U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi


Eftaliylar.  0 ‘rta  Osiyoda  eftaliylar  davlatining  shakllanishi,  uning  hu-



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.01.2020
Hajmi1,17 Mb.
#34422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tarixi


Eftaliylar.  0 ‘rta  Osiyoda  eftaliylar  davlatining  shakllanishi,  uning  hu- 

dudiy  chegarasi.  U lam ing  etnik  tarkibi,  davlat  tashkil  etishlari  xususida  tarixiy 

m anbalarda turli  xil  qarashlar mavjud.  Rim  va Vizantiya tarixchilari  Martselin  (IV 

asr),  Prokopiy  Kesariyskiy,  Feofan  Vizantiyskiy  (VI  asr),  arman tarixchilari  Lazar 

Parbskiy (V asr),  Favst Buzand (IV  asr), Xitoy solnomalaridan  Beyshi (VI asr) ber- 

gan  m a’lumotlar  shular jum lasidandir.  Masalan,  eftaliylar  Xitoy  manbalarida  “i- 

da”,  “yeda”,  arm anlarda  “ idal”,  “tetal”,  xeptal,  arablarda  “haytal”,  Suriya  va  lotin 

manbalarida  ’’eptalit”,  “eftalat”,  “abdal”  deb  nomlanadi.  Bunday  turlicha  atamalar 

har bir til  va yozuvning o ‘ziga xos  xususiyatlari  ifodasidir, albatta.  Rus va Vizanti­

ya  tarixchilarining  aksariyati  eftaliylami  turkiy  qabila  -   massagetlaming  so‘nggi 

bo‘g ‘inidan  kelib  chiqqan  deb  fikr bildiradilar.  Feofan Vizantiyskiy eftallar nomini

V  asrning  ikkinchi  yarm ida  podshohlik  qilgan  Vaxshunvor  Eftalon  nomi  bilan 

bogiaydi.  Biroq  nim a  b o ig a n d a   ham  shu  narsa  haqiqatki,  eftaliylar  Turkiston 

mintaqasida ko‘pdan  buyon  yashab  kelgan  tub joy,  yerli  qavmlardandir.  Eftaliylar 

hukmdori  Vaxshunvor  Eftalon  457-yilda  Chag‘oniyon  (hozirgi  Surxon  yerlari), 

Toxariston  va  Badaxshonni  o‘ziga  bo‘ysundiradi.  S o'ngra  eftaliylar  Sug‘dda  ham 

mustahkamlanib  oladi.  U lar  ko‘p  o ‘tmay  o ‘z  hududiy  yerlarini  kengaytirishda  da- 

vom  etib,  Kobil  va  Panjob  vodiysini,  shuningdek,  Kuchu,  Koshg‘ar  va  X o‘tonni 

(Sharqiy  Turkiston)  zabt  etadilar.  Xullas,  ular  a w a ld a   kushonlar  saltanati  egalla- 

gan  hududlami  birin-ketin  qo‘lga  kiritib,  o ‘z  siyosiy  hokimiyatini  kuchaytirishga 

erishadilar.  U lar tuzgan qudratli  davlat 0 ‘rta Osiyodan tashqari  Sharqiy Turkiston, 

Shimoliy  Hindiston,  Sharqiy  Eron  hududlariga  ham  yoyilgan  edi.  Eftaliylar  davri- 

ning  yirik  madaniy  markazlari  Poykand,  Varaxsha  va  Balx  shaharlari  bo ig an . 

Davlat tepasida podsho turgan (manbalarda u “sho”, y a’ni shoh deb atalgan).

Shunday  qilib,  Eftaliylar  0 ‘rta  Osiyo,  Sharqiy  Eron,  Shimoliy  Hindiston  va 

Sharqiy Turkiston  xalqlarini  yagona  davlatga birlashtirib,  o‘z o ‘tmishdoshlari  (ku­

shonlar) siyosatini davom ettirganlar.

9


Eftaliylar va  Eron  sosoniylari.  Sharqiy  Eron  va  Shimoliy  Hindistonning 

eftaliylar  davlatiga  qo‘shib  olinishi.  Eftaliylar  bir  necha  bor  o ‘zlarining  eng 

kuchli  raqibi  Eron  sosoniylari  bilan  ham  urushlar  olib  boradilar.  Xususan,  Eron 

shohi  Pero‘z  bilan  b o ‘lgan  urushlarda  ularning  qo‘li  baland  kelib,  Eron  hukmdori 

ikki bor asirlikka tushadi.  Katta to ‘lov v a majburiyatlar evaziga arang qutulgan Pe- 

ro‘z  o ‘g ‘li  Kubodni  uzoq  m uddat  eftaliylarga  garovga  berishga  majbur  b o iad i. 

Pero‘zning  484-yildagi  uchinchi  urushi  sosoniylar  shohining  halokati  bilan  tugay- 

di.  Eftaliylar  Marvni  egallaydi,  Eron  ustiga  og‘ir  o ip o n   yuklanadi.  Pero‘zdan 

so‘ng  hokimiyatga  kelgan  Kubod  (488-531)  davrida  ham  Eron  eftaliylarga  xiroj 

to ia sh g a   majbur  b o ig a n .  VI  asr  boshlariga  kelib  eftaliylar  davlati  shu  qadar  ku- 

chayib  ketadiki,  ular 502-yilda Vizantiyaga ham yurish qilib  unga katta talofat yet- 

kazadilar.  506-yilda  ikki  o ‘rtada  tuzilgan  sulx  shartnomasi  bo‘yicha  eftaliylar  Vi- 

zantiyadan  katta  miqdorda o i j a   olib  qaytganlar.  Kubodning  o ‘g i i   Xusrav  I  Anu- 



shirvon  ham  554-yilga  qadar  eftaliylarga  har  yili  xiroj  to ia b   turgan.  Keyinroq, 

Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli  zarbasi  natijasidagina Eron  eftaliylar 

ta ’siridan  qutulishga  muvaffaq  b o ig a n .  Eftaliylar  davrida  davlat  yakka  hukmdor 

tomonidan boshqarilgan,  biroq taxt otadan bolaga meros  b o iib   qolmay,  sulolaning 

eng  loyiq  deb topilgan  kishisiga berilgan.  Mamlakat hududlari  markaziy hokimiyat 

noiblari  orqali  idora  etilgan.  Davlatni  boshqarishning  o ‘ziga  xos  qonun-qoidalari 

b o ig a n . M amlakat lashkarini,  asosan, otliq askarlar tashkil  etgan.

Eftaliylar  davrida  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot.  Savdo.  Hunarmandchilik. 

Chorvachilik.Eng boy zodagonlar doimiy  hamroh  sifatida 20 va undan ortiq do‘st- 

larga  ega  b o iishgan.  Zodagon  vafot  etganda,  qoida  bo‘yicha,  uning  do‘stlari  ham 

tirikligicha qabrga qo‘yilgan.

Jinoyatchilik yuzasidan jazo  nihoyatda qattiq  b o ig a n .  0 ‘g‘rilik  qilgan shaxs 

kim  b o iishidan  qat’iy  nazar,  boshi  kesilgan.  0 ‘g ‘irlangan  mol-mulk  miqdoridan 

qat’iy  nazar,  o ‘n  barobar  qilib  undirib  olgan.  Eftaliylar  kuchli  qo'shinga  ega  bo‘- 

lishgan.  Lashkarning  asosiy  qismini  suvoriylar  tashkil  etgan.  Suvoriylar,  asosan, 

gurzi  va  qilich  bilan  qurollanganlar.  Xitoyliklar  ularni  mohir  kamonboz  deb  ham 

ta’riflashgan.  Bu davrda otliq qo‘shin asosiy ahamiyat kasb etgan.

V -V I asrlarda dehqonchilik vohalarida eftaliylaming oiroqlashuvi  kuchaya- 

di.  Buning  oqibatida  esa  obikor  yerlarga  b o ig a n   muhtojlik  ortadi.  Kichik-kichik 

sug‘orish  kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari  o ‘zlashti- 

riladi.  Sug‘orish texnikasi takomillashadi, shohariqlar chuqurlashib, yer-suv va ser- 

shoha sug‘orish tarm oqlariga aylanadi.  Hozirgi vaqtda ham mavjud b o ig a n  Zog‘a- 

riq,  Bo‘zsuv,  D arg‘om  kanallari  V  asrda  barpo  etilgan  eng yirik  sug‘orish tarmoq- 

laridan b o ig a n .

Shuningdek,  tog1  oldilariga  suv  chiqarish  uchun  suv  chiqarish  asboblaridan 

keng foydalanilgan.  Yangi  o ‘zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlaming qalin va 

katta-katta xom g ish td a n   urib  chiqilgan ham da mustahkam  asos  (fundament)  usti­

ga  qurilgan  qo‘rg‘onlari,  istehkomlari  yuzaga  kela  boshlagan.  Istehkomlarning 

to ‘rt  burchagi  baland  minoralar  bilan  mustahkamlanib,  devor-u  y o ila ri  bir  necha 

qator  kamondan  o ‘q  uzgich  nishon tuynuklari  bilan  ta ’minlangan.  Qalin  mudofaali 

qo‘rg‘onlar  ilk  o ‘rta  asrning  o ‘ziga  xos  m e’morchilik  namunalaridan  b o iib ,  Nah- 

shab  vohasidagi  Zahoki-Moron  qal’asi,  Buxorodagi  Shahri  Vayron,  Xorazmdagi

10


Fir qal’asi  shular qatoridandir. Vohalami  tashqi  dushmandan  himoya qilish  maqsa- 

dida  bir  necha  chaqirimlab,  uzunlikdagi  qalin  devorlar  barpo  etilgan.  Samarqand 

vohasidagi  12  ta  darvozaga  ega  b o ig a n   “Devori  qiyomat”,  Buxoro  vohasidagi 

uzunligi  336  kilometrli  “Kampirak”,  Toshkent  vohasidagi  “Kam pirdevor”  isteh- 

kom  devorlari shular jum lasidandir.

Bu  davr  m e’m orchiligida  qasrlar qurilishi  ayniqsa ahamiyatli  b o ig a n .  Qasr- 

lar  odatda  2  qavatli,  shipi  tekis,  gumbazsimon  va  ravoqsimon  yopilgan  bir  necha 

xonadan iborat b o ig a n .  V  asrdan  saroy,  qasrlar qurilishida paxsa va xom  g is h t bi­

lan  bir qatorda pishiq  g is h tla r ham  ishlatilina boshlangan.  Saroy  va  ibodatxonalar 

devorlari,  odatda,  rangdor  tasvirlar  bilan  bezatilgan.  Sunday  tasviriy  san’at  namu- 

nalaridan  biri  Bolaliktepa  (Surxondaryo)  qasri  devorlarida  qayd  etilgan.  Bu  nodir 

tasviriy  san’at  asarida  bashang  kiyingan  ayol  va  erkaklarning  ziyofat tasviri  tushi- 

rilgan  rasmlar  katta  did  va  m ahorat  bilan  ishlangan.  Shu  davr  moddiy  madaniyat 

yodgorligi  sifatida  Xorazmdagi  Tuproqqal’a  xarobasini  ham  ko‘rsatish  mumkin. 

Bu qal’a o ‘zining istehkom devoriga ega b o iib , qal’a ichidagi to ‘g ‘ri yo‘naltirilgan 

ko'chalar  shahami  10  ta  m avzega  b o iib   turgan.  Shaham ing  shim oli-g‘arbiy  qis- 

m ida ko‘tarm a  supa ustiga xom  g ‘ishtdan  saroy  qurilgan.  Uning yonida ark binosi 

b o ig a n .  Shuningdek,  100  ga yaqin turar joy,  xo'jalik binolari,  8 ta  saroy  zali  xaro- 

balari, qadimgi  xorazmiy yozuvidagi  80 tadan ortiq hujjatlar topilgan.

Eftaliylar  m e’m orchiligining  ajoyib  namunalaridan  biri  Buxoro  yaqinidagi 

Varaxsha saroyidir.  Bu  qo‘rg‘on  ulkan  kvadrat shakldagi  tepa  ustiga qurilgan.  De­

vorlari  ganch  qilinib,  devoriy  suratlar  bilan  bezatilgan.  X onalar  keng-keng  b o iib  

qalin devorlar bilan bir-biridan  ajralib turgan.

Tadqiqotchilaming fikricha,  V I-V II  asrlarda bu yerda buxorxudotlaming qa- 

rorgohi  b o ig a n .  Shuningdek,  Toshkent vohasidagi  Oqtepadan,  Jo‘nariq  yaqinidan, 

Poykentdan va boshqa bir qator joylardan eftaliylar davri yodgorliklari topib tadqiq 

qilingan.

Eftaliylar  davrida  hunarmandchilik  ham  rivoj  topgan.  Ayniqsa,  kulolchilik, 

shishasozlik,  chilangarchilik,  bo‘zchilik,  zargarlik,  qurolsozlik  kasb-hunarlari  rav- 

naq  topgan.  Chochda yasalgan  o‘q  va yoy  “kamoni  chochiy”  nomi  bilan  mashhur 

b o ig a n .  Katta-kichik  shaharlar  soni  ko‘paygan.  Birgina  Zarafshon  vohasida  Riv- 

dod,  Kushoniya,  Xariman,  Arqud,  Romiton,  Varaxsha,  Poykand kabi  savdo  hunar­

mandchilik shaharlari  mavjud  edi.  Ayrim  m aium otlarga ko‘ra,  Poykand  shahri  ef- 

talitlam ing  poytaxti  b o ig a n   (xitoyliklar  uni  Bi  deb,  arablar keyinchalik,  “Madinat 

ut-tujjor” deb  atashgan).  Poykand  shahri,  ayniqsa,  zirhli  p o ia t  qurollar  ishlab  chi­

qarish  bilan  ham  mashhur  b o ig a n .  Shuningdek,  shu  davrda  rangli  oynalar  ishlab 

chiqarish  ham  keng  tarqalgan.  Eftaliylar  xalqaro  savdo  sohasida  Eron,  Vizantiya, 

Hindiston,  Xitoy bilan savdo-sotiq munosabatlarini  olib borishgan.

Eftaliylar “Ipak y o ‘1” savdo y o iin i nazoratda tutishga harakat qilganlar,  Ipak 

y o i i   savdosida,  umuman,  savdogarlar ichida  so‘g ‘diylar yetakchi  o ‘rinni  egallash- 

gan edi.  Bu paytda 0 ‘rta Osiyodan  oltin, kumush,  Badaxshon  la’li,  rangli shisha va 

shisha buyumlar,  turli  xil  mevalar,  ip-gazlama,  q o rak o i,  zotdor tulporlar  olib  chi- 

qilib  savdo qilinardi.

A w a l  boshda,  eftaliylar sosoniylardan b o ig a n  Varaxran V va Perozning ku­

mush  tangalaridan  o ‘zaro  savdo-sotiqda  foydalanar  edilar.  Keyinchalik,  eftaliylar

11


Eron  shohi  Varaxran  V  Bahrom go‘r tangalariga taqlid  qilgan  holda kumush tanga- 

lar  zarb  qildilar.  Bundan  tashqari,  Buxoro,  Poykand,  Samarqand,  Xorazmdagi  ma- 

halliy  hokim lar tomonidan  chiqarilgan  chaqa tangalar  ichki  savdoda keng  muoma- 

lada b o ig a n .



Yerga  egalik  munosabatlari  va  tabaqalanish,  dehqonlar,  kashovarzlar 

va  kadivarlar.  U lam ing turmush  tarzi  va  jamiyatda  tutgan  o ‘rni.  Ilk o ‘rta asr- 

lardayoq  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotda muhim  o ‘zgarishlar yuz berdi.  Vohalarda yirik 

sug‘orish  inshootlari  barpo  etilib,  yangi  yerlar  o‘zlashtirish  ishlari  kengayib bordi. 

Yangi  yerlarni  o ‘zlashtirish  ishlariga  urug‘  boshliqlari,  qishloq  oqsoqollari  bosh- 

chilik  qiladi.  Shu  boisdan  ular  o ‘zlashtirilgan  yerlarni  katta  qismini,  sug‘orish  in­

shootlari  yonidagi  yerlarni  egallaydilar.  Shu  tariqa,  katta  yer  egaligiga  asoslangan 

m ulkdorlar tabaqasi  shakllanadi,  ular bora-bora ziroatkor  aholi  ustidan  hukmronlik 

qila  boshlaydilar.  0 ‘sha  zamonda  ular  dehqonlar  deb  atalgan.  Dehqonlarning  sha- 

harlarda  hashamatli  uylari,  qishloqlarda  esa  qo‘rg‘onlari  b o iib ,  xizm atkor-cho‘ri- 

larga  qo‘riqlovchi  chokarlarga ega b o ig a n .  V  asrda obikor yerlam ing asosiy  qismi 

hali  qishloq  jam oalarining  q ara m o g id a  edi.  Qishloq  jam oalarida  yashab  yer  va 

suvdan  iborat  umumiy  mulkda o ‘ziga tegishli  yerlari  b o ig a n   erkin  ziroatchilar ka­

shovarzlar  deyilar  edi.  Ulam ing bir qismi  o‘ziga tegishli  yerlaridan  dehqonlar foy- 

dasiga  mahrum  b o iib ,  bora-bora  kadivarlarga  aylanib  borganlar.  Kashavarzlar 

dehqonlar  yerida  ijarador  b o iib   ishlashga  majbur  b o ia d i,  dehqonlarga  qaram  ta- 

baqaga aylanib boradilar.  Shu tariqa,  qishloq ahli uch tabaqaga b o iin a d i.

•E n g  asosiy o'zgarish -  yerga egalik qilish  munosabatlarining vujudga keli-

shi.


•Y irik  mulkdorlar -  dehqon xo‘jaliklari salm ogining  kuchayishi.

•U larga qaram -  ijarador — kadivarlar tabaqasining ortib borishi.



Eftaliylar  davrida  madaniyat,  diniy  e ’tiqodlar.  Varaxsha shahri  obidalari, 

Termiz  yaqinidagi  Bolaliktepadan  topilgan  saroy,  uning devorlariga  ishlangan  be- 

takror tasvirlar,  o ‘ymakorlik va ganjkorlik namunalari -  bular ajdodlarimiz yuksak 

badiiy  mahoratidan  yorqin  dalolatdir.  Bu  davm ing  moddiy  madaniyatiga  oid  yod- 

gorlik  sifatida  Xorazmdagi  Tuproqal’a  to ‘g ‘risida  bir  qadar  m a iu m o t  keltirib 

o ‘tish joizdir.  Uning  tuzilishi  to ‘g ‘ri  burchakli  b o iib   (500x360  m),  gumbazsimon 

y o ia k li  va burjli  mudofaa devori bilan o ‘ralgan. Devom ing janubiy qismidagi  dar- 

vozadan  ibodatxonaga tom on  asosiy  k o ‘cha o ‘tgan.  K o‘ndalang  tushgan  ko‘chalar 

shahami  10  ta  mavzega b o ig a n .  Tuproqqal’aning  shimoliy-g‘arbiy  qismida  max­

sus ko ‘tarm a supa ustiga xom g ‘ishtdan  saroy qurilgan.  U nga yonma-yon ark bino- 

si joylashgan.  Bundan tashqari,  100  ga yaqin turar joy,  xo‘ja lik  binolari  va  8 ta  sa­

roy zali  mavjud b o ig a n .  Q al’aning janubi-sharqiy burchagidagi 4 ta xonada teri va 

yog‘ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi  80 dan ortiq hujjatlar topildi.

V -V I  asrlarda diniy e ’tiqod  va ta sa w u r bilan  uzviy  b o g iiq   b o ig a n  tasviriy 

san’at-koroplastika-ma’budalam ing  sopol  haykalchalarini  yasash  va  ularga  topi- 

nish keng yoyiladi.  Sopol  haykalchalar  hududlarga ko‘ra turlicha b o iib ,  kiyim-ke- 

chaklari, yuz siymolari, taqinchoqlari jihatidan ham bir-biridan farqlangan.

Ulkan  hududdagi  eftaliylar  davlati ju d a  ko‘p  xalqlami  o ‘zida  birlashtirgan- 

ligi  sababli  undagi  diniy  e ’tiqodlar  ham  turlicha  b o ig a n .  So‘g ‘dda  zardushtiylik 

keng  tarqalgan  b o is a ,  Tohariston  va  Sharqiy  Turkistonda  buddizmga  e ’tiqod  qi-



luvchilar ko‘pchilikni tashkil  etgan.  Shaharlarda xristian va yahudiy jam oalari  ham 

mavjud edi. M oniylik va M azdak ta ’limoti  tarafdorlari  ham  paydo bo‘layotgan  edi. 

Zardushtlar Nohid,  Mitra,  Siyovush  kabi  mahalliy  m a’budalarga  ham  sig‘inganlar, 

N avro‘z  kuni  Buxoro  otashparastlarlari  Siyovush  qabri  ustida  xo‘roz  so‘yib,  qur- 

bonlik qilar edilar. Janubda buddizmning ta ’siri ko‘proq b o ‘lgan edi.

Chorvador  aholi  turkiycha so‘zlashar,  turkiy til  tobora ko‘proq  yoyila  bosh- 

lagan  edi.  0 ‘troq  aholining  katta  qismi  so‘g ‘diy  tilida  so‘zlashar  edilar.  So‘g ‘diy 

tili  va yozuvi  Yettisuv,  Farg‘onadan  o‘tib  Sharqiy  Turkistonga qadar yetib  boradi. 

Uning  xususiy  so‘g ‘d-“samarqand  usuli”  keng  yoyilgan  edi.  Bundan  tashqari,  xo- 

razm,  kxaroshtiy,  buxoro yozuvlari  ham mavjud b o ig a n .  Eftaliylar yozuvi  baqtriya 

yozuvi  asosida  paydo  b o ig a n .  Syuan  Szanning  yozishicha  u  25  ta  harfdan  iborat 

b o iib ,  xat  chapdan  o ‘ngga  qarab  ko ‘ndalangiga yozilgan.  Bunday  yozuv  namuna- 

lari  Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, KofirqaPadan topilgan.

Turk xoqonligi, davlat boshqaruv tizimi. M amlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy

ahvol

Turkiy  elatlarning  keng  sharqiy  hududlarda  qadim-qadim  davrlardan  buyon 

yashab,  o‘zlaridan  munosib  madaniy  iz  qoldirib  kelganligini ju d a   ko‘plab  tarixiy 

m anbalar  ham  tasdiq  etadi.  M o‘tabar  Xitoy  manbalari,  m ashhur  “0 ‘g ‘iznoma”, 

0 ‘rxun-Enasoy  yozuvlari,  Kultegin  bitiklari  bunga  ishonchli  guvohdir.  Oltoy,  Tu­

va  ham da ularga tutash  hududlarda turli  turkiy  qabilalar,  chunonchi,  Ashin,  Arg‘u, 

0 ‘g ‘iz,  T o‘qqiz o ‘g ‘iz,  0 ‘tuz tatar,  Qarluq,  Kitan,  Tolis,  Turk,  Uyg‘ur,  To‘qri  (to- 

harlar),  Quriqan,  Duba (tuba-tuva) va boshqalar yashardilar.  VI  asr  boshlarida Ol­

toy  o ik a sid a  siyosiy jarayonlar  faollashadi.  0 ‘sha paytda  hozirgi  M o‘g ‘uliston va 

qisman  Xitoyning shimoliy  hududlari  ustidan  Jujan  xonligi  hukmronlik qilardi.  VI 

asr boshlarida Oltoydagi  turkiy  qavm lar orasida Ashin  u ru g in in g   mavqeyi  k o ia ri- 

ladi.  Ashin urug' iga mansub Asan  va Tuu  460-545-yillarda boshqa u ru g iarn i  o‘z- 

lariga  bo‘ysundiradilar  va  Oltoyda  turkiy  qabilalar  ittifoqiga  asos  soladilar.  Tuu- 

ning  o ‘g i i   Bumin Tele qabilasini  ham  bo‘ysundiradi.  Bumin  Jujan  xonligiga tobe- 

likdan  chiqish  uchun  kurashadi  va  551-yilda  Jujan  xonining  qo‘shinlarini  yengib, 

ularni  o ‘ziga  bo‘ysundiradi.  Bumin  552-yilda  xoqon  deb  e ’lon  qilinadi  va  yangi 

davlat  -   Turk  xoqonligiga  asos  soladi.  Uning  poytaxti  Oltoydagi  0 ‘tukan  shahri 

edi.  Xoqonlik tez orada kuchayib,  uning d o v ru g i ortib borgan.  U  ko‘p  bor Xitoyga 

yurishlar  qilib,  uning  bir  qancha  hududlarini  bosib  olgan.  Xitoy  podsholigi  Turk 

xoqonligiga har yili  o ip o n   tariqasida yuz b o ia k d an   iborat  ipak  mato  berib  turish- 

ga  majbur  b o ig a n .  553-yilda  Bum inxon  vafot  etgach,  hokim iyatga  uning  katta 

o ‘g i i   M ug‘anxon  (553-572)  o ‘tiradi.  M ug‘anxon  558-yilda  jurjanlarga  so‘nggi 

bor  qaqshatqich  zarba  berib,  o ‘z  davlati  hukmronligini  Tinch  okeangacha  b o ig a n  

hududlarda mustahkamlaydi.  Uning  amakisi  Istami  (unga “Y abg‘u” -  bahodir  un- 

voni  ham  berilgan)  b o isa ,  bu  davrda  xoqonlik  hududini  g ‘arbga tom on  kengayti- 

rib,  Yettisuv,  K oshg‘ar  va  boshqa  hududlami  egallaydi.  563—567-yillar  davomida 

Istami yabg‘u qo‘shinlari  eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib,  0 ‘rta Osiyo 

va Kaspiy dengizigacha b o ig a n  yerlarni  egallashga muvaffaq b o ia d i.  Buning oqi- 

batida  Eftaliylar  davlati  qulaydi.  Turk  xoqonligi  0 ‘rta  Osiyo  yerlarini  ishg‘ol  et-

13


gach,  uning  hududlari  bevosita  Eron  chegarasiga  tutashadi.  Xoqonlik  Eron  bilan 

yaxshi  qo‘shnichilik,  savdo-sotiq  aloqalarini  o ‘m atishga  intiladi.  Shu  maqsadda 

Eron  shohi  Xusrav  1  Anushirvonga turk  malikasi  uzatiladi,  Eronga elchilar yubori- 

ladi.  Biroq  Turk  xoqonining  Eronga  ikki  bor  yuborgan  elchilari  faoliyati  muvaffa- 

qiyatsiz  chiqqach,  Eronning  xoqonlik  bilan  murosaga  bormasligi,  uning  qat’iy 

dushmanligi  m a’lum  boMadi.  Buning  boisi  Eron  shohining  0 ‘rta Osiyo  hududlari- 

ga  da’vogarligida  edi.  Bu  esa,  shubhasiz,  bir  necha  bor  xoqonlikning  Eron  bilan 

urushlar  olib  borishiga  sabab  boMadi.  Istami  qo‘shinlari  Eron  shohi  Xisrav  I  ni ye- 

ngadi.  Eron  shohlari  Turk  xoqonligiga  400  ming  Vizantiya  tillosi  hajm ida  tovon 

to ‘lashga  majbur  boMadi.  M ug‘anxon  va  uning  avlodlari  g‘arbda  Qora  dengizga 

qadar  hududlami  zabt  etib,  o ‘zlariga  bo‘ysundirganlar.  Turk  xoqonligi  568-569- 

yillarda o ‘sha  davm ing  qudratli  davlati  -  Vizantiya  bilan  iqtisodiy  va  savdo-sotiq 

aloqalarini  o ‘rnatishga intilib,  sug‘d savdogari  Maniax  boshchiligidagi  elchilami  u 

yerga  yuboradi.  Elchilar  imperator  Yustinian  II  qabulida  b o ia d i.  Shundan  so‘ng 

Vizantiyaning Zemarx  boshliq  elchilari  xoqonlik davlatiga keladi.  Bu  esa shu  dav- 

latlar o ‘rtasida o ‘zaro  ishonch  va savdo-tijorat munosabatlarini  o ‘rnatishda muhirn 

ahamiyat  kasb  etgan.  Turk  xoqonlari  0 ‘rta  Osiyoda  hukmronlik  qilsa-da,  biroq 

o‘zlari  bu  hududga  ko‘chib  kelmaganlar.  U lar  Yettisuv  va  boshqa  hududlardagi 

bosh  qarorgohlarida  qolib,  bo‘ysungan  hududlarni  mahalliy  hukmdorlar  orqali 

boshqarib,  ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va toMovlar bilan kifoyalanganlar.

Bundan  ko‘rinadiki,  Turk  xoqonligi  davrida  bu  hududdagi  mavjud  mahalliy 

davlat  tuzilmalari,  ulaming  boshqaruv  tizimlari  saqlanib,  ichki  siyosat  bobidagi 

mustaqil  faoliyatlari  davom  etgan.  X oqonlik  istisno  hollardagina  o ‘lkaning  ijti- 

moiy-siyosiy  hayotiga aralashgan.  Bu narsa ko‘proq tashqi  siyosat,  xalqaro  savdo- 

sotiq  m asalalariga  daxl  etardi.  Xitoy  manbalarida  ta ’kidlanganidek,  Zarafshon, 

Amudaryo  va  Qashqadaryo  vohalarida  bu  davrda  9  ta  mustaqil  hokimlik  mavjud 

boMgan:  Samarqand,  Ishtixon,  M aym urg4,  Kesh, Nahshab,  Kushon,  Buxoro,  Amul 

va Andxoy  shular jumlasidandir.  Ayniqsa,  Samarqand  Buxoro,  Xorazm  va Choch 

(Toshkent)  hokimliklari  o ‘zlariga  ancha  mustaqil  boMganlar.  Buxorxudotlar  zarb 

etgan  tanga  pullar  keng  muomalada  b o ‘lgan.  Shu  bilan  birgalikda,  bu  nisbatan 

mustaqil  hokimliklar o ‘rtasida o ‘zaro  kurash,  ichki  ziddiyatlar  ham  to ‘xtovsiz  bo‘- 

lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan.



Turk  xoqonligi  davrida  m am lakat  boshqaruv  usuli.  Xoqon  -   davlat 

boshlig‘i.  Zodagonlar  kengashi -  qurultoy.  Mustaqil  hokimliklar.  Butun  salta- 

nat ustidan oliy hukmronlikni  xoqon  olib borgan.  Bu lavozim merosiy boMgan.  X i­

toy  manbalariga  ko‘ra,  ota  doimo  o ‘z  o'gMiga  taxtni  qoldiravermay,  balki  undan 

kattaroq turgan  qarindoshlarini  qoldirishi  lozim  boMgan.  Bundan tashqari,  shunday 

hollar  ham  bo‘lganki,  taxt  sohibini  “urug‘  oqsoqollari”  tayinlagan.  X itoy  manba­

lariga ko‘ra,  turkiylar xonni  taxtga o ‘tqazishda maxsus  marosim o ‘tkazganlar,  ya’- 

ni,  amaldorlar  boMajak  xonni  kigizga o ‘tqazib,  quyosh yurishi  bo‘ylab  9  marotaba 

aylantirganlar,  ishtirokchilar ularni  qutlab turgan.  Keyin  xonni  otga o ‘tkazib,  bo‘y- 

niga  ipak  mato  bog‘laganlar.  Keyin  undan  so‘raganlar:  “Siz  necha  yil  xon  boM- 

moqchisiz?  U  necha yil  xon  boMishini  aytgan,  shu  muddat tugagandan  keyin taxt- 

dan  ketgan.  Xoqondan  keyingi  shaxs  yabg‘u  (bahodir)  davlatdagi  birinchi  amal- 

dor  (vazir)  vazifasida bo‘lgan  (masalan,  Istemi  yabg‘u).  Ammo  yabg'u  taxtga  me-

14


rosxo‘rlik  qila  olmas  edi.  Taxt  m erosxo'ri  tegin  (shahzoda)  deb  yuritilgan.  Tegin 

taxtga da’vogar  shaxs  b o ig a n .  Shod  unvoni  tuman  va viloyat  hokimligidagi  shah- 

zodalarga  berilgan.  Shahzodalar  bilan  qondosh  b o im asa,  unday  odam ga  shod  un­

voni  berilmagan.  Xitoy  manbalarining  birida  shunday  deyiladi:  “Oliy  martabalar 

orasida  eng  ulug'i  Shexu  (jabg‘u,  yabg‘u),  keyin  Dele  (Tegin),  uchinchisi  esa  Si- 

lifa,  to ‘rtinchisi  Tumaofa  (qolgan),  kichiqroq  darajasidagi  mansablarda  20  kishi 

band;  ulaming  hammalari  mansablari  merosiydir...  q o ‘riqchilami  esa  Fuli  (ya’ni 

bo‘ri) deb ataydilar”.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish