Strategiya bu qandaydir boshqa tarzda emas, aynan belgilangan tarzda xarakat



Download 97,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.06.2022
Hajmi97,05 Kb.
#637710
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу



Strategiya - bu qandaydir 
boshqa tarzda emas, aynan 
belgilangan tarzda xarakat
qilish majburiyatidir. 
 
 SHeron M. Oster 
 
1-MODUL. STRATEGIK BOSHQARISH JARAYoNI 
 
1.1. Strategik menejment fanining mohiyati 
1.2. Strategik menejmentning besh vazifas. 
1.3. Strategik boshkarish jarayonining ta’rifi 
1.4. Strategik boshkarish ijrochilari 
1.5. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari 
1.6. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari 
1.7. Strategik fikrlash va uning afzalliklari. 
1.8. Strategik menejmentning ahamiyati 
 
Tayanch iboralar: Strategiya, strategik menejment, strategiyani amalga 
oshirish, strategik ko’rish, kompaniya missiyasi, yangi yo’nalashlarni tahlil qilish, 
maqsadni aniqlash, strategiya yaratish, strategik rejalashtirish
1.1. Strategik menejment fanining mohiyati 
Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustaxkamlash, 
iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan 
boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli 
yo’llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z ichiga 
oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va 
ishlanmalar.


Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini 
yagona tizimga bog’lash demakdir
1
.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi 
menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. 
Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. 
Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa, 
kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan 
kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi 
strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli raqobatga va 
ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
«Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni 
aniqlashdan iboratdir: 
-«biz qaerdamiz?» 
- «qayoqqa ketyapmiz?» 
- faoliyatimizning maqsadlari qanday?» 
- maqsadga erishish yo’llari qanday ?» 
- optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat? 
- pirovard natija qanday bo’lishi kerak? 
Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun maqsad 
va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir. 
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga 
ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini 
ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi 
yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi
2

Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat: 
- Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish; 
- Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; 
- Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab 
chiqish;
1
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p4 
2
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p 7 


- diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish; 
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash; 
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish, 
- Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l-atvor me’yorlarni 
belgilash, 
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash, 
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish. 
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda 
foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli vazifalarni 
(dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani 
tashkil qiladi.

Download 97,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish