Mavzu: « Adabiyot fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish – pedagogik mahoratni oshirish omili »
Reja:
1.Ko’rsatmali qurollar va texnik vositalarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
2. Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi.
3. Adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
O‘quvchi-yoshlarning har tomonlama yetuk in son bo‘lib yetishishida ta’lim-tarbiya jarayonining, tarbiya muhitining, ta’lim vositalari va texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Bugungi kun o‘qituvchisi dars jarayonida faqat darslikdan foydalanib qolmasdan, mashg‘ulot mazmunini boyitishga hissa qo‘shadigan ko‘plab vosita va omillardan foydalanishini ham hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Dars mobaynida ta’lim oluvchilar diqqatini jamlab, harakatlarini faollashtirib bilim berish – murakkab jarayon. O‘qituvchi darsda xilma-xil o‘qitish metodlaridan o‘rinli va samarali foydalana olsa, bu jarayon osonlashadi, darsning samaradorligi oshadi, ta’lim oluvchilarning mavzularni idrok etishi yuqori darajaga ko‘tariladi.
Ko’rsatmali qurollar va texnik vositalarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
Yan Amos Komenskiyning ta’kidlashicha, «Mumkin bo‘lgan hamma narsa tuyg‘ularning his etilishi uchun yetkazilishi kerak». Boshqa bir yirik pedagog K.D.Ushinskiy esa shunday yozadi: «Bola xotirasida nimanidar o‘rnab qolishini istagan pedagog imkoni boricha ko‘proq sezgi organlari: ko‘z, quloq, tovush, muskul harakatlari tuyg‘usi, hatto, mumkin bo‘lsa, hidlash va ta’m bilish ham eslab qolishda ishtirok etishi haqida qayg‘urishi kerak».
Mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy ham darsda ko‘rgazmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtayi nazardan ko‘rgazmali ta’limning mohiyatini yoritib berdi. Ushinskiy o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali ta’limga munosib o‘rin berdi: u ko‘rgazmali ta’lim o‘quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, – deb bildi.
Xalq pedagogikasida ham ko‘rgazmalilik ustuvor maqsadga qaratilganligini kuzatish mumkin: Ko‘rish bilan eshitish qachon teng bo‘libdi? Ming marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi. Ko‘ra-ko‘ra ko‘zchil bo‘lasan, so‘zlay-so‘zlay so‘zchil bo‘lasan. Ko‘rgan boshqa, eshitgan boshqa. Bilgandan bilmaganing ko‘p, ko‘rgandan – ko‘rmaganing. Ko‘p ko‘rgan, ko‘p bilar. Quloq so‘z uchun, olam ko‘z uchun. Ko‘rgan ko‘p bilar, ko‘rmagan – oz…
Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi.
Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi – bunda plastinkalar, magnitofon, kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, kodoskop kabi vositalardan dars davomida o‘rinli foydalanish mumkin.
Ayrim mavzularning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf yoki auditoriya sharoitida namoyish qilish ko‘zlangan maqsadni bermasligi mumkin. Shuning uchun o‘tiladigan mavzularning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya ham ko‘rgazmalilik metodining eng samarali va tabiiy usuli hisoblanadi.
Dars berish jarayonida doska, undagi yozuvlar va xomaki rasmlar ham ko‘rgazmali vosita sanaladi. Har bir o‘qituvchi doskadan foydalanishda unga qo‘yilgan didaktik talablarga to‘liq rioya qilishi kerak bo‘ladi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
1. Ko‘rgazmalar o‘quvchilarda ko‘rgazmali, obrazli taffakkurni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
2. Ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirishda nazariy bilimlarni aniqlashtirish va sistemaga solishga imkon yaratishi kerak.
3. Ko‘rgazmali qurollardan maqsadga muvofiq o‘rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o‘zlashtirishga bevosita yordam beradigan holda foydalanish kerak.
4. Ko‘rgazmali qurollar tegishli sinf yoki guruhning o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim oluvchilar tafakkurining og‘zaki mantiqiy yoki ko‘rgazmali, obrazli ekanligiga qarab tanlanishi kerak.
5. Ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tushuntirish, butun sinf yoki guruh uchun aniq ko‘rinishini ta’minlash va tushuntirishlarni ko‘rgazmali qurollar, darslik va daftardagi yozuvlar bilan birgalikda qo‘shib olib borish kerak.
O‘zbek tili va adabiyot darslarida ham ko‘rgazmalilikni amalga oshirishda birinchi o‘rinda ta’lim oluvchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Darsdagi har bir ko‘rgazmali quroldan foydalanishning o‘ziga xos talablari va xavfsizligiga to‘liq rioya qilish o‘qituvchilarning doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Chunki tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar gigiyenik va psixologik tomondan o‘quvchilarga mos bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari har bir tayyorlangan ko‘rgazmali quroldan foydalanishda vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish hamda darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Tayyorlangan ko‘rgazmalarning sifati, ko‘zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmalilik ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan u yoki bu narsalar to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, ko‘rgazmali qurollarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‘g‘ri tanlash ta’lim oluvchilarga va dars jarayoniga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |