U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi


Arab  xalifaligining  0 ‘rta  Osiyoda  yuritgan  siyosati.  Boshqaruv  tizimi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.01.2020
Hajmi1,17 Mb.
#34422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tarixi


Arab  xalifaligining  0 ‘rta  Osiyoda  yuritgan  siyosati.  Boshqaruv  tizimi. 

Soliq  siyosati:  xiroj,  ushr, jizya,  zakot,  fitr.  Aholining  majburiyatlari.  Mahal­

liy  m adaniyatning  ta’qib  etilib,  arab  madaniyatining  targ‘ib  etilishi  Shahar- 

larga  arab  qo‘shinining  joylashtirilishi,  arab  tilining  rasmiy  tilga  aylantirili- 

shi.

Arablar 0 ‘rta Osiyoni  bosib olgach,  bu  hududdagi  ham m a shaharlar va aholi 

joylarida  o ‘z  qo‘shinlarini joylashtirdilar.  Bu  harbiy  kuchlar  o ‘z  vaqtida  mahalliy 

aholi  ustidan  nazorat  qilib  turardi.  Arab  xalifaligining  hukmronligi  aholi  uchun 

og‘ir yuk b o iib  qoldi.

Istilochilar a w a l  boshda  M ovarounnahming hunarmandchilik va savdo  sha- 

harlari,  obod  viloyatlariga  bostirib  kirib,  ulami  taladilar  va  katta  o ‘ljalarga  ega 

bo ‘ldilar.  0 ‘lkalami  bosib  olish  chog‘ida  dehqonchilik  vohalari  oyoq  osti  qilinib, 

shahar  va  qishloqlar  vayron  etildi.  Suv  inshootlari  buzib  tashlandi.  Ko‘pgina joy- 

larda  qurg‘oqchilik  yuz  bera  boshladi.  Shaharlardan  katta  m iqdorda  qimmatbaho 

o ‘ljalar,  Buxoro,  Poykand  va  So‘g ‘d  hukmdorlaridan  esa  katta  miqdorda  tovon 

olindi.


Arab qo‘shini  tarkibiga mahalliy  aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan sa- 

farbar qilindi.  Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi  halok b o id i, bir qis- 

mi  asir  olindi.  Barcha  shahar  va  qishloqlarda  o ‘z  harbiy  garnizonlarini joylashti- 

rishgan  arablar shu harbiy  kuchga tayanib,  aholidan turli  soliqlar undirishar, ulami 

turli jam oat  ishlariga  safarbar  qilishar  edi.  Marv,  Poykand,  Buxoro,  Samarqandda 

uylam ing  qoq  yarmi  arablar  ixtiyoriga  topshirildi.  B a’zi  istilochi  zodagonlar  deh­

qonchilik vohalaridagi  eng unumdor yer m aydonlar va suv inshootlarini egallab ola 

boshladilar.  Arab  oilalari  qishloq  va  shaharlarga  kelib  o‘m asha  boshladilar.  Ariq 

qazish,  ko‘prik qurish,  binolam i  ta ’mirlash  va boshqa jam oa ishlarida aholidan  be- 

pul  foydalanar edilar.  Shu  bilan birga,  mahalliy  aholi arab zodagonlari va qo‘shini- 

ni  ot-ulov,  kiyim-kechak,  oziq-ovqat,  qullar va boshqa narsalar bilan  ta’minlab  tu- 

rishi  kerak edi.

21


Iqtisodiy  hayotni  o ‘z  qo‘llaridan  chiqarmaslik  m aqsadida  arablar  bu  yerda 

sosoniylar  tartibidagi  soliq  tizimini  joriy  qildilar.  Bu  tizim ga  yer  solig‘i  -   xiroj 

(hosilning  o‘ndan  bir yoki  o ‘ndan  ikki  qismi  miqdorida)  chorva,  hunarmandchilik, 

savdo-sotiqdan  zak o t  (qirqdan  bir  miqdorda)  hamda  islomni  qabul  qilmagan 

shaxslardan olinadigan ju z y a solig‘i ham qo‘shildi.

Arablar  o‘z hukmronligi  siyosiy  negizini  mustahkamlash va  uning  barqaror- 

ligini ta ’m inlashda  islom  dinini  keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e ’tibor ber- 

dilar.  0 ‘rta  Osiyo  aholisi  ichida  e ’tiqod  qilayotgan  zardushtiylik,  moniylik,  bud- 

dizm,  nasroniy  va  boshqa  dinlar  soxta  deb  e ’lon  qilindi.  Ayniqsa,  zardushtiylikka 

qarshi  keskin  kurash olib  borildi.  Bosib olingan yerlarda bu  dinning barcha  ibodat- 

xonalari  yo‘q  qilindi.  Uning  o ‘m iga  masjidlar  barpo  qilina  boshlandi.  Zardushtiy 

adabiyotlar,  xususan,  diniy  kitoblar,  so‘g ‘d  tilidagi  nomalar,  xalq  adabiyoti  yo‘q 

qilinib yuborildi.

“Q utayba ibn  Muslim  Xorazm  xattotlarini  qatl  ettirdi  va din  peshvolarini  qi- 

rib  tashlab,  ulam ing  kitob  va  qoiyozm alarini  yoqib  yuborgandan  keyin,  deb  yoz- 

gan edi  Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo ‘lib qoldilar,  ulam ing faqat yodda saqlab 

qolgan xotiralarigina qoldi,  ammo vaqt o ‘tishi bilan bu unutilib, faqat o ‘zlari  uchun 

mos b o ig a n  xotiralargina saqlanib qoldi” .

So‘g ‘d tilidagi  dunyoviy  adabiyotlar yo ‘q  qilib tashlandi.  Islom  dinini  qabul 

qilgan,  musulmon  b o ig a n   mahalliy aholi  vakillari  dastlabki  yillarda xiroj  va juzya 

soliqlaridan  ozod  etilib,  ularga  anchagina  imtiyozlar  berildi.  N am oz  o ‘qish  uchun 

masjidlarga borgan  shaxslarga 2  dirham dan pul ham berilar  edi.  Juzya so lig in i  o ‘z 

vaqtida  to ia m a g an   kishilar  tutib  olinib,  bo‘yinlariga  “qarzdor”  deb  taxtachalar 

osib qo ‘yilgan.

Qutaybaning  o iim id an   so‘ng,  arab  hokimiyatining  Movarounnahrdagi  mav- 

qeyi  biroz  zaiflasha  bordi.  Xurosonning  yangi  noibi  Al-Jarroh  (717-719)  yangi 

musulmon  aholisiga  islomga zid  ravishda shafqatsiz  munosabatda b o i a  boshlaydi. 

Sulaymon vafotidan  so‘ng  taxtga o ‘tirgan  yangi  xalifa Umar  ibn  Abdulaziz  (717— 

719) -  Umar  II  xorijiylar ta iim o ti  tarafdori  edi.  Xorijiylar  shialardan  ajralib  chiq- 

qan guruh b o iib ,  ilk islom ta iim o ti tartiblarini  va umumiy tenglik g ‘oyalarini  ilga- 

ri  surar edilar.  Umar  II  Movarounnahrdagi  murakkab vaziyatni  hisobga olib,  bo‘y- 

sundirilgan  xalqlar  bilan  murosachilik  siyosatini  yurgiza  boshladi.  U  Movaroun- 

nahr  aholisini  islomni  qabul  qilishga chaqirib,  katta ahamiyatli  farmon  qabul  qildi. 

U nga ko‘ra, arablarga yangi yerlarni  zabt  etish  man  qilindi  va moliyaviy  islohotlar 

o ‘tkazish k o ‘zda tutildi.  Arablar bilan bir qatorda, yangi  musulmonlardan  ham ju z ­

ya  va  xiroj  s o lig i  olish  bekor  qilindi.  Umar  II  soliq  yig‘uvchilardan  va  xalifalik 

amaldorlaridan Qur’on  va Hadislarga qat’iy amal qilishni  buyurdi.

Arab feodal-zodagonlari turli y o ila r  bilan xiroj  so lig i yig‘a boshladilar.  Xa­

lifa xazinasiga keladigan  soliqlar esa kam ayib keta boshladi.  Xiroj  yerlarini  davlat 

s o lig i  sifatida saqlab  qolish  m aqsadida Umar  II  arablarga o‘z yerlarini  kengaytiri- 

shni  man  etdi  va  hijriyning  100  yilidan  (719-yil)  keyin  sotib  olingan  barcha  xiroj 

yerlarini  qaytib  berishni  buyurdi.  Shu  paytgacha olingan  yerlardan  esa xiroj  emas, 

ushr (o ‘ndan bir qismi) soliq olish  ko‘zda tutildi.

U mar  II  islohotlaridan  ruhlangan  Samarqand  ahli  zodagonlari  unga  elchilar 

yuborib,  Samarqand  shahristonini  qaytarib  berishni  so‘radilar.  Umar  II  Samarqand

22


hokimi  Sulaymon  ibn Abus-Sariyaga maktub yozib,  qozi  bu  ishni  hal  qilib  berishi- 

ni  so‘raydi.  Samarqandliklar  shikoyati  ko‘rib  chiqilib,  bu  ish  samarqandliklar  foy- 

dasiga  hal  bo‘ldi.  Qozi  Samarqanddan  arab  gam izoni  olib  chiqib  ketilishi  kerak 

deb  hukm  chiqardi.  Bu  esa  urushni  bildirar  edi.  Arablar  kuch-qudratini  bilgan  sa­

marqandliklar  o ‘z  da’volaridan  yana voz  kechdilar.  M ahalliy  zodagonlar  o ‘zlarini 

musulmon  hisoblab,  g ‘aznaga  soliq  to ‘lamay  qo'ydilar.  Shundan  so‘ng  xalifalik 

barchadan  soliqlami  olishni  belgiladi.  Natijada  M ovarounnahrda  norozilik  kucha- 

yib  keta  boshladi.  Mahalliy  zodagonlar  bilan  arab  m a’muriyati  orasida  ziddiyat 

keskinlasha bordi.

Arab  xaiifaligidagi  ichki  sulolaviy  kurashning  o‘lkamiz  ijtimoiy-siyosiy 

hayotiga  ta’siri.  Abu  M uslim  boshchiligidagi  harakat.  M ustamlaka  zulmining 

yanada  kuchayishi.  G ‘urak  va  Divashtich.  Xalq  g‘alayonlari.  Muqanna  qo‘z- 

g ‘oloni  va  uning tarixiy  ahamiyati. 0 ‘rta  Osiyoda  arablarga  qarshi  xalq  qo‘z- 

g ‘olonlari.

•S u g ‘diyonada  720-722-yillarda  G ‘urak  va  Divashtich  boshchiligidagi 

qo‘zg‘olon.

•725-729-yillarda Samarqand, Buxoro,  Xuttolondagi qo‘zg‘olon.

•736-737-yillarda Tohariston va Sug‘ddagi qo‘zg‘olon.

• 746-749-yi 1 larda Xuroson va M ovarounnahrda Abu  Muslim  boshchiligida­

gi  qo‘zg‘olon.

•769-784-yillarda M uqanna qo‘zg‘oloni.

•806-809-yillarda Rofe  ibn Lais qo‘zg‘oloni.

720-722  yillarda  So‘g ‘diyonada  yuz  bergan  G ‘urak  (Samarqand  hukmdori) 

va  Divashtich  (Panjikent  hokimi)  boshchiligidagi  qo‘zg‘olon  arablar  hukmronli- 

giga  qarshi  yo ‘nalgan  dastlabki  shiddatli  xalq  harakatlaridan  biri  bo'lgan.  Unda 

arablar  siyosati  va  zulmidan  g ‘azabga  kelgan  o ‘n  m inglab  mahalliy  xalq  vakillari 

ishtirok  etgan.  X urosonning  yangi  tayinlangan  va  zolimligi  bilan  nom  chiqargan 

noibi  Said  Xaroshiy  katta  muntazam  harbiy  kuch  bilan  mazkur qo‘zg‘olonni  shaf- 

qatsizlik  bilan  bostirishga  muvaffaq  boMadi.  Q o‘zg‘olon  rahbarlaridan  biri  -   Di­

vashtich  ham  ushlanib  qatl  etiladi.  725-729-yillar davom ida xalifalikning  ogMr so­

liq  siyosatiga  qarshi  Samarqand,  Buxoro,  Xuttalon  viloyatlarida  ko'tarilgan  qo‘z- 

g'olonlar  ham  xalq  ozodlik  kurashida  sezilarli  iz  qoldirdi.  Q o‘zg‘olonchilarning 

ancha qismi  arab m a’murlari  siyosatiga norozilik bildirib,  islom dinidan  chiqadilar. 

Kesh  atrofida  yuz  bergan  mahalliy  aholining  arablar  bilan  to ‘qnashuvi  rostmona 

jang-u jadal  tusini  olgan.  736-737-yillarda  Tohariston va  Sug‘dda yangidan  ko‘ta- 

rilgan  kuchli  qo‘zg‘olon  o ‘z  safiga aholining turli  ijtimoiy  qatlamlarini jalb   etgan- 

di.  Faqat  Xuroson  va  M ovarounnahming  yangi  hukmdori,  usta diplomat Nasr  ibn 

Sayyor  (738-748)ning  uddaburon  siyosati,  nizoli  masalalami  hal  etish  borasidagi 

epchil  tadbirlari  tufayligina  qo‘zg‘olon  harakatlarini  bartaraf etish,  oMkada  muvo- 

zanatni  bir qadar saqlash mumkin boMdi. Bunda u mahalliy aholiga,  ayniqsa, uning 

nufuzli  qatlam iga  muayyan  yon  berishga  majbur  boMdi.  Jumladan,  u  arablarning 

mahalliy  aholi  bilan  qon-qardoshlik  aloqalarini  kuchaytirishga  intildi.  O 'zi  ham 

Buxorxudot  Tug‘shodaning  qiziga  uylandi.  Islomni  qabul  qilgan  kishilar juzyadan 

ozod  etildi  va  barcha  musulmonlar  huquqiy  jihatdan  tenglashtirildi.  Xiroj  soligM 

toMash  barcha  uchun  baravar  deb  eMon  qilinadi.  VIII  asr  40-yillarida  xalifalikda

23


toj-u  taxt  uchun  kurash  boshlanadi.  748-yilda  Abu  M islimning  Xurosonda  ko‘tar- 

gan  qo‘zg‘oloni,  uning  xalifalik  poytaxtini  egallashi  natijasida  Ummaviy  Marvon 

11  taxtdan ag‘dariladi.  749-yilda abbosiylar xonadonidan  Abul  Abbos  Saffoh taxtga 

ko ‘tariladi.  Biroq  abbosiylar  davrida ham  mehnatkash  aholining  ahvoli  yaxshilan- 

madi.  Shu  boisdan xalq qo‘zg‘olonlari tez-tez k o ‘tarilib turdi.

M uqanna  qo‘zg‘oloni  Vatanimiz  xalqlarining  arablar  asoratiga  qarshi  olib 

borgan  kurashi  tarixida  alohida  o ‘rin  tutadi.  Tarixda  “oq  kiyim lilar”  nomi  bilan 

m ashhur  bo‘lgan  bu  qo‘zg‘olonga  o‘z  zamonasining  har tom onlam a  yetuk  kishisi, 

xalq  dardi,  qayg‘usi  va  maqsadlarini  chuqur  tushungan,  asl  ismi  Hoshim  ibn  Ha­

kim,  ammo  M uqanna  (ya’ni  yuziga  niqob  kiygan  m a’noda)  nomi  bilan  tanilgan 

buyuk shaxs rahnamo bo‘ldi.  M uqanna ummaviylar sulolasi  inqiroziga kuchli ta’sir 

k o ‘rsatgan  Abu  Muslim  qo‘zg‘olonida  ham  faol  ishtirok  etgan.  M uqanna  hayot- 

ning katta  mashaqqatli  yo‘lini  bosib  o ‘tgan,  oddiy  kir yuvuvchidan  kichik  lashkar- 

boshi,  keyin  vazirlik  darajasiga  ko'tarilgan  (757-759).  759-yilda  Xuroson  amiri 

A bdujabbom ing  xalifaga  qarshi  isyonida  qatnashgani  uchun  zindonga tashlangan. 

Zindondan  qochib,  769-yilda  M arvga  keladi  va  xalq  harakatiga  boshchilik  qiladi. 

U  ijtimoiy  tenglik,  erkin  hayot  va  adolat  g ‘oyalarini  o ‘ziga singdirgan  taniqli  siy- 

mo  bo‘lgan.  Shuning  uchun  ham  uning  yangidan  xalq  kurashiga  bosh  boMishi  bu 

harakatning  keng  quloch  yozishiga,  uzoq  muddat  davom  etishiga  (unga  tayyor- 

garlik  ko‘rish jarayonlarini  ham  hisobga olganda,  14  yilni  o ‘z  ichiga  oladi)  sabab 

boMibgina  qolmay,  ayni  chog‘da,  arab  hukmron  doiralari  uchun  ham  kutilmagan 

oqibatlarni  vujudga keltirib,  ularga  katta hayotiy  saboqlar berdi.  Q o‘zg‘olon  Marv- 

da  boshlangan  bo‘lsa-da,  u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. 

M uqanna  qo ‘zg‘oloni  davom ida  Samarqandu  Buxoro,  Naxshobu  Kesh  hududlari 

aholisi  ham  faol  harakatga  keldi.  Uni  Iloq,  Ohangaron,  Shosh,  Farg‘ona  vodiysi- 

ning  ko ‘p  sonli  aholisi  ham  q u w atlab   chiqdi.  Q o‘zg‘olonning  bosh  g ‘oyasi  -  Va­

tanim iz xalqlari,  ulaming asl  farzandlarining muqaddas yurtni  ajnabiy hukmronlar- 

dan  ozod  qilish,  uning  mustaqilligini  kurashib  qo‘lga kiritish  g ‘oyasi  bo‘lgan.  Ma- 

na  shu  yuksak  vatanparvarlik  tuyg‘usi  qo‘zg‘olonchilarga  hayotiy  ruh,  m a’naviy 

madad  bag‘ishlagan,  ulam ing  uzoq  vaqt  davom ida  arablaming  katta  harbiy  kuch- 

lari  bilan jo n   berib, jo n   olishib  kurash  olib  borishiga,  mislsiz  qurbonlar  berishiga 

sabab b o ‘lgan.  Biroq,  shu bilan birga,  qo‘zg‘olonga tortilgan aholining ham m a ijti­

moiy  tabaqalari  ham  shu  ulug‘vor  g‘oyaga  sodiq  bo‘lgan,  unga  oxirigacha  amal 

qilgan,  deb  xulosa chiqarib bo ‘lmaydi,  albatta.  Negaki, qo‘zg‘olon  kuchaygan kez- 

larda  undan  o ‘z  xudbin  maqsadlari  y o ‘lida  foydalanishni  ko ‘zlab,  xalq  kurashiga 

qo‘shilgan  yuqori  tabaqa namoyandalari  ham  bo‘lgan.  Ular,  keyinchalik,  qo‘zg‘o- 

lon  pasayishi va m agiubiyat  sari  yuz tutgan  kezda darhol xiyonat y o ‘lini  tutib,  aj- 

nabiylar  bilan  til  topib,  ular tom oniga o ‘tib  ketganligi  ham  rostdir.  Ammo  bunday 

istisnolardan qat’i nazar, bir necha yillar da-vom etgan “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni 

yurtim izning  ozodlik  kurashi  tarixida  katta  dovrug‘  taratdi,  arab  bosqinchilarini 

larzaga  soldi,  ularga  sezilarli  zarbalar  berdi.  Q o‘zg‘olon  M uqannaga katta madad- 

kor, jangovar  safardosh  bo‘lgan  Hakim  ibn  Ahmad,  Hashviy,  Sarxama,  Kay  yoki 

G ‘uriy,  G ‘aricha  kabi  xalq  qahramonlarini  ham  yetishtirib  chiqardi.  U lar  oxirgi 

tomchi  qonlari  qolgunga  qadar  bosqinchilarga  qarshi  mardonavor  kurashdilar. 

780-783-yillarda  qo‘zg‘olon  harakatlari  so‘nggi  hal  qiluvchi  pallaga  kiradi.  Bu

24


davrda  Muqannaning  asosiy  kuchlari  Qashqadaryoning  Kesh  vohasida  to ‘plangan 

edi.  Q o‘zg‘oIonning  bosh  tayanch  nuqtasi  -   Som  qal’asi  ham  shu joy d a  b o ig a n . 

Albatta,  bu  vaqtga  kelib  xalifalik  qo‘shinlari  katta  ustunlikka  ega  b o iib ,  ular  ma­

halliy  aholining  yuqori  tabaqalarini  o ‘z  tom oniga jalb   etib,  qo'zg'olonchilam i  to- 

bora siqib  borayotgan  edi.  M uqanna Somda mustahkamlanib,  o ‘z tarafdorlari  bilan 

so‘nggi  nafasigacha kurashdi.  Pirovardida  esa  dushman  q o iid a   m a g iu b   b o im a y , 

o ‘zini  yonib  turgan  olovga  otib,  qahramonlarcha  halok  b o ia d i.  Bu  voqea  Beruniy 

m aiu m o tig a  ko‘ra,  783-yilda  yuz  beradi.  Garchand  M uqanna  qo‘zg‘oloni  yengil- 

gan  b o isa -d a ,  biroq  u  buyuk  xalq  qudratini,  agar  u  birlashsa,  uyushsa  nimalarga 

qodirligini  t o i a  namoyon  etdi.  Q o‘zg‘olon,  ayni  chog‘da,  xalifalikning Movaroun- 

nahrdagi  mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini  ham qaqshatdi.  Uning hukm- 

ronligining davom  etishini shubha ostiga solib qo‘ydi.  Eng muhimi,  u  erk va ozod- 

lik  uchun  talpinayotgan  yurtimiz  kishilarida  vatanparvarlik  tuyg‘usini j o ‘sh  urdir- 

di,  ularni  ajnabiy  zolimlarga  qarshi  yanada  shiddatkorlik  bilan  kurash  olib  borish- 

ga da’vat etdi.

Movarounnahrda tohiriylar va  som oniylar davlatlarining vujudga  kelishi, 

boshqaruv  tizimi. Tohiriylar davlati.  Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Tohiriylar bilan 

safforiylar o ‘rtasidagi kurash

M a’mun  xalifalik oldidagi  katta  xizmatlari  evaziga Tohir  ibn Husaynni  821- 

yilda  Xurosonga  noib  etib  tayinlaydi.  Shu  tariqa,  Tohiriylar  davlati  vujudga kelib, 

873-yilga qadar davom  etadi.  Uning  poytaxti  avval  Marv,  keyinroq Nishopur  bo‘- 

ladi.  Dastlab,  M ovarounnahrning  ko‘pgina  viloyatlari  ham  uning tasarrufida  b o i ­

gan.  Buning  boisi  shuki,  ikkala  o ik a n in g   noiblik  markazi  Xurosonning Nishopur 

shahri  b o ig a n .  Tohir  ibn  Husayn  boshqaruv jilovini  q o ig a   kiritgach,  undan  yurt 

mustaqilligini,  uning  ravnaqi  va  qudratini  oshirish  y o iid a   foydalanishga  qat’iyan 

y o ‘l tutadi. Tohir ibn  Husayn  o ‘z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822- 

yilda xalifa nomini  xutba namozidan  chiqarib tashlashga amr qiladi.  Biroq  tez ora- 

da  uning  sirli  o iim i  bu  borada katta  ishlar qilinishiga imkon  bermaydi.  Uning vo- 

rislari  Talha  (822-828),  Abul  Abbos  Abdulloh  (830-844),  Tohir  ibn  Abdulloh 

(844—862),  M uhammad  ibn Tohir (862-873)  davrlarida tohiriylar davlatining mus- 

taqilligi  xiyla ta ’minlandi.  Tohiriylar  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotni,  mul- 

kiy munosabatlam i rivojlantirish,  qishloq xo‘jaligini tartibga keltirish, suv resursla- 

ridan  foydalanishni  yaxshilash,  suv  inshootlari  barpo  etish,  shuningdek,  fuqarolar- 

dan  olinadigan  soliqlam i  m o‘tadillashtirishga  ahamiyat  beradilar.  Poytaxt  Marv- 

dan Nishopurga  ko‘chiriladi.  Jumladan,  Abdulloh  ibn  Tohim ing  chiqargan  bir  far- 

m onida  “dehqonlam i  ranjitmaslik”,  buningsiz  xazinaga  yetarli  miqdorda  soliq 

tushmasligi  alohida  uqtirilgandi.  Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amal- 

da  dehqonlarni  emas,  balki  ko‘proq  yirik  mulkdorlar,  savdogarlam ing  manfaatla- 

rini  himoya  qilardilar.  Shu  bois  tohiriylar  davrida  oddiy  aholi,  ayniqsa  dehqonlar 

o g i r   asoratda  yashash,  haddan  ziyod  soliq-oiponlar  to ia sh g a   majbur  etilgandi. 

Birgina 844-yilda ulardan olingan soliq miqdori 48  mln.  dirhamni tashkil etgan. Bu 

o ‘sha davr  sharoiti  uchun  mislsiz ko‘p  edi.  Shuning  uchun  ham  mamlakatning  Se- 

yiston va boshqa viloyatlarida  dehqon g ‘alayonlari yuzaga kelib,  kuchayib  borgan.

25


Xurosonning  sharqiy  hududlarida yuzaga  kelgan  g‘oziylar  harakati  va  dehqonchi- 

lik vohalaridagi  g ‘alayonlar qo ‘shilib,  keng miqyoslar kasb  etib  bordi.  Bu  harakat- 

lam ing yetakchilariga aylangan,  asli  kelib  chiqishlari  hunarmand -  miskar  bo‘lgan 

aka-uka Yoqub  va Amir ibn  Layslar  873-yilda Nishopum i  egallab  Tohiriylar  sulo- 

lasini  ag‘darib  tashlashga  muvaffaq  bo‘ladilar.  Buning  natijasida  Yoqub  ibn  Lays 

asos  solgan  safforiy (m iskar)lar sulolasi  hokimiyatga keladi.  Biroq yangi  hukmdor 

Yoqub  ibn  Lays  shaxsiy  hayotda  qanchalik  oddiy  turmush  tarziga  amal  qilib  ya- 

shamasin,  o ‘z armiyasining jangovarligini  kuchaytirish,  askarlarni  maosh  bilan ta ’- 

m inlashga urinmasin,  mehnatkash  xalqning  og‘ir soliqlar to‘lashi,  boshqa to ‘lovlar 

va majbu-riyatlami  o ‘tashi  avvalgidek  o‘zgarmay  qola  berdi.  Bu  hoi  oxir-oqibatda 

safforiylar sulolasi  hukmronligining ijtimoiy-iqtisodiy  ildizlarini  qaqshatib,  uni  ha- 

lokatga mahkum  etmay qolmadi.



M ovarounnahr  viloyatlariga  Somonxudot  avlodlarldan  noiblar  tayinla- 

nishi.  Somoniylar sulolasining  hokimiyat  tepasiga  kelishi.  M ovarounnahrda so- 

moniylar  davlatining yuzaga  kelishi jarayoni  ham  IX  asr boshlariga  to ‘g ‘ri  keladi, 

Bunda ham  xalifa  M a’mun  o ‘ziga  sodiq  xizmat  qilgan  balxlik  mahalliy  hukmdor- 

lardan  Somonxudot  1  avlodlari  (uning  nabiralari)ga  M ovarounnahr  hududlarini 

boshqarish  huquqini  topshiradi.  Chunonchi,  Nuh  Samarqandga,  Ahmad  Farg‘ona- 

ga,  Yahyo  Shosh  va Ustrushonaga,  hokimlik  qiladilar.  IX  asr o ‘rtalariga kelib  Ah­

mad va uning katta o ‘g ‘li N asr M ovarounnahrning ko‘pchilik  hududlarini birlashti- 

rishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  N asr  somoniy  (856-888)  davrida  M ovarounnahr  mav- 

qeyi  yanada  kuchayib  bordi.  Samarqand  davlat  poytaxti  edi.  Xurosonda tohiriylar 

sulolasi  ag‘darilgach  (873),  uning tarkibiga kirgan  Buxoro  yerlari  ham  somoniylar 

tasarrufiga olinadi.  N asr ukasi  Ismoilni  Buxoroga noib  etib tayinlaydi  (874)  va so­

moniylar hukmronligi  endilikda deyarli  Movarounnahrning barcha hududlariga yo- 

yiladi.  Ammo  ko‘p  o ‘tmay,  Ismoil  o ‘z  hokimiyatini  kuchaytira  borgach,  o ‘zining 

vassallik mavqeyini  tan  olmay, N asr hokimiyati  xazinasiga to ‘laydigan yillik daro- 

mad  miqdorini  keskin  kamaytiradi.  Buning  natijasida  aka-ukalar  o ‘rtasida  uzoq 

muddatli  o ‘zaro  kurash  boshlanadi.  Oqibatda  888-yilda  ular  o ‘rtasida  katta  urush 

kelib  chiqib,  unda  Ismoil  g ‘olib  bo‘ladi  va  hokimiyatni  o ‘z  q o ‘liga  oladi.  Akasi 

N asr vafotidan  so‘ng (892)  Ismoil  Somoniy M ovarounnahrning yagona hukmdori- 

ga  aylanadi.  Shu  tariqa,  Vatanimizda  davlat  mustaqilligi  qayta tiklanadi  va yuksa- 

lib  boradi.  Buxoro -   davlat poytaxti  b o iib   qoladi.  Ismoilning  893-yilda  sharqdagi 

dashtlik qabilalarga qarshi  qilgan muvaffaqiyatli yurishi,  Tarozni egallab,  katta o i -  

ja   va  asirlar  bilan  qaytishi  ham  somoniylar  qudrati  yuksakligidan  yaqqol  dalolat 

beradi.  Ismoil  Somoniy  davlati  qudratining  o ‘sib  borishidan  cho‘chigan,  uni  zaif- 

lashtirishni  va  o ‘z  ta ’sirini  qayta  tiklashni  ko‘zlagan  Bag‘dod  xalifasi  M u’tazid 

(892-902)  Xurosondagi  safforiylar hukmdori  Amr  ibn  Laysga (879-900)  Xuroson 

bilan  birga  M ovarounnahr  ustidan  hukm  yuritish  huquqi  berilgani  haqida  farmon 

chiqaradi  va  uni  Ismoilga  qarshi  gij-gijlaydi.  Bu  esa  900-  yilda  ikkala  davlat  o‘r- 

tasida  katta  urushga  sabab  bo‘ladi.  Urush  natijasi  esa  somoniylar  foydasiga  hal 

bo ‘lib,  buning  oqibatida Xuroson  yerlari  somoniylar q o i   ostiga o ‘tadi.  Shu  tariqa, 

xalq xalifalik  istebdodidan xalos  bo‘ldi.  Ismoil  Somoniy  bu hududda kechgan  uzoq 

yillik  milliy  davlatchilik  tajribasiga  tayanib,  markaziy  davlat  boshqaruvi  tizimini 

va  shunga  muvofiq  keladigan  mahalliy  idora  organlarini  vujudga  keltiradi.  Bu  ti-

26


zim  Ahmad  ibn  Ismoil  (907-914),  Nasr  ibn  Ahmad  (914-943),  Nuh  ibn  Nasr 

(943-954) davrida ham takomillashib boradi.



Ismoil  Somoniy  islohotlari.  Davlatni  boshqarish  tartibi,  Ruhoniylar 

mavqeyi. Buxoroning islom  dunyosida nufuzli  markazga aylanishi.  Somoniylar 

M ovaraunnahr  va  Xurosonda  mustaqil  davlat  tuzish  uchun,  avvalambor,  kuchli 

markazlashgan  hokimiyat  tuzish  kerakligini  yaxshi  tushunishgan.  Bu,  ayniqsa,  Is­

moil  Somoniy  hukmronligi  davrida  kunning  dolzarb  masalasiga  aylandi.  Chunki 

Ismoil  Somoniy  M ovarounnahr  va  Xurosonni  birlashtirishga  va  yagona  markaz­

lashgan  davlat  tuzishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Endi  bu  davlatni  idora  qilish  lozim  edi. 

Shuning  uchun  Ismoil  bir  qancha  islohotlar  o ‘tkazdi.  M ana shunday  islohotlardan 

biri  davlatni  boshqarish  m a’muriyatini jo riy  qilish  b o id i,  Bu  islohotga  binoan 

davlatni  idora  qilish  saroyi  (dargoh)  va  10  ta  devon  (harbiy-fuqaro  mahkamalari) 

tashkil  etildi.  Ismoil  Somoniy  davlatning majmuini tashkil  etishda sosoniylar  Eron 

va Arab  xalifaligida qabul  qilingan tajribalardan  foydalandi  va  uni  zamon  talabiga 

qarab mukammallashtirdi.

Hokimiyatning  eng  yuqori  pog‘onasida  somoniylar  turib,  ular  am ir  unvoni 

bilan  davlatni  idora  qilganlar.  Davlat  majmuini  mustahkamlashda,  Nasr  II  Somo- 

niyning  m a’rifatli  vazirlari  Abu  Abdullo  Muhammad  Jayhoniy  va  Abufazl  Mu­

hammad  Balamiylarning  xizmatlar  katta b o ‘lgan.  Umuman,  somoniylar  hukmdor- 

ligi  davrida vazirlik mansabiga asosan  shu  ikki  sulola vakillari tayinlangan.  Davlat 

majmuyini  dargoh  va  devonlarga  b o iin ish i  m a’lum  darajada  rasmiy  b o ig a n . 

Chunki  saroyning  nufuzli  kishilari  ko‘p  xollarda  devonlam ing  ishlariga  aralashib 

turganlar.  Saroyda  siyosiy  hokimiyat  “Sohibi  Xoras”  qo ‘li  ostida b o ig a n .  Sohibi 

Xoras  Amirning  farmonlari  bajarilishini  nazorat  qilgan.  Saroyda  Sharbatdorlar, 

Dasturxonchilar,  Tashtdorlar,  Otboqarlar,  x o ‘ja lik   beklari  kabi  turli  xizmatchilar 

b o ig a n .  Saroydagi  ham ma  xo‘jalik  ishlarini  “vakil”  boshqargan.  Vakil  saroydagi 

e ’tiborli  kishilardan  biri  hisoblangan.  Narshaxiyning  yozishicha,  N asr  II  Somoniy 

hukmronligi davrida o ‘n devonga Buxoro registonida o ‘nta maxsus bino qurilgan.

Devonlar orasida vazir yoki “ xo‘ja  buzurg”  devoni  alohida o ‘rin tutgan.  Bu 

devonga boshqa ham ma devonlar b o ‘ysungan. U ham ma m a’muriy,  siyosiy va xo‘- 

ja lik  mahkamalarini nazorat qilgan.

Davlatni  idora  etishda  “ mustavfiy  devoni”  ham  muhim  ahamiyatga  ega 

b o ‘lgan. Bu  devon davlatning butun moliya ishlarini  boshqargan va nazorat qilgan. 

Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish