Tarix-7 2017.(Uzb). indd



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/147
Sana26.05.2023
Hajmi3,17 Mb.
#944308
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
jahon tarixi 7 uzb-yangi
22 maktab (1) 013347, INNOVATSION IQTISODIYOT,2019, «Суламифь» за 8 минут. Краткое содержание повести Куприна, Application L for University of Reading, 2 5440444436871913323, ырфофкф, 163271711410850187, 1-mavzu. Matrisa va ular ustida amallar, f968b32cf2e5b3d62eeffb60d9e0d269 (3), OMONOV BEG‘AMBEK XOJIAKBAR O‘G‘LI QAYD VARAQA (1), Majmua-biotexnologiya, 2 5393553689036200623, Application L for University of York, 1666763534, Mavzu Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar y


T. O‘. Salimov, 
F. E. Sultonov
JAHON TARIXI
(milodiy V asr oxiridan — XV asr oxirigacha)
Qayta ishlangan va to ‘ldirilgan 3-nashri
O ‘zbekiston Respublikasi Xalq t a ’limi
vazirligi um um iy o ‘rta t a ’lim maktablarining
7-sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent — 2017


M a s ’ul mu h a r r i r :
F. S. Hasanov 
— tarix fanlari nomzodi.
Q. K. Rajabov
R. R. Nazarov
A. T. Zamonov
Sh. Safarova
U. Haydarov
Z. Jumanova
T a q r i z c h i l a r :
tarix fanlari doktori, professor;
falsafa fanlari nomzodi;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi metodik markaz bo‘lim
boshlig‘i;
RTM bosh metodisti;
Buxoro viloyati Buxoro tumani 13-IDUM
internati oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi;
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi
162-maktab tarix fani o‘qituvchisi.
Shartli belgilar:
Щ >
 
Eslang va yodda tuting!
[
9
!
Bularni takrorlab boring!
Г w
О У lab ко ‘rib, xulosa chiqaring.
Mustaqii ish.
? !
Savol va topshiriqlar.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
© Salimov T. O‘. va boshqa., 2009, 2017.
ISBN 978-9943-07-501-6 
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2009, 2017.


3
MUALLIFLARDAN
Aziz o ‘quvchilar!
Siz 6-sinfda «Jahon tarixi»ning qadimgi davrini o ‘rgan- 
dingiz. Qadimgi davrda odam lar qanday yashagani, Q a­
dimgi Sharq, Y unoniston va R im davlatlarining ravnaqi 
va inqirozlari haqida bilib oldingiz.
7-sinfda esa o ‘rta asrlar davri tarixini o ‘qib-o‘rganasiz. 
Bu davr ja h o n tarixining m ilodiy V asr oxiridan — XV 
asrning oxirigacha b o ‘lgan davrini, y a’ni qadimgi zam on 
bilan yangi zam on o ‘rtasidagi 10 asrni qamraydi.
Italiyalik m a’rifatparvar olim lar insoniyat tarixini «qa­
dim gi tarix», «o‘rta tarix» va «yangi tarix»larga b o ‘lib 
o ‘rganishni taklif etishgan. «O‘rta tarix» deganda, avvalo, 
o ‘rta asrlar tarixi tushuniladi.
O ‘rta asrlar tarixini o ‘rganish davomida turli xalqlarning 
kundalik hayoti, xo ‘jalik faoliyatlari, iqtisodiy va siyosiy 
taraq q iy o tin i kuzatasiz va bizgacha saqlanib kelayotgan 
m ashhur m e ’m orchilik obidalari: saroy, m adrasa, masjid 
va ibodatxonalar haqida tasavvurga ega b o ‘lasiz; Vatanimiz 
va jahonning m ashhur olimlari faoliyati bilan tanishasiz.
Darslik ikki b o ‘lim va boblarga, har bir bob esa mav- 
zularga b o ‘lingan. B erilgan m a ’lum otlarning o ‘zlashtiri- 
lishini yengillashtirish m aqsadida har bir mavzu so‘ngida 
nazorat savollari va topshiriqlar berilgan. U larning aksari- 
yati mustaqil fikrlash, m antiqiy xulosalar chiqarish singari 
qobiliyatlaringizni o ‘stirishga yordam beradi. Topshiriqlar 
n azariy b ilim va am aliy m a la k a la rn i o sh irib b o rish g a 
y o ‘naltirilgan. Bular orasida soddalari bilan birga, Sizdan 
diqqat va fikr-m ulohaza talab qiladigan m urakkabroqlari 
ham bor. Darslikdagi tu sh u n ch a va sanalar bilan birga, 
zarur paytlarda lug‘at, xronologik jadval, xarita va boshqa 
yordam chi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
U shbu darslikni yaratishda so ‘nggi yillarda n ash r qi- 
lingan adabiyotlardan foydalanildi. Darslik rangli rasmlar, 
chizm alar, atam alar izohlari, sinf va uy vazifalari bilan 
to ‘ldirilgan.


4
KIRISH
M a’lumki, o ‘rta asrlar tarixi qadimgi va yangi zam on 
o ‘rtasida o ‘tgan b u tu n boshli o ‘n asrni, y a’ni m ilodiy V 
asrning so ‘nggi qism idan to XV asrning so ‘ngiga qadar 
davom etgan ju d a ulkan va qiziqarli davrni qamrab ola- 
di. U nda feodal jam iyatning qanday vujudga kelgani, qay 
tariq a rivoj to p g an i, xalq om m asi qanday yashagani va 
m eh n at qilgani, u lar o ‘z ozodliklari u c h u n olib borgan 
urushlarda o‘z mustaqilliklarini qanday himoya qilganliklari 
haqida hikoya qilinadi.
O ‘rta asrlar jamiyati haqida. O ‘rta asrlar kishilik jam i- 
yati Y evropada feodal, O siyoda esa yer egaligi jam iyati 
deb ataladi.
«Feodal» atam asi lo tin c h a «feod» so ‘z id a n olingan. 
M a’lum xizmat evaziga qirol tom onidan berilgan va meros 
b o ‘lib qoladigan yer-mulkka feod deyilgan. Feod egasi esa 
feodal deb aytilgan. Feodal jamiyati yer egaligiga asoslan- 
gan jamiyatdir.
Y evropada yer-m ulk egasi feodal deb atalgan. Feodal 
o ‘z yenning bir qismini dehqonlarga chek yer qilib b o ‘lib 
bergan. Buning evaziga dehqonlar feodalning yerlarini ish- 
lab berganlar. D ehqonlar o ‘zlariga berilgan chek yerlarida 
yetishtirgan hosildan m a’lum qismini feodalga soliq sifatida 
to ‘laganlar.
F eodal davri turli xalqlarda turlicha vaqtlarda tashkil 
topgan. Masalan, G ‘arbiy Yevropada V asr oxirlarida zaif- 
lashgan G ‘arbiy R im imperiyasi 476-yilda «varvarlar»ning 
q aq sh atq ich zarb asid an q u laganidan so ‘ng feodal davri 
vujudga kelgan.
Turli m am lakatlarda feodal davri hukm surgan davrlar 
ham turlicha b o ‘lgan.
Osiyoda yer egaligi jamiyati. Osiyoda (xususan, Vatani- 
miz hududida ham ) yer egaligi Yevropadagidan farq qil- 
gan. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblan- 
gan. Y er m aydonlarining m a ’lum qism i bevosita davlat


5
m ulki b o ‘lgan. D avlat hukm dorlari va k atta yer egalari 
yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga b o ‘lib bergan- 
lar. Ijarachilar o ‘sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab 
qo ‘yilgan m a’lum bir qismini yer egalariga topshirganlar. 
Osiyoda Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish 
majburiyati b o ‘lmagan.
Yevropada yog‘ingarchilik ko‘p b o ‘lganligi uchun deh- 
q o n c h ilik rivojlangan. O siyoda esa b u n d a y im k o n iy a t 
b o ‘lm agan, yog‘in g arch ilik tanqisligi sababli yerlarning 
n am lik m iq d o ri a n ch a p ast b o ‘lgan. B unday sh aro itd a 
sun’iy sug‘orishga ehtiyoj tug‘ilgani tabiiy.
Shu boisdan ham Osiyoda yer egalari u ch u n yerlari- 
ning 
hamm asini dehqonlarga ijaraga b o ‘lib berish foydali 
b o ‘lgan. N egaki bu bilan sug‘orish inshootlarini doim iy 
tozalab turish majburiyati ham dehqonlar zimmasiga yuk- 
langan.
Osiyo va Afrika m am lakatlarida o ‘tro q dehqon ham - 
da ko ‘chm anchi qabilalar, xalqlar orasidagi m unosabatlar 
m uhim o ‘rin tutgan. Sababi, ushbu m am lakatlarda ko‘ch- 
m an ch i ch o rv ach ilik x o ‘jaligi asrlar davom ida saqlanib 
kelgan. Agar dehqonlar bilan chorvadorlar o ‘rtasida ayir- 
boshlash b o ‘lsa, jam iyat yuksalgan.
Lekin k o ‘chm anchilar bosqini va talonchiliklari sun’iy 
sug‘orish inshootlarining vayron etilishi, k o ‘plab aholin- 
ing qirilishi va asirlikka olib ketilishi bilan tugagan. Xu- 
susan, k o ‘p oylik q am aldan so ‘ng U rg an ch n i egallagan 
m o ‘g ‘ullarning h ar b ir askariga 24 n afardan asir t o ‘g ‘ri 
kelgan.
O ‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. O ‘rta asrlar tarixi 
ikki yirik davrga b o ‘linadi:
1. Milodiy V asr oxiridan — XI asr o ‘rtalariga qadar:
• yangi feodal jam iyatga o ‘tish;
• yer egaligi yangi turlari (yirik yer egalari — feodallar, 
qaram dehqonlar toifalari)ning shakllanishi;
• G ‘arbiy Y evropada yangi diniy ta ’lim ot — xristianlik- 
ning keng tarqalishi;
• Sharqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi;
• yirik feodal davlatlarning paydo b o ‘lishi.


6
2. XI asrning o ‘rtalaridan — XV asr oxiriga qadar:
• yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi;
• o ‘z - o ‘zini t a ’m inlovchi — n atu ral x o ‘jalik d an , bozor 
uchun m ahsulot yetishtiruvchi xo‘jalikka o ‘tilishi;
• o ‘rta asrlarda shaharlarning va hunarm andchilik sexlari- 
ning taraqqiyoti;
• savdoning yuksalishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va 
birjalar;
• Yevropa shaharlarining senyorlar hukm ronligidan ozod 
b o ‘lish uchun kurashi;
• erkin shaharlar, shahar, respublikalar va yirik m arkaz- 
lashgan davlatlarning shakllanishi;
• markaziy hokimiyat obro‘-e ’tiborining o ‘sib borishi;
• toifaviy hokimiyat organlari (parlament, G eneral shtat- 
lar)ning shakllanishi;
• xristian cherkovi va salib yurishlari;
• Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixi;
• dunyo xalqlarining ilm -fani va madaniyati.
O ‘rta asrlar tarixi manbalari. O ‘rta asrlar tarixiga oid 
m anbalar ikki asosiy turga b o ‘linadi:
1. Yozma manbalar:
• tarixiy yilnomalar;
• soliq, jarim a, sud, oldi-sotdi, qarz majburiyatlari bilan 
bog‘liq rasmiy hujjatlar;
• im p erato r, qirol va su lto n larn in g farm o n lari, farm o- 
yishlari.
• O‘rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblar xattotlar 
tom onidan bitilgan. XI asrda Xitoyda, XV asr o ‘rtala- 
rida Yevropada kitob bosish dastgohlarining yaratilishi 
natijasida yozm a m anbalar soni keskin ko‘payadi.
2. M oddiy manbalar:
• badiiy-tasviriy asarlar: haykallar, suratlar, amaliy san’at 
namunalari;
• tarixiy muzeylardagi m ehnat va jang qurollari;
• turli tanga-chaqalar;
• kiyim -kechak va taqinchoqlar;
• uy-joylar va jihozlar;
• saroylar, qasrlar, ibodatxonalar.


7

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti