TURIZM XIZMATLARINI LITSENZIYALASHTIRISH, SERTIFIKATLASHTIRISH
VA STANDARTLASHTIRISH
Reja:
20.1. Turistik korxonalarga litsenziya olish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar
20.2.«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining litsenziyalarni tekshirish jarayonidagi
huquqlari
20.3. Turizmda sertifikatlashtirishning turlari
20.4. Sertifikatlashtirishda davlat standartlaridan
foydalanish
20.5.Turizmda standartlashtirish jarayonining mazmuni va mohiyati
20.1. Turistik korxonalarga litsenziya olish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan
talablar
O‘zbekistonda turizm faoliyati litsenziyalanadi, hamda bu jarayonni o‘tkazish mexanizmi
tegishli me’yoriy hujjatlar va qonun bilan belgilangan. Turizm biznesini tashkil etish uchun
rasmiyatchilikni o‘ziga xos xususiyatlarini bilish zarur, jumladan,
litsenziyalash sohasini va
boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi. Qonunga ko‘ra litsenziya
berish va uni bekor qilish yoki uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish, kabi harakatlar Vazirlar
Mahkamasining Komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinadi, uning
bu boradagi ishchi organi
funksiyasini «O‘zbekturizm» M.K bajaradi. Bunda asosiy talab–litsenziya tadqiqotchilari faqatgina
yuridik shaxs bo‘lishi shart. Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi doimiy muddatga berilishi
mumkin.
Litsenziya olish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular
qatoriga qo‘yidagilar kiradi:
turizm to‘g‘risidagi qonunga, turizm sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi standartlari
va xalqaro standartlarga majburiy ravishda rioya qilish;
huquqiy shaxs shtatida turizm sohasida maxsus ta’lim olgan yoki turizm sohasida 3
yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, kamida bitta xodimning bo‘lishi. Shu tarzda turizm
korxonasi tegishli bilim, malaka, ko‘nikmaga ega bo‘lgan soha mutaxassislari bilan aks ettirilishi
zarur;
yangi texnologiyani va boshqaruv tajribasini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lganligi
sababli sayohatlarni, ekskursiyalarni tashkil etish va ular bilan bog‘liq xizmatlar bilan bevosita
band bo‘lgan huquqiy shaxs xodimlari har 3 yilda kamida 1 marta
malakasini oshirish zarur;
shakllangan nizom jamg‘armasida oilaviy tadbirkorlik uchun faqat mehmonxona
xizmatlarini ko‘rsatishda eng kam ish xaqining 10 barobar miqdorida, ichki turizmda turoperatorlik
xizmatini ko‘rsatish uchun eng kam ish xaqining 50 barobar miqdorida va barcha turdagi turizm
faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga eng kam ish xaqining 400 barobaridan kam bo‘lmagan
miqdorida bo‘lishi kerak;
mijozlar bilan ishlash va turmahsulotni ishlab chiqish mos ravishdagi ishchanlik
muhitini talab etishi sababli xususiy yoki ijaraga olingan xizmat binosida tegishli jihozlarning
mavjudligi;
taqdim etiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlik
sertifikatlarining mavjudligi, chunki
bu har qanday turga qonuniy tus berish va xavfsizlik talablari bilan bog‘liqdir;
turizm xizmatlarini faqatgina mijoz bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
talablariga mos ravishda shartnoma tuzilgandan keyingina ko‘rsatish mumkin.Boshqa holatlarda
shartnoma huquqiy kuchga ega bo‘lmaydi va sud orqali bekor qilinishi mumkin;
chet el
davlatlariga tashrif buyurish, chiqish, kirishni o‘ziga xos xususiyatlari
to‘g‘risida, turistik tashrif vaqtida va har bir aniq davlatga tashrif buyurishni boshqa qoidalarini
o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlarni belgilangan tartibda har bir turistga
yetkazish;
mijozga ish tartibi to‘g‘risida, uning huquqiy manzili, litsenziyaning mavjudligi,
majburiy sertifikatlashga tortiladigan xizmatlar uchun
sertifikatlarning mavjudligi, turizm
faoliyatini aniq yo‘nalishlarini yuritish uchun javobgor bo‘lgan lavozimli shaxslarning familiyasi,
ismi, sharifi haqida to‘la ma’lumot berish;
turistlar xavfsizligini ta’minlash, jarohatlanganda, betob bo‘lganda va boshqa
holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam ko‘rsatish tizimining mavjudligi.