Hayvonlar isteʼmol qilgan ozuqalar va mineral qoʻshimchalar tarkibidagi mineral tuzlar oshqozonichak tizimidan qonga suvda erigan holda soʻriladi



Download 9,41 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi9,41 Kb.
#388685
Bog'liq
Hayvonlar isteʼ-WPS Office


Hayvonlar isteʼmol qilgan ozuqalar va mineral qoʻshimchalar tarkibidagi mineral tuzlar oshqozonichak tizimidan qonga suvda erigan holda soʻriladi. Ular organizmda, garchan energiya bermasada, juda muhim funksiyalarni bajaradi. Ortiqcha isteʼmol qilingan baʼzi mineral moddalar toʻqima va hujayralarda zaxira holida saqlanadi. Mac, kalsiy va fosfor tuzlari suyaklarda, natriy va xlor terida, temir jigarda zaxira holida toʻplanadi. Mineral elementlar toʻqima, hujayra, fer-mentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kirib, organizmda roʻy beradigan modda almashinuvi jarayonini boshqarishda qatnashadilar. Organizmda uchraydigan erkin tuzlarning ionlari qonning osmotik bosimini meʼyorida saqlab turishda, ishqoriy va kislotali muhit muvozanatini saklashda ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nerv sistemasining faoliyati, qon ivishi jarayoni, yurak muskullarining ritmik ishlashi, soʻrilish, gaz almashinuv jarayoni, sekretsiya va chikaruv organlarining meʼyordagi faoliyatida ham mineral moddalarning hissasi kattadir. Hayvonlar toʻqimalari yoqilganda hosil boʻlgan kulning 99,6% ni makroelementlar, 0,4%ni mikroelementlar tashkil qiladi. Organizmdagi barcha mineral moddalarning 65— 70% kalsiy va fosfordan iborat.

Kalsiy hayvonlar tanasida gʻoyat koʻp. Uning 99% suyak, tish va shoxlar tarkibida uchraydi. Bu element suyak tizimining takomillashuvida, laktatsiyaning bir meʼyorda kechuvida, qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi. Ratsionda qisqa vaqt mobaynida kalsiy yetishmasa organizm zaxiradagi kalsiyni ishlatadi. Agar bu yetishmovchilik uzoq vaqt davom etea yosh mollarda raxit, katta yoshli mollarda esa suyaklarning kalsiysizlashuvidan osteomelyasiya kasalligi paydo boʻladi. Yangi tuqqan sigirlar qon zardobida kalsiyning kamayishi ayrim hollarda tugʻruq sholi kasalligiga sabab boʻladi. Raxit va osteomelyasiya kasalligi ratsionda fosfor yoki D vitaminining yetishmasligidan ham kelib chiqishi mumkin.

Fosfor hayvonlar uchun zarurligi boʻyicha kalsiydan keyingi oʻrinda turadi va u kalsiy bilan birgalikda suyakning tarkibiga kiradi. Fosfor fosfoproteinlar, fosfolipidlar, nuklein kislotalari tarkibida uchrab, organizmda kechadigan muhim biologik jarayonlarda — geksafosfatlar, ADF, ATF sintezida qatnashadi. Fosfor yetishmaganda hayvonlarda ayrim kasalliklar roʻy beradi. Bu holat surunkali boʻlsa hayvonlarda boʻgʻinlarning bukilmay qolishi, mushaklar zaiflashishi yuz beradi. Fosforning kon zardobidagi konsentratsiyasi qoramollarda 4–12 mg % boʻladi. Organizmda kalsiyning fosforga boʻlgan nisbati ham katta ahamiyatga ega boʻlib, u 2:1 dan 1,2:1 gacha boʻlishi mumkin. Kaliy va natriy nerv sistemasi, yurak va qon tomirlarining meʼyorida ishlashini, kaliy ionlari esa eritrotsitlar ichidagi rN muvozanatini taʼminlaydi.

Temir va mis eritrotsitlar va boshqa hujayralar (gemoglobin sitroxrom oqsili) tarkibida uchrab, kon orkali toʻqima va hujayralarni O2 bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Yod qalqonsimon bezining tiroksin gormoni tarkibiga, oltingugurt va rux meʼda bezi gormon i tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, rux barcha toʻqimalar tarkibiga kirib, yosh mollarning oʻsishi va jinsiy bezlarning meʼyorida faoliyati uchun juda zarur. Kobalt barcha toʻqima va organlar tarkibiga kiradi va, ayniqsa, ichki sekretsiya bezlari tarkibida kup uchrab, modda almashinuvi jarayonini boshqarishda faol qatnashadi. Ozuqada kobaltning yetishmasligi kavsh qaytaruvchi hayvonlar meʼda oldi boʻlimlarida V12 vitaminining sintezlanishini pasaytiradi. Marganets organizmda juda kam uchraydi, lekin u jigar, buyrak, suyak, oshqozon osti bezi va gipofiz tarkibiga kiradi. Bu element oqsil, yogʻ va uglevodlarni parchalaydigan fermentlarning faollashuvida ishtirok etadi.



Hayvonlarning mineral moddalar bilan yetarli miqdorda taʼminlanganligini tekshirish uchun balans tajribalari oʻtkaziladi. Bunda isteʼmol qilingan ozuqa va ichimlik suvi tarkibidagi mineral moddalar miqdori bilan tezak, siydik va sut orqali tashqariga ajratilgan mineral tuzlar miqdori solishtiriladi. Qisman mineral moddalar jun, teri epidermasi va ter bilan ham ajratiladi. Koʻpincha ratsiondagi kalsiyning fosforga va kaliyning natriyga boʻlgan nisbati nazorat qilinadi. Mineral moddalar balansi manfiy boʻlsa, hayvonlar mineral moddalar yetishmasligidan turli kasalliklarga chalinishi mumkin. Hayvonlarda organizmdagi mineral moddalarning yetishmasligi mineral ozuqalar berish yoʻli bilan qoplanadi.


Download 9,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish