U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.01.2020
Hajmi1,17 Mb.
#34422
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tarixi


U.Abdalov, U.Xo‘jamuratov, 

X.Matkarimov, X.Matyaqubov

0 ‘ZBEKIST0N

TARIXI

• 

i  



4 '-  

te


0 ‘Z B E K IST 0N   RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS T A ’LIM VAZIRLIGI

URGANCH  DAVLAT  UNIVERSITETI

U.Abdalov, U.X o‘jamuratov, 

X.M atkarimov, X.M atyaqubov

O  ZBEKISTON TARIXI

(u slu b iy  q o ‘llanm a)



Ushbu uslubiy qo ‘llanma  Urganch davlat universiteti ilmiy-uslubiy 

kengashining 2017-yil  11-dekabrdagi 3-sonh yig ‘ilishi bayonnomasi qa- 

roriga asosan nashr qilishga tavsiya etilgan.

Urganch -  2018

94(575.1)(075.8)

0 ‘-34

6 3 .3 (5 0 ‘)

О ь-34

U.Abdalov,  U.Xo‘jam uratov,  X.M atkarimov,  X.M atyaqubov.  0 ‘zbekis- 

ton tarixi.  Uslubiy qo‘llanma.  M as’ul  muharrir A.A.Ashirov.  0 ‘zbekiston  Respub- 

likasi  Oliy va  o ‘rta maxsus  ta’lim  vazirligi,  Urganch  davlat  universiteti.  Urganch, 

UrDU noshirlik bo ‘limi, 2018-yil.  40 bet.



U O ‘K 94(075) 

KBK 6 3 .3 (5 0 ‘)ya73

Bugungi  kunda  yangi  pedagogik  texnologiyalar,  zamonaviy  axborot-kom- 

munikativ  texnologiyalar  hamda  ularni  fanlar  m iqyosida  amaliyotga  tatbiq  etish 

masalasi  dolzarbligini yo‘qotmadi.

Bizga m a’lumki,  talabalar  olgan  bilim  va  ko'nikm alarini  mustaqil  ish  orqali 

mustahkamlai  boradilar.  Shunday ekan, ushbu uslubiy qo‘llanma orqali  talabalarga 

0 ‘zbekiston  tarixi  fanining  O ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta’lim 

vazirligining  20 1 1-yil  17-sentabrdagi  392-buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  namunaviy 

dasturida  belgilangan  “V—XII  asrlarda  o ‘zbek  davlatchiligi  va  ijtimoiy,  siyosiy, 

iqtisodiy,  madaniy  hayoti”  mavzusi  bo‘yicha  mustaqil  ishlami  tayyorlash  tartibi, 

tarixiy atam alar izohi, manbaviy asoslari, pedtexnologiyajarayonigaoid masalalar- 

ni  talabalar o ‘zlashtirishiga  ishonch  beradigan  xulosalar  qayd  qilindi  va yangi  pe­

dagogik texnologiyalar asosida ochib berilgan.

M as’ul  m uharrir 

A.A.Ashirov, t.f.d., prof.

Taqrizchilar: 

Q.Sobirov, t.f.n., dotsent,

OSAbduIlayev, t.f.n., dotsent, 

K.Xudoyberganov, t.f.n.

ISBN:  978-9943-5177-6-9 

©

©

U r D U   n o s h i r l i k   boM lm l,   201 8. 



1).A b d u l o v ,   l l . X o ' j H m u r i i t o v ,  

X .M iitk H i l in o v ,   X . M n t y i i q u b o v

O '/bckislon  Imixl  I  Islubiy qo‘l- 

liinini


KIRISH

0 ‘zbekiston Respublikasi  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridan  boshlab,  za- 

monaviy davlatchilik tizimini  barpo etish va rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratil- 

di.  Ushbu  ustuvor yo ‘nalishdagi jadal  harakatlami  am alga oshirishdan  o ‘zbek  xal- 

qining  davlatchilik  sohasida to ‘plagan  ko‘p  asrlik  boy  tarixiy  tajribasini  atroflicha 

o ‘rganish va undan  samarali  foydalanish masalasi o ‘zining  dolzarbligi  bilan  ajralib 

turadi.  Shu nuqtayi  nazardan,  taqdim  etilayotgan fan nazariy  va amaliy ahamiyatga 

ega  ham da “Kadrlar tayyorlash  milliy  dasturi”da  ko‘rsatib  o‘tilgan  talaba-yoshlar- 

ning  tarixiy  dunyoqarashini  boyitish,  ularda mustaqil  fikmi  qaror  toptirish,  tarixni 

mukammal  darajada  bilish,  insoniyat  sivilizatsiyasining  yutuqlari  va  tajribasidan 

to ‘la  bahramand  bo‘lish,  umuminsoniy  qadriyatlami  anglab  yetishga  ko'm akla- 

shish  va dunyo  m iqyosida  mavjud  bo‘lgan  m uam m olam ing tarixiy  ildizlarini  izlab 

topish kabi dolzarb  masalalami  o ‘rganadi.

Shuningdek,  “0 ‘zbekiston  tarixi”  fani  haqidagi  bilimlami  qaror  toptirish 

mavjud  ilmiy  adabiyotlar  va  zamonaviy  nazariyalar  ham da  olib  borilayotgan  tad- 

qiqot  ishlarini  o ‘rganish,  fan  bo'yicha  to'plangan  ilg‘or  tajribalar,  kadrlar  buyurt- 

m achilam ing fikr, talab v a takliflarr kabi masalalami o ‘z ichiga qamrab oladi.

0 ‘quv  fanining maqsadi va vazifalari. 0 ‘zbekiston tarixining o ‘ta qiziqarli 

va  murakkab jarayonlarida  davlatchilik taraqqiyotining o ‘m i  va ahamiyati  beqiyos 

b o ig an lig i,  uning  evolutsiyasida  mavjud  b o ‘lgan  ko‘plab  bosqichlar,  tamoyillar, 

yo‘nalishlar,  qonuniyatlam ing o ‘ziga xos ekanligi to ‘g ‘risida talabalarga chuqur bi- 

lim lar berish o ‘quv fanining asosiy maqsadidir.

Ushbu  maqsadga  ershish  y o iid a   quyidagi  vazifalam i  bajarish  ko‘zda  tutil-

gan:

- t u r l i   tarixiy  davrlarda  o‘zbek  davlatchiligining  rivojlanishiga  ichki  ijtimo- 



iy-iqtisodiy,  siyosiy va madaniy om illam ing ta ’sirini ochib berish;

-   davlatchilik taraqqiyoti  va xalqaro  m unosabatlar  o ‘rtasidagi  bog‘liqlik to- 

monlarini  atroflicha tahlil etish;

-   0 ‘zbekiston  hududida  mavjud  bo‘lgan  davlatlam ing  rivojlanishidagi  aso­

siy tendensiyalami  ko‘rsatib berish;

-  o ‘zbek xalqining o ‘ziga xos madaniyati,  mentaliteti,  urf-odatlari va an’ana- 

larining davlatchilik tariqqiyotiga ta ’sirini  ko‘rib  chiqish;

-  o ‘quv jarayonida fan m a’ruza,  seminar,  mustaqil  ish kabi o ‘qitish turlari va 

interfaol  usullaridan  foydalanilgan holda o ‘qitish.

Fan  bo‘yicha  bilim,  ko‘nikma  va  malakaga  qo‘yiladigan  talablar.  0 ‘z- 

bek  davlatchiligining  tarixiy  ildizlari  uzoq 

0

‘tm ishga  borib  taqalishi,  uning  ko‘p 



asrlik rivojlanishida ro‘y  bergan voqealar va jarayonlar to ‘g‘risida talabalar chuqur 

bilimlarga ega  bo‘lishlari  kerak,  davlatchilik  taraqqiyotining  o ‘ziga  xos  xususiyat- 

larini to‘g ‘ri tushunishlari va anglab yetishlari  lozim.

0 ‘quv  fani  bo‘yicha  egallagan  bilimlami  ilmiy  tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik 

faoliyatda  qo‘llash,  davlatchilik tarixining  dolzarb  masalari  bo‘yicha  tadqiqot  ish­

larini olib borish,  ko‘nikm alarga ega b o iish lari kerak.

3


Fanning  o ‘quv  rejadagi  boshqa  fanlar  bilan  o ‘zaro  hogMiqligi  va  uslu­

biy jihatdan  ketma-ketligi.  0 ‘quv  fani  “0 ‘zbek  davlatchiligi  tarixi”,  “Jahon  tari­

xi”,  “Tarixshunoslik”,  “M anbashunoslik” kabi  fanlar  bilan  o ‘zaro  bogMiq.  Yuqori- 

da nomlari  tilgan olingan  fanlar bo‘yicha bilimlar taqdini  etilayotgan  fanni  chuqur- 

roq  o ‘zlashtirishga yordam beradi.



Fanni o ‘qitishda  zam onaviy axborot va  pcdagogik  texnologiyalar.  0 ‘quv 

fanining  talabalar tomonidan  chuqurroq  o ‘zlashtirishlari  uchun  zamonaviy  axborot 

texnologiyalar (jumladan,  kompyuter  imkoniyatlari  orqali  Internet  resurslari)  katta 

ahamiyatga ega.  Ular  fanga  oid  faktologik  m ateriallar bazasini  kengaytirish,  o ‘quv 

jarayonini  uslubiy jihatdan  boyitish,  m a’lumotlarni  talabalarga  yanada  tushunarli- 

roq  yetkazish  uchun  ahamiyatlidir.  Pedagogik  texnologiyalar,  o ‘z  navbatida,  tala- 

balam ing  faolligini,  mustaqil  fikrlashga  intilishlarini  oshiradi,  pedagog  va  talaba­

lar o‘rtasidagi  aloqani  mustahkamlaydi.



M ustaqil  ishni tashkil etishning shakli  va  m a/m uni.  Mustaqil  ishga m o‘l- 

jallangan  mavzular  ro‘yxati  va  ularni  tayyorlash  uchun  zarur  bo'lgan  adabiyotlar 

ro‘yxati  oldindan  talabalarga taqdim  etiladi.  Talabalar,  ushbu  mavzularga mustaqil 

tayyorlanib,  ularni referat,  ma’ruza, manbalar sharhi  kabi  shaklliirda topshiradilar.

1.  Islom  Karimovning “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  y o 'q ”  asaridagi  tarix fani- 

ni  rivojlantirish borasidagi  konseptual g ‘oyalarning ahamiyali.

2.  “Avesto” -  tarixiy manba sifatida.

3.  0 ‘zbekiston -  insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'elw qlaridan biri.

4.  0 ‘zbekistonda dastlabki  davlatlam ing paydo  bo'lishi  va  rivojlanish boch- 

qichlari.

5. Turkiy xalqlarning kelib chiqishi,  tarqalishi  va hozirgi  zamon.

6.  Imom  al-Buxoriyning  “Jom e’  as-Sahih”  asari  -   islom  dinining  muhim ta­

rixiy manbasi.

7. Narshaxiyning “Buxoro tarixi”  asari -  tarixiy manba sifatida.

8.  IX -X II asrlarda o ‘zbek davlatchiligi.

9. 0 ‘rta O siyoda uyg‘onish (renessans) davri  (IX -X II asrlar).

10.  0 ‘rta osiyolik allomalam ing jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan  hissasi.

11.  Shaxobiddin an-Nasaviyning “ Sirat as-sulton Jaloliddin  M ankburni” asa- 

rida Jaloliddin Manguberdi  faoliyatining aks etishi.

12.  Amir  Tem ur  tuzuklari  -   davlat  boshqaruvi  to ‘g ‘risidagi  muhim  manba 

sifatida.

13. Amir Tem ur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.

14. Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi y o iid a g i jasorati.

15. Buxoro,  Xiva va Q o‘qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy hayot.

16.  Turkiston jadidlari  ilgari  surgan  g‘oyalar,  m a’rifiy  qarashlar va  ulaming 

mazmun-mohiyati.

17.  Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o ‘m atilishi  va  uning  ayan- 

chli oqibatlari.

18. 0 ‘zbekistonda 40-yillar oxiri -  50-yillar boshidagi qatag‘onlar.

19.  0 ‘zbekistonda  50-80-yillarda  iqtisodiy  va  m a’naviy  hayot,  turg'unlik 

holatlari va uning sabablari.

4


20.  Ikkinchi jahon urushi yillarida o ‘zbek xalqining fashizm ustidan  qozonil- 

gan g ‘alabaga qo‘shgan hissasi.

21.  0 ‘zbekistonda  50-70-yillarda  paxta  yakkahokimligining  kuchayishi  va 

ekologik muammolaming kelib  chiqishi.

22. O ‘zbekiston:  yigirm a yil  mustaqil taraqqiyot yoMida.

Dasturning  informatsion-metodik  ta ’minoti.  Zam onaviy  interfaol  metod- 

lari,  “FSMU”,  “Aqliy  hujum ”,  “Klaster”,  “ Bumerang”  kabi  pedagogik  texnologi­

yalar  (Internet  resurslari,  slaydlar),  ko'rgazm ali  vositalar (xaritalar, jadvallar,  sxe- 

malar va bosh.) dasturni  am alga oshirishda q o ilan ish i  mumkin.



M USTAQIL ISH  UCHUN  USLUBIY DARS  ISHLANMASI

V -X II  ASRLARDA 0 ‘ZBEK  DAVLATCHILIGI VA  IJTIMOIY-SIYOSIY, 

___________________ IQTISODIY, MADANIY  HAYOTI__________________

I

0 ‘quv vaqti

2  soat


II

Talabalar soni

20-25  tagacha



III

0 ‘quv m ashg‘ulot 

shakli

M a’lumotli m a’ruza



IV

Darsning mazmuni

0 ‘zbekiston hududidagi  ilk,  o ‘rta asrlar davlatlari 

va  ulam ing  boshqaruv  tartibi,  ilk  o ‘rta  asrlarda 

yer  egaligi  va  yerga  egalik  qilish  munosabatlari- 

ning shakllanishi, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, 

tohiriylar,  somoniylar va xorazmshohlar davlatla­

ri  davrida  o ik a m iz d a  boshqaruv  tartiblari  xusu- 

siyatlarining  m anbalarda  aks  etishi  to ‘g‘risidagi 

m a’lumotlami  yozm a tarixiy  manbalar orqali  o ‘r- 

ganish.


V

Amaliy  m ashg‘uIot 

rejasi

1.  Kidariylar,  xioniylar  va  eftaliylar  davlati,  un- 

dagi  boshqaruv  tizimi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma- 

daniy hayot.

2.Turk xoqonligi,  davlat boshqaruv tizimi.  Mam- 

lakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.

3.  Arablar  istilosi  va  hukmronligi  davrida  0 ‘rta 

Osiyo.


4.M ovarounnahrda toxiriylar  va  somoniylar  dav- 

latlarining vujudga kelishi,  boshqaruv tizimi.

5.Xorazmshohlar  davlati.  Undagi  siyosiy,  ijtimo- 

iy,  iqtisodiy hayot.



VI

Asosiy tushuncha 

va atamalar

“Bahman  -Y ash t” ,  haftal  (eftal),  “Shoxnoma”, 

ida,  yeda,  idan,  idyan,  eptal,  abdal,  arman  yo- 

zuvlarida  idal,  tetal,  xeptal,  haytal,  yaftal,  hetal, 

huna,  “budun”,  “azata”,  Bumin,  to ‘qqiz soni,  ma- 

halliy  hokimliklar -  Xorazm,  So‘g ‘d,  Choch,  Bu­

xoro,  Chag‘oniyon,  Toxariston,  Ustrushona,  Far- 

g ‘ona,  xoqon,  “dapirpat”,  “framandor”,  “Xalqlar

5


ro‘yxati”,  M ug‘qal’a,  xalifa,  15  ga  yaqin  m usta­

qil  hokimlik,  shexu,  Movarounnahr,  islom  dini, 

islom  huquqshunosligi,  shayx  ul-islom,  muftiy, 

Afrosiyob,  Varaxsha,  Marv,  noib,  “Madinat  ut- 

tujjor”,  buxorxudot,  xorazmshoh,  Hadisi  sharif, 

Ummaviy, B ag‘dod.



VII

Manbaviy asosi

“Avesto”,  Lazer  Parbskiy  va  Prokopiy  Kesariys- 

kiy  m a’lumotlari,  xitoy,  hind,  fors,  arman,  suriya, 

lotin manbalari,  pahlaviy yozuviga bitilgan “Bah- 

man  -Y a sh t”  kitobi,  Firdavsiyning  “Shoxnoma”, 

So‘g ‘d  manbalari,  Turk  bitiklari,  Q ur’oni  karim, 

Hadisi  Sharif,  al-Xorazmiyning  “Tarix  kitobi”, 

Abu  Rayhon  Beruniyning  “Osor  ul-boqiya”,  at- 

Tabariyning  “ Faqihlar  orasida  ixtiloflar  haqida 

kitob”,  “Tarixiy  Tabariy” ,  Narshahiyning “Buxo­

ro tarixi” asarlari.

VIII

0 ‘quv  m ashg‘uloti- 

ning m aqsadlari

0 ‘zbekiston  tarixining  ilk  va rivojlangan o ‘rta asr- 

lar  davlatchiligi  tarixini  yozma  manbalarda  aks 

etishini  nazariy-metodologik  asoslari,  manbalari 

va ahamiyati  haqida yaxlit  tushunchani  shakllanti- 

rish.


IX

Pedagogik

vazifalar

1. Yangi  mavzu  haqida tavsif berish.

2.  Asosiy  nazariy-uslubiy  prinsiplar  va  uni  o ‘r- 

ganish.


3.  0 ‘zbekiston  tarixining  ilk  va  rivojlangan  o ‘rta 

asrlar  davlatchiligi manbalari  bilan tanishtirish.

4.  M avzuga  oid  manbalar  va  ularning  saqlanish 

joyi  va holati  bilan tanishtirish.

5.  Mavzuni  ilmiy  tarixiylik  asosida  batafsil  yori- 

tish.


6.Davlatchilik  tarixiga  oid  atamalarni  tushunti- 

rish.


7.Asosiy 

m asalalar 

b o ‘yicha 

tushunchalarni 

shakllantirish.

8.  Ushbu  fanning  o ‘qitilishining  talaba-yoshlar 

uchun ahamiyatini bayon etish.

X

0 ‘quv faoliyati na- 

tijalari

1.  Ushbu  predmet  kursini  o ‘qitilishiga  izoh  be- 

radi.

2. Mavzuning  vazifalari  ham da  nazariy-uslubiy 



prinsiplari haqida ma’lumot beradi.

3. M avzuni  o ‘rganishda  zarur  manbalar  ko‘rsatib 

o‘tiladi va davrlashtirish haqida maTumot beradi.

4.Yosh  avlodning  m a’naviy  uyg‘onishida  va  tar- 

biyasida  mavzuning  roli  va  ahamiyati  yanada  lu- 

shunib yetiladi.



XI

0 ‘qitishning texni- 

kasi va  uslubi

M a’ruza,  “o ‘ylab  ko‘ring” ,  aqliy  hujum,  klaster, 

fikrlar almashing, blis-so‘rov, savol-javob.

XII

0 ‘qitish vositasi

M a’ruza matni, kartalar,  chizmalar, jadvallar,  ata- 

malar izohi.

XIII

0 ‘qitish sharoiti

Auditoriya,  texnik  vosita  va  guruhlarda  ishlash 

uchun moslamalar.

XIV

Monitoring va  ba- 

holash

Og‘zaki  nazorat,  blis-so‘rov,  nazorat  savollari, 

yozm a ish.

XV

K o‘rgazmali qurol- 

lar

O 'zbekistonning kartalari,  sxemalar, jadvallar, 

slaydlar.

XVI

0 ‘zini  nazorat qi- 

lish  uchun  topshi- 

riqlarning turi

Test, savol-javob, jadvallam i to ‘ldirish va h.k.



M ashg‘ulotning pedtexnologik kartasi 

(namuna  uchun)

Bosqichlar

vaqti

Faoliyat

I  bosqich. 

Kirish qismi

(15 daqiqa)



0 ‘qituvchi

0 ‘quv  predmeti  nomini  e’lon  qiladi, 

o ‘quv  faoliyatining  tashkiliy  tomonlari- 

ga  qisqacha  ta ’rif  beradi.  Reyting  nazo- 

rati  shakllari,  asosiy  adabiyot  ham da 

qo‘yiladigan  talablar  bilan  talabalam i 

tanishtiradi.

1.1.M ustaqil  ish  mavzuining  nomini, 

maqsadlarini,  m oijallangan  natijalarini 

va o ‘quv  m ashg‘ulotini  o ‘tkazish  rejala- 

rini aytadi.

Talabalar

1.1.Tinglaydilar.

1.2.Tinglaydilar.

II bosqich. 

Asosiy qism 

(55 daqiqa)

2.1.Bilimlami  chuqurlashtirish  maqsa- 

dida talabalar diqqatini ja lb  qilish  uchun 

mavzuni  o ‘zlashtirishga  qulay  jarayon 

tayyorlash  uchun  diqqatni  jalb   etuvchi 

va  muammoli  savollar  beradi  ham da 

“juftlikni”  tashkil  etib,  “o‘ylab  ko‘ring, 

fikrlar almashing”  usulini  qo‘llaydi.  blis 

-so‘rov o ‘tkazadi.

2.2.Rejaning  birinchi  savolini  beradi  va 

bunda  diqqatni jalb   etuvchi  materiallar- 

dan foydalanadi.

2.3.  Talabalam i  uchta  kichik  guruhga 

b o iib   chiqadi  va  qisqacha  ijodiy  esse 

yozishlarini  vazifa  qilib  beradi.  “Koop- 

koop”  nomli  guruh  bo‘lib  ishlash  texni- 

kasini  tushuntiradi.  Berilgan  vaqt  miq- 

dori, tartibi  ham da ko‘rsatkich kriteriya-

2.1 .Har bir ju ft flkr al- 

mashgandan  so‘ng  sa- 

vollarga javob  beradi- 

lar.

2.2.Tinglaydilar 



va 

juft-juft  yoki  guruhlar 

bilan  o‘zaro  bahsga 

kirishib  javob  beradi- 

lar.

2.3.Vazifani  gurahlar- 



da  muhokama  qiladi- 

lar,  alohida  va  guruh

7


lari  baholari bilan tanishtiradi. 

2 .4 .0 g ‘zaki  taqdim ot o ‘tkazadi,  aniqlik- 

lar kiritadi,  qo‘shimchalar,  o ‘zaro  baho- 

lashni  tashkil  qiladi,  guruhlardagi  ishga 

yakun  yasaydi  ham da  o ‘zaro  baholash 

natijalarini e ’lon  qiladi.

2.5.Rejaning  2  va  3  savollarini  beradi 

va  e ’tiborni  tortuvchi  materiallardan 

foydalanadi.

2 .6 .0 ‘zlashtirishni 

chuqurlashtirish 

uchun  ushbu  mavzu  bo‘yicha  nazoratli 

savollar beradi,  blis-so‘rov o ‘tkazadi.

bilan  variant  tayyor- 

laydilar.

2.4.Guruh  lideri  og‘- 

zaki  holda  jam oa  ja - 

vobini  e ’lon  qiladi. 

Boshqa  guruhlar  j a ­

vob larga javob beradi- 

lar.

2.5.  Guruh  lideri  o g ‘- 



zaki  holda  jam oa  ja- 

vobini  e ’lon  qiladi. 

Boshqa  guruhlar  ja - 

voblarga javob beradi- 

lar.

2.6.  Savollarga  javob 



beradilar.

III  bosqich. 

Yakuniy 

qism

(10 daqiqa)

3.1.0 ‘quv  faoliyatiga  yakun  yasaydi. 

M ashg'ulot faollarini  rag‘batlantiradi. 

3.2.Keyingi  mustaqil  ish  vazifalarini  be­

radi.


3.1. Tinglaydilar.

3.2.Tinglaydilar 

va 

yozib oladilar.



I. 

Mustaqil  ish  materiallari  (o‘qituvchi  uchun) 

KIDARIYLAR, XIONIYLAR VA EFTALIYLAR DAVLATI, UNDAGI 

BOSHQARUV TIZIM I. IJTIM OIY-IQTISODIY  VA MADANIY  HAYOT

IV 


asr  o ‘rtalarida  Turon  o ik a sig a   shimoldan  ko‘chmanchi  xion  qabilalari- 

ning hujumi  boshlanadi.  Tarixda ular  xiyonit yoki  xioniylar nomi  bilan  tanilganlar. 

Xioniylarning  353-yil  So‘g ‘d  ustiga yurish  qilganliklari  rna’Ium.  Xioniylar  hukm- 

dori o ‘rta yoshlardagi tadbirkor va aqlli davlat arbobi Grumbat ismli  shaxs bo‘lgan. 

359-yil  xioniylar  o ‘z  ittifoqchilik  burchlariga  ko‘ra,  Shopur  II  bilan  Suriyaning 

Amida  (Umda)  shahri  uchun  b o ‘lgan jangida  qatnashishadi.  Bu jangda  Grumbat- 

ning o ‘g ‘li halok bo‘ladi.

Kidoriylar  xususidagi  asosiy  m a’lumotlar  Xitoyning  Beyshi  solnomasida 

ham da g ‘arb tarixchilaridan biri  Prisk Paniyskiy m a’lumotlarida uchraydi. Bu  m a’- 

lumotlarga  ko‘ra,  Kidoriylarning  yuyechjilar  hukmdori  Sidolo  yoki  tadqiqotchilar 

fikricha,  Kidor (ba’zan “K idara”)  IV  asrda hukmronlik qilgan.

Yaponiyalik  tadqiqotchi  K.Yenoki  braxmiy  yozuvidagi  bir  qator  “Kidara 

Kushon sha” deb  yozilgan tangalarni tadqiq  qilgan.  Bu taxminan  3 9 0 ^ 3 0 -y illarg a 

mansub  bo‘lib,  hind  tadqiqotchisi  A.Bivam ing  xulosasiga  ko‘ra  bunday  tangalar  2 

ta hokim tomonidan bir vaqtning o‘zida zarb etilgan. Yenokining fikricha, Kidoriy­

lar Tohariston  va Gandxami  412-437-yillar oralig‘ida  o‘z qoMlarida  birlashtirgan- 

lar.

Kidariylar masalasi nisbatan ancha kam o ‘rganilgan va tadqiqotlar davom et- 



tirilishi  kerak bo‘lgan  masaladir, chunki  yuqoridagi  m a’lumotlarni  (jumladan,  Hey-

shi)  keyinchalik  boshqa manbalar tilga olmaydi.  Hindistonga (456-yil)  ketib,  Gup­

ta  davlatini  bosib  olganlaridan  keyingi  kidoriylar  to ‘g‘risidagi  m a’lumotlar  ham 

deyarli  y o ‘q.  Faqatgina  ular  Hindistonda  75  yil  hukmronlik  qilganlari,  477-yil 

Gandxardan  Xitoyga  elchilar  yuborganliklari  m a’lum,  xolos.  B a’zi  tadqiqotchilar 

ularni  Sharqiy  Turkistondan  kirib  kelgan  kushonlar  qoldig‘i  deb  ham  tushuntirish 

berishadi.  Shuningdek,  kidoriylarning  O 'rta  Osiyoning  janubida  xiyoniylar  bilan 

birga  ittifoqchiligi  ham da ulam ing Eronga qarshi  birgalikdagi  harakatlari to ‘g ‘risi- 

da ham turli  taxmin va fikrlar mavjud.



Eron  sosoniylari  bilan  o‘zaro  munosabatlar.  IV  asm ing  60-70-yillarda 

Eron  bilan  m unosabatlar  yana  keskinlashib,  Eron  shohi  Shopur  II  xioniylar  bilan 

kurash olib boradi  va ikki  marotaba yengiladi.  Bu  kurashda xioniylar kidoriylar bi­

lan  ittifoqchilikda bo‘lgan bo‘lishlari  ham ehtimoldan xoli emas.  Bu davrda Sirdar- 

yo bo‘yidan Amudaryogacha cho‘zilgan hudud xioniylar ta ’siri ostida b o ig a n .

Umuman  olganda,  xioniylar  kidoriylar  bilan,  ko‘pincha,  ittifoqda  harakat 

qilgan  boiishlari  kerak.  Chunki  tadqiqotlarda  ulam ing  nomi  ko‘pincha birgalikda 

uchraydi.  U lam i  ba’zida  eftaliylam ing  bir  qismi  deb  ham  hisoblashadi.  Fikrimiz- 

cha,  ulardagi  o‘zaro  farqlanish  etnik  emas,  faqat  sulolaviy  b o ig a n ,  chunki  ular- 

ning hammasi qon-qardosh turkiy xalqlardan  boiishgan.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish