uyg‘unligi.
2. Dostondagi tun ta’rifi bobining g‘oyaviy talqini.
3. Layli va Majnun –ishq mazhari. Majnun “munojotnomasi” sharhi.
4. Dostondagi “Ishq ta’rifi” bobining sharhi.
Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi uchinchi doston "Layli va Majnun"dir. Bu
doston 1484 yilda hazaji musaddas (maf`ulu mafoilun faulun) bahrida yozilgan.
Alisher Navoiygacha bo’lgan davrda hamda uning zamonasida "Layli va
Majnun" mavzusiga murojaat qilib, dostonlar yozgan shoirlar ko’p edi.
Aslida bu mavzu arab xalqi orasida maydonga kelib, keyinchalik islom
sivilizatsiyasi tarqalgan o’lkalarda eng mashhur qissalardan biri bo’lib qoldi.
Olimlarning tekshirishlari shundan dalolat beradiki, avvalida arablarning bani
Omir qabilasiga mansub qays va uning sevgisi haqidagi qissa maydonga kelib, bu
qissa ibn qutayba, al-Johiz, Abulfaraj kabi olimlarning "Kitobush-she`r va sh-
shuaro", "Kitob ul-og’oni" nomli asarlarida hamda umaviylar davridagi shoirlar
she`rlarida tilga olingan. Keyinchalik esa u islom madaniyati tarqalgan g’ayri arab
o’lkalarda to’laqonli badiiy asarlarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Ana shunday
shoirlardan mashhuri Nizomiy Ganjaviydir. Undan keyin Xusrav Dehlaviy, Ashraf,
Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliylar ham bu mavzuda go’zal asarlar
yozganlar. Alisher Navoiy o’zining "Layli va Majnun"ini yozayotganda eslatilgan
va boshqa asarlardan xabardor edi.
Alisher Navoiy o’zigacha yozilgan "Xamsa"larning fors tilida ekanligini
uqtirib, o’z "Xamsa"sini o’zbek tiliga yozishga kirishgani. Demakki, "Xamsa"
tarkibiga kiruvchi "Layli va Majnun" haqidagi qissani ham o’zbek tilida yozgani.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim shuhrati chun jahonga to’lg’ay,
Turk elig’a dog’i bahra bo’lg’ay.
(MAT, 9-tom, 311-bet.)
Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonida shu mavzuda o’zigacha yozilgan
asarlarga, bir tomondan, o’xshaydigan (mavzu, voqea, timsollar), ikkinchi tomondan
va eng muhimi, o’xshamaydigan (voqea, timollar talqinida) asar yaratish borasida
ko’p o’ylagani va, nihoyat, bu masalaning yechimini topgani haqida shunday
yozadi:
Kim, Ganjada ganjlar yoshurg’on,
Har ganjigakim yasadi qo’rg’on.
Yo hindnajodi hinduvizod-
Kim, qasrlarini qildi obod.
Har qal`a
uchun kerakdurur shahr,
Ham qasrg’a bog’u sabzadin bahr.
Bo’lsa manga fursat ul qadar chog’
Kim , shahr ila tarh solibon bog’.
Bog’ini riyozi xurram etsam,
Shahrini savodi a`zam etsam.
(MAT, 9-tom, 34-bet)
Bunday mulohazaning bayon etilishiga sabab shuki, bu doston haqida juda
ko’p olimlar fikr yuritdilar, uni har bir davr talabi asosida tahlil qilishga urindilar.
Ammo ular Alisher Navoiy e`tiroflaridan kelib chiqib bu asarga yondashmasdan,
balki o’z tushuncha va maqsadlari asosida ish tutdilar.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, umuman merosga, jumladan Alisher
Navoiyning "Layli va Majnun"iga ham istiqlol g’oyasi talablari asosida yondashish,
uni tahlil qilishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda. Masalan, adabiyotshunos
Najmiddin Komilovning "Tasavvuf" deb nomlangan birinchi kitobining (Toshkent,
"yozuvchi", 1996) "Ishq otashining samandari" bobi Alisher Navoiy "Layli va
Majnun"iga bag’ishlangan. Unda dostondagi ishqni "ishqi haqiqiy" tarzida
tushinishgа moyillik ko’proqdir. T.G’afurjonova esa "Layli va Majnun" nashri
so’ngidagi izohlarda (MAT, 9-tom, 318-bet) dostonda "tasavvufga doir talqinlar
bo’lsa-da,… majoziy ishq qismati, ijtimoiy adolatsizlik tasviri… hayotiy
tasvirlangan" tarzida mulohaza yuritadi. Aslini olganda ikki muallif ham haq.
Chunki Alisher Navoiy dostonning eslatganimiz "Ishq ta`rifi" bobida haqiqiy va
majoziy ishqlar haqida ham so’z yuritib, Majnun majoziy ishqga erishgan va
haqiqiysidan ham bahramand bo’lgan timsol ekanligini qayd etadi
Demak, Majnun obrazi talqinida Alisher Navoiy e`tirofidan kelib chiqib
shug’ullansa, masala ancha oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: