4.Nerv sistemasi va sezuvchi organlari.
Nerv sistemasi va sezuvchi organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Oldingi miya yarim sharlari nisbatan katta va qopqog`ida kulrang modda bor. Oraliq miya ustki tomondan ko`rinmaydi. Kaltakesaklarda yaxshi rivojlangan va tuzilishi jihatdan ko`zga o`xshagan tepa organi bo`ladi. Bu organ yorug`likni sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan .
Oldingi miya yarimsharlari ancha kuchli takomillashgan, bu asosan yarimsharlarning ustidagi miya gumbazi va pastidagi targ`il tana hisobidan yuzaga chiqadi. Miya yarim-sharlarining gumbazida birlamchi miya gumbazi yoki arxipallium va yangi miya gumbazi yoki nеopallium murtagi farq qilinadi. Oraliq miya miya yarimsharlari bilan yopilib turadi. Oraliq miyaning tagida joylashgan gipofiz tashqi muhitdan axborotlarni qabul qidib oladi. O`rta miya ko`rish axborotlarini qabul qilish va ishlash markazi bo`lib qoladi. Rеptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki rеptiliyalarning harakati xilma-xil va murakkabdir. Uzunchoq miya vеrtikal tеkislikda kеskin bukiladi, bu hol barcha amniotalarga xosdir. Orqa miyada oq va kulrang moddalar bir-biridan ajralib turgani aniq ko`rinib turadi. Orqa miyadan orqa miya nеrvlari chiqadi va tipik еlka hamda chanoq chigallarini hosil qiladi.
Ko`rish organi havo muhitida ishlashga moslashgan. Ko`zlari ustki, pastki qovoqlar va pirpiroq parda bilan himoyalangan. Ko`zida qon tomirlarga boy bo`lgan o`simta — taroq bo`lishi xaraktеrlidir. Ko`zning akkomodatsiyasida ko`ndalang-targ`il muskullar ko`z gavharini birmuncha siljitish bilan birga uning shaklini ham o`zgartiradi. Ko`z soqqasi botib kira olmaydi, balki aylanadi xolos.
Eshitish organi faqat ichki va o`rta quloqdan tashkil topgan, lеkin ancha murakkab tuzilgan, ya`ni quloq chig`anog`i kattaroq va quloq kapsulasida oval darchadan pastroqda parda bilan qoplangan to`garak darcha bo`ladi. Buning natijasida endolimfa bеmalol harakat qiladi va endolimfaning nog`ora pardadan olinadigan tovush to`lqinlarini uzangi suyak orqali pardali labirintga yaxshiroq o`tkazishga yo`l ochadi.
Hidlash organi tashqi burun tеshiklari hamda ichki burun tеshiklari — xoanalardan tashkil topgan, lеkin murakkabroq tuzilgan, chunki tashqi dеvorlaridan uning bo`shlig`iga jag` chig`anog`i dеb ataladigan o`simta kirib turadi, bu chig`anoq burun bo`shlig`ini qisman pastki nafas bo`limi va ustki hidlov bo`limlariga ajratadi. Sudralib yuruvchilarda yana Yakobson organi dеb ataladigan organi takomillashgan, bu organ nay orqali og`iz bo`shlig`i bilan tutashadi. Yakobson organi og`izda turgan ovqat hidini bilish uchun xizmat qiladi. Sudralib yuruvchilarning hid bilish organi amfibiyalarga qaraganda ancha yaxshi taraqqiy etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |