U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.01.2020
Hajmi1,17 Mb.
#34422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tarixi


“Devon  Am ir al-mulk”  yoki  “al-rasayi”  davlat  ahamiyatiga molik b o ig a n  

rasmiy  hujjatlarni tuzish  bilan  shug‘ullangan.  Bundan  tashqari,  bu devon chet  dav- 

latlar bilan b o ia d ig an  munosabatlami ham boshqargan.

“Sohib  ash-shurat”  devoni  davlatning  butun  harbiy  ishlarini,  shu jum ladan, 

am irning  shaxsiy  qo ‘shinini  boshqargan.  “ Sohib  ash-shurat”ning  maxsus  yordam- 

chisi  -  Aris  b o ig a n .  U  mahkama  va  uning  b o sh lig i  amir  qo‘shini  xazinasi  bilan 

shug‘ullangan.  Q o‘shim cha  bir  yilda  to‘rt  marta  maosh  to ia g an .  Davlatni  idora 

etishda “sohib  al-borid”  devonining  ahamiyati  ham ju d a  katta b o ig a n .  Bu  devon 

davlat ahamiyatiga molik b o ig a n  hujjatlarni  va xabarlami yetkazish  bilan  shug‘ul- 

langan. Devonning hamma shahar va viloyatlarda mahalliy mahkamalari b o ig a n .

27


“M uxtasiba”  devoni  bozorlam i,  sotuvchilami,  qadoqboshlam ing  og‘irligi, 

bozordagi m ollam ing narxini, sifatini nazorat qilgan.

Davlat  xazinasining  daromadlarini  va  xarajatlarini  “mushrif”  devoni  nazo­

rat qilgan. Bundan tashqari, “qozi az-ziya” va “vaq f’1 devonlari  b o ig a n .  “Qozi az- 

ziya”  devoni  davlat  yerlarini,  “vaqf”  devoni  hadya  etilgan  yerlam i  va  musulmon 

ruhoniylarining boshqa mol-mulklarini  nazorat qilishgan.

Devonlarning aytarli  hammasini viloyatlarda boshqarmalari  b o ig a n .  Devon- 

lam ing  viloyatlardagi  boshqarmalari,  bir  tomondan,  o ‘z  devonlariga,  ikkinchi  to- 

mondan,  viloyat  hokimiga  bo‘ysunishgan.  Bundan  faqat  “Sohib  al-borid”  devoni- 

ning amaldorlari mustasno bo‘lgan.

Viloyat  va tumanlar  am ir  tomonidan  tayinlangan  hokimlar  tomonidan  idora 

qilingan.  Odatda,  bunday  lavozim ga  mahalliy  boy  zodagonlar tavsiya  etilgan.  So- 

m oniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta ’siri  nihoyatda kuchli b o ig a n .  Ular 

markaziy  hokimiyat  ishlarida  ham  faol  ishtirok  etganlar.  Somoniylar  davlatining 

diniy  hayotida  hanifiylar  mazhabligiga  mansub  ruhoniylar  ham m a  diniy  lavozim- 

lami  o‘z  q o ‘llariga  olishgan.  Ruhoniylarning  boshlig‘i  “ustod”,  keyinchalik 



“Shayx  ul-islom” deb atalgan.  “Ustod”dan so‘ng o ‘z lavozimi b o ‘yicha ruhoniylar 

orasida “xatib” turgan.  U jo m e’  masjidlarida ju m a nam ozida xutba o ‘qish  huquqi- 

ga ega b o ig a n .  Bu davrda Buxoro  Sharqdagi  islom olamining eng  nufuzli  markaz- 

laridan  biriga aylanadi.  Movarounnahrdagi  dastlabki  madrasalarning bu yerda bar- 

po etilishi ham bejiz emas.

Soliq  siyosati.  Yer-suv  m unosabatlari.  M ulkchilik  shakllari.  Iqto  va  iq~ 

todorlar.  Koranda-barzikorlar,  ularning m ajburiyatlari.  Shaharlarning rivoj- 

lanishi.  Hunarmandchilik.  Savdo-sotiq  ishlari.  Savdo  uyushm alarining  tashkil 

topishi.  Karvon  savdosi.  Karvonsaroylar.  Yer  egaligining  quyidagi  shakllari 

mavjud b o ig a n .



Mulki  sultoniy  -   shaxsan  am irga tegishli  yer-suv,  tegirmon,  do‘konlar.  Bu 

mulkni  qishloq  chorikorlari  ijaraga  olganlar.  Yana  yer  egaligining  tom a  (umrbod 

berilgan yer),  iqto (merosiy) turlari  b o ig a n .

Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk:  hukmdor  tabaqa  xonadoni,  dehqon-zo- 

dagonlarga,  sayyidlar,  sipohsolor,  badavlat  savdogarlarga  tegishli  mulklar  hisob- 

langan.  Shartli yer egaligi  ham b o ig a n .

V aqf mulklari:  diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk.  Bu mulkni 

muassasa mutavallisi boshqargan.



Jam oa  mulki:  yaylov, tog‘  yonbagirlaridagi lalmi yerlar.

Xiroj  hajmi  shariat va davlat  qonunlari  asosida belgilangan.  Somoniylarning 

birgina  Buxoro  va  Karmana  viloyatlari  xiroj idan  tushgan  daromadi  116866  dir- 

hamni tashkil qilgan.

Somoniylar  davrida  yerlar  qaytadan  taqsim  qilindi.  Y er  egalarining  yangi 

guruhi tashkil  topdi.  Ularning ko‘pi  sipohiylardan  chiqqan  edi.  Masalan,  Alptegin- 

ning  Xurosonda va M ovarounnahrda 500  q ish lo g i  b o iib ,  biror shahar  yo‘q  ediki, 

unda uning  qasri  yo  b o g i,  yoxud  karvonsaroyi  b o im asa.  Uning  tasaruffida ming- 

lab otlar va chorva mollari b o ig a n .

Somoniylar  davrida  qudratli  markazlashgan  davlatning  vujudga  kelishi  nati- 

jasida  M ovaraunnahr  va  Xurosonda  m a iu m   barqarorlik  qaror  topdi.  Bu  holat

28


m amlakat  iqtisodiy  hayotiga  katta ta ’sir  ko‘rsatdi.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik 

va savdo tez  sur’atlar bilan  rivojlana boshladi.  Movarounnahr va Xuroson bu vaqt- 

da  Sharqning  iqtisodiy  jihatdan  eng  rivojlangan  o ‘lkalaridan  hisoblangan.  Tarix- 

chilar va geograflar bu borada ju d a  yaxshi ta ’riflar yozib qoldirganlar.  U lar bu yer- 

lar ju d a  serhosil,  tabiiy  boyliklarga boy,  unda ko‘plab qishloq  va shaharlar borligi- 

ni, aholi  uchun kerakli  ham ma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar.

Xuroson,  ayniqsa,  M ovarounnahr dehqonchilik  oMkalari  qatoriga kirgan.  Bu 

yerlarda  dehqonchilik  asosan  sun’iy  sug‘orishga  asoslangan.  K o‘plab  soy  va  dar- 

yolardan  chiqarilgan  katta-kichik  kanallar  mavjud  bo‘lgan.  Buxoro  vohasida  Sho- 

purkon,  Shohrud,  Karmana,  Poykand,  Samarqand vohasida Barj  (Darg‘om), Barm- 

sish,  Buzmadisoy,  Ishtixon  kabi  kanallar  shahar  va  qishloqlami  suv  bilan  ta’min- 

lagan.  Bundan  tashqari,  bunday  kanallar  Xorazm,  Qashqadaryo,  Farg‘ona  va 

Shoshda  ham  boMgan.  M anbalarga  qaraganda  Shosh  aholisi  xalifa  M utasimga 

(833-842)  murojaat  qilib  vohada  suv  yetishmasligi  tufayli  kanal  qurilishiga  yor- 

dam  so‘ragan.  Sun’iy  sug‘orishga  asoslangan  dehqonchilikdan  tashqari  lalmikor 

dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Dalalarda  bug‘doyning  turli  navlari,  arpa,  sholi  va  boshqa  boshoqli  ekinlar 

ekilgan.  Qishloq  x o ‘jaligida  paxta yetishtirishga alohida  ahamiyat  berilgan.  Paxta, 

ayniqsa,  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Marv  vohasida  ko‘p  ekilgan.  Bog‘dorchilik 

ham  yaxshi  rivojlangan.  B og‘larda  olma,  shaftoli,  nok,  behi,  anor,  anjir,  yong‘oq 

kabi turli mevalar yetishtirilgan.  Uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.  Ayniq­

sa,  Samarqand,  Marv,  Hirotda  yetishtirilgan  uzumlar ju d a  qadrlangan.  Umuman, 

Xuroson  va M ovarounnahming  mevalari  o ‘zining  turli  navlari  va yuqori  sifatliiigi 

bilan  butun  Sharqda  dong  taratgan.  Juda  ko‘p  quruq  m evalar  Yevropaning  turli 

shaharlarigajo‘natilgan.

Umuman,  somoniylar  davrida  Xuroson  va  M ovarounnahr  qishloq  xo‘jaligi- 

ning turli tarmoqlari,  xususan,  dehqonchilik yaxshi  rivojlangan.  Somoniylar davri­

da dehqonchilik bilan bir qatorda, hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqal- 

gan.  Shahar  aholisining  k o ‘p  qismi  hunarmandchilikning turli  sohalari  bilan  mash- 

hur  bo iish g an .  M anbalarda qayd  qilinishicha,  Movarounnahrda,  ayniqsa,  to ‘qima- 

chilik yaxshi  taraqqiy  qilgan.  Bu yerlarda  ipak va jundan tayyorlangan  turli-tuman 

gazlam alar  o ‘zining  yuqori  sifatliiigi,  bejirim  va  nafis  naqshlari  bilan  ajralib  tur- 

gan.  Buxoroning  Zandana,  Samarqanddagi  Vador  va  Surxondaryodagi  Darzangi 

to ‘qim achilarining  mahsulotlari  faqatgina  Movarounnahr va Xurosondagina  emas, 

balki  Iroq,  Eron va H indistonda ham  m a’lum bo‘lgan. Xususan, Narshaxiyning yo- 

zishicha,  Zandanada tayyorlangan  gazlamalarga  Sharq  bozorida ehtiyoj ju d a   katta 

b o ig a n .  Ibn  Xavqal va M uqaddasiyning qayd  etishicha,  Vadorda tayyorlangan yu­

qori  sifatli gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasida ju d a  qadrlangan.  Bu gaz- 

lamalardan,  asosan, amirlar,  vazirlar, turli  amaldorlar,  qozilar o‘zlariga liboslar tik- 

tirganlar.  Vador  gazlamasi,  hatto  Xuroson  parchasi  ham  deb  atalgan.  Gazlamalar- 

ning  turli  navlari,  bundan  tashqari,  Keshda,  Nasafda,  Dabusiyada  va  k o ‘pgina 

boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.

K ulolchilik ham  somoniylar davrida o ‘z taraqqiyotining eng yuqori  bosqich- 

lariga  ko ‘tarilgan.  Kulolchilik  charxini  yanada  mukammallanishi  natijasida  idish- 

lami  bezashda  sirlardan  foydalanishni  kashf etilishi  bu  borada  katta  yutuq  bo ‘ldi.

29


N atijada idishlami turlari ham,  shakllari  ham  ko‘paydi.  Ularning  sifati  keskin dara- 

jad a  oshdi.  Idishlar turli  rangdagi  sirlar  bilan  bezatila  boshlandi.  M anbalarda qayd 

qilinishicha,  ayniqsa,  Samarqand,  Binkat  va  M arv  kulollari  tayyorlagan  idishlar 

o ‘zining  bejirim  shakli,  yuqori  sifati,  ajoyib va nafis  naqshlari  bilan  ajralib  turgan. 

Epigrafik  naqsh  bilan  bezatilgan  turli-tuman  idishlar  ayniqsa,  diqqatga  molikdir. 

Shu  davrga  oid  shaharlarda  olib  borilgan  arxeologik  izlanishlarga  qaraganda,  ku- 

lollar  shaharlarda  mahalla-mahalla  boMib  yashaganlar.  Mana  shunday  mahallalar 

Samarqandda, Marvda,  Axsikatda, Term izda ochib o ‘rganilgan.

Bu davrda shishasozlik ham  keng rivojlangan.  0 ‘rta Osiyo shishasozlari turli 

shakldagi  katta-kichik  shisha  idishlami  tayyorlaganlar.  Idishlar,  asosan,  ko'kim tir 

va  shaffof  rangdagi  shishalardan  tayyorlangan.  Ularning  m a’lum  qismi  naqshlar 

bilan  bezatilgan.  Shishasozlarning ustaxonalari  Niso,  Marv,  Termiz,  Poykand  kabi 

shaharlarda  ochib  o‘rganilgan.  0 ‘rta  Osiyo  shishasozlarining  m ahsulotiga  boshqa 

o ‘lkalardaehtiyoj  katta bo‘lgan.

Somoniylar  davrida  metallurgiya  sohasida  ham  katta yutuqlar  qo‘lga  kiritil- 

gan.  Yozma  manbalar  va  olib  borilgan  arxeologik  qazish  ishlarga  qaraganda  bu 

davrda kon  sanoati  taraqqiyotida katta o ‘zgarishlar ro ‘y bergan.  Bu  davrda  Badax- 

shonda  kumush,  oltin,  billur,  lojuvard  kabi  qimmatbaho  metall  va  toshlar  qazib 

olish  davom  etgan.  Ustrushonaning  Mink  tumanida  katta  miqdorda  tem ir  rudasi, 

Buttam da oltin,  kumush, mis va boshqa metallar, Tuzkon koMida tuz,  Farg‘onadagi 

Nokad  degan joydan  oltin,  kumush,  Isfara yaqinida toshko‘mir qazib  olingan.  Far- 

g ‘onada neft ham  borligi yozm a manbalarda qayd  qilingan.

0 ‘rta Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab  chiqarish  ham  yaxshi  rivoj­

langan.  Q og‘oz  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  eng yirik  markaz  Samarqand  bo‘lib,  un- 

dagi  qog‘ozlarning  mahsuloti  faqat  0 ‘rta  Osiyo  yoki  Sharqda  emas,  balki  Yevro- 

pada ham  mashhur boMgan.  Samarqand  qog‘ozining  olti  navi m anbalarda qayd qi­

lingan.

Yuqorida  qayd  qilingan  hunarmandchilik  turlaridan  tashqari,  somoniylar 



davrida 0 ‘rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik,  duradgorlik kabi sohalar ancha rivoj 

topgan.  Somoniylar  davrida  kuchli  va  mustaqil  davlatnig  paydo  boMishi  dehqon- 

chilik,  hunarmandchilikning  rivojlanishi,  shaharlam ing  taraqqiyoti,  o ‘z  navbatida, 

ichki va tashqi  savdoni  yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib  keldi.  Avvalo, 

shahar  va  qishloqlar  o‘rtasidagi  savdo  kengaydi.  Ikkinchi  tomondan,  shahar  va 

qishloqlarni  qo‘shni  ko‘chmanchi  xalqlar  va  boshqa  davlatlar  bilan  aloqasi  rivoj- 

landi.

Y ozm a  manbalarda  qayd  qilinishicha,  bozorlar  katta-kichik  shaharlarda  va 



hatto  qishloqlarda bo‘lgan.  Ayniqsa,  karvon y o ila ri  bo‘ylab joylashgan,  shaharlar­

da  bir  nechtadan  bozorlar  boMgan.  Buxoro,  X o‘jand,  Nasaf,  Kesh,  Termiz,  Hirot, 

Marv, N ishopur shaharlaridagi  bozorlar katta va ju d a gavjum boMgan.  Istahriyning 

yozishicha,  Samarqandda Movarounnahrning  bosh  bozorlari joylashgan.  Bu  yerga 

hamma yerdan savdogarlar kelgan.  M ovarounnahrda tayyorlangan  mahsulotlarning 

katta  qismi  Samarqandga  keltirilgan  va  undan  keyin  boshqa  oMkalarga  tarqalgan. 

Ichki  va  tashqi  savdoda  ayrim  kichik  shaharlam ing  ham  o‘rni  katta  boMgan.  Bu 

borada  Poykand  shahri  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  M anbalarda  yozishlaricha,  bu 

shaharda somoniylardan  oldin  ham  savdogarlar Xorazm,  Kaspiy  bo ‘yidagi  oMkalar

30


va Xitoy bilan oldi-sotti  ishlari  olib  boiisligan.  Slialmr  hok i in lari  savdogarlar uchun 

ham m a shart-sharoitlarni  tug'dirib  berishga  Imrnkal  qilganlar.  Shaharda o ‘nlab kar- 

vonsaroylar  mavjud  b o ig a n ,  ular  bo/oi>',a  yaqin  joylarda joylashgan.  Savdo  rasta- 

lari  karvonsaroyning o'zid a ham bo‘lgan.  Karvonsaroylar y o ila rd a  ham qurilgan.

Bozorlarda  sotiladigan  mollar  avvalo  mahalliy  aholining  ehtiyojini  qondi- 

rishga  qaratilgan.  Hunarmandlar  o ‘z  mollarini  sotib  oziq-ovqat  mollarini  xarid  qi- 

lishgan,  o ‘z navbatida, dehqonlar  hunarmandchilik  mollarini  xarid qilishgan.  1X-X 

asrlarda  O 'rta  Osiyoning  iqtisodiy  hayotida  savdo-sotiq  katta  ahamiyatga  ega  edi. 

Bu  borada ko‘chmanchilar  bilan  chegaradosh  b o ig a n   shaharlam ing ahamiyati  kat­

ta  b o ig a n .  K.o‘chnianchilar  shaharlarga  kelib,  dehqonchilik  va  hunarmandchilik 

mahsulotlarini  xarid  qilganlar,  teri  va  boshqa  chorvachilik  mahsulotlarini  sotgan- 

lar.


0 ‘rta Osiyolik savdogarlar o ‘z mollarini  arab  xalifaligi  tarkibiga kirgan dav- 

latlarga,  Kavkazga,  Xazar  va  Bulg‘oriyaga,  Xitoy  va  Hindistonga  olib  borib  sot- 

ganlar.  0 ‘rta  Osiyodan  Xitoy  bilan  0 ‘rta  Yer  dengizini  birlashtiruvchi  va Janubi- 

Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo ‘llari  o‘tgan.  Ayniqsa,  0 ‘rta Yer dengi- 

zi  bilan  bog‘lovchi  karvon  y o ‘li  ancha  gavjum  bo‘lgan.  Bu  y o ‘l  Bag‘dod,  Hama- 

don,  Nishopur,  Marv,  Amul,  Buxoro,  Nasaf,  Kesh,  Samarqand,  Ustrushona, 

Choch,  Bolasog‘un  orqali  Xitoyga  olib  borgan.  Xitoyga  0 ‘rta  Osiyodan  otlar  va 

shisha  buyumlar  olib  borilgan.  Xitoydan  esa  turli-tuman  ipak  gazlam alar  keltiril- 

gan.  Xazar,  B ulg‘or  va  Rus  yerlariga  0 ‘rta  Osiyodan  quruq  mevalar,  turli-tuman 

gazlamalar,  guruch  va  kumush  chiqarilgan.  0 ‘z  navbatida, janubi-sharqiy  Yevro- 

padan  0 ‘rta  Osiyoga  m o‘yna,  mis,  teri,  qoramol,  qullar keltirilgan.  Janubi-sharqiy 

Yevropa  bilan  bo'lgan  savdo  aloqalarida  xorazmlik  savdogarlam ing  o‘mi  katta 

b o ig a n .

Xorazmshohlar davlati.  Undagi siyosiy, ijtimoiy,  iqtisodiy hayot

Xorazm  somoniylar davrida ularga tobe  edi.  X asr oxiri  va XI  asm ing bosh- 

lariga kelib Xorazm  hokimi M a’mun  I va uning o‘g i i   Ali  ibn M a’mun  somoniylar 

davlati  tugaganidan  so‘ng,  mustaqil  davlat  tuzishga  harakat  qilib  ko‘rdilar.  Lekin 

M ovarounnahrdagi  qoraxoniylar  va  Xurosondagi  g ‘aznaviylar  davlati  oldida  Xo­

razm davlati ju d a kuchsiz bo‘lib, k o ‘p  hollarda Mahmud G ‘aznaviy va uning o ‘g ‘li 

M a’sudga  qaram  edi.  G ‘aznaviylar  davlatining  inqirozi  va  X urosonda  saljuqiylar 

hukmronligi  o ‘m atilgandan  keyin  Xorazm  dastlabki  yillarda  mustaqil  siyosat  olib 

borishga harakat qilgan b o isa -d a , tez orada saljuqiylarga qaram davlatga aylandi.

Sulton  Otsizning  mustaqillik  uchun  sa’y-harakatlari.  Xorazm ning  mus­

taqil  davlat sifatida shakllanishida ko‘p  xizmat qilgan  hukmdor Qutbiddin M uham­

mad  Otsiz  (1127-1156)  bo‘ldi.  Saljuqiy  Sulton  Malikshoh  davrida  Xorazmni 

hukmdori  b o ig a n   Anushteginning  nevarasi  Otsiz  o ‘zi  tobe  b o ig a n   Saljuqiy  sul- 

tonlarining  har  bir  xatosidan  ustalik  bilan  foydalandi.  Ayyor,  diplom at  va  mohir 

sarkarda  b o ig a n   Otsiz  mustaqil  tashqi  siyosat  olib  bordi.  U  Xorazm  yerlarini  an­

cha  kengaytirib,  Sirdaryoning  quyi  oqimi  yerlarini,  M angishloqni  bosib  oladi. 

Shundan  so‘ng  u  bir  necha  bor  (1138,  1141,  1142,  1147-1148)  Sulton  Sanjarga 

qarshi  isyon  qildi  va m agiu b iy atg a uchrab,  saljuqiylarga butunlay tobe  b o iib   qol-

31


di.  Lekin  shunga qaramasdan,  u Xorazmni  mustaqilligi  uchun  mustahkam  asos  ya- 

rata oldi.  Sulton  Sanjam ing o'lim idan  so‘ng (1157)  saljuqiylar davlati  deyarli  yo ‘q 

b o id i  va  Xorazmni  mustaqil  davlat  sifatida  siyosat  olib  borish  uchun  keng  yo‘l 

ochildi.  M uhammad Otsizning oMimidan  so‘ng o ‘g ‘li  Elarslon taxtga o ‘tirdi.  U ota- 

siga  qaraganda  ancha  qulay  vaziyatda  davlatni  boshqardi.  Xurosondagi  voqealar- 

dan  foydalanib,  u  Kaspiy  bo‘yidagi  Dehiston  hududlarini  bosib  olishga erishdi.  El­

arslon  otasi  davrida Xorazm ning bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va qipchoq 

qabilalari  yordamida  M ovarounnahming  ichki  ishlariga ham  tez-tez aralasha bosh­

ladi.  1158-yilda  u  katta  qo‘shin  bilan  M ovarounnahrga  bostirib  kirdi.  Bu  vaqtda 

qoraxitoylarga  vassal  bo ‘lgan  qoraxoniylar  ko‘chmanchi  qarluq  qabilalari  bilan 

jang olib  borishayotgan edi.  Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib 

borgan janglarda yordam   berdi.  Lekin  qoraxitoylar qo‘shinlari  yordamga yetib  ke- 

lishi  bilan  Elarslon  Xorazm ga  qaytishga  majbur  bo‘ldi.  U  bir  necha  marta  Xuro- 

songa  yurish  qilgan  b o ‘lsa-da,  muvaffaqiyatga  erisha  olmadi.  1171—1172-yillarda 

qoraxitoylarning  katta  qo‘shini  Xorazmshohning  oMponini  o ‘z vaqtida to ‘lamayot- 

ganligini  bahona  qilib  Xorazm  ustiga  yurish  qildi.  Elarslonning  buyrug‘i  bilan 

Sirdaryodagi  katta  to ‘g ‘on  buzib  tashlandi  va  katta  maydon  suvga  bostiriladi.  Bu 

qoraxitoylar  qo‘shini  yurishini  qiyinlashtirdi  va  Xorazmning  poytaxti  Gurganch 

(Urganch)ni talon-taroj  qilishdan saqlab qoldi.

Lekin  qoraxitoylarning  bu  bosqini  davrida  Elarslon  vafot  etdi.  Undan  keyin 

Xorazm  taxtini  uning  kichik  o ‘g ‘li  Sultonshoh  egallaydi.  Sulton  Takash  faoliyati 

va  xorazm shohlar  davlatining  yuksalishi.  A rslonning  katta  o ‘g ‘li  Alouddin  Ta­

kash  qoraxitoylar  yordam i  bilan  ukasi  Sultonshohdan  taxtni  tortib  olishga  erishdi. 

Sultonshoh  Xurosonga  qochishga  majbur  b o id i.  Shundan  so‘ng  Alouddin  Takash 

(1172-1201)  Xorazm da  mahkam  o ‘m ashib,  qoraxitoylarga  va’da  bergan  oMponni 

to ‘lashdan  bosh  tortadi.  Unga javoban  qoraxitoylar  X orazm ga yana  yurish  qiladi- 

lar,  lekin  m uvaffaqiyatsizlikka  uchrab,  Sultonshoh  ixtiyoriga  bir  kichik  qo‘shin 

qodirib  o ‘zlari  orqaga  qaytadilar.  Sultonshoh  esa  qo‘shin  bilan  M arv  shahrini,  Se- 

raxs v a Tusni egalladi.

Q oraxitoylarning  muvaffaqiyatsiz  yurishlaridan  keyin,  Takash  o ‘z  davlatini 

yanada  mustahkamladi.  Movarounnahrga,  Xurosonga  bir necha  bor  harbiy yurish- 

lar  uyushtirdi.  U  M ovarounnahm i  egallay  olmagan  b o isa -d a ,  lekin  Xurosonni  bir 

necha tumanlarini  bosib  oldi.  Lekin  Xorazmshoh Takashning  Xurosonda  kuchli  va 

xavfli raqibi  bor edi.  B u tobora kuchayib borayotgan  G ‘uriylar davlati edi. G ‘ur vi- 

loyati  hozirgi  A fg‘onistondagi  Gerirud  daryosi  bo‘yida,  Hirotdan  Balxgacha,  Qo- 

buldan  G ‘aznagacha  ch o ‘zilgan  viloyat  boTib,  bu  yerda,  asosan,  forsiy  qabilalar 

yashagan.  So‘nggi  Saljuqiylar davrida G ‘ur viloyati  o ‘z mustaqilligini  ancha m us­

tahkamladi.

Xorazm shoh-anushteginiylar  davlatining  o‘rta  asr  Sharqida  tutgan  o ‘r- 

ni.  1150-1151-yillarda  g ‘uriylar hokimi  Alouddin  G ‘aznaviy  sulosasi  sultoni  Bah- 

romshoh  ustidan  g ‘alaba  qozonib,  G ‘azna  shahrini  vayron  qilgan  edi.  G ‘aznaviy- 

larga  so‘nggi  zarbani  1 1 8 6 -1 187-yiIlarda  G ‘uriylar  hokimi  G ‘iyosiddin  M uham­

mad  berdi.  Shundan  s o ‘ng  G ‘uriylar  hozirgi  A fg‘onistonni  ham da  Tojikiston  va 

0 ‘zbekistonning janubiy hududlarini ham m a’lum vaqt egallab turdilar.  Xurosonda 

Saljuqiylam ing  kuchsizlanganidan  foydalanib,  G ‘uriylar  sultoni  G ‘iyosiddin  Mu-

32


hammad  1175-yilda Hirotni  egalladi va Xurosonning markaziy hududlariga hujum- 

lar  uyushtirib  turdi.  Qoraxitoylaming vassali  hisoblangan  Xorazm shoh  Takash  esa 

Xorazmni qoraxitoylar qoMidan  qutqarish uchun katta kuch  sarflashga majbur bo‘l- 

di.  Faqat XII  asrning  80-yillarida u  Xurosonning ba’zi  bir hududlarini  qo‘lga kirit- 

di.  1187-yilda  u  Nishopurni,  1192-yilda  Ray  shahrini,  1193-yilda  Marv  shahrini 

egalladi.  Bag‘dod  xalifasi N asr (1180-1225) va G ‘arbiy Saljuqiylar sultoni  Tug‘rul 

II  o'rtasidagi  nizodan  foydalanib,  Takash  qo‘shinlari  1194-yilning  mart  oyida 

T ug‘rul  II  ga qarshi  urush ochdi  va uni yengib,  Hamadon  shahrini  egalladi. Tug‘rul 

II  csajangda o'ldirildi.

Xorazmshohning  tobora  kuchayib  borayotganidan  xavfsiragan  Xalifa  Nasr 

qo'shinlari  Takashga  qarshi  chiqdilar.  1196-yilning  iyul  oyida  xorazmliklar  xalifa 

qo'shinlarini  yengdilar.  Shu  tariqa,  Eronning  katta  qismi  xorazmshohlar  qo‘liga 

o ‘tdi  va  davlati,  hududi  birdaniga  ikki  baravar  kengaydi.  Xorazm  davlati  endi 

Bag‘dod  xalifasiga  tegishli  joylar  va  g ‘uriylar  bilan  chegaradosh  boMib  qoldi. 

1200-yilda  Takash  vafot  etdi  va  shundan  keyin  Iroqda  xalq  qo‘zg‘oloni  ko‘tarildi. 

Bu  yerdagi  Xorazm  q o ‘shinlarining  katta  qismi  qirib  tashlandi,  qolganlari  Xuro- 

songacha kelishga majbur b o ‘ldi.  Xorazmshohlar  ichida Takash -  eng talantli  lash- 

karboshi  va  hukmdor  edi.  U ju d a  og‘ir  vaziyatda  Old  Osiyo  va  0 ‘rta  Osiyoning 

katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Lekin  Takashning  katta  xatosi  shunda ediki,  u o ‘zining xotini  Turkon  xotun 

mansub  bo‘lgan  qipchoqlar  qabilasiga  katta  erkinliklar  berdi.  Ularni  doimo  qo‘l- 

lab-quw atladi.  Turkon xotunning  davlat ishlariga aralashuvi  Xorazmdagi  ichki  ni- 

zolarini  kuchayishiga olib  keldi.  Takashning oMimidan keyin Xorazm taxtiga uning 

o ‘g i i   Alouddin  Muhammad  o ‘tirdi  (1200-1220).  1203-yilda  Muhammad  qoraxi­

toylam ing yordami  bilan  Xurosonni  butunlay  bosib  oldi.  Hirotni  va  yaqin  atrofla- 

rini  egalladi,  1207-yilda  u  o ‘z  poytaxtiga  qaytib,  M ovarounnahrni  bosib  olish 

uchun tayyorgarlik  ko ‘ra boshladi.  Shu  yilning  o ‘zidayoq  M uhammad  Movaroun- 

nahrga  katta  kuch  bilan  harbiy  yurish  boshladi.  Buning  sababi  Buxoroda  ko‘taril- 

gan  xalq  qo‘zg‘oloni  edi.  Bu  qo‘zg‘olon  1206-yilda  Buxoro  sadri  (hokimi)  Mu­

hammad  ibn  A bdulazizga qarshi  qaratilgan  edi.  Buxoro  sadrlariga  xos  barcha yo- 

mon  xislatlar  bu  odamda  mujassam  edi.  U  xalqdan  katta  soliqlar  olib  ularni  shaf- 

qatsizlarcha  ezar  edi.  U  diniy  rahbar  bo‘lishiga  qaramasdan  aysh-ishratga,  ovga 

mukkasidan ketgan edi.

Buxoroda  uning  zulmiga qarshi  xalq  harakatining  asosiy  kuchlari  shahar hu- 

narmandlari  edi,  qishloq  aholisi  -   dehqonlar  bu  harakatni  qo‘llab-quvvatladi.  Bu 

qo‘zg‘olonning  boshlig‘i  qalqon yasovchi  ustaning o ‘g ‘li  M alik  Sanjar  ismli  shaxs 

edi.  Q o‘zg‘olonchilar sadr M uhammadni quvib chiqardilar.  U  qoraxitoylardan yor- 

dam  so‘radi.  Lekin  Xorazmshoh  Muhammad  qoraxitoylardan  oldinroq  harakat  qi- 

lib,  Buxoroni  bosib  oldi  va shu tariqa,  Movarounnahrni  Xorazm  tarkibiga  qo‘shib 

olish  boshlandi.  Q o‘zg‘olonchilam ing  boshlig‘i  Malik  Sanjar  Urganchga  olib  ke- 

tildi.

Movarounnahr xalqi  Xorazmshohni  qoraxitoylar zulmidan  qutqaruvchi  kuch 



sifatida qarshi  oldi.  M uhammad Xorazmshoh  qoraxitoylam ing vassali  bo‘lgan  Sa­

marqand  hokimi  (qoraxoniylar  sulolasidan)  Usmon  bilan  do‘stona  munosabat  o ‘r- 

natdi.  Bu esa qoraxitoylaming  Samarqandga yurish  qilishiga olib  keldi  va ular sha-

33


harni  bosib  oldilar.  Bu  vaqtda  m o‘g ‘ul  qabilalaridan  biri  b o ig a n   naymanlar  qora- 

xitoylam ing  Yettisuvdagi  yerlariga  bostirib  kirdilar.  Shuning  uchun  qoraxitoylar 

shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo‘Idilar.  Q oraxitoylam ing qiyin  ah- 

volga  tushib  qolganidan  foydalangan  X orazm shoh  Samarqandni  egallab  (Usmon 

uning  vassaliga  aylandi)  qoraxitoylar  ustiga yurish  qildi  va Talas vodiysida  1210— 

yilda qoraxitoylar q o ‘shini  ustidan g ‘alaba qozondi.  Bu g ‘alaba tufayli  Muhammad 

X orazm shohning  ahvoli  ancha  mustahkamlandi.  Samarqand  hokimi  Usmon  Xo- 

razmshohning to ‘liq vassaliga aylandi va uning kuyovi  bo‘ldi.

Soliqlarning  haddan  tashqari  oshib  ketganligidan  norozi  bo‘lgan  Samarqand 

xalqi  1212-yilda q o ‘zg‘olon  ko‘tardi.  Katta q o ‘shin bilan  Xorazmshohning o ‘zi  Sa- 

m arqandga  kirib  borib,  qo‘zg‘olonchilardan  shafqatsizlarcha  o ‘ch  oldi  va  kuyovi 

Usmonni  ham  o ‘ldirdi.  Shundan  so‘ng  u  Movarounnahrdagi  vaziyatni  o‘z foydasi- 

ga hal  etish uchun  Farg‘onani  Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi.  0 ‘zgan  shah- 

rini ham  egalladi va shu tariqa, qoraxoniylar sulolasi  butunlay tugatildi.  Qoraxitoy­

lar  sulolasini  esa  ko‘chmanchi  naymanlar  Quchluq  rahbarligida  tugatdilar.  Xo­

razmshoh  0 ‘rta  Osiyoni  butunlay  egallagandan  so‘ng,  G ‘arbga yurish  qildi  va tez 

orada  Eron  va A fg‘onistonni  bosib  oldi.  Hatto  Bag‘dod  xalifasini  ag‘darishga  uri- 

nib ko‘rdi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish