www.arxiv.uz
SUDRALIB YURUVCHILARNING KELIB CHIQISHI VA AHAMIYATI
1-rasm. Turli sudralib yuruvchilar sinfi vakillari;
1-xitoy alligatori, 2-botqoqlik toshbaqasi, 3-ilon bo`yinli toshbaqa, 4-tirik tug`ar kaltakеsak, 5-yashil kaltakеsak, 6-zahartish, 7-uzun oyoq sink, 8-mеdyanka, 9-suv ilon, 10-kulvor ilon, 11-o`rti Osiyo kobrasi, 12-anakonda.
3.Skeleti (gavda, bosh, oyoq skeleti).
Skeleti deyarli to`liq suyakdan tashkil topgan bo`lib, umurtqa pog`onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletiga bo`linadi. Umurtqa pog`onasi bo`yin, ko`krak-bel, dumg`aza va dum qismlariga bo`linadi. Umurtqalilarning tanasi oldingi tomonida botiq keyingi tomonda bo`rtib chiqqan bo`ladi (protsel).
Bosh skeleti qoplovchi suyaklarning ko`pligi bilan harakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to`rtta ensa suyak-ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa suyaklari joylashadi. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo`shilib turadi. Bu suyak hamma amniotalardagi singari miya qutisining tagining asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment-qoldiq holda bo`ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag`aro, ustki jag`, manglay oldi, yosh, ko`z usti, ko`z orqа suyagi, chakka, yonoq suyaklari qurchab turadi.
Tanglay- kvadrat tog`ayning elementlaridan kvadrat suyagi hosil bo`ladi. Qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon, pog`onasimon suyaklar va sudralib yuruvchilarga harakterli bo`lgan ko`ndalang suyaklar bo`ladi. Pastki jag` tishsimon, burchak va qo`shilish suyaklaridan tashkil topgan.
Kaltakesaklarning bo`yin bo`limida 8 ta umurtqa bo`lib, ulardan birinchi 2 ta umurtqasi hamma amniotalardagi singari o`ziga xos tuzilgan. Birinchi bo`yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo`lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismga bo`linib turadi. Ustki teshikdan orqа miya o`tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo`yin umurtqasi epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o`simtasi atrofida aylanadi.
Kaltakesakning ko`krak-bel bo`limlari 22 ta umurtqadan tashkil topgan. Ularning hammasi qovurg`alar bilan tutashadi. Oldingi 5 ta umurtqalarning qovurg`alari tush suyagiga tutashadi. Kaltakesakning tushi tog`aydan tuzilgan.
Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletlaridan unсhalik farq qilmaydi. Faqat to`sh suyagining ustida to`sh usti suyagi bo`ladi.
Dumgaza bo`limi ikkita umurtqadan iborat bo`lib, Bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo`limi bir qancha umurtqalardan iborat bo`lib, bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo`limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning uchiga borgan sari o`simtalarini yo`qotib kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarining tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo`limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xavf tugilganda dumlarini shu joydan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum tiklanadi.
Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo`lib, muskullarni metamer joylashishi yo`qolib ketadi. Hamma amniotalardagi singari qovirg`alararo muskul yuzaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta ro`l` o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |