8-mavzu. Auditorlik standartlari va auditning uslubiyoti (6 soat )



Download 31,62 Kb.
bet1/3
Sana01.06.2022
Hajmi31,62 Kb.
#628116
  1   2   3
Bog'liq
8-мавзу Бобур
2 5463304460434414330, Bozor-iqtisodiyoti M.I, 1650435142 (1), Dunyo tillari va o\'zbek tilini tutgan o\'rni, 5-sinf. Animal janr-ochiq dars, Kurs ishi. I.Saminov tahrir, Kurs ishi., translate Farmakologiya na ladoniyax, statee, TAYANCHLAR VA ULARNING TURLARI., 12-ma'ruza, 5A630102 —Ekologiya (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 1403756783 46358, 2 вариантA jamshid multimediali tarmoqlar uchun xizmatl — копия

8-mavzu. AUDITORLIK STANDARTLARI VA AUDITNING USLUBIYOTI (6 soat )
1.Auditning professional standartlari tavsifi
2.Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar

3. Auditorlik standartlari tarkibi


Tayanch so’z va iboralar: Standartlar, auditning xalqaro standartlari, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari, xalqaro buxgalterlar va auditorlar federatsiyasi, auditorlik standartlari kengashi, auditning malaka va etika talablari, standart talablari


1.Auditning professional standartlari tavsifi


Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi (IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida mijozning moliyaviy hisobotlari bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki (barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha sub`ektlarga ham qo`llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi:

  • Standartning kirish izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi.

  • Mavzuga doir talablardan maqsad belgilanadi.

  • Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning ta'riflari

  • Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun talablarni aniqlasitirish. Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi.

  • Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.

ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir.
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. Shunga ko'ra, 2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. Xalqaro standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi:
Kirish auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Maqsad - auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.

  • Amaldagi jumlalar ta`riflari kiritilgan.

  • Har bir maqsad uchun talablar taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .

  • Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.

PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan.






IAASB

PCAOB

AICPA

Nufuzli manba

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi va ushbu standartlar amal qiluvchi mamlakatlar 1-jadval

Download 31,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti