Tayanch-harakat apparatining tuzilishi, fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va gigienasi



Download 419 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi419 Kb.
#251916
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch-harakat apparatining tuzilishi, fiziologiyasi, yosh xusus

Tayanch-harakatlanish apparatinyng yoshga xos xususiyatlari

Tayanch-harakatlanish apparatiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skelet va muskullar tayanch-hara-katlanish va himoya funksiyalarini o‘taydi. Skeletda-gi suyaklar orqa miya, bosh miya, yurak, o‘pka va boshqa organlarni turli ta’sirdan himoya qiladi. Organizm-dagi suyaklarni qo‘lab turgan skelet muskullari aktiv harakat a’zosi bo‘lib, muskullar qisqarganda bo‘-g‘imlarda harakat vujudga keladi.



Suyak sistemasi. Skeletdagi ba’zi suyaklar (miya qutisi, yuz suyakla-ri, qisman o‘mrov suyagi va boshqalar) bevosita birik-tiruvchi to‘qimadan rivojlanadi. Bunday rivojla-nishda biriktiruvchi to‘qima hujayralariga ohak tuzlari so‘rilib, suyak hujayralari vujudga keladi.

Skeletdagi suyaklarning ko‘pchiligi tog‘ay to‘qima-sining suyak to‘qimasiga aylana borishi bilan rivojlanadi va tog‘ay to‘qimasining ichida suyaklanish nuq-talari vujudga keladi. Birinchi suyaklanish nuqtalari embrion rivojlanishining 7–8- haftalarida vujudga kela boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bola skeletida ko‘pchilik suyaklanish nuqtalari vujudga kelgan bo‘la-di, skeletda tog‘ay qismlari ko‘p bo‘ladi. Hayot mobay-nida suyaklar o‘sib rivojlana boradi.

Har bir suyakning ustini suyak usti pardasi qo‘lab turadi, bu parda bolalarda juda pishiq bo‘ladi, xatto suyak sipganda ham yirtilmaydi. Suyak usti pardasi ko‘p mikdordagi qon tomirlar, nervlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular suyak usti pardasi orqali suyakning ichki qismiga o‘tadi. Suyak shikastlanganda yoki kasallanganda suyak usti pardasi hujayralari hisobiga suyak asli holiga keladi. Suyak usti pardasiga bog‘lamlar va muskullar birikadi. Bu parda tagida suyakning zich qavati bo‘lib, uning tagida g‘ovak qavat joylashgan. Uzun suyaklarning ichki qismida suyakning bo‘yi barobar bo‘shliq, ichki qismida ham bo‘shliq bo‘-ladi. Yangi tug‘ilgan va go‘dak bolalar uzun naysimon suyaklarining bo‘shliq qismida qizil ilik bo‘lib, o‘sish jarayonida uning o‘rniga sariq ilik hosil bo‘la-di. Naysimon suyaklarning ikki uchida, ba’zan yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil ilik saqlanadi.

Suyaklar shakli va tuzilishiga ko‘ra, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga bo‘linadi.

Naysimon suyaklar qo‘l-oyoq skeleti tarkibiga kiradi. Ular orasida uzunlari (elka, bilak, tirsak, son, boldir, barmoq. suyaklari) bo‘ladi. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) farq qilinadi. Yassi suyaklarning shakli har xil bo‘ladi. Ularga kallaning qo‘lovchi suyaklari, ku-rak va chanoq suyaklari kiradi. Aralash suyaklar turli shaklda. Suyaklar yuzasida notekisliklar, do‘mboq, teshiklar va egatlar bo‘ladi. Ularga muskullar, naylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi.

Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalar bo‘ladi. Suyakning organik moddasiga ossein deyilib, u suyak vaznining 1/3 qismini tashkil etadi, qolgan 2/3 qismi anorganik moddalardan iborat. Yosh kattalashgan sari suyaklar tarkibidagi anorganik moddalar miqdo-ri ortib boradi. Shuning uchun keksalarning suyagi mo‘rt bo‘ladi. Kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbati ham o‘zgaradi. Qichik maktab yoshidagi bolalar suyagi tarkibida ko‘proq kalniy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagi tarkibida fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi.

Suyaklarning tuzilishi va ximiyaviy tarkibi o‘zgarishi bilan ularning fizik xossalari ham o‘zgaradi. Bolalarning suyagi, tog‘aylari mayin, qayishqoq bo‘ladi. 7 yoshda naysimon suyaklarning tuzilishi katta odamlarni-kiga o‘xshash bo‘ladi, l-yekin 10-12 yoshlarda suyakning g‘ovak moddasi jadal o‘zgaradi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, suyak ust pardasi suyakning zich qavatiga shuncha yopishadi, 7 yoshda suyak ust pardasi zich qavatdan ajralib turadi. 7 dan 10 yoshgacha naysimon suyaklarning ilik qismi o‘sishi sekinlashadi, 11-12 yoshdan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to‘la shakllanib bo‘ladi.

Ko‘pgina suyaklar bilvosita chiziqli tog‘aylar hisobiga hosil bo‘lib boradi. Faqatgina ba’zi suyaklar masalan bosh suyagi,o‘mrov suyagi suyakusti pardasi hisobiga suyaklanadi. Biroq uzun suyaklar endesmal yo‘l bilan suyaklanishi mumkin, keyinchalik esa tog‘aylik chiziqlari paydo bo‘lib,perixondral suyaklanib ketadi. Suyaklarning ichki qismida suyak to‘qimasi dastlab tog‘au hosil qiladi,bular tog‘ayning so‘rilib ketishini ta’minlaydigan hujayralar-xondroklastlar deyiladi. Buning natijasida “xondral suyaklanish” kelib chiqadi. Buning natijasida xondral suyaklanish kelib chiqadi. Suyakning tanasi-diafizi va 2ta uchi-epifiz bilan to‘qnashganda, epifizial disk rivojlanadi, undan keyin esa organizm o‘sishdan to‘xtatadigan togay hujayralari hosil boladi. Epifizal diskni agar suyak Ca miqdori ta’sirida kam ohaklangan bo‘lsa, rentgen nurlari ostida tekshirilganda ko‘rsa bo‘ladi. Suyak shakllanishida suyaklanish markazlari tug‘ilishdan keyin ma’lum vaqtdan so‘ng shakllanadi. Mahsus suyaklanish markazlari suyak do‘mboqchalarini shakllantiradi, bu do‘mboqchalarga muskulning boshi kelib birikadi. Bu do‘mboqchalar-opofizlar deb ataladi.




Download 419 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish