Uchinchi ming yillikning bolasi



Download 51,18 Kb.
bet1/3
Sana20.02.2020
Hajmi51,18 Kb.
#40357
  1   2   3
Bog'liq
Davlat talablari




















































Mundarija




KIRISH...........................................................................................................1-5 bet

I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DAS-

TURI...................................................................................................................6 bet

I.1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM

TO`G`RISIDA NIZOM.................................................................................6-7 bet

I.2.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-TARBIYASIGA

QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI..............................................7-10 bet

  1. 3."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI"TAYANCH DASTURI "MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-TARBIYASIGA QO`YILADIGAN TALABLARI"NING BAJARILISHIGA

ERISHILADIGAN DASTUR...................................................................10-21 bet

III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK XALQ VA

HARAKATLI O`YINLARI......................................................................56-58 bet

  1. 1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH

QOIDALARI..............................................................................................58-61 bet

III.2.BOG`CHA BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLASHDA

HARAKATLI O`YINLARDAN SAMARALI FOYDALA-

NISH............................................................................................................61-66 bet

BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................66-67 bet

XULOSA.....................................................................................................68-70 bet

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR....................................................71-73 bet KIRISH

Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi. Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko`p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan sog`lom, har tomonlama barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar qo`lida. "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatmizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir" , deb ta`kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch" kitobida.

Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo`lidagi davlat siyosatining eng ustivor yo`nalishlaridan etib belgilandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog`lom turmush tarziga rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o`g`il-qizlarimizni jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o`zbek sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksalitirish asosi bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilib, yoshlar o`rtasida sportni rivojlantirishning noyob tizimiga asoso solindi. Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-oktbrdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi va 2004-yil 29-avgustdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risida"gi farmonlari bolalar sportini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo`layotir.

Islom Karimov Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilganidan buyon o`tgan davrda bu sohada mamlakatimizda katta tajriba to`planganini alohida qayd etdi. Bugun yurtimizda sog`lom va barkamol avlod voyaga yetayotgani, o`z iste`dodi va mahorati bilan jahon arenalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritayotgan ko`plab yosh sportchilar yetishib chiqayotgani sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor samarasidir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar singari ta`lim tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Prezidentimizning mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligini tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997yilda "Ta`lim to`g`risida" gi Qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi-maktabgacha ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har tomonlama ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan qaramoqni talab etadi. Negaki, bugunki bolakay yoki qizaloq zimmasida XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom, bilimli, aqlli bo`lib jamiyatimizning faol a`zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibti. Bunda esa ular sizu-bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz.

Mamlakatimiz kelajagi uchun sog`lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati juda katta. So`nggi yillarda sport va jismoniy tarbiya yoshlаr hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi Farmonida "bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarda sport ko`nikmalarini singdirishning sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlarida mashg`ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga ko`maklashish" lozimligi alohida ta`kidlandi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat.

Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilanadi.

Shu bilan birgalikda biz ham shu mavzuga qo`l urib, ilmiy, ilmiy-uslubiy manbalarni taxlil qildik, ko`pgina ilmiy anjumanlar materiallarini o`rganib chiqdik.Ilmiy amaliy anjumanlar materiallaridan mavzuga oid quyidagi: "Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayorgarligi dinamikasi va uning yosh bilan bog`liq xususiyatlari" Masharipova M. (2005y), " Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya tizimida jismoniy mashqlarning o`rni" Salixova G.(2005y) "Otaonalarning oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish uslubi" Atoev A, Ibragimov B.(2008y) , "Maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o`yinlarning o`ziga xos xususiyatlari"Yo`ldosheva G,Davronova D. (2008y), "Maktabgacha ta`lim muassasalarida sayr qilishni tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyati" Sultonov R, Kambarov D.(2009y), "Jismoniy tarbiya va sport ta`limidagi muammolar yechimi yo`lida "Mavlonov A, Mamirova D, Xoliqov A.(2009y)va boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik.

Ishning maqsad va vazifalari. Tarbiyachi va ota-onalar uchun bolalarni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Bu borada qanday mashg`ulotlar katta ahamiyat kasb etadi? Avvalo qaysi jismoniy sifatlar va ko`nikmalarni rivojlantirish zarur? Qaysi harakatli o`yinlarni qo`llash maqsadga muvofiq? Jadal rivojlanish yoshiga qadam qo`ygan bola uchun eng muhimi qaysinisi-o`z gavdasi, tanasini boshqarib borishmi yoki kuchli, chaqqon, chidamli bo`lishmi, bilimlarni o`zlashtirish, yangi axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishmi yoki o`z fikrini izhor qilishni bilishmi? Bu masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi.

Bolalar tarbiyasi bilan band bo`lgan insonlar shuni anglamog`i kerakki, jismoniy va aqliy rivojlanish, baqamti, yonma-yon boradi. Bu jarayonni olib borishni, ta`lim-tarbiyani, ayniqsa 3-6 yoshli bolalardа davom ettirish kerak, chunki ayni shu yoshlarda jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni o`rganish iroda, qiyinchiliklarni yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi.

Harakatli o`yinlar orqali bolaning jismoniy va ruhiy sog`lomlik, axloqiy tarbiyasi xamda shaxslik xususiyatini rivojlantirishda mohirona foydalanishni o`rganish maqsadida o`z oldimizga quyidagi vazifalarni qo`ydik:

-Mavzuga doir ilmiy, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni to`plash va o`rganib chiqish;

-Harakatli o`yinlar orqali bolalarni sog`lom turmush tarziga jalb qilish, ular faolligini rag`batlantirish, eng avvalo bilimdonligi, o`yinga qiziquvchanligi, hissiy (emotsional') xotirjamligini ta`minlash, o`zi va boshqalar to`g`risidagi, yon-atrof, olam haqidagi bilimlarini shakllantirish, turli shakldagi hamkorliklarga (kattalar va turli yoshdagi bolalar bilan) qo`shimcha imkon yaratish;

-Maktabgacha ta`lim muassalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga harakatli o`yinlarni tashkil qilib o`tkazishda amaliy yordam berish;

- Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bolalarni harakat faoliyatiga o`rgatishdagi asosiy shakl hisoblanadi. Bolalarda shunday sifatlarni tarbiyalash kerakki, ular keyinchalik maktabda o`qishga yordam berishi lozim, intizomli bo`lish, tarbiyachi-pedagogni tinglay bilish, jismoniy mashqlarni nafaqat ko`rsatganda, balki so`z orqali bajarishni o`rgatish;

-Ishning umumiy saviya va mazmunidan kelib chiqib umumiy xulosalarni tayyorlash va tavsiya etish.



Ishning ilmiy nazariy yangiligi. Bitiruv malakaviy ish uchun olingan mavzu bizning fikrimizcha yetarli darajada o`rganilib chiqilmoqda, chunki maqola va tezislarni o`rganib tahlil qilib chiqqanimizda shunday fikrga keldik, bu borada muayyan maqolalar va tezislar ilmiy anjumanlarda yoritilgan. Anketa so`rovnomalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar ochib berildi va ilmiy asoslarga asoslangan xulosalar olg`a surildi.

Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning materiali tavsiya, ko`rsatma va xulosalar umumta`lim maktablari o`qituvchilariga hamda talabalarga ish jarayonida manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.

Ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ish: Kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.

I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DASTURI.

Bitiruv malakaviy ishni to`la ochib berish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat ko`rsatuvchi mutaxassislarning qaysi Qonun va qarorlar hamda dasturlar asosida ish olib borishlarini o`rganishni oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Bu savolimizga javobni anketa yordamida olishga qaroр qildik shu bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi vazirligi tomonidan chiqarilgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch dasturi me`riy hujjatini o`rganib chiqishga qaror qildik va tanlangan mavzuga tegishli bo`lgan bandlarni ishga kiritishni lozim deb topdik



I.1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM TO`G`RISIDA NIZOM.

1.Umumiy qoidalar

1.1.Maktabgacha ta`lim uzluksiz tizimining boshlang`ich turi hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida" qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.

1.2.Maktabgacha ta`lim sog`lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.



  1. 3.Maktabgacha ta`lim, bola 6-7yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo`lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.

  2. Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalari

    1. Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talabalariga muvofiq sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlaydigan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998yil 5yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ta`lim standartlari to`g`risida Nizom"ga muvofiq belgilanadi. Davlat talablari asosida barcha turdagi maktabgacha ta`lim muassasalari va oilada qo`llash uchun tavsiya etiladigan tayanch dastur ishlab chiqiladi.

    2. Maktabgacha ta`limning vazifalari:

-bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;

-bolalarda milliy g`urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

-maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o`qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta`lim jarayoniga tayyorlash;

-bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o`zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;

-bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta`minlash.

I.2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-


Download 51,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish