Turli yoshdagi bolalar parvarishi. Sut tishlarning chiqishi, bu davrda bolalar parvarishi



Download 414,98 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi414,98 Kb.
#418348
Bog'liq
TURLI YOSHDAGI BOLALAR PARVARISHI

TURLI YOSHDAGI BOLALAR PARVARISHI . SUT TISHLARNING CHIQISHI , BU DAVRDA BOLALAR PARVARISHI .

Toshkent Davlat Stomatalogiya Instituti

102A BC guruh talabasi Burxonov Jaloliddin Asliddin o’g’li

Bolalar organizmi muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda tinmay o’sib, rivojlanib boradi. Bola o’sib rivojlanish jarayonida ma’lum bir davrlarni boshidan kechiradi. Har bir davr boladagi o’ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlar bilan ta’riflanadiki, ushbu xususiyatlar jamlanib , bola organizmining reaktiv xossalari va qarshilik qilish qobiliyatiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu esa o’z navbatida turli yoshdagi bolalarda aniq bir kasallikning o’tishiga va patologik jarayonlarning o’ziga xos kechishiga olib keladi.

Bolalik quyidagi davrlarga bolinadi: I. Homiladorlik davri : 1) Embrional rivojlanish davri (embrion) – homiladorlikning dastlabki 3 oyi; 2) Platsentar davr (homila) – 3 oylikdan boshlab tugilganga qadar; II. Bola tug’ilgandan keyingi davr: 1) Chaqaloqlik davri – 3-4 haftalikkacha (28 kun); 2) Godaklik davri (emizikli yoki kichik yasli yoshi) – 4 haftalikdan 12 oylikkacha; 3) Sut ishlari davri: a) Maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr (katta yasli yoshi) – 1-3 yosh; b) Maktabgacha tarbiya yoshi davri – 3 yoshdan 6 yoshgacha; 4) Osmirlik davri (kichik maktab yoshi) – 7 yoshdan 11 yoshgacha; 5) Balogatga yetish davri (katta maktab yoshi) – 12 yoshdan 17 yoshgacha;

Chaqaloqlik davrida bola organizmida patalogik jarayonlar juda tez va kuchli kechadi . Shu sababli boladagi o’zgarishlarni ota-ona , qolaversa , shifokor ,ayniqsa, hamshiralar vaqtida payqab borishi va kerakli holatlarda chora ko’ra bilishlari kerak . Bolalar parvarishi ikki xil bo’ladi : 1. Umumiy parvarish ( tana haroraatini o’lchash , soch va tirnoqlarga bo’lgan talablar va hokazo ); 2. Maxsus parvarish ( turli kasalliklarda paravarishning turlichaligi)

Parvarish , asosan , bolaning terisi va ovqat – hazm qilish sistemasiga qaratiladi . Bola terisi yupqa va namlik darajasi past bo’ladi . Chaqaloqlar terisiga tegib turadigan buyumlar , kiyimlar barchasi toza va havo o’tkazib turadigan bo’lishi , teriga kuchli ta’sir etuvchi moddalardan yod bo’lishi zarur. Chaqaloqlar terisi parvarishida 5 %li tanin mazidan yoki o’simlik moyi bilan ho’llangan paxtadan foydalangan holda teri yog’lari olib tashlanadi . Bolaning qo’l va oyoq tirnoqlari maxsus aylana qaychilar yordamida olib tashlanadi .

Bolalikning ilk davrlarida sovunli vositalar ko’p qo’llanilmaydi . Bolalar uchun ishlab chiqarilgan maxsus sovunlar(Johnson’s baby)dan foydalanish tavsiya etiladi. Qattiq suv bilan uzoq vaqt cho’miltirganda teri zararlanib qo’zg’aluvchan bo’lib qoladi . Bu esa bolani bezovtalanishiga , injiqlik qilishiga olib keladi . Bunday sharoitlarda vannaga 100-150 gr kraxmal qo’shiladi . Bola birinchi yarim yilligida yotgan holda , ikkinchi yarim yilligida o’tirgan holatda cho’miltiriladi. Shuningdek bolaning burun va quloq yo’llari paxtadan tayyorlangan pilik bilan tozalanadi . Bu yo’llarga suv va boshqa narsalar kirishidan ehtiyot bo’lish kerak .

Hayotning birinchi yillarida bola kiyimlari : Bolalikning dastlabki davrlarida chaqaloqning harakatlarini cheklaydigan qattiq qisib turadigan kiyimlar kiydiriladi . Vaqti – vaqti bilan haraaktini cheklamaydigan kiyimlar bilan almashtiriladi . Bola tagliklari yuqori sifatli , teriga nojo’ya ta’sir qilmaydigan , suv o’tkazmaydigan lekin havo o’tkazadigan bo’lishi kerak .

Odam , shu jumladan barcha sutemizuvchilar tishi boshqa hayvonlardan farq qilib ixtisoslashgan hisoblanadi . Bolaning 6 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi va 12 yoshga yetib sut tishlar doimiy tishlar bilan almashinib bo’ladi . Sut tishlari dastlab pastki jag’dan chiqadi va bular oldingi kurak tishlari hisoblanadi . Keyinchalik yuqori jag’dan , jag’lar ikki yonidan bir-biridan farqlanuvchi tishlar shakllana boshlaydi . Hammamizga ma’lumki sut tishlari 20 ta , doimiy tishlar 32 ta . Hozirgi vaqtda tish va jag’lar tushadigan bosim kamaygani oqibatida doimiy tishlar soni qisqarib bormoqda .

Bola organizmiga tishlar chiqishining ta’siri : Tishlar chiqishi bola organizmini zoʻriqtiradi. Shu sababli organizm adaptatsiyasi va tishlar chiqishi fiziologik holat boʻlishiga qaramay bolada sezilarli diskomfort holatlari kelib chiqadi. Tishlar chiqayotgan vaqtda bola immun tizimi ham zaiflashadi , turli xil infeksiyalarga beriluvchan va kuchsiz boʻlib qoladi. Bunday vaqtda bolani shamollamasligiga harakat qilish kerak. Bundan tashqari bunday vaziyatda emlashni ham toʻxtatish zarur. Bola tishi chiqayotgan vaqtda kelib chiqadigan oʻzgarishlar ham barcha bolakaylarda bir xil boʻlavermaydi. Bu ham bolaning ayni shu vaqtdagi holati va sogʻligʻiga bogʻliq.

Quyida ayrim bir simptomlarning namoyon boʻlishi koʻpincha tishlar chiqayotganidan dalolat beradi: -Soʻlak ajralishining koʻpayishi; -Ishtahaning pasayishi, butunlay ovqatlanishdan bosh tortish; -Harakatchanligi ortib ketishi , yaʼni u qoʻliga ilingan narsani ogʻziga olib oboraveradi. Buning sababi milklarning qichishishidir; -Milklar shishi va qizarishi; -Uyquning buzilishi va injiqlik; -Ogʻrib chiqayotgan milklar sohasida qichishish hissi yuzaga kelishi , qichishishning quloq, yonoq va burunga tarqalishi.Doimiy qichishishlar bolaning bezovta boʻlishiga olib keladi. -Ogʻriq hissi : yumshoq toʻqimadan tuzilgan milklarni yorib chiqayotgan tishlar ogʻriq hissini tugʻdiradi, milklar nerv oxirlariga boy boʻlganligi sababli ogʻriq kuchli boʻladi.

E’tiboringiz uchun rahmat !


Download 414,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish