Tilning fonetik, leksik va grammatik tuzilishi



Download 18,47 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi18,47 Kb.
#885487
  1   2
Bog'liq
Tilning fonetik, leksik va grammatik tuzilishi


Tilning fonetik, leksik va grammatik tuzilishi
Ijtimoiy hodisa mahsuli bo'lgan til o'zining tuzilishiga ko'rajuda murakkabdir. Bu fikr dunyodagi barcha tillar uchun taalluqlidir. Tilning bir-biri bilan uzviy bqg'langan tovush tizimi, lug'at tarkibi va grammatik qurilishi mavjud bo'lib, ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi va uning negizida tilning tizimi hosil bo'ladi.
Har bir til (masalan, o'zbek tili) ning fonetik tuzilishi, lug'at tarkibi va grammatik qurilishi ma'lum qonun-qoidalar asosida bir-bm bilan bog'lanib, ularning bar qaysisi alohida tizimni tashkil etadi. Tilning tovushlari, so'zlari, grammatik qurilishi ma'lum tartibdagi qonunlarga ega va ularning bar biri alohida tizimni tashkil qilib o'zaro bir-biri bilan uzviy bog'liq. Nutq tovushlari so'zlar. grammatika shakllarni hosil qilishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Chunki nutq tovushlarisiz timing o'zi ham bo'lmas edi; sababi tovush bo'lmasa so'z tuzib bo'lmaydi.Lug'at tarkibi esa tilning so'z xazinasi bo'lib, u til uchun qurilish materiali sanaladi. Fikmi ifoda qiladigan gap so'zlardan va ularning birikuvidan hosil qilinadi. Tilda fikr almashish, aloqa (kommumkatsiya) qiL'sh til orqali bo'ladi. Gaplar esa so'zlardan, so'zlarning o'zaro grammatik aloqaga kirishuvidan hosil bo'ladi. Ana shu grammatik qurilish tufayli tilning so'z xazinasi fikr ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Demak, grammatika so'zlarning o'zgarishi, gap tuzish qoidalarini belgilaydi. Har bir til (masalan, o'zbek till ham) o'zining tarkibiy qismlari bilan bir butun tizimru tashkil qiladi. Tilda toviish, lug'at tarkibi. grammatik qurilishi bir bin bilan o'zaro zich bog'langan.
Tilning kelib chiqishi
Tilning qachon paydo bo'lganligini, dastlabki tilning fonetik so'z boyligi, grammatik xususiyati nimalardan iborat ekanligira bilish mumkin bo'Imasa ham, kishilik jamiyatining paydo bo'lishidagi inson hayotinmg muayyan slrart-sharoitlari haqidagi ilmiy farazlarga asoslarab tilning kelib chiqish masalasini olimlar ilmiy jihatdan asoslab benshga harakat qilib kelmoqdalar. Tabiiyki, qadimgi ibtidoiyjamoatinarining qachon paydo bo'lganligi ular qanday til ekanligi, ulaming lingvistik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi to'g'risida ma'lumot beruvchi hech qanday dalillar yo'q. Ammo biz kishilik jamiyatida tilning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan shart-sharoitlar haqida, tilning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan. ayniqsa ta&kkur bilan bo'lgan munosabatlari to'g'risida fikr yuntishimiz mumkin bb'ladi. Shuni aytish lozimki tilning paydo bo'lish masalasi qadim zamonlardan buyon kishilarni qiziqtirib keladi. Antik davrlarda ham tilning kelib chiqishi haqida bir qancha nazanyalar yuzaga kelgan. Antik faylasuflan bu masalada bir biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki xil nazariyani ilgari suradilar. Ularning ba'zilari til yo'li bilan paydo bo'lgan, ya'ni so'z va predmetlar o'rtasida to'g'ridan to'g'ri bo'lganligi uchun kishilar, predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan, j'a'ni til ilohiy bir kuch tomonidan yaratilgan deb isbotlamoqclii bo'ladilar. Bu guruhdagi faylasuflami biz fanda idealistlar deb nomlab keldik. Ayrim faylasuflar til kishilarning o'zaro bir-biri bilan kelishishi natijasida paydo bo'lgan, ya'ni tilni ijtimoiy mehnat yuzaga keltirgan. degan nazariyani yaratganlar va ular materialistlar deb ataladi. Mana shu bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki nazariyaning o'zaro kurashi natijasida boshqa bir qancha qarashlar ham yuzaga kelgan va ular hamon kurashib kelmoqdalar. Ularning ayrimlari tilni kishilarning o'zaro aloqa qilish ehtiyojidan kelib chiqqan deb hisoblasa, ba'zilari ayrim shaxslarning o'z fikrini. awal o'zi uchun keyin boshqalar uchun bildirish natijasida kelib chiqqan deb hisoblaydi. Shu nazariyalarga ko'ra, awalo ularni ikki guruhga ajratib, tilshunoslik fanida ularning birinchisini ijtimoiy nazariya, ikkinchisi individual nazariya deb nomlanadi. Individual nazariyaga ko'ra tilning paydo bo'lishi ovoz (tovush) ga taqlid va undov nazariyasi asosida yuzaga kelgan.
Ovoz (tovush)ga taqlid nazariyasiga ko'ra til kishilarning o'z atrofidagi predmetlarning chiqargan tovushiga taqlid qilishdan kelib chiqqan, degan fikrni ilgari suradilar, buning uchun shar-shar, taq-tuq, dupur-dupur, g'iz-g'iz, ku-ku kabi bir necha taqlidiy so'zlarni misol qilib keltiradilar. Undov nazariyasiga ko'ra go'yo til kishilarning ichki tuyg'ulari his-hayajon va'qahr g'azabi; ixtiyorsiz g'ayri tabiiy baqirishi natijasida paydo bo'lgan. Buning uchun uh, uf, oh, voy-voy kabi sanoqli so'zlarni ko'rsatadilar. Bu esa noto'g'ri nazariyadir. Tilning paydo bo'lishi haqida fanga zid bo'lgan mehnat qiyqiriqlari, imo ishora nazariyalari ham mavjud. Shuni eslatish lozimki, ehtimol dastlab paydo bo'lgan tilda bizning hozirgi tilimizdagidek alohida narsalarni bildiradigan so'zlar bo'lmagan, o'sha davrdagi insonlarning tovush chiqaradigan butun a'zolari hozirgidek takomillashmagan va shu sababli tilda dastlab paydo bo'lgan so'zlaming talaffuzi aniq emasdir. Ammo mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar borgan sari uyushib boradilar, natijada kishilik jamiyati yuzaga keladi, jamoa bo'lib mehnat qilish jarayonida bir-biriga nimanidir aytish zarurati tug'iladi. Bu zaruriy ehtiyoj esa tilni yaratadi. Til bilan ayni bir vaqtda tafakkur paydo bo'ladi. Davrlar o'tishi bilan jamiyatda yuz bergan buyuk o'zgarishlar til va tafakkurning takomillashuvi uchun shart-sharoit yaratib beradi.

Download 18,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish