Reja: matematika tarixi. Amaliyotning matematika rivojlanishidagi roli. Matematika tarixi



Download 27,27 Kb.
bet1/3
Sana12.07.2022
Hajmi27,27 Kb.
#782264
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu




Mavzu:Matematika tarixining maqsad va vazifalari. Matematikani rivojlantiruchi kuchlar va unnng boshqa fanlar bilan aloqasi. Matematika tarixining asosiy davrlari.
Reja:
1) Matematika tarixi.
2) Amaliyotning matematika rivojlanishidagi roli.
1. Matematika tarixi. Matematikaning barcha soxalari fanning umumiyligi bilan birlashtiriladi. (algebra, geometriya, matematika analizi, topologiya, eҳtimollar nazariyasi, matematika statistika va boshqalar).
Ma`lumki, haqqoniy borliq olamning fazoviy shakllari va miqdoriy munosabatlari matematika fanining asosini tashkil qiladi.
Turli matematik fanlar ana shu fazoviy shakllari va miqdoriy munosabatlarning hususiy hollari yoki alohida ko`rinishlari bilan ish olib boriladi. SHuningdek, o`ziga xos bo`lgan usullar bilan ajralib chiqishi ham mumkin.
Matematika fanining tarkibi quyidagicha:
a) fanning rivojlanishi jarayonida to`plagan ma`lumotlar;
b) gipotezalar, ya`ni kelajakda tajribalar orqali tekshirilishi talab qilinadigan, ilmiy ma`lumotlarga asoslangan faraz;
v) olingan natijalarni matematika tilida umumlashtiruvchi, ma`lumotlar, masalan, teoremalar, qoidalar va xokazolar;
g) matematika metodologiya, ya`ni matematika fanini o`rganshga bo`lgan umumiy yondoshishni ko`rsatuvchi matematik nazariya va qoidalarni umunazariy talqin qilish.
Bu elementlarning barchasi bir – biri bilan uzviy aloqada bo`ladi hamda uzluksiz ravishda rivojlanib turadi. O`rganilayotgan tarixiy davrda bu rivojlanishning qanday bo`lganini, qaysi tomongan borganini aniqlash masalasi matematik fanlardan biri bo`lgan matematika tarixi fanining asosiy vazifasini tashkil qiladi.
Matematika tarixi fani matematika rivojlanishining ob`ektiv qonunlarni o`rganuvchi fandir.
Tarixiy – matematik izlanishlar quydagi yo`nalishlarda olib borilmoqda:
a) tarixiy matematik xarakterdagi ishlarda matematikaning tarixiy rivojlanishining xaqqoniy mazmunining boyligi qayta tiklanadi. Ularda matematik usullar, tushunchalar va g`oyalar qanday paydo bo`lganligi yoritib beriladi, boshqa matematik nazariyalarning tarixi qanday bo`lganligi aks ettiriladi. Ma`lum bir tarixiy davrda alohida halqlarda matematika rivojlanishining harakteri va o`ziga xos bo`lgan tomonlari, tarixdagi buyuk matematikalarning, birinchi navbatda o`zbek matematiklarining fanni rivojlanishi uchun qo`shgan hissalari aniqlanadi.
b) Tarixiy – matematik xarakterdagi ishlar matematikaning ko`p qirrali aloqalarini ochib beradi. Ularning orasida amaliy ehtiyoj bilan, insoniy faoliyat bilan, boshqa fanlarning rivojlanishi bilan bog`liq aloqa, jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy strukturasi rivojlanshi va sinfiy kurashning (aynqsa, ideologiya sohasida) matematika rivojlanshi mazmuni va xarakteriga ta`siri, xalqlar, olimlar, olimlar guruxining fandagi o`rni va xakozolarni alohida ko`rsatish mumkin.
v) Matematika tarixi bo`yicha izlanishlar zamonaviy matematika mantiqiy struturasining tarixiy bog`langanligini, uning rivojlanish dialeksini ochib beradi, matematikaning turli bo`limlari orasidagi munosabatlarni tushunishga yordam beradi, fanning rivojlanish perspektivalarini ma`lum bir darajada belgilab beradi.
YUqoridagi tariflarga ko`ra, matematika tarixi matematika fanning to`la tarkibi, turli soxalari, boshqa fanlar bilan aloqasi to`g`risida ish olib boradi.
Bu holat matematika tarixi fanining oldida turgan masalaning qiyiyligidan hamda tarixiy – ilmiy izlanish usullarining o`zga xos bo`lishidan dalolat beradi.
Biz yuqorida ko`rsatib o`tdikki, matematik izlanishlarning ob`ekti bo`lib borliq olamning fazoviy shakllari va miqdori munosabatlari hisoblanadi. Matematikaning bu ob`ektlari xaqqoniy olamni bevosita ifodalay olmaydi. Ular abstraktsiyalarning mevasi hisoblanadi.
Matematika vositasida biror buyum yoki xodisani o`rganish uchun uning to`g`ridan - to`g`ri miqdori yoki shaklini belgilovchi xususiyatlaridan boshqa barcha xususiyatlardan voz kechishga to`g`ri keladi. (Uchta qo`y, uchta olam, uchta o`rdak, …. uchta miqdor; gugurt qutisi, prallelopiped, uyning ichi: shakl).
Zamonaviy matematik nazariyalarda bu shakl va miqdoriy munosabatlar ko`pincha boshqacha ko`rinishlar namoyon bo`ladi. Bunday hollarda o`rganilayotgan tuplamlarning elementlari borliq olamda alohida ajratib olinadi, aksiomalar sistemasi, amalalarning bajarish qoidalari va ta`riflari jsa ixtiyoriy kiritiladigan bo`ladi.
Bunday holat turli noaniklik anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Bu esa o`z navbatida fanning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Intuitsiyaga asoslangan ana shunda y anglashilmovchiliklardan xalos bo`lishga o`rganish zarur. Buning uchun o`zini materialistik deb hisoblash etarli emas.
Fanlarning tarixini o`rganish olimlarda materialistik dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Tarix shuni ko`rsatadiki, hattoki abstrakt fan bo`lgan matematikada ham fanning rivojlanishida moddiy borliqqa bo`lgan so`rovnomalar hal qiluvchi rolni o`ynaydi. (erlarni o`zlashtirish va sug`orish geometriya, chorvachilik va ovchilik – natural sonlar, kemachilik, savdogarlik-trigonometrik funktsiyalarga va x.k.)
Matematikaning fanining abstraktligi moddiy borliqdagi barcha matematik tushunchalarning (ko`pincha murakkab va ko`p bosqichli) kelib chiqishini bir oz xiralashtirishi mumkin, ammo xech qachon inkor qila olmaydi. Tarix shuni ko`rsatadiki, matematika yordamida o`rganilayotgan fazoviy shakllar va miqdoriy munosabatlarning zaxirasi texnik va tabiiy fanlarning extiyojlariga bog`liq ravishda to`xtovchsiz kengayib bormoqda.
Matematika fanini obektiv ruxda tushinish va uning tarixini bilish – bu fanni chuqur tushunishning asosiy va zaruriy shartidir.
2. Amaliyotning matematika rivojlanishdagi roli. Matematika eng qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. Odamlar ibtidoiy davlardanoq, xattoki mukammal bo`lmagan dexqonchilik ishlarida ham dunyoni matematik tushinishni o`rganishgan. Bu faoliyatning murakkablanishiga qarab, matematikaning rivojlanishiga ta`sir qiluvchi faktorlar jamg`armasi ham o`zgarib boradi.
Fan sifatida paydo bo`lganidan boshlab matematik faniga yangi tushuncha va uslublarni shakllantirishda, eng katta ta`sirni tabiiy matematika (ya`ni, rivojlanishing joriy bosqichida matematik usullarni qo`llash mumkin bo`lgan tabiat haqidagi fanlar kompleksi) ko`rsatdi. Matematikaning rivojlanishiga avvalo, astronomiya, mexanika, fizika kabi fanlar kuchli turtki bergan. Masalan, diffirentsial va integral hisob mexanika va osmon mexanikasi masalalarini echishning eng umumiy usuli sifatida yuzaga kelgan; ko`pxadlar nazariyasi (noldan eng kam chetlanuvchi)-bug` mashinasi (akad. P. L. CHebishev); eng kichik kvadratlar usuli – geodeziya (K. F. Gauss); xozirgi vaqtda zamonaviy texnika yangi soxalarining bevosita talabi bilan: kombinatorik analiz, differentsial va integral tenglamalar taqribiy echish usullari, chekli gruppalar nazariyasi va boshqalar.
Ularni hammasi shuni ko`rsatadiki, matematika insonlarning kundalik mexnat faoliyati natijasida yuzaga kelgan va matematik tabiiy fanlar ta`siri ostida tushuncha va usullar shakllangan.
Matematikaning tabiiy fan sifatida mavjud matematik nazariyaning amaliy muammolarga tadbiq qilish hamda masalalarni echishning yangi usullarini ishlab chiqish natijasida maydonga chiqdi. U yoki bu matematik nazariyani amaliyotda qo`llash mumkinligi haqidagi masala har doim ham birdaniga (bunga yillar, hatto bir necha o`n yillar kerak bo`lishi ham mumkin) qoniqarli echim beravermaydi. Masalan, gruppalar nazariyasi
Gruppalar nazariyasi – Lagranj – algebraik tenglama echimlarini o`rin almashtirishlari gruppasi, ularni radikallarda echish muammosini hal qilinishi munosabati bilan; e, Galua – ixtiyoriy darajasi algebraik tenglamalarni echimining mavjudligini umumiy shartlari; XIX asrning o`rtalari, A. Keli – gruppalarning umumiy abstrak ta`rifi; S. Li – uzluksiz gruppalar nazariyasi.
1980 yillarda S. Feodorov gruppalar nazariyasini kristallografiyada, keyinchalik kvant fizikasida qo`llaniladi.
O`z navbatida amaliyot, xususan texnika matematika imiy izlanishlarning qo`shimcha vositasi sifatida kirib bormoqda. Ayniqsa, eXM lar matematika yordamida echiladigan masalalar sinfini kengaytirdi va bu borada cheklanmagan imkoniyatlarni ochib berdi. Ammo, eXM xozircha yordamchi vosita bo`lib qoladi, chunki, u insonlarga xos bo`lgan fikrlovchi miyyaning xususiyatlarini qabul qila olganicha yo`q.


Download 27,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish