Farhod va Shirin



Download 332,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.06.2021
Hajmi332,64 Kb.
#73055
  1   2   3
Bog'liq
11-mavzu. “Farhod va Shirin”ni sharhlab o‘qitish (1)



11-mavzu. “Farhod va Shirin”ni sharhlab o‘qitish 

REJA: 

1.  Muqaddimaviy boblarda shoir dunyoqarashining in’ikosi.  

2.  Dostondagi shoir avtointerpretatsiyasi bilan bog‘liq baytlar sharhi.  

3.  Ularning doston g‘oyasini ochishdagi o‘rni.  

 

Alisher Navoiy "Xamsa"si, ko’rib o’tilganidek, ikki xil qurilmaga asoslangan 



dostonlardan  iborat.  Agar  "Hayrat  ul  -abror"  fikriy-nazariy  maqolotlar  va  kichik 

hikoyalardan  tarkib  topgan  bo’lsa,  "Xamsa"ning  boshqa  to’rtta  dostonlari  sujetli, 

ya`ni  ma`lum  qahramonlarning  turli  xildagi  faoliyatlarining  badiiy  tasviridan 

iboratdir. Ana shunday sujetli dostonlarning birinchisi "Farhod va Shirin"dir. 

  Shuni  eslatish lozimki, Farhod, Shirin  va  Xusrav haqidagi  qissa, rivoyat  va 

dostonlarning yaratilish tarixi ancha qadimiydir. 

Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma’lumotlar. 

Ko’pgina sharqshunoslarning tadqiqotlarida qayd qilinganidek, bu qissa aslida 

tarixiy shaxs bo’lmish Xusrav Parvez bilan bog’lidir. 

  Xusrav Parvez binni Hurmuz sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan bo’lib, 

u  590-628  yillar  orasida  hukmronlik  qilgan.  Uning  shaxsiy  va  davlat  arbobi 

sifatidagi fazilatlari zamondoshlari bo’lmish misrlik Simokatta va arman tarixchisi 

Sebeosdan boshlanib, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida, 

jumladan Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam"ida ham bayon etilgan. (MAT, 

20 tomlik, 16 tom, 215-218-betlar). 

  Tarixiy  asarlar,  yodnomalarda  Xusrav  va  Shirin  muhabbati,  hatto  Shirin 

Xusravning  jufti  haloli  ekanligi  haqidagi  ma`lumotlar  bor.  Ammo  X  asrgacha 

bo’lgan  davrdagi  manbalarda  Farhod  eslanmaydi.  Faqat  X  asr  tarixchisi  Abu  Ali 

Muhammad  al-Bal`amiyning  "Tarixi  Tabariy"ni  fors  tiliga  o’girgan  nusxasida 

Xusrav va Shirin tarixi bayonida Farhodning tilga olingani kuzatiladi. 

  Keyinchalik 

esa 


badiiy 


tarzda 

bitilgan 

dostonlarning 

asosiy 


qahramonlaridan biri bo’lib qoladi. Shunday qilib, mazkur qissaning asosini tarixiy 


voqelik,  ya`ni  tarixiy  shaxslar  hayotidagi  voqealar  tashkil  etsa-da,  ammo 

keyinchalik  bu  tarixiylik  faqat  nomlarda  saqlanib  qolib,  voqealar,  sarguzashtlar 

bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada, bu mavzuga murojaat 

etgan  har  bir  shoir  o’zining  ijodiy  maromi,  dunyoqarashi  va  estetik  mezonlari 

asosida asar yaratdi. Shuninг natijasida bunday asarlarda tarixiylikdan ko’ra badiiy 

yaratuvchilik  me`yori  etakchilik  qilib,  undagi  obrazlar,  voqealarning  talqini  ham 

turlicha yo’nalish va  maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundan-da, Xusrav, Shirin, 

Farhod  obrazlarining  turlicha  tasvirlari,  har  xil  talqinlari  maydonga  keladi. 

Jumladan, Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma"sida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtayi 

nazardan tasvirlanib, unda Shirinni sevuvchi Farhod ko’rinmaydi. Balki unda tilga 

olingan  Farhod  Xusrav  sarkardalaridan  biri  bo’lib,  Shiringa  hech  qanday  aloqasi 

bo’lmagan bir shaxs sifatida tasvirlangan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat 

etar  ekan,  avvalo  unga  tarixiylikni  emas,  balki  badiiylik  mezonini  ustun  qilib 

qo’yadi, ikkinchidan esa obrazlar talqinini o’zgartiradi. Natijada  Farhod toshyo’nar 

hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning 

voqealarida  boshdan  oyoq  qatnashmaydi,  balki  sut  kanalini  qazish  ehtiyoji 

tug’ilgandan  voqealar  maydoniga  kirib  keladi.  Xusrav  Dehlaviy  ham  o’z 

"Xamsa"sini yozayotganda bu mavzuga murojaat qilganda, unga xuddi Nizomiyda 

bo’lganiday, badiiylik mezonidan kelib chiqib munosabat qiladi. Buning natijasida 

Xusrav  Dehlaviy  qalamiga  mansub  "Shirin  va  Xusrav"  dostoni  qurilmasida  ham, 

uslubi  va  obrazlar  talqinida  ham  Nizomiydan  farq  qiladigan  tomonlar  anchagina. 

Jumladan, Xusrav Dehlaviy Farhodni Chin xoqonining o’g’li sifatida qalamga olib, 

Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlaydi. Bunda Shirin ham Farhodni sevajagini 

e`tirof  etadi  (bu  e`tirof  Nizomiyda  yo’q).  Xusrav  Dehlaviy  dostoni  voqealarida 

Farhodning  ishtiroki Nizomiy dostonidagidan ko’ra ko’proq, kengroq. XIV asrga 

kelib, Ardabil shahridan (Ozarboyjon) bo’lgan Orif Ardabeliy "Farhodnoma" nomli 

doston yaratdi. Bu doston 717 hijriy- 1369 yilda fors tilida yozilgan.  

  XV asrda yashagan Ashraf Marog’aviy ham o’z "Xamsa" si tarkibida Farhod, 

Shirin va Xusrav qissasidan bahs yurituvchi "Shirin va Xusrav" dostonini kiritgan. 



Alisher  Navoiyning  qayd  qilganidek,  Ashraf  ham  bu  mavzuga  o’zgacha  tarzda 

yondashgan ekan: 

   

Bu maydonga chu Ashraf surdi markab



   

Bu so’zni o’zga nav` etti murattab. 

  Ko’rinadiki, Alisher Navoiy mazkur mavzuga murojaat qilgunga qadar unga 

ko’pgina  mualliflar  turli  xilda  yondashib,  dostonlar  bitganlar.  Alisher  Navoiy 

bularning  ko’pidan  xabardor  edi.  U  o’zigacha  yozilgan  asarlardan  farq  qilguvchi 

yangi dostonni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganini shunday ifoda etgan: 

   

Burun jam` et nekim bo’lg’ay tavorix, 



   

Borida ista bu farxunda tarix. 

   

Topilg’ay shoyad andog’ bir necha ko’z, 



   

So’z aytur elg’a ul yon tushmagan so’z. 

   

Ani nazm etki tarhing toza bo’lg’ay, 



   

Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay. 

  Bu she`riy parchada qiziq bir ishora bor: Alisher Navoiy o’ziga murojaat qilib 

aytadiki,  sen  Farhod,  Shirin  va  Xusrav  mavzusiga  oid  barcha  tarixni  ko’zdan 

kechirib,  Nizomiy,  Xusrav  Dehlaviylar  dostonlarida  uchramaydigan  lavha, 

voqealarni topgil.  

“Farhod va Shirin” dostoni kompozitsiyasi va sujeti. 

Alisher Navoiy mavzuga doir ko’pgina tarixlarni ko’zdan kechirgan. Shunisi 

ham  borki,  bu  tarixlar  faqat  yozma  manbalardan  iboratmi  yoki  xalq    og’zaki 

ijodidagi shu mavzuga oid tarix - rivoyatlarni ham qamrab oladimi-yo’qmi, bu haqda 

aniq aytilmagan. Buni eslatishdan maqsad shuki, Farhod Shirin haqidagi qissa faqat 

yozma  manbalarda,  dostonlardagina  emas,  balki  xalq  og’zaki  ijodida  ham  X-XI 

asrlardan boshlab ko’zga tashlanadi. Ana shulardan biri Xorazmdagi mashhur Dev 

qal`a  yodgorligi bilan bog’liq rivoyatdir. Unda Farhod dev tarzida , ya`ni odamzod 

bajara olmaydigan ishlarni amalga oshiruvchi sifatida tasvirlanadi. Yoki, Sirdaryo 

vohasidagi  Farhod  tog’i  va  Shirin  suvi  bilan  bog’lanadigan  rivoyat  ham  ana  shu 

xildagi  qissalardandir.  Bu  qissa  -  rivoyatlardagi  ko’pgina  lavhalar-  Farhodning 

toshyo’narligi,  oddiy  insonlar  bajara  olmaydigan  ishlarni  bajara  olishi,  Shirin 




xohishi bilan suv arig’i qazilgani, Farhodning makkor kampir hiylasi bilan vafoti va 

boshqalar Alisher Navoiy dostonidagi voqealar bilan hamohangdir. Shunday bo’lsa-

da,  Alisher  Navoiy  bu  qissa-  rivoyatlardan  xabardor  edimi-yo’qmi  bu  haqda  aniq 

mulohaza yuritish qiyin. Har holda Alisher Navoiy o’z dostonini yozishdan oldin 

juda ko’p manbalarni ko’rib, ulardan ajralib turadigan go’zal dostonini yaratgan.  

  Darhaqiqat, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin"i undan oldin shu mavzuda 

yozilgan  dostonlardan,  xususan,  Nizomiy  va  Xusrav  Dehlaviy  talqinidagi 

dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu farq, eng avvalo, ustozlar tomonidan qalamga 

olingan  Farhod  obrazining  butun  bir  dostonning  bosh  qahramoni  sifatida  talqin 

qilinishida, Farhodni yaxlit bir ideal obraz- komil inson darajasida tasvirlanishida 

ko’zga  yaqqol  tashlanib  turadi.  Bu  jarayonda  Alisher  Navoiyning  dostonda 

Farhodning ishqu muhabbatdagi "so’zu dard"- kuyish va  dardlariga alohida e`tibor 

berganini o’qtirish lozim. Bu xaqda Alisher Navoiy shunday yozadi:  

   


 

Bo’lurdin dahr bo’stonida mavjud,  

   

 

Emasdur g’ayri so’z-u dard maqsud. 



   

 

Ki ishq ahlidin o’lg’ay dostoni,  



   

 

Muhabbat xaylidin qolgay nishone.  (MAT, 8-tom, 45-bet) 



  Demak, Farhod timsoli yaratilar ekan, garchi u Chin xoqoni o’g’li bo’lsa-da, 

ammo  unda  "ishq  ahli"ning  komil  insonning  barcha  fazilatlari  mujassam  etilgan. 

Ana  shu  jihatdan  Alisher  Navoiy  Farhodi  ustozlar  yaratgan  Farhodlardan 

mukammalligi bilan farq qiladi. Dostondagi boshqa    obrazlar   talqini  esa  ana shu 

asosiy g’oya yo’nalishiga bo’ysindirilgan.  

  Alisher  Navoiyning  "Farhod  va  Shirin"    dostoni  1484  yilda  an`anaga  ko’ra 

aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) vaznida yozilgan.  

  Doston  an`anaviy  hamd  va  na`tlar  bilan  boshlanib,  qalam  vasfi,  Nizomiy, 

Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy haqidagi boblardan so’ng dostonning yozilish 

sabablari va undan kuzatilgan  maqsad bayoni beriladi. Shundan so’ng Badiuzzamon 

mirzoga bag’ishlangan bob keladi. Bularning hammasi dostonning   muqaddimasi 

bo’lib, undan keyin Farhodning tug’ilishi, unga nom qo’yish bilan bog’liq hamda 

Farhodning vafotigacha bo’lgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Farhod vafot etgach, 



Sheruya  Xusravni  o’ldirib,  Shiringa  talabgor  bo’ladi.  Shirin  esa  Farhod  qabrida 

uning  yonida  vafot  etadi.  Bu  xabarni  eshitgan  Mehinbonu  ham  olamdan  o’tadi. 

huddi  shu  vaqtda  Chindan  Farhodni  yo’qlab,  Bahrom  keladi,  Farhod  vafotini 

eshitadi. Sheruyani yengib, Arman o’lkasida bir odil kishini podshoh qilib qo’yadi.  

  Dostonning voqeasi shu yerda tugaydi. Shundan so’ng yana ikki bob bor: biri 

-  Sulton  Husayn  Boyqaroning  o’g’li  Shohg’arib  mirzoga  bag’ishlangan  bo’lsa, 

ikkinchi va oxirgisi xotima - xulosa bo’lib, unda dostonning   yozilish tarixi (889 h. 

- 1484 m.)  ham bayon etilgan: 

   

Chu tarixi yilin onglay dedim tuz, 



   

Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz, -          (MAT, 8 - tom, 477 - bet) 

  Alisher  Navoiy  dostonining  bosh  qahramoni  Farhoddir.  Shoir  e`tiroficha,  u 

ham,  Xusrav  Dehlaviyda  bo’lganidek,  Farhodni  Chin  xoqonining  o’g’li  sifatida 

tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo’yish 

masalasiga  shoir  alohida  e`tibor  berib,  shu  nomni  talqin  qilishda,  Farhodning 

tug’ilishi - kelajakdagi komil insonning tug’ilishi sifatida sharhlaydi.  

  Birinchi sharh: 

   

Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand



   

Bo’lub ul hadya birla shodu xursand. 

   

Jamoli birla ko’nglin aylabon xush, 



   

Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash. 

   

Jamolidin ko’ringach, farri shohi, 



   

Bu fardin yorudi mah to ba mohi. 

   

Qo’yub  yuz himmatu iqbol-u davlat, 



   

Hamul far soyasidin topti ziynat. 

   

Bu javharlarg’a chun isnod topti



   

Murakkab aylagach Farhod topti.         (MAT, 8 - tom, 66-67 - betlar.) 

  Keltirilgan  misolning  uchinchi  va  to’rtinchi  baytlarida  Farhod  so’zining 

ma`nosi quyidagicha sharhlangan: 

  Ikkinchi sharh: 

   


Bu "far"ni "hodi"yi baxt etgach irshod, 


   

Ravon shohzoda otin qo’ydi Farhod.  (MAT, 8-tom, 67-bet.) 

  Bunda  shoir  "Farhod"  so’zini  ikki  qismga  -  "far  +  hod"  bo’lib  shunday 

sharhlaydi:  shohlik  shon-shukuhi  va  olijanob  fazilatlar  egasi  bo’lgan  shahzoda 

Farhod  -  baxt  tomon  "hodiy"lik-yo’lboshchilik  qiluvchi  shaxsdir,  ya`ni  Farhod 

baxtli bo’lishga intiluvchilar rohnamosidir. 

  Uchinchi sharh: 

   


Anga farzona Farhod ism qo’ydi, 

   


Hurufi ma`xazin besh qism qo’ydi. 

   


Firoqu rashku hajru oh ila dard, 

   


Biror harf ibtidodin aylabon fard. 

   


Borin ustodi ishq etgach murakkab, 

   


Tarakkubdin bu ism o’ldi murattab.   

(MAT, 8-tom, 67-bet) 

  Bunda  shoir  Farhod  so’zining  har  bir  harfi  "firoq",  "rashk",  "hajr",  "oh"  va 

"dard" so’zlarining birinchi harflaridan iboratligiga ishora qilib, bu bilan Farhodning 

"ishq" ahlidan ekaniga urg’u beradi. 

  Shunday qilib, "Farhod" so’ziga berilgan bu uch sharhga  diqqat qilinsa, unda 

shu  nomga  (Farhod)  ega  bo’lib,  Alisher  Navoiy  tasvirlagan  badiiy  obrazning 

mohiyati  ochiladi  hamda  butun  doston  davomida  u  ana  shunday  fazilatlari  bilan 

namoyon bo’ladi. 

Bu hol uning yoshligidan, maktabda o’qish jarayoni, ilm o’rganishidan ko’zga 

tashlanadi. Alisher Navoiyning yozishicha, yosh Farhod: 

   


Agar bir qatla ko’rdi har sabaqni, 

   


Yana ochmoq yo’q erdi ul varaqni… 

   


O’qub o’tmak, o’qub o’tmak shiori, 

   


Qolib yodida safha -safha bori…  (MAT, 8-tom, 70-71-betlar) 

  Shuning bilan bir qatorda Farhod: 

   

Demonkim, ko’ngli poku ham ko’zi pok, 



   

Tili poku so’zi poku o’zi pok,- bir  olijanob  inson  sifatida  ham 

shakllanib boradi. Bu bayt "Hayrat ul-abror"da oshiq haqida: 

   


Oshiq ani bilki erur dardnok, 


  Ham  tili,  ham  ko’zi-yu  ham  ko’ngli  pok,  -  deb  yozganlarining  Farhod 

misolida  amalga  oshganini,  ya`ni  umumlashma  fikrlarning  badiiy  obrazda 

mujassamlashganini ko’rsatadi. 

  Alisher  Navoiy  tasvirida  Shirin  Mehinbonu  tarbiyasidagi  malika.  U  har 

jihatdan: zohiriy , botiniy,  ma`naviy va  ma`rifiy jihatdan ham  go’zal va beqiyos. 

Shuning uchun shoir Shirin siymosi-portretini shunday bir mahorat bilan chizadiki, 

uni o’qigan kishining ko’zi o’ngida bu timsol butun borligi bilan namoyon bo’ladi. 

Bundan  tashqari  uning  ma`naviy-ma`rifiy  saviyasi  ham    ana  shunday  go’zal  va 

yuksak darajada. Shuning uchun uning atrofidagi o’n qiz - Dilorom, Diloro, Dil oso, 

Gulandom, Sumanbu, Sumanso, Parichehr, Parivash va Paripaykarlar ham Shiringa 

munosib bo’lib, biri she`riyat, biri musiqa, biri mantiq, biri hay`at, biri tarix, biri 

hisob, biri muammodonlikda tengi yo’q foziladirlar: 

   

Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan, 



   

Yuz ul fanliq aro har qaysi yak fan.   

(MAT, 8-tom, 272-bet) 

  Bunda  Alisher  Navoiy  Mehinbonu  saroyidagi  ajoyib  bir  ijodkorlik  va 

bilimdonlik  muhitini  tasvirlaydi.  Buning  sababini  esa  Mehinbonuning  o’zida 

ko’radi: 

   

Mehinbonu ki donishparvar erdi, 



   

Bilik ahlig’a shohi sarvar erdi.   

(MAT, 8-tom, 273-bet) 

  "Farhod  va  Shirin"dagi  bu  tasvir  Shirin  kabi  komil  insonlarni  etishtiruvchi 

komil  sharoitnи  ham  nazarda  tutadi.  Shunday  bo’lganda  faqat  erkaklargina  emas, 

balki ayollar ham o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqora 

oladilar.  Bu  esa  Alisher  Navoiyning  orzusi  va  asosiy  maqsadi  hamdir.  Shuning 

uchun Alisher Navoiy tasviridagi Shirin o’z taqdirini o’zi hal qiladigan erkin shaxs. 

Bu holat quyidagi  lavhada yaqqol ko’zga tashlanadi: Shirinning dovrug’ini eshitgan 

Xusrav  unga  sovchi  yuboradi.  Bu  haqda  Shiringa  aytganlarida,  u  shunday  javob 

beradi: 

   


Manga ne yoru ne oshiq havasdur

   


Agar men odam o’lsam ushbu basdur. 

   


Agar Bonu iloji bilsa, qilsun, 


   

O’zumni o’ltururmen, yo’qsa bilsun.  (MAT, 8-tom, 293-bet) 

  Dostonda  Mehinbonu,  Farhod  otasi  Xoqon,  Shopur,  Bahrom  va  shunga 

o’xshash  timsollar  ham  borki,  ular  asosiy  qahramonlarning  faoliyatini  qo’llab-

quvvatlaguvchi  ijobiy  timsollar  sifatida  tasvirlanadi.  Ana  shulardan  biri  bo’lgan 

Shopur haqida quyidagilar yozilgan: 

   

Hunar bobida ustodi zamona



   

Zamona ichra naqqoshi yagona. 

   

Varaqni kilki aylar chog’da tasvir, 



   

Bo’lub noyib manobi kilki taqdir. 

   

Ne surat yozg’ali topib chu dast ul, 



   

Jahonni aylabon suratparast ul… 

(MAT, 8-tom, 217,219-betlar) 

  Shunday qilib, Farhod Shopur timsolida o’ziga munosib do’stni ko’rib, umri 

oxirigacha u bilan birga bo’ldi. 

  Ammo  dostonda  Xusrav,  Sheruya  singari  salbiy  timsollar  ham  borki,  ular 

qattiq qoralanganlar. Buning sababi esa ularning xatti-harakat va qilmishlari ezgulik, 

osoyishtalik,  obodonlikka  qarshi  bo’lib,  insonlarni  komillikka  intilishlariga  g’ov 

bo’lganliklaridadir.  Farhod,  Shirin,  Mehinbonu  va  minglab  odamlarning  o’limiga 

sabab  bo’ladilar.  Oxirda  esa  Xusrav  o’z  o’g’li  Sheruya  tomonidan  o’ldiriladi, 

Sheruyani esa Farhodning do’sti Bahrom mag’lubiyatga uchratadi. 

Demak, Alisher Navoiy tasvirida zolimlik yengiladi, adolat tantana qiladi. 




Download 332,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish