1-topshiriq Mavzu: Tizimning sinflanishi, Tizimli tahlil protseduralari, Tizimni atrof muhitini tahlil qilish.
Tizim – bir vaqtning o‘zida yagona obyekt hamda maqsadga erishish usgun to‘plam elementlari yig‘indisi sifatida tushuniladi. Axborot tizimi tushunchasi Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo‘lib, juda xam ko‘p ma’noni anglatadi. Ko‘p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig‘indisiga “TIZIM” deb ataladi. Tizim tushunchasiga “axborot” so‘zini qo‘shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash prinsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig‘indisiga aytiladi.
Sinf – bu umumiy belgilarga ega obyektlar birlashmasidir.
Tizim bilan bog‘liq barcha tushunchalarni mantiqan sinflarga ajratish qoidalarini hisobga olgan holda mavjud tasniflashni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tasniflashga qo‘yiladigan quyidagi talablarni ko‘rishimiz mumkin:
—bir tasniflashda asos 1ta bo‘lishi lozim;
—sinflashtirilayotgan elementlar soni barcha hosil qilingan sinf- lardagi elementlar soniga teng bo‘lishi lozim;
—hosil qilingan sinflar bir-biri bilan kesishmaydigan bo‘lishi zarur;
—qism sinflarga ajratish (ko‘p pog‘onali tasniflashda) uzluksiz olib borilishi kerak, ya’ni iyerarxiyaning bir pog‘onasidan 2-siga o‘tish chog‘ida keyingi tadqiq etish ob’ekti sifatida sinfning iyerarxik tuzilishiga eng yaqin tizimni olish kerak.
Modellarning sinflanishi Modelning kelib chiqishi, turlari tariflovchi hossalariga ko‘ra turli hil klassifikatsiya modellar mavjud. Modellarning klassifikatsiyasi tushunchasini fahriy ishlatilish shartlaridan biri hisoblanadi. Va quyidagi savollarga javob berish o‘rinli deb bilinadi:
Qo‘yilgan vazifani yechimi toppish uchun modelning qaysi turi ko‘proq tog‘ri keladi? Ishlab chiqrilayotgan model qanday sinfga hos va uning ishlatilishi nimaga hos?
Bir nechta asosiy klassifikatsiyani misol qilamiz.
1. Modelning kelib chiqish hoslariga qarab uni 3 gruppaga bo‘lish mumkin:
a. Ob’ektning kuzatuvi orqali kelib chiqadigon fenomenologiklar va ularning tushunishligi
b. Asimptotik-deduksiyaning kelib chiqish oqibati. Yangi bir model umumiy modelni qisman tasodifiga qarab hosil bo‘ladi. Fenomologik modellarning asimptotiklarga o‘tishi, bu ilm-fanning kuchli ekanligini bildiradi.
s. Ansamb modeli- induksiya jarayonida hosil bo‘lgan. Yangi model ummulashgan yoki alohida modellarning sintezi hisoblanadi. Ansambl modellarida ob’ektlarning bog‘liqligiga qarab alohida ob’ektlarning hossalari ko‘riladi. Tizimda modelning mexanik birlashmasi orqali kelib chiqmaydi. Ob’ektlarni ichki hossalar Tizimostisida birlashmasida o‘zgarishi mumkin, u sotsial-iftisodni o‘rganishda bilinadi.
Axborot tizimlarini xayotda qo‘llab qanday natijalar olish mumkin?
- Matematik metod va intellektual tizimlarni qo‘llab, boshqarishning
optimal variantlarini olish.
- Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini
yengillashtirish.
- Eng to‘g‘ri axborotga ega bo‘lish.
- Axborotlarni qog‘ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash.
- Mahsulot ishlab chiqarish sarf xarajatlarnini kamaytirish.
- Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.
Tizim atamasi yunoncha “sistema” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘zaro
bog‘langan va belgilangan yaxlitlik, birlik”ni tashkil qiladaigan qismlar yoki ko‘pgina elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi. Tizim ostida faoliyat yuritilishi aniq foydali natija olishga yo‘naltirilgan qismlar va elementlarning o‘zaro mantiqiy va tashqi muhit bilan bog‘liqligi majmui tushuniladi. Agar biz shunday qismlar hech bo‘lmaganda ikkitasini aniqlasak, masalan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘qitish protsessida, sotuvchi va xaridor sotuvda, televezor va uzatuvchi stansiya televediniyada va x.k. - bu tizim deb qarashimiz mumkin. Qisqacha qilib aytganda bizni o‘rab turgan olamning mavjudlik tarzi bu tizimdir.
Tizimli tahlil deganda, murakkab tizimni har tomonlama ichki va tashqi aloqalarini tizimli o‘rganish tushuniladi.
Eng avvalo e’tibor tizim tuzilishiga qaratilgan:
- iyerarxiyaning turli satxlarida tizimning tarkibi;
- quyi tizimlararo va tashq muxit bilan aloqa xarakteri;
- quyitizimni fazoviy vaqt tashkil etishning xarakteri;
- bunda strukturali analiz murakkabligi.
2. Butunligicha hamma tizimni butun yoki bo‘lakcha quyi tizimli funksiyalashtirish xarakterini ketma-ket o‘rganish.
3. Tizimning xayotiy aylanishining butun jarayonlarini ko‘rib chiqish: formalashtirish, rivojlanish, buzilish.
4. Butun tizimni tayinlashlarni aniq va to‘lig‘icha aniqlanganligi ehtimolligi:
a) maqsadning tarkibi va bildirishi;
b) tub maqsad va topshiriq;
v) ularni amaliy amalga oshirilishi va kerakli uskunalar;
g) effiktivlik ko‘rsatgichlari;
Shunday qilib, tizimli analiz natijalaridan tashkil topgan hamma tizimni nazariy qismi uchta qismdan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi qism kerakli natijalarni olish maqsadida olib boriladigan funksional amallar bajaruvchi quyi tizim va elementlarga bog‘liq bo‘lgan tizimning kirishlarini o‘z ichiga oladi.
Funksional yaratuvchanlikni hamma ko‘rinishi va hamma tegishli bo‘lgan amallar tizim nazariyasining ikkinchi qismini o‘z ichiga oladi. Tizim nazariyasining uchinchi qismiga ixtiyoriy natija va tizimni funksonal tavsifi nazariyasi kiradi.
Tizimlarning umumiy xususiyatlari
Tizimlarni tasniflashga harakat qilib ko‘raylik. Ma’lumki, tasniflash – bu ob’ektlarni eng muhim belgilari bo‘yicha sinflarga ajratishdir. Belgilar yoki belgilar birlashmasi tasniflashning asosini tashkil etadi. Sinf – bu umumiy belgilarga ega ob’ektlar birlashmasidir.
Talaba o‘zi uchun birorta tizim tanlab olishi kerak. Bu tizimni funksiyalarini o‘rganib, qolgan talabalarga bu tizimni batafsil yoritib berish kerak. Quyida bir tizimni misol sifatida keltirib o`tamiz. Biz misol sifatida Bank tizimini misol qilib oldik.
Bank tizimining fizik texnik atrof-muhiti.
- Bank tizimining mavjud tizimini o`rganamiz
- Tizimni uslubi o`rganiladi
- Bank tizimining ichki va tashqi holati o`rganiladi
- Bank tizimining texnologik tizimi o`rganiladi
- Obyekt va subyektlar yoki tashkil qiluvchilar texnologiyasi o`rganiladi
Bunga bankning kompyuterlari va boshqa uni tashkil qiluvchi omillarni va bank xodimlarini olishimiz mumkin.
Bank tizimining bo`limlarini oladigan bo`lsak:
- Kredit bo`limi;
- Konversal bo`limi;
- Valyuta bo`limi;
- Omonat kassa bo`limlari;
misol keltirishimiz mumkin.
Tabiati, atrof-muhiti, joylashishi o`rganiladi.
Ichki va tashqi sektorlari o`rganiladi.
Tijorat va iqtisodiy atrof muhitning tashkillashtirish strukturalari o`rganiladi.
Bank tizimining hozirgi va kelajakdagi muhiti o`rganiladi.
Bank tizimining atrof muhitini, ma’muriy tuzulishlarini o`rganadi.
Ichki va tashqi aloqalarda bo`layotgan voqea hodisalarni o`rganamiz. Bunga misol qilib pul o`tkazmalarini, mablag` yuborish summalarini, valyuta tizimlarini olishimiz mumkin.