Tayanch-harakat apparatining tuzilishi, fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va gigienasi
Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch bo‘lib, ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat sistemasi yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-harakat vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg‘unlashgan faoliyati markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Skelet organizmda bir necha vazifani bajardi.
1. Tayanch vazifasi yumshoq to‘qima va a’zolar suyaklarning o‘simta, g‘adir-budur do‘mboqchalariga birikadi.
2. Harakat funktsiyasi – suyaklar bir-biri bilan xar-xil richaglar xosil qilib, bo‘g‘in orqali birikadi nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi.
3. Himoya funktsiyasi-ayrim suyaklardan suyak kanali vujudga keladi. Masalan umurtqa pog‘onasi orqa miyani, kalla qutisi bosh miyani, ko‘krak qafasi yurak va o‘pkani, chanoq suyagi jinsiy a’zolarni tashqi ta’sirdan himoya qiladi.
4. Yaratuvchanlik funktsiyasi – suyaklarning ko‘mik qismidan qonning shakli elementlari ishlab chiqariladi.
5. Ortiqcha mineral tuzlar deposi ham hisoblanadi
Suyaklarning tuzilishi va tarkibi. Odam tanasidagi barcha suyaklar birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko‘mik qismida qonnning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam tanasida jami 206 ta suyak bo‘lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan tashkil topgan. Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana vazning 18 %, ayollarda 17 % , Yangi tug‘ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil etadi.
Suyak hujayralari uzoq davom etadigan jarayonlar(protses) orqali bir-biri bilan bog‘langan. Ular hamma tomondan tarkibi va joylashishi noodatiy bo‘lgan suyak atrofidagi(hujayralararo matriks) moddalar bilan o‘ralgan. Hujayralararo matriks kollagen tolalarga juda boy, ular organik tuzlar (kalsiy tuzlari, ayniqsa kalsiy fosat va kalsiy karbonat) bilan boyitilgan bo‘ladi. Bular suv (20-25%), organic moddalar (25-30%) va anorganik moddalar (50%). Minerallar kristallar shaklida to‘planadi va suyakka o‘ziga xos fiziologik qattiqlik beradi. U intensive metabolitik jarayonlarni osonlashtiradigan o‘ziga xos qon-tomir tizimiga ega bo‘lib, bu suyaklarga biologik o‘zgaruvchanlik xususiyatini beradi. Bukilmaydigan juda qattiq suyak materiallari yashovchan bo‘lib, tanada stress kechayotgan paytdagi o‘zgarishlarga osonlik bilan moslasha oladi. Anorganik va organic moddalar aralashib ketgan va ularni faqatgina mikroskopik tekshiruvlar natijasida farqlash mumkin. A gar suyak kuydirilsa, faqatgina anorganik mineral skeletonlar qoladi va suyak mo‘rt bo‘lib qoladi. Agar suyak kislotaga botirilsa, unda faqatgina organik moddalar qoladi va suyak rezinadek egiluvchan bo‘lib qoladi.
Har bir suyak suyak to‘qimasi, suyak usti pardasi va suyak miyasidan tuzilgan bo‘lib, qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari bilan ta'minlangan. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda yoki suyak usti pardasi bilan qo‘langan. Bu parda biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, unda qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bo‘ladi. Bu parda suyakni oziq modda bilan ta'minlashda, singanda, yorilganda jarohatning bitishida katta rol o‘ynaydi.
Suyak tarkibida 60 % mineral moddalar 30 % organik moddalar, 10 % suv bo‘ladi. Organik moddalardan oqsillar, uglevodlar, fermentlar bo‘ladi. Meniral moddalar suyaklarga qattiqroq, organik moddalar qayishqoqlik beradi. Bola tug‘ilganida yoki yosh bolalarda suyak to‘qimasida ko‘proq organik moddalar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning suyaklari nisbatan qayishqoq va elastik bo‘ladi. Masalan: bolalarnnig noto‘g‘ri harakat qilishi yoki o‘tirishi, yotqizish oqibatida ayrim qismlari qiyshayib qolishi mumkin.
Suyaklarning o‘sishi va rivojlanishi. Ona qornidagi hayot davrida suyaklar tog‘ay to‘qimasidan hosil bo‘ladi. Tog‘ay to‘qimasining suyak to‘qimasiga aylanishi asta-sekin, 7-8 haftaligidan boshlanadi. Tug‘ilish vaqtiga kelib suyaklarda hali tog‘ay qismlar ko‘p bo‘ladi. Uzun naysimon suyaklarning uchi uzoq vaqtgacha tog‘ayligicha qoladi va ko‘pgina suyaklarda suyaklanishning ayrim markazlari o‘rtasida tog‘aydan iborat qismlar bo‘ladi. Ichki sekresiya bezlari funksiyasi pasayganda, vitaminlar va ayniqsa D vitamin yetishmaganda suyaklanish kechiqadi va qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari qobig‘ining funksiyasi oshganda tezlashadi.
Yangi tug‘ilgan bolaning naysimon suyaklarida qon tomirlarga boy qizil ko‘mik bo‘lib, unda qon hosil bo‘ladi. Olti oylikdan boshlab yog‘ to‘qimasiga aylana boshlaydi. 12-13 yoshlarga kelib bu almashinish deyarli tugallanadi.
Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi o‘rtacha 50 sm bo‘ladi. Bir yoshgacha u har oyda 2 sm dan o‘sib boradi. Birinchi yil oxiriga kelib bo‘yi 74-75 sm gacha yetadi. Undan keyin har yili uning o‘sishi 5-7 sm ni tashkil qiladi. Bolalikning ayrim davrlarida bo‘yga o‘sish tezlashadi. Suyaklarning o‘sishi murakkab jarayon bo‘lib, bunda suyak moddalarini sintezlovchi hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvchi hujayralar (osteoklastlar) baravariga ishtirok etadi. Bolalar suyagida osteoblastlar ko‘p bo‘lib, ular o‘sishning tezlashishini ta'minlaydi. Jismoniy mashqlar va mehnat suyaklarning rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
Suyakning ximiyaviy tarkibi. Suyak organik va anorganik moddalardan tuzilgan. Anorganik moddalarga: kaltsiy, fosfor, magniyli va boshqa mineral tuzlar kiradi. Suyak anorganik moddasining 95%ni kaltsiyli tuzlar tashkil qiladi. Suyak tarkibida ossein va osseomukoid degan organik modda bo‘lib, ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan va yog‘sizlantirilgan suyaklarning 70%ni mineral tuzlar, 30%ni organik moddalar tashkil qiladi. Organik va anorganik moddalar aralashmasi suyakning pishiqligini ta’minlaydi. Suyakning pishiqligi misning qattiqligiga yaqin. Masalan, ko‘ndalang qo‘yilgan son suyagi 1200 kg, tik boldir suyagi 1650 kg yuk ko‘taradi. Suyak tarkibida ximiyaviy moddalar borligini kuzatish uchun ingichka suyak 10–15% li sulfat kislotaga tushirilsa, tuzlar erib ketib, organik qism qoladi. Bunday suyak rezina kabi elastik bo‘lib qoladi. Agar suyak kuydirilsa, organik moddasi yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak mo‘rt bo‘ladi. Yosh organizmning suyaklarida organik moddalar ko‘p bo‘ladi, yosh oshgan sari anorganik moddalar ortib, organik moddalar kamayib boradi.
Skeletda xilma-xil funktsiya bajaradigan: uzun naysimon suyaklar, kalta suyaklar, yassi suyaklar va aralash suyaklar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |