reja



Download 61 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi61 Kb.
#907424
  1   2   3
Bog'liq
UMUMTALIM MAKTABLARI JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA VOLEYBOL O


UMUMTALIM MAKTABLARI JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA VOLEYBOL O’YINI


Reja:

1. Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standartlari


2. Voleybol seksiya mashg’ulotlarini o’tkazishda
3. Voleyboldagi texnik va taktik harakatlarga o’rgatish vazifalari

Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standartlari ta’li jarayonining sifatiga, ta’lim va mazmuniga doir talablarni: o’quvchilar tayyorgarligining zarur yetarli darajasi, ta’lim muassasalaridagi faoliyati va jismoniy ta’lim hamda tarbiya sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi.


«Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim olish yo’llari xilma-xilligi sharoitida har bir ta’lim muassasasi o’quvchilarning sog’ligini saqlash va mustahkamlash jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolotlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir.
«Jismoniy tarbiya va ta’lim» kursi umumiy o’rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi:



  1. Jismoniy tarbiya darslari.

  2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika, jismoniy daqiqalar, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, o’yinlar.

  3. Jismoniy mashq mashg’ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: sport seksiyalari, fakultativlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar va boshqalar.

Jismoniy tarbiya o’quv dasturiga sport o’yinlari materiallari kiritilgan (voleybol, basketbol, qo’l to’pi va alohida futbol).
Voleybol bo’yicha dastur materiallarini o’rgatish uchun zarur bo’lgan mashqlar, texnik va taktik usullar hamda o’yinning nazariy va amaliy qoidalapri kiritiladi. Mashg’ulotlarning samaradorligi o’qituvchining darsni to’g’ri rejalashtirishi va tashkil etishiga, ko’proq foydali harakatlarni o’rgatishning koeffisiyentiga bog’liq bo’ladi. Jixoz va asbob - anjomlardan foydalanish muhim rol o’ynaydi. (E.K. Axmerov, 1985).

Voleybol bo’yicha mashg’ulotni muvaffaqiyatli o’rgatish uchun bir necha to’p va maydoncha bo’lishi yetarli emas. Albatta, to’ldirma to’p, osib qo’yilgan to’plar, amortizatorli to’p va boshqa shu kabi jihozlar bo’lishi zarur. Dasturda voleybol uchun ajratilgan soat (yiliga 20 soat) harakat texnikasi va taktikasini zarur va yetarli darajada o’zlashtirib olishga yetmaydi. Shuning uchun umumta’lim maktablarida voleybol sporti bo’yicha seksiya mashg’ulotlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.


Voleybol sport seksiyasini tashkil etish yosh voleybolchilarni tayyorlashdan boshlanadi. O’quv guruhlarida shug’ullanuvchilarning tarkibiy uyg’unligi hamda yosh jihatdan bir hilligi trenirovka mashg’ulotlari shakliga mos tushadi.
Umumiy faoliyatda muntazam ravishda ishtirok etish shug’ullanuvchilarni yagona jamoa qilib jipslashtiradi, bu ham jismoniy tarbiyaning o’quv hamda tarbiya vazifalarini samarali hal etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Voleybol seksiya mashg’ulotlarini o’tkazishda ham qabul qilingan qator umumiy talablarni bajarish kerak bo’ladi.
Birinchidan, shug’ullanuvchilarni o’qitish va tarbiyalash butun mashg’ulot davomida amalga oshirib borilishi kerak.
Ikkinchidan, mashg’ulot o’tkazishda har qanday yo’llar bilan bo’lsa ham usuliy shablonlardan qochish kerak.
Mashg’ulot mazmuni va usuliyatini hilma-hil qilish kerakligini vazifalarning doimiy ravishda murakkablashib borishi, shug’ullanuvchilarning organizmi va psixikasida sodir bo’ladigan siljishlar dinamikasi, tashqi sharoitning o’tkazuvchanligi taqozo etadi.
Uchinchidan, shug’ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni bir tekisda o’quv faoliyatiga jalb etish kerak. Faqat shu yo’l bilan shug’ullanuvchilar uchun uzoq vaqt davomida bir butun o’quv - tarbiya jarayoniga erishish mumkin va shug’ullanuvchilarning mashg’ulotni tashlab ketishlari yoxud qoloqlar paydo bo’lishini oldi olinadi.
To’rtinchidan, har bir mashg’ulotdagi o’quv faoliyatini usuliy tamoyillarga qat’iy rioya qilgan holda olib borish kerak. Mashg’ulotning ta’siri har tomonlama sog’lomlashtiruvchi, bilim va tarbiya beruvchi bo’lishi kerak.
Beshinchidan, mashg’ulot oldiga mazkur darsda hal etish mumkin bo’lgan mutlaqo aniq vazifalar qo’yish kerak. O’quv - tarbiya jarayonining umumiy masalalari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik) hal etilishiga alxoida aniq vazifalar tizimini bajarish orqali erishiladi.
Voleybol - mashg’ulot darslari kabi uch qismga: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga bo’linadi. So’ngra belgilangan qismlarning oldiga qo’yilgan vazifalarni hisobga olgan holda darsning aniq ustalashgan tuzilmasi ishlab chiqiladi.Mashg’ulotning tayyorgarlik qismida boshlanadigan asosiy faoliyatga funksional tayyorgarlik markaziy o’rinni egallaydi. Bunga me’yorlash oson, tayyorlanish va bajarishga ko’p vaqt ketmaydigan mashqlar yordamida erishiladi. Yugurish, sakrash, o’yinlar va o’quvchilarga yaxshi tanish bo’lgan harakatlar shular jumlasiga kiradi. Umumiy rivojlantirish mashqlari kompleksini birin-ketinlik tamoyiliga rioya qilgan holda, ko’pgina hollarda quyidagi tartibda bajariladi: kirishish mashqlari; qo’l va yelka kamari uchun mashqlar; oyoqlar uchun mashqlar; cho’nqayishlar; gavda uchun mashqlar; sakrashlar; mushaklarni kuchaytirish mashqlari (Yu.D.Jeleznyak, 1989).
Mashg’ulotning eng murakkab vazifalari asosiy qismda hal etiladi. Odatda, yangi materialni, koordinasiyasi jihatdan murakkab harakatlarni o’rganish asosiy qismning boshida hal etiladi.
Voleyboldagi texnik va taktik harakatlarga o’rgatish vazifalari bosqichlariga qat’iy rioya qilgan holda (tanishtirish, o’rgatish, takomillashtirish) asosiy qismda xal etiladi. Texnik va taktik harakatlarga o’rgatishda tayyorlov, yaqinlashtiruvchi mashqlar kompleksidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mashg’ulotlarning yakuniy qismida harakat shiddatini asta-sekin kamaytirish, bajarilgan ishni shug’ullanuvchilar tomonidan tahlil qila bilishga erishish juda muhimdir. Uy vazifalariga alohida e’tibor berish kerak. Mashg’ulot mustaqil bajariladigan mashqlar bilan to’ldiriladi.
Voleybol mashg’ulotlarini o’tkazish joylarini tanlash ham muxim ahamiyatga ega.
Mashg’ulotlarni mumkin qadar ochiq havoga olib chiqish imkoniyatidan to’la foydalanish kerak. To’g’ri, ochiq maydonchada shug’ullanuvchilarga rahbarlik qilish qiyin bo’ladi.
Ba’zan, quyosh, shamol, shug’ullanuvchilar e’tiborini chalg’itadigan predmetlar dars o’tkazishga halal berib turadi. Ammo ochiq havoda o’tkazilgan mashg’ulotlarda ish qobiliyati oshadi va bu mashg’ulotlar chiniqishga, sog’liqni mustahkamlashga yordam beradi.
Shu bilan bir qatorda jismoniy sifatlarni, ayniqsa voleybolchilar uchun o’ta muhim bo’lgan tezkorlik va sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarda doimo an’anaviy standart mashqlarni qo’llash kutilgan natijani bermaydi. Aksariyat mutaxassis olimlarning tadqiqotlariga ko’ra qayd etilgan sifatlarni tarbiyalashda nostandart o’yinsimon mashqlardan foydalanish shugullanuvchilarda juda katta qiziqish o’ygotar ekan. Eng muhimi shakllantirillayotgan sifatlar qisqa vaqt ichida o’ta samarali rivojlanishi isbot qilingan.
Sport keng ma'noda musobaqa faoliyati - unga maxsus tayyorgarlik ko'rish, shu yo'nalish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, madaniy-maishiy, jismoniy va psixofunksional, texnik va taktik jarayonlarni o'z ichiga oladi. "Sport" tushunchasining mohiyati insonni jamiyki to'siq va qiyinchiliklarni yengib, o'z imkoniyatlari chegarasini yanada kengaytirishga qaratilgan intilishidan iborat.
Sport - bu ruhiyatni «charxlovchi», kayfiyatni ko'taruvchi insonni jismonan, ma'nan va ruhan shakllantiruvchi, uning «ichki» va «tashqi» madaniyatini (morfologiyasi - qaddi-qomati va funksional resursini) takomillashtirib boruvchi, insoniyatga cheksiz quvonch hadya etuvchi zamonga mos, o'ta ommaviy ijtimoiy harakatdir. Demak, sport chuqur ma'noli, ko'pqirrali ijtimoiy omildir.
«Sport» atamasi etimologik nuqtayi nazaridan inglizcha so'zdan kelib chiqqan bo'lib, daraxt kurtaklarini bir-biridan "o'zib" o'sishini anglatadi.
Zamonaviy sport - bu o'z evolutsion tarixi, mavqe va maqomi hamda o'ziga xos musobaqa qoidalariga ega bo'lgan ko'pdan ko'p turlardan tarkib topgan.
«Sport» va «Sport trenirovkasi» atamalari pirovardidan, «musobaqaga tayyorgarlik», «musobaqa jarayoni», "musobaqa faoliyati" tushunchalarini anglatadi.
«Trenirovka» atamasi inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «mashq qilish», «charxlash» ma'nosini bildiradi. Ushbu atama turli sohalarda qo'llaniladi. Masalan, «aqliy (intellektual) trenirovka», «jismoniy trenirovka», «gipoksik trenirovka», «hayvonlar trenirovkasi» tushunchalari amaliyotda keng o'z aksini topgan. «Hayvonlar trenirovkasi», «hayvonni dressirovka qilish» tushunchasidan tubdan farq qilib, hayvonlarni biror-bir tadqiqot uchun tayyorlash (oq kalamushni tretbonda yugurishi) yoki hayvonlarni (masalan, itni) «harbiy xizmatga» tayyorlash va hokazo sohalarda amalga oshirilishi mumkin.
Sport amaliyotida «sport trenirovkasi» atamasi «sport tayyorgarligi» atamasi bilan mantiqan yaqin bo'lsa-da, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. «Sport tayyorgarligi» tushunchasi keng qamrovli ma'noga ega bo'lib, sportchini jamiyki faoliyatini (uyqu, trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo) musobaqaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. «Sport trenirovkasi» esa bir maqsadga yo'naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma'noni anglatadi.
Muntazam sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari (chopish, sakrash, yurish va hokazo), ko'nikmalari takomillashadi, psixik sifatlar (fikrlash, ong, iroda, diqqat, hissiyot va boshqa) sayqal topadi. Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashadi.
Voleybol - sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumki, zamonaviy voleybol o'z xususiyati, mohiyati, mazmuni bilan kishi organizmiga katta talablar qo'yadi. Voleybol bo'yicha muntazam trenirovka qilish barcha jismoniy, texnik, taktik, psixofunksional sifatlarni takomillashtiradi. Voleybolga xos turli yo'nalishda va tezlikda uzoq vaqt davomida (1,5-2 soatgacha) ijro etiladigan texnik va taktik malakalar shug'ullanuvchini umumiy va maxsus chidamkorligini shakllantirib boradi. O'yinda ijro etiladigan yakka, guruh va jamoa harakatlari o'zaro qo'llab-quwatlash, o'zaro yordam, hamjihatlik xislatlarini namoyon qiladi.
13.2. Sport trenirovkasini maqsadi, vazifalari va mazmuni
Sport trenirovkasi - bu uzoq muddatli pedagogik jarayon bo'lib, o'z oldiga o'yin malakalariga o'rgatish, ularni takomillashtirish, yakka guruh va jamoa, texnik hamda taktik harakatlarini o'zlashtirishni maqsad qilib qo'yadi.
Vazifalari:

- asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalash (kuch, tezkorlik, chaqqonlik,
chidamkorlik, egiluvchanlik);
- hayotiy zarur malaka va ko'nikmalarni shakllantirish (yurish,
chopish, sakrash, uloqtirish, suzish);

  • «Alpomish» va «Barchinoy» test talablariga tayyorgarlik ko'rish va topshirish;

  • texnik va taktik harakatlarni ijro etishda zarur qobiliyat va maxsus sifatlarni taraqqiy ettirish.

  • o'yin malakalari - texnik va maxsus sifatlarni taraqqiy ettirish;

  • o'yin malakalari - texnik va taktik harakatlarini yuqori saviyada ijro etishni o'zlashtirish;

  • hujum va himoyada jamoa bo'lib maqsadga muvofiq harakat qilishni shakllantirish;

  • voleybol bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni egallash (rejalashtiruv hujjatlari, kundalik olib borish, o'rgatish texnologiyasi, hakamlik amaliyoti, ish qobiliyatini tiklash vositalari);

  • o'zlashtirilgan o'yin malaka va ko'nikmalarini musobaqada samarali qo'llashni joriy etish.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish