Uchinchi ming yillikning bolasi


TARBIYASIGA QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI



Download 51,18 Kb.
bet2/3
Sana20.02.2020
Hajmi51,18 Kb.
#40357
1   2   3
Bog'liq
Davlat talablari

TARBIYASIGA QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI


1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari

O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`limtarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalab va maktab ta`limiga tayyorlashdan iboratdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug`ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji vа imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarninng bajarilishi ushbu "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari" orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo`lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi.

Davlat talablari ko`rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgachа yoshdagi bolalarning jismonan sog`lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya`ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan talablarni bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishidan qat`iy nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir.


  1. Ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari

    1. Bolalarni jismoniy rivojlantirish

Bolalarning maktabga tayyorgarligini belgilovchi muhim ko`rsatkichlaridan biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bolalar o`z yoshlariga mos bo`lgan harakatli, shu jumladan milliy o`yinlar nomlarini, qoidalarini bilishi va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos holda belgilangan normativlarni bajarishi, saflanishi chaqqon harakat qilish, chiniqtirish mashqlarini bajarishi kabilarni o`rgatish maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini ta`minlovchi ta`lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi.

2.3. Ma`naviy-madaniy yetuklik

Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari, milliy g`urur, mustaqil g`oyasi hamda o`z hududi, o`lkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta`limda ma`naviy-madaniy ishlarning asosini tashkil qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob-axloqli bo`lishi va mehnatga muhabbat qo`yishiga katta e`tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda, ko`chada, bog`chada, mexmonda o`zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, yechinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar bo`lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarga o`rgatiladi. Ana shu odatlar bolani odob-axloqli, mehnatga layoqatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi.

Bolalarning ma`naviy jihatdan barkamol bo`lishida nafosat tarbiyasi asosiy o`rin tutadi. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan shodlana olish qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi. Nafosat tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish, asosiy ranglarni bilish va farqlay olish, rangli qalamlardan foydalan olish, ular yordamida sodda rasmlarni qog`ozda tasvirlay olish, plastilin yoki loydan sodda shakldagi narsalarni yasay olish, musiqani tinglab zavqlana olish, ayrim milliy cholg`u asboblarini bilish, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tushish va qo`shiq ayta olish kabilarga o`rgatishni tashkil etadi.


  1. Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar

    1. Jismoniy rivojlanganlik darajasi

Maktab yoshiga yetgan bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar:

-mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish;

-buyruqqa (start) asoslanib yugurish;

-xoda ustiga o`tirib oldinga siljish;

-narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish;

-5sekund davomida arqonga osilib turish;

-arg`imchoq uchish;

-cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish;

-qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish;

-bir oyoqda "qaldirg`och" bo`lib turish;

-oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushirish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish;

-joyda turib 15-20 marta sakrash;

-70sm. uzunlikka sakrash;

-30sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish;

-to`xtamasdan 2-3minut davomida yugurish;

-100m. masofani to`xtamasdan yugurib o`tish;

-10m. masofani emaklab o`tish;

-safda tugri turish va safni buzmasdan yurish;

-saflanish va qayta saflana olish;

-musiqa ohangiga mos holda harakat qilish;

-koptokni irg`itish va ilib olish;

-ilon izi shaklida yurish;

-to`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish;

-chiniqtirish mashqlarini bajarish;

-xalq o`yinlari "Kim chaqqon?", "Oq terakmi ko`k terak?", "Avval akam", "Quyonim-quyonim ne bo`ldi", "Chittigul", "Bog`lam-bog`lam", "Kim oladi shuginani-yo", "Uchdi, chopdi, sakradi", "Qushim boshi", "Qoch bolam qush keldi", "Tortishmachoq" kabi harakatli o`yinlarda ishtirok eta olishdan iborat

I.3. "UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI"TAYANCH

DASTURI-"MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-

TARBIYASIGA QO`YILADIGAN TALABLARI"NING BAJARILISHIGA ERISHILADIGAN DASTUR.

1.Chaqaloqlik davri (1yoshgacha)

2. Ilk yosh davri (1-3yosh)

1-2yosh davri

1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.

Bir yoshdan ikki yoshgacha bo`lgan davrda bola ikki bosqichni bosib o`tadi:

1yoshdan-1 yoshu 6 oylikdan - 2yoshgacha.

Bolaning sog`ligini mustahkamlash, ularning tana a`zolarini chiniqtirish. Asosiy harakat turlarini rivojlantirish. bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining oldini oluvchi harakatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish.

Barmoqlarning mayda muskullarini rivojlantirish. Yurish va harakat qilishning ayrim ko`nikmalarini rivojlantirish. Mustaqil harakat qilishga qiziqish uyg`otish. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, tartiblilik, ozodalikka rioya qilishning oddiy malakalarini shakllantirish.

Bu yoshdagi bolalarni tez-tez sayr qildirish lozim. Sayr davomida bolalarning toliqib qolishiga yo`l qo`ymaslik, ayni vaqtda ularning kam harakat bo`lib qolishlarining oldini olish ko`zda tutilishi lozim.

Kuz va qishning uncha sovuq bo`lmagan kunlarida va bahorda bolalar bahavo ayvonchada uxlaganlari ma`qul. Bu 1yoshu 6 oylikkacha bo`lgan bolalar uchun juda muhimdir. Chunki sovuq kunlarda ularning sayrga chiqishlarini tashkil qilish bir oz qiyin. Agarda ayvonda uxlatish imkoni yo`q bo`lsa, bolalar uxlatayotgan xonalarning deraza qanotlari yoki darchalari ochib qo`yilgan bo`lishi kerak. Bolalar uxlayotgan xona temperaturasini 15darajagacha pasaytirish tavsiya qilinadi.

Bir yarim yashardan oshgan bola sovuq kunlari 2 marta: nonushta va ikkinchi tushlikdan so`ng sayr qildiriladi. Yozda esa bolaning butun kunini ochiq havoda o`tkazishni rejalashtirish.

To`pni dumalatish, uning ketidan yurish, to`pni qayta olib kelish. Kichikroq to`pni bir qo`lda uzoqroq uloqtirish.

Qo`l harakatlari, qo`llarni cho`zish, orqaga yashirish. Barmoqlarni yumish va ochish. Barmoqlar bilan polni taqillatish. O`tirgan holatda o`ngga va chapga burilish. Tik turgan va o`tirgan holatda oldinga egilish. Tayoqcha yordamida egilish. Tayanib o`tirish.

Harakatli o`yinlar: "O`yinchoqni olib kel", "Menga yetib ol", "Hammang tezda mening oldimga kelinglar", "Kuchukchani quvib yet", "Qushlar qanot qoqishadi", "Koptokni quvib yet", "O`yinchoqni yashiramiz", "Darvozaga to`p tushir", "Ehtiyot bo`l", "Shaqildoqqacha emaklab bor", "Qo`g`irchoqlar oldiga mexmonga borish", "Quyonchalar sakraydi", "Sichqonlar yuradi" kabi.

2-3yosh davri

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish

Ikki yoshga qadam qo`ygan bolalarni talab darajasida chiniqtirish uchun havo-issiqlik rejimiga rioya qilish zarur. Bunda bola yashaydigan xonalarni muntazam shamollatib turish orqali erishiladi.

To`g`ri yo`nalishda muvozanatni saqlab teng qadamlab yurishni o`rgatish, tirmashib chiqish (kichik narvonchaga mustaqil chiqish va tushish), predmetlarni uloqtirish va dumalatishda tushirib yubormaslikni o`rgatish. Barmoqlarning mayda muskullarini rivojlantirish, chamalashni, ayrim harakatlarni va faoliyatlarni boshqa bolalar bilan birgalikda bajarish malakalarini shakllantirish. Bolalarni harakat faolligiga undash. Mustaqil harakat qilishga qiziqishni tarbiyalash.

Yurish va muvozanat saqlash mashqlari. To`g`ri yo`nalishda yurish, yo`lkadan, yerga yotgan taxtadan yurish. Bir uchi poldan 15-20sm ko`tarilgan taxtadan yurib ko`tarilish (eni 25sm uzunligi 1,5-2 m) va undan tushish. Balandligi 15sm bo`lgan yashik ichiga tushish va undan chiqish. Erga tashlangan hamda poldan 15-25sm ko`tarilgan chizimcha yoki taxtacha ustidan kattalar yordamida hatlab o`tish.

Emaklab va tirmashib chiqish mashqlari. 2m masofaga emaklash. Xalqa (obruch) ichiga emaklab kirish. O`rindiq va suri ostidan emaklab o`tish. Balandligi 1metr narvonchaga chiqish va tushish.

Narvonchaga chiqish (balandligi 1-1,5m) va tushishga o`rgatish.

Uloqtirish. Dumalatish mashqlari. To`pni o`tirgan, turgan holatda dumalatish, pastga, yuqoriga tashlash.

Ikki-uch davrida ham bolaning sog`ligini mustahkamlab borishini davom ettirish. Har bir bolaning jismoniy tomonidan o`sishi, vujudining chiniqishi uchun sharoit yaratish. Madaniy-gigiena malakalarini tarbiyalash. Asosiy harakatlarni takomillashtirish. Yurish va yugurish paytida o`z harakatlarini boshqa bolalarning harakatlariga moslashtirishga o`rgatish. Harakatlarni ko`rsatma yoki tushuntirishga muvofiq bajarishga odatlantirish. Belgilangan harakat yo`nalishlariga rioya qilish, bajarilayotgan harakatni bir vaqtda tugatish.

Harakatli o`yinlar: "Ko`prikcha bo`ylab ariqchadan o`tish", "Ariqchadan hatlab o`tish", "Meni quvlab yet", "Quyonchani quvlash", "Qo`g`irchoqlar oldiga mehmonga borish", "To`pni quvlab yet", "Quyosh va yomg`ir", "CHumchuqlar va avtomobil'", " Poezd", "Samolyotlar", "Pufak", "Qushlar inlarida", "Qo`ng`izlar", "Mushuk bilan sichqon", "Mening jangdor koptogim", "Maymunchalar", "Polizda", "Oq quyoncha o`tiribti", "Quyonim-quyonim-ne bo`ldi", "Kim chaqqon", "Yerdan baland", "Egri-bugri yo`ldan", "Toshdan-toshga ariqchadan o`tish", "Pirpirak bilan yugurish", "Qurbaqalar" kabilar

3. Kichik yosh (3yoshdan 4yoshgachа)

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish

Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarning jismoniy-ruhiy rivojlanishi jarayoni shiddat bilan kechadi. Ularning vujudi tinimsiz o`sayotganligi uchun ham bir joyda tinch o`tira olmaydilar. Lekin bu bosqichda bola jismoniy o`sishi tashqaridan qaraganda bir oz susayganday bo`ladi. Ya`ni 3 yoshdan 4yoshgachа bo`lgan davrda bolalar faqat 4sm.ga o`sadilar. Ota-onalar bolalarining jismoniy rivojiga alohida e`tibor berishlari, ularning erkin, bemalol harakatlanishlariga sharoit yaratilishi lozim. Chunki bolaning fikri teranligi, nutqining boyligi, ma`naviy sifatlarini o`zlashtirishi, avvalo uning sog`lomligiga bog`liqdir.

Bu davrda bolaning butun yashash sharoitida jiddiy o`zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola 3yoshgа yetgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib mustaqilligi yanada ortadi. O`yinlari, hatti-harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo`la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Chunki u burro gapirishni o`rganadi. Shuning uchun ular kattalarga tinimsiz savollar berishadi. Zero, dunyo bilan chinakamiga tanishish pallasiga kirgan bolakaylar uning barcha jihatlarini o`rganib olmoqchi bo`lishadi. Bu yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan mazkur o`zgarishlar uning jismoniy va ruhiy jihatdan o`sib kamol topishiga ta`sir etmay qolmaydi.

Bolalarning jismoniy mashqlarni bajarishga o`rgatish bolalar harakatining shakllanishiga yordam berish. Gavdani tik tutib yurishiga, stulda va erda to`g`ri o`tirishga o`rgatish. Turgan joyidan uzoqqa sakrab erga yumshoq tushishga o`rgatish. Emaklab tirmashib chiqish va to`p bilan harakat qilish mashqlarini bajarishda gavdani to`g`ri tutishga o`rgatish.

Yurish mashqlarini o`rgatish. Belgilangan yo`nalishda yo`nalishni o`zgartirib yurishga, buyumlarni oralab o`tishga o`rgatish. Yurish mobaynida qomatni to`g`ri tutishga odatlantirish.

3-4 daqiqa davomida to`xtamasdan yugurishga, 20metr masofani tez yugurib o`tishga o`rgatish.

Ko`tarilgan qo`ldan yuqoriroqqa osib qo`yilgan buyumga sakrab yetishga, uzoqlikka sakrashga, 10-20sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tishga o`rgatish.

Dumalab borayotgan koptokka yetib borishga, uni qo`llab otishga, o`zgalar otgan koptokni ilib olishga o`rgatish.

Doira shaklida tashlab qo`yilgan arqoncha bo`ylab va bir tomoni 15-20sm ko`tarib qo`yilgan taxtacha ustida yurishga o`rgatish.

Jismoniy mashqlarni bajartirishda o`g`il va qiz bolalarning o`ziga xos jihatlarini hisobga olish. Qizlarning ko`proq chiroyli toshchalar, qomatni raso qiladigan halqachalar bilan o`ynashi, o`g`il bolalarning esa, keskin harakatlarni talab etuvchi o`yinlarni yoqtirishlarini e`tiborga olish, oila va bog`chaning imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli vositalar yordamida jismoniy mashqlar tizimini o`rgatish.

Qo`llarini yonga harakatlantirishga, ko`krak oldida, orqasida va bosh ustida chapak chalishga, qo`llarni oldinga, orqaga, pastga, yuqoriga qimirlatishga, har xil harakatlarni bajartirishga o`rgatish. Biр joyda turgan holatda oldinga, orqaga, yonga egilishga, oyoqlarni bukish va yozishga, stulni ushlagan holda har xil harakatlarni bajarishga o`rgatish.

Gavdani chap va o`ngga burish, oldinga va orqaga egilish, qo`l va oyoqlarni bir vaqtda birgalikda harakatlantirish, qorinda yotgan holda qo`l va oyoqlarni ko`tarish mashqlarini bajarashga o`rgatish.

Harakatli o`yinlar: "Koptok o`yini", "Bekinmachoq". "Yerdan baland", "Uchadi, uchmaydi", "Mushuk va sichqon", "Kim chaqqon", "Arg`imchoq",

"Menga etib ol", "Poezd", "Ariqchadan hatlab o`tish", "Ko`z boylash", "Cho`pon va echkilar", "Tortishmachoq", "Pirpirak bilan yugurish", "Chambarak dumalatish", "Quvlashmachoq", "Koptokni quvib yet", "Epchil quyon", "O`yinchoqni olib kel", "Turnalar", "Qoch bolam qush keldi", "To`pni irg`itish", "Ot o`yini".

Bolalarni musiqa ohangiga mos ravishda jismoniy harakatlar qilishga o`rgatish. Qo`l va oyoqlarni musiqa ohangiga moslab harakatlantirish orqali raqs elementlarini bajarishga o`rgatish.

Bolalarni musiqa maromiga monand yurish va yugurishga, musiqa ohangiga munosabatini chapak va depsinish orqali ifodalashga o`rgatish. Bir oyoqda depsinish, qo`l bandlarini, barmoqlarini aylantirish singari oddiy raqs harakatlarini o`rgatish.

Musiqa ohangiga mos ravishda harakat qilishga o`rgatish maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etiladi: "Qo`llarimiz o`ynaydi", "Arqonni tort", "Qo`llarimiz chiroyli".

4. Kichik yosh (4yoshdan 5yoshgachа)

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish

Bola 4 yoshdan oshgach, uning jismoniy o`sishi yana birmuncha jadallashadi. Chunonchi bolaning bo`yi 4yoshdan 5yoshgacha 6-7sm.ga o`sadi. Bu yoshdagi bola g`oyat serharakat, tirishqoq va tinib-tinchimas bo`ladi. U ko`p o`ynaydi, harakatda bo`ladi, har qanday harakatli ishlarda bajonidil ishtirok etadi. Bu yoshdagi bolalarning sog`lom va erkin o`sishida ularni to`g`ri ovqatlantirish, uxlatish, quvnoq kayfiyatda bo`lishini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning o`ta qo`zg`aluvchanligi ularni toliqishga olib kelsa, kamharakatlik jismoniy rivojla-nishini susaytiradi. Shuning uchun xam ota-ona hamda mutassaddi kishilar bolalarning harakati va hordig`i me`rida bo`lishiga alohida e`tibor qilishlari zarur.

Bolalarning jismoniy rivojlanishida o`yin alohida ahamiyat kasb etadi.

Bolalarning jismoniy mashqlarni bajarishga o`rgatish. Bolalarni tovonda oyoq uchida mayda va katta qadamda yurish, yurishdan yugurishga o`tish, oyoq tovonida va oyoq uchida yurishga o`rgatish.

Bolalarni 40-60metr masofaga to`xtamasdan yugurishga, 20-25metr masofani tez yugurib o`tishga o`rgatish.

Bir joyda turib 20-25 marta sakrash, balandligi 20-25 sm bo`lgan buyum (to`siq) lardan oralig`i 40-50sm bo`lgan chiziqlardan sakrab o`tish mashqlarini bajarishga o`rgatish.

To`p va chambarakni dumalatish, ularni yuqoriga irg`itib ilib olish, o`zaro bir-biriga irgitishga o`rgatish.

Qo`l va yelkani rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Jumladan qo`llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilishga, kursiga tayangan holda mashqlar bajarishga o`rgatish.

Oyoqlarni rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Buyumlarni oyoq kaftlari bilan bir joydan boshqa joyga olish mashqlarini bajarish.

Gavdani rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Jumladan tayanib o`tirgan holda oyoqlarni bukib ko`tarish, oyoqlarni chalishtirib o`tirib turish, tizzada turib belni harakatlantirish mashqlarini bajarishga o`rgatish.

Jismoniy mashqlarni bajarishda bolalarning jinsiga xos xususiyatlar inobatga olinishi lozim. O`g`il bolalar uloqtirish, dumalatish kabi bevosita jismoniy kuch talab etiladigan mashqlarni bajarsalar, qiz bolalar chaqqonlikni, epchillikni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug`ullanishlari zarur.

Bolalarni jismoniy rivojlantirish maqsadida quyidagi harakatli o`yinlar tavsiya etiladi: "Do`ppi tashlar", "Bog`lam", "Uchdi, chopdi, sakradi", "Ok terakmi-ko`k terak", "Qushim boshi", "Qopqon", "Do`ngdan do`nga", "Xo`roz", "Qo`chqor", "Tramvay", "Daladagi qo`zichoq", "Quyoncha hamon o`tiribti", "Tulki tovuqxonada", "G`ozlar-g`ozlar", "Ot o`yini", "Arg`imchoq o`yinlari".

5. Katta yosh (5yoshdan 6yoshgacha)

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish

Bolalarni jismoniy mashqlarni muntazam bajarishga o`rgatish. Sport turlari bilan tanishtirish hamdа ularning u yoki bu sport turiga bo`lgan qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish. Sport o`yinlarini o`rgatish. Jismoniy mashqlar qilishga odatlantirish. Katta-katta qadam tashlab yurishga o`rgatish. Yarim o`tirgan holda tovonda va barmoq uchlarida turish, oyoq yonlariga tayanish. Qo`llarni turli tomonlarga harakatli yo`naltirishga, oyoqlarni chalishtirib qadamlar oralig`idagi masofani o`zgartirib borishga tizzalarini baland ko`targan holda oyoq uchlarida, katta-kichik qadam tashlab yurishga, to`siqlardan sakrab o`tishga o`rgatish.

Bolalarni emaklab va tirmashib chiqishga o`rgatish. Birin-ketin bir necha buyumlarning ustidan emaklab o`tish. Cho`kkalab, qo`llarni tizzaga tiragan holda skameyka, krovat, divan bo`ylab orqa va oldinga emaklashga o`rgatish.

Bir joyga turgan holatda ikki oyoqda sakrashga galma-gal almash-tirib bir oyoqda sakrashga o`rgatish. Oldinga siljigan holda 3-4 m. masofani shu zaylda sakrab o`tish, 20-25sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tishga o`rgatish.

Koptokni otishga, ilib olishga yerga tashlab ikki qo`llab ilib olishga o`rgatish. Bir-biriga koptokni otib, uni har xil vaziyatda (turgan, o`tirgan holatda, pastdan, bosh orqasidan, ko`krakdan, yerdan sakratib) ilib olishga o`rgatish.

Qo`llarini ko`krak oldiga, yelkaga va yon tomonga tutishga, yon tomonga uzatish, tirsakdan bukish, oldinga uzatish, yuqoriga ko`tarish, kaftlar yuqoriga qaratilgan holda yon tomonga yozish, ikkala qo`lni galma-galdan va bir vaqtda yuqoriga ko`tarish va orqaga uzatish, barmoqlarni yozish va bukish (musht qilish va ochish) mashqlarini bajarishga o`rgatish.

Ketma-ket va bir necha marta o`tirib turish, bunda qo`llarni yon tomonga va yuqoriga zarb bilan harakatlantirish mashqlarini bajarishga o`rgatish. Chalqancha yotib, oyoqlarni chalishtirib harakat qilishga o`rgatish. Qo`llarga tayangan holda qorinda yotib bosh va yelkalarini ko`tarishga o`rgatish.

Bolalarning jismoniy kamolotini ta`minlash maqsadida quyidagi harakatli o`yinlar tavsiya etiladi: "Ko`z boylog`ich", "Qoch bolam qush keldi", "Koptok o`yini", "Pat", "Chori chambar", "Bekinma-choq", "Doiraga tort", "Oqsoq qarg`a", "Biz quvnoq bolalarmiz", "Oq terakmi-ko`k terak", "Kim tez o`raydi", "Buyumni almashtir", "Ovchi va quyoncha", "Kim oladi-shuginani-yo", "Zag`izg`on", "Bo`sh joy", "Kim uzoqqa sakraydi", "Do`ppi yashirma", "Xo`rozlar jangi" kabi.

"Alpomish" va "Barchinoy" testlarini bajarish:

1.Bilish, yuvinish, artinish, cho`milishni gigienik ahamiyati, jismoniy mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash;

2.Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligida raqs tushish, nostandart buyum va jihozlardan foydalan olish.

Sinov va me`yor turlari



Sinov turlari

O`lchov birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar



1.

Mokisimon yugurish

3x10sek

10,8

11,2

2.

Sakragichda yugurish



marta

18

20

3.

Ko`p sakrashlar



marta

14

10

4.

Kichik koptokni nishonga uloqtirish

marta

4

3

5.

Joydan uzunlikka sakrash

sm

105

95

6.

Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish

metr

2

1,5

7.

Osilish va sakrashlar



bilsh

bilish

8.

Suzish (suvdagi o`yinlar)

min

15

12

9.

Yaylovlarda sayr qilish

km

15

12

10.

Buyumli-harakatli o`yinlar



bilish

bilish

6. Maktabgacha tayyorlov guruhi (6yoshdan 7yoshgacha)

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish

Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishga o`rgatish. Jismoniy mashqlar jarayonida jarohatlanishning oldini olish maqsadida ularda ehtiyotkorlikni, o`z harakatini nazorat qila olish ko`nikmalarini tarkib toptirish.

Bolalarni jismoniy tarbiya musobaqalari hamda harakatli o`yinlarga jalb qilish. Bolalarda chaqqonlik, jasurlik, topqirlik xislatlarini tarkib toptirish. Mustaqil tarzda jismoniy harakatlarni bajarishga odatlantirish.

Buyruqqa (start, to`xta) asoslanib yugurishga o`rgatish. Uzluksiz 2-3 minut davomida yugurishga, 40-50m. masofani 2-3 marta yugurib o`tishga, 100m. masofani dam olmay tez yugurib o`tishga o`rgatish.

Xoda ustida o`tirib oldinga siljishga o`rgatish. Narvon yordamida tepaga chiqishga va pastga tushishgа o`rgatish. Arvon yonida turib, uni mumkin qadar balandroqdan ushlash uchun intilishga o`rgatish. Arqonga osilib turishga o`rgatish, arg`imchoq uchishga o`rgatish.

Og`irligi 1kg. gacha bo`lgan sport toshlarini yumalatishga o`rgatish.

Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yonma-yon qadam tashlab o`tishga, qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tishga o`rgatish. Bir oyoqda "Qaldirg`och" bo`lib turishga o`rgatish.

Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib olib ko`tarish va pastga tushirish, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishga vrgatish.

O`g`il bolalar bilan "Oq suyak", "Chillak", "Quloq cho`zma", "Eshak mindi" kabi milliy o`yinlarni o`rgatish, qiz bolalarni esa "Sopalak", "Happak", "Besh tosh", "Cho`p qo`g`irchoq" singari milliy o`yinlar o`ynashga jalb etish.

Musiqa ohangiga mos holda harakat qilishga o`rgatish. Quvnoq va hazil musiqalarning ohangiga mos holda harakat qilishga, harakatlarni musiqa ostida boshlash va yakunlash, navbatma-navbat goh oyoq uchi bilan, tovoni bilan qo`yish, oyoqlar bilan tapillatish, qadamma-qadam yurish, cho`kkalagan holdа o`tirib musiqa ohangini qarsaklarda ifodalashga o`rgatish. Musiqa ohangiga mos ravishda qo`llarni harakatlantirishga o`rgatish.

Bolalarning jismoniy rivojlanishini ta`minlash maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etiladi: "Do`loncha", "Andijon polkasi", "Yalama-yorim", "Qari navo", "Chertma", "O`z-o`zingni tanib ol", M.Ikromova- "Ha o`yna, o`yna", I.Akbarov-"Ayiqlar raqsi", K.Qodirov-"Marsh", N.Norxo`jaev-"Kim chaqqon".

Bolalarning jismoniy kamolotini ta`minlash maqsadida quyidagi harakatli o`yinlar tavsiya etiladi: "Zag`izg`on", "Kim uzoqqa sakraydi", "Kalit", "Do`ppi yashirma", "Chavandozlar", "Chambarakni tushirish", "Qushim boshi", "Hamma o`z bayrog`iga", "Ovchi va quyoncha" "Chuqurchaga tushirish", "Yakkama-yakka tortishmachoq", "Xo`rozlar jangi", "Arg`imchoq-arg`imchoq", "Sopalak", "Kim tez tortadi", "Koptokni urish", "Do`ngdan-do`ngga".



"Alpomish" va "Barchinoy" testlarini bajarish:

  1. Bilish, yuvinish, artinish, cho`milishni gigienik ahamiyati, jismoniy mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash;

  2. Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligida raqs tushish, nostandart buyum va jihozlardan foydalana olish.

Sinov va me`yor turlari





Sinov turlari

O`lchov birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar



1.

Mokisimon yugurish

3x10sek

10,8

11,2

2.

Sakragichda yugurish



marta

18

20

3.

Ko`p sakrashlar



marta

14

10

4.

Kichik koptokni nishonga uloqtirish

marta

4

3

5.

Joydan uzunlikka sakrash

sm

105

95

6.

Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish

metr

2

1,5

7.

Osilish va sakrashlar



bilsh

bilish

8.

Suzish (suvdagi o`yinlar)

min

15

12

9.

Yaylovlarda sayr qilish

km

15

12

10.

Buyumli-harakatli o`yinlar



bilish

bilish

II.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK XALQ VA HARAKATLI O`YINLARI.

O`zbekiston mustaqilligi davrida aholining sihat-salomatligini yaxshilash, ayniqsa sog`lom ona-sog`lom bola shioriga amal qilish yo`lida beqiyos ko`p va ulkan tadbirlar olib borilayotganligi e`tibor hamda olqishlarga sazovordir. Bu yo`lda Respublika Prezidenti I.A.Karimovning chuqur ma`noli va keng qamrovli mulohazalari eng yuksak darajadagi omildir.

O`zbekiston Prezidentining qator farmonlari va Respublika xukumatining ko`pgina qarorlari sog`lom oila, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, ta`limtarbiya hamda ular bilan bevosita bog`liq bo`lgan faoliyatlarni yanada yaxshilashga qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa "Ta`lim to`g`risida" (1997y), "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi (2000 yil yangi tahrir) qonunlar mazmunida maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarining ish faoliya-tini yaxshilash va mehnat samaralarini yanada oshirish kabi muhim jarayonlar o`z ifodasini topgan.

E`tirof etish lozimki, faqat shahar joylaridagina emas, hatto uzoq qishloqlarda ham bolalar bog`chalari talab darajasida sharoit-lariga ega bo`lmoqda. Bunda bolalar yoshiga (guruh) qarab jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport turlarining qismlari (elementlar) maqsadli tashkil etilmoqda. Bunda maxsus ishlab chiqilgan "Jismoniy tarbiya" dasturlaridan unumli foydalanilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya muassasalari uchun "Jismoniy tarbiya" dasturlari va uslubiy qo`llanmalar hamda tavsiyanomalarni ishlab chiqish, nashrdan chiqarishda atoqli olimlar K.M.Maxkamjonov, X.A.Meliev, X.Tulenova kabilarning xizmatlari kattadir.

Xar bir millat xalqning o`ziga xos o`yinlari, uning qoidalari mavjud. O`zbek xalqining milliy o`yinlari xalq madaniyatining ish faoliyati va atrof-muhiti bilan bog`liq. Pedagogik yondashishda ular yosh bolalarning jismoniy va aqliy faoliyatini oshirib boradi. O`zbek xalq o`yinlarida o`zbek xalqining xarakteri, samimiyligi, to`g`ri so`zligi, jasurligi yaqqol namoyon bo`ladi. Ijodiy izlanish faollik va do`stlik munosabatlarini qatnashuvchidan talab qiladi. O`z mazmun jihatidan o`zbek xalq o`yinlari sodda va tushunarlidir. Harakatli o`yinlar bolaga xursandchilik bag`ishlaydi, hayot tonusini oshiradi, o`yin syujetiga zamin yaratadi.

O`zbek xalq o`yinlarining yana bir asosiy tomoni shundaki u bolalarda axloqiy his-tuyg`uni tarbiyalaydi. Masalan: "Qoch bolam qush keldi" o`yinida bolaning harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, bir-biriga yordam berish, diqqatli bo`lish, birdamlik sifatlarini tarbiyalaydi. Xalq va harakatli o`yinlar jismoniy rivojlanishiga hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga imkoniyat yaratadi. O`quvchilar turli o`yinlar jarayonida o`z harakatidan quvonibgina qolmay, hayotni sevishga, uning go`zalligini bilish, salomatlikni nazorat qilishga, Vatan uchun mehnat qilishga ham o`rganadi. Bu o`yinlar ochiq havoda yakkama-yakka va guruh bo`lib o`tkaziladigan o`yinlar hamda quyidagi jismoniy mashqlardir. Arqondan yakkama-yakka va guruh bo`lib sakrash, kim o`zarga yugurish, to`pni otish va ilish, koptokni nishonga va uzoqqa irg`itish, otga minish va shu kabilar.

Xalq milliy harakatli o`yinlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularda dasturga kiritilgan hamma asosiy harakatlar o`rin topadi: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, otish va boshqalar. Shu boisdan o`tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bolalar salomatligini asrash va yanada yaxshilash, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish, jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ahamiyati kattа.

Shular qatori harakatli o`yinlarning bolalar hayotida, bog`cha kun tartibida o`rin egallashini aniqlash hamda ularni musobaqa tarzida tashkil qilish va o`tkazish usul, uslublarini tanlash xam katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun sog`likning poydevorini eng kichik yoshdan boshlash kerak. Hamma o`yinlar harakat turiga qarab turkumlarga taqsimlangan, ular yugurish elementlari, sakrash elementlari irg`itish elementlari, olib otish, emaklab o`tish elementlarini o`z ichiga olgan. Shu o`yinlar qatori bolalarga o`yin qoidalari, o`yinlarni tashkil qilish va o`yinlar to`g`risida bilim berib borish lozim. Yuqorida aytganimizdek, xalq va milliy harakatli o`yinlarning asosiy xususiyatlaridan biri bolalarda ahloqiy hissiyotni tarbiyalashdir. Unda bolalarning o`yin qatnashchilari bilan ko`proq o`zaro munosabda bo`lishlari, tashkilotchilik va intizom namoyon bo`ladi.



II.1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH QOIDALARI

Harakatli o`yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarii hisobga olishi hamda jismoniy mashqlarni mos ravishda belgilay olishi kerak.

Bola 7 yoshga etib maktabga qadam qo`yganida uning tayyorgarligi darajasini hisobga olish zarur. Masalan, sakrash o`yinlarini o`tkazishda ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki avvalo bolalarni sakrash usullariga jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida o`rgatish lozim. Albatta, bog`cha bolalarining harakat ko`nikmasi va malakasini rivojlantirishda gap harakat texnikasini chuqurroq o`rgatishda emas. Masalan, bolalar uzunlikka yugurib kelib sakrashga o`rgatilgandagina bo`lsa, avval ularni sakrash oldidan birdaniga to`xtab qolmaslikka, yugurishni sekinlashtirmaslikka, sakrashdan oldin bir oyoqda depsinib, ikkala oyoq bilan yumshoq tushishga o`rgatish lozim. Faqat shundan so`ng sakrash o`yinlariga o`tilsa bo`ladi, chunki bu kabi o`yinlr tufayli bolalarda sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalarni hosil qilish mumkin, bundan tashqari, shu kabi harakatli o`yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlarni ham rivojlantiradi.

Harakatli o`yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob va qo`llanmalarda berilgan o`yinlarning jismoniy va psixologik ta`siri jihatlarini bilishi kerak. Yana shuni unitmaslik kerakki, o`yin vazifasi qo`yilganda faqat harakatlarga mos bo`lishi shart emas, balki harakatli o`yinlar yordamida bolalar ruhiyatida bir-biriga yordamlashish, qo`llab-quvvatlash xislatlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun "Qoch bolam sor keldi", "Pir-r etdi", "Ikki yaxob", "Mushuk keldi" va boshqa o`yinlardan foydalansa bo`ladi.

Maktabga tayyorlov guruhlari bog`cha yoshidagi bolalarga harakatli o`yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish zarur. Bu yoshdagi bolalarni o`yinlardagi bo`ri, qo`zi, sichqon, mushuk qiyofasi, sur`ati, nimalar qilishi qiziqtirmaydi, aksincha ularning hatti-xarakati, masalan mushukning chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab olishi qiziqtiradi. O`yinlarda harakatlar murakkablashib boradi. Masalan, "Bo`rilar zovurda" o`yinida bolalar yugurib kelib to`xtab qolishi, so`ngra sakrab, chaqqonlik bilan bo`rilarga tutqich bermasdan zovurdan o`tishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek ikki tomon bo`lib o`ynash, qarama-qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq qiziqtiradi. Masalan, "Ikki yaxob" o`yinida bir tomon-"yaxoblar" bolalarni "yaxlatib" qo`yishga intildi va boshqa tomon "yaxlatilib" qolishdan qochishga harakat qiladi.

Bog`cha bolalari bilan turli estafetalarni uyushgan holatda o`tkazish oson emas. O`yin-estafetasini o`tkazish bir qaraganda oson tuyuladi, lekin bolalar o`yinlarini kuzatish natijasi shularni ko`rsatadiki, bunaqangi o`yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikning buzilishiga, sabrsizlik, betoqatlik, xunob bo`lishlik, bir-birini turtish, asabiylikka olib kelishi mumkin. O`yinda yutqazgan hamda g`olib bo`lgan komanda bolalarini o`yin tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi.

Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar tarbiya talab bo`lgani uchun ham ularda sezgirlik, tez yugurish, chaqqonlik bilan predmetlarni uzatish, olib berish kabi ko`nikmalar hali hosil bo`lmaganligi hamda komanda oldida mas`uliyat hissi shakllanmaganligi, bir hatti-harakatni aniq baholay olmasligi, boshqalarning xarakatini ham yaxshi tushunmasligi kuzatiladi. Bu fazilatlar va jismoniy sifatlar etishmaganligi uchun xam ularni tarbiyalash lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning hozircha o`zini yaxshi tuta bilmasligini e`tiborga olib, guruhlarni ikki jamoaga emas, balki 4-5 guruhlarga ajratib olish zarur. Bu guruhlar ketma-ket holatda turmay bir-birini yaxshi ko`rib turishi uchun o`tirib olishi ham mumkin, chunki navbati bilan startga chiqish tartibini saqlab turadilar. Bunday o`yinlarda bolalar bir-birini kuzatadi, har bir guruhdan bitta ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda, aniq nishonga olishda mahoratini ko`rsa-tadi. G`olib chiqqan o`yinchi o`z jamoasiga ochko keltiradi. O`yin tugagandan keyin to`plangan ochkolar hisoblab ko`riladi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa holib deb topiladi.

O`yinni tashkil etishda barcha shart-sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa, uning tarbiyaviy ahamiyati oshiб boradi. Buning uchun o`yin paytida bo`ladigan chiziqlar, chegaralar masofalari, kerakli o`yin predmetlari: koptok, bayroqcha kabilar taqsimlanib berilishi lozim, keyinchalik esa bolalarni o`z-o`ziga xizmat qilishga odatlantirish kerak. Ko`pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan biri yoki ikkinchisiga navbatchi sifatida topshiriq berib o`rgatadi, shunda har safar navbatchi almashtirib turiladi.

Tarbiyachi o`yin o`tkazishdan oldin uni qanday tushuntirishni o`ylab ko`rishi kerak. Tushuntirish judа qisqa, aniq, lo`nda bo`lishi kerak; o`yin mazmuni qoidalarini tushuntirishda mayda gaplardan xoli bo`lish zarur.Undan keyin o`yinchilardan kim qaysi yerda turishini aytib o`tish kerak.

Bolalarga tanish o`yinni o`tkazishda har gal to`liq tushuntirish shart emas ammo, o`yin qoidasini tarbiyachining o`zi ta`kidlab o`tishi zarur. O`yin qoidasini bajarishda tez-tez xatoga yo`l qo`ygan bolani ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.

O`yin o`tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo`lib qolmasligi kerak. O`yinni shunday o`tkazish kerakki, bolalar undan quvonib, qanoat hosil qilib, murakkab qoidalarni o`rganib olishsin. Tarbiyachi o`yin davomida qatnashuvchilarni kuzatib, alohida bolalarga e`tibor berib, gohida rag`batlantirib, gohida qoida buzganlarga tanbeh berib, rahbarlik qilishi kerak.

Ba`zi tarbiyachilar ayrim koidabuzarliklarga e`tibor bermaydilar. Faqat belgilangan paytdagina hushtak chalinishi kerak, tarbiyachi ko`rinib turgan xatolarni unutmasligi kerak, ya`ni bu xatolarni ko`rsatish bolalarda irodani, tartibni tarbiyalaydi, ularni ortiqcha hatti-harakatlardan saqlaydi, bardoshli va intizomli bo`lishdek muhim sifatni yuzaga keltiradi.

O`yin jarayonida bolalarni darhol to`xtatishga ham o`rgatish zarur. Shunday umumiy qoidaga o`rganish lozimki, xoxlagan o`yin paytida belgi yoki xushtakka bolalar tezda to`xtab qolsin ( "chapak", "to`xta", yoki "o`yindan to`xtang!" so`ziga). Shundan so`ng tarbiyachining gapiga, tushuntirishiga qati`yan rioya qilishi kerak. Lekin o`yinni ko`p to`xtatmaslik kerak, chunki bolalar hayajonda bo`lishini unitmaslik kerak. Tarbiyachi o`yinni o`tkazish chegaralariga ham diqqat qilishi kerak. Bu ayniqsa, juda mas`uliyatli payt, chunki o`yinning zavq bilan o`ynalishida vaqtga kam e`tibor beriladi. Masalan, gimnastika mashqlariga qaraganda, o`yin vaqtini belgilash murakkabrok bo`ladi. Bolalardan "charchab qoldilaringmi?" -deb so`rash mumkin emas, zavqlanib, qiziqib o`ynayotgan bolalarga bu ta`sir qilishi mumkin.

Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko`rinishiga (tez-tez nafas olishi, yuzining qizarib ketishi), xulqiga (tez-tez qoida buzishlar, qo`pollik, lanjlik) e`tibor berishi va o`z vaqtida o`yinni to`xtatishi lozim. O`yin har xil tugallanishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni o`yinning o`zigina emas, balki natijasi ham qiziqtiradi. Shu bois har bir o`tkazilgan o`yindan keyin uning natijasini tahlil qilish lozim. O`yinda qaysi bir o`quvchi chaqqonlik, epchillik mahoratini ko`rsatgani, do`stona qo`llab o`ynagani, foidaga rioya qilmaganligi to`g`risida aytib o`tish lozim. Har bir o`yin natijasini tarbiyachi o`ziga xos ravishda tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berishi lozim.

II.2.BOG`CHA BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLASHDA HARAKATLI O`YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi natijasida jismoniy tarbiya va sport mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Hukumatimizning jismoniy tarbiya va sporitni rivojlantirib borishga yo`naltirilgan qarorlari buning yorqin dalilidir.

Hozirgi texnika taraqqiyoti yuksalgan davrda bolalarning harakatga bo`lgan talabi uncha katta emas. Shuning uchun ham so`ngi paytlarda matbuot hamda televidenie orqali tibbiyot hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari gipodinamiya, ya`ni jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat, faol harakatning insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borayotganligi haqida tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa navbatida, asrimizga xos yurak-tomir xastaliklarining yildan-yilga ortishiga sababchi bo`lmoqda.

Harakat faolligining kamayishi, bog`cha yoshidagi bolalar uchun, ayniqsa xavflidir. Shuning uchun ham har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni jismoniy tarbiya tizimining eng boshlang`ich pag`onasi-maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasidan boshlash kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayot tarziga nazar tashlasak, bog`chada bolalar ko`p vaqtlarini rasm chizish, qo`l mehnati bo`yicha vazifalarni bajarishga turli ertak va hikoyalar tinglash, televizor ko`rish, o`tirib o`yinchoqlar o`ynashga sarf qiladilar. Natijada harakat faolligi kamayadi va yuqorida aytib o`tilgan kasalliklar yuzaga keladi.

Bu kasalliklarni oldini olishning zarur vositalaridan biri ko`proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishdir, ayniqsa harakatli o`yinlar bilan. Shu sababli bog`cha yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini sifatli, yangi shakllarni qo`llagan holda o`tkazib borish alohida ahamiyatga ega. Bu bola sog`ligini mustahkamlashga, ish qobiliyatini oshirishga, jismoniy sifatlarni takomillashtirishga imkon yaratadi. Natijada maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish, bolalarning harakat faolligini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqish vazifalari qo`yiladi. Bolalar bog`chasidagi sog`lomlashtirish tadbirlari majmui bolalar sog`ligini muhofaza qilish va mustahkamlashni, jismonan to`laqonli rivojlantirishni, turli harakat faoliyatini o`stirishni ko`zda tutadi. Bolalar bog`chasida jismoniy tarbiya bilan ilk yoshdan boshlab maqsadga qaratilgan holda shug`ullanish natijasida bolalar katta guruhga o`tish vaqtiga kelib harakat malakalari va ko`nikmalarining mustahkam boyligiga ega bo`ladilar.

Shu sababli jismoniy tarbiya mashqlari, harakatli o`yinlar, sport, turizmga harakat faoliyati va jismoniy rivojlanish vositasi sifatida qarash lozim, chunki yuqorida qayd etilgan fikrlar o`sib kelayotgan avlod hayotida, ularning shaxsini shaklantirishda, har tomonlama barkamol avlodni yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yuqoridagi mavzuni olishga kuzatishlar va olib borilgan suhbatlardan shu narsa ma`lum bo`ldiki bolalar bog`chasida harakatli o`yinlar kam o`ynatiladi. Shu sababli muammoni o`rganib chiqishga, yutuqlarni aniqlashga va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerakligini o`rganib chiqish, muammoni yechimini topishga harakat qildim.

Anketa-savolnoma tuzib bu borada tarbiyachilarning fikr va mulohazalarini aniqlashga harakat qildim.

So`rovnamani Buxoro shaxridagi 27, 28, 67, 85 sonli maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyachilari o`rtasida o`tkazdik. Bu ishda bizga Buxor shaxar hokimligi, xalq ta`limi bo`limi maktabgacha ta`lim mutaxassislari yaqindan yordam berdi. Jami bo`lib anketa-so`rovnamada 60 tarbiyachi qatnashdi.Olingan natijalar quyidagicha:



  1. Maktabgacha ta`lim muassasalarida ishlaydigan tarbiyachilarning aksariyati bir necha yillik boy tajriba ega bo`lgan mutaxassislardir.

  2. Maktabgacha ta`lim muassasalarida ishlaydigan tarbiyachilarning 80 foizi Buxoro pedagogika bilim yurtini tugatgan.

  3. Tarbiyachilarning 95 foizi bolalarni sevishlari ular bilan ishlash maroqli ekanligi sababli o`zlari shu kasbni tanlaganlari aniqlandi, faqat 5foiz tarbiyachi ota-onalarining maslahatlariga amal qilganlar.

4.Ish joyingizda bolalar ularning ota-onalari bilan sportga doir suhbatlar o`tkazib turasizmi (qaysi mavzularda) savoliga tarbiyachilar quyidagi javob berishgan: Ota-onalar bilan sport turlariga oid suhbatlar o`tkazamiz va quyidagi mavzular berilgan:-"Sog`lom oila-sog`lom bola", "Sport bu go`zallik" , "Sport olami", "Bolam sog`lom bo`lay desangiz", "Men kuchliman", "Sog`lomjonpolvonjon", "Kim chaqqon", "Onam, opam va men", "Sog` tanda-sog`lom aql". Javoblardan shunday xulosaga keldik, tarbiyachilar tomonidan ota-onalar va bolalar bilan yetarli darajada suhbatlar tashkil qilib o`tkazilmaydi. Chunki ba`zi bir anketalarga shu savolga javob berilmagan.:

5. Jismoniy tarbiya darslarida o`tkaziladigan harakatli o`yinlar uchun siz ishlaydigan bog`chada sharoit yetarlimi? Bu savolga 60 tarbiyachidan 3tarbiyachi ishlab turgan ta`lim maskanida shariot yo`qligini aytishgan. Tarbiyachilarning 30 foizi sport anjomlari yetishmasligini yozishgan, qolgan tarbiyachilar barcha sharoitlar yetarli deb javob yozishgan.

6.Maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyachilariga raxbariyat va yuqori tashkilotlardan faqatgina uslubiy qo`llanmalar yangi chiqarilgan adabiyotlar yetkazib beriladi xolos. Seminarlar, suhbatlar, ko`rgazmali chiqishlar, ochiq mashg`ulotlar yetarli darajada tashkil kilib o`tkazilmaydi.


  1. Tarbiyachilarning barchasi "Uchinchi mingyillikning bolasi " tayanch dasturi asosida ishlashlari aniqlandi.

  2. Tarbiyachilarning 95 foizi dasturda berilgan harakatli o`yinlar talabga javob berib ularni qoniqtirishni aytishgan, 5 foiz tarbiyachilar qoniqtirmasligini ma`lum qilishgan.

9.Qaysi harakatli o`yinlarni bolalar qiziqib o`ynaydilar? Bu savolimizga tarbiyachilar o`zlari ishlaydigan bog`chalarda o`ynatadigan o`yinlar majmuasini keltirishgan.

10.Tarbiyachilar dasturga musiqa jo`rligidagi, anjomlar bilan o`ynaladigan harakatli o`yinlarni hamda qumda o`ynaladigan harakatli o`yinlarni kiritishni ma`qullashgan. Tarbiyachilarning 80 foizi dasturda barcha harakatli o`yinlar kiritilgan deb hisoblashadi. Faqatgina 6 tarbiyachilar quyidagi "Oltin darvoza", "Sanduqchayu-quticha" , "Zanjir boftem", "Loyxo`rak", "12 cho`pchak"" o`yinlarni kiritishni taklif qilishgan. Lekin dasturni ishimiz boshida o`rganib chiqqanimizda bolalarning jismoniy rivojlanishini ta`minlash maqsadida:"Do`loncha", "Andijon polkasi", "Yallama-yorim", "Kari navo", "Chertma", "O`zo`zingni tanib ol", M.Ikromova- "Ha o`yna, o`yna", I.Akbarov -"Ayiqlar raqsi", K.Qodirov-"Marsh", N.Norxo`jaev-"Kim chaqqon". quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etilgan. Shu bilan birgalikda dasturda berilgan o`yinlarni ham 70 foizi tarbiyachilar tomonidan qo`llanilmagan. Demak bu tarbiyachilarning dasturni to`la o`rganib chiqmaganlaridan yoki eski dasturlar asosida ishlarini tashkil qilganlaridan dalolat beradi.

Quyidagi takliflarni kiritishni lozim deb topdik :


  1. Maktabgacha ta`lim muassasalari mutaxassislariga sport turlari bilan shug`ullanish uchun sharoit yaratib, ularga amaliy-uslubiy yordam berish. Bu ishda yetakchi mutaxassislarni jalb qilish, ya`ni sport bilan doimiy shug`ullanib kelayotgan tarbiyachilar, bolalar va o`smirlar sport maktablari mutaxassislari, umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan sportchi-o`qituvchilar, BuxDu jismoniy tarbiya fakulteti professor-o`qituvchilari.

  2. Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilar va ota-onalar o`rtasida sport bo`yicha targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borish, ya`ni faxriy sportchilar, xalqaro musobaqa g`oliblari, respublika chempionlari, yetakchi sportchilar bilan suhbatlar va uchrashuvlar tashkil qilib o`tkazish.

3.Maktabgacha ta`lim muassasalari rahbariyati va yuqori tashkilotlardan tarbiyachilarga amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida suhbatlar, disputlar, ochiq mashg`ulotlar, ko`rgazmali chiqishlarni tashkil qilib o`tkazish. Bu ishda viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan boy tajriba ega bo`lgan yetakchi-mutaxassislarni va uslubshunoslarni jalb qilish.

  1. Tarbiyachilar o`rtasida hozirgi kun talabiga javob beradigan dasturlar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, yangi adabiyotlarni tushuntirish borasida seminarlar tashkil qilib o`tkazish

  2. Tarbiyachilarning fikrini inobatga olgan holda dasturga suvda, qumda, musiqa ohangida va predmet bilan o`ynaladigan harakatli o`yinlarni kiritish uchun viloyat va respublikada faoliyat ko`rsatayotgan yetakchi mutaxassislarni shu masalani o`rganib chiqish va shu asosda dasturga o`zgartirish kiritish yoki dastur tuzishga jalb qilish.

7.Maktabgacha ta`lim muassasalarida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliy o`quv yurtlari, akademik-litseylar, kasb-xunar kollejlarida o`quv rejasidagi harakatli o`yinlarga ajratilgan soatlar sonini ko`paytirish.



Download 51,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish