Reja: Kirish Bob. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar



Download 0,94 Mb.
Sana20.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#828270
Bog'liq
DIYORBEK CHIZMA SLAYD



Reja:
  • Kirish
  • 1. Bob. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar
  • 1.1 -§. Сhizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar
  • 1.2 -§. Kesimlarda shartlilik va soddalashtirishlar
  • 2. Bob. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar mavzusini o‘qitish metodikasi
  • 2.1 -§ Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar
  • 2.2-§ Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar mavzusini o‘qitish
  • Xulosa
  • Adabiyotlar .



Mavzu: Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar

Chizmalar mashinasozlik sanoatida buyumlar ishlab chiqarishda asosiy va yagona texnikaviy hujjat hisoblanadi. Mashinasozlik sanoatining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan buyumlar standartga muvofiq ikki guruhga: asosiy ishlab chiqarish buyumlari va yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga bo'linadi. Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga xalq xo'jaligiga yetkazib berish uchun mo'ljallangan buyumlar kiradi, masalan, zavod traktor, paxta terish mashinalarini ishlab chiqarsa, bu buyumlar zavod uchun asosiy ishlab chiqarish buyumlari hisoblanadi.

  • Chizmalar mashinasozlik sanoatida buyumlar ishlab chiqarishda asosiy va yagona texnikaviy hujjat hisoblanadi. Mashinasozlik sanoatining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan buyumlar standartga muvofiq ikki guruhga: asosiy ishlab chiqarish buyumlari va yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga bo'linadi. Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga xalq xo'jaligiga yetkazib berish uchun mo'ljallangan buyumlar kiradi, masalan, zavod traktor, paxta terish mashinalarini ishlab chiqarsa, bu buyumlar zavod uchun asosiy ishlab chiqarish buyumlari hisoblanadi.
  • Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asosiy ishlab chiqarish buyumlari ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan buyumlar, masalan, traktor yoki paxta terish mashinalari ishlab chiqarishda ishlatiladigan turli moslamalar, shtamplar, qirqish va o'lchash asboblari kabilar kiradi. Buyumlar standartga muvofiq: detallar, yig'ish birliklari, kompleks va komplektlarga ajraladi.
  • Detal-bir xil nomli va markali materialdan yig'masdan tayyorlangan buyum, masalan, val, porshen, korpus, shatun, bolt, gayka, shpilka kabilar. Detalning ma'lum maqsad uchun o'yilgan, qirqilgan qismlari uning elementlariga kiradi. Masalan, faska, ariqcha, galtel, shlitsa, rezba va boshqalar. Yig'ish birikmalari-tarkibiy qismlari yig'ish vositasida biriktirilgan buyumlar. Masalan, traktor, stanok, ventil, kran, go'sht qiymalagich va boshqalar.
  • Shuningdek, yig'ish birikmalari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
  • 1. Konstruksiyasi bo'yicha tarkibiy qismlarga ajraladigan buyumlar, masalan, minorali lo.-anlar, ekskovatorlar, po'lat konstruksiyali ko'priklar va boshqalar. Bunday buyumlar ishjoylarida yig'iladi.
  • 2. Umumiy vazifaga ega bo'lgan yig'ish birliklari va detallar to'plamidan tashkil topgan bo'lib, ular tayyorlovchi korxonalarda boshqa yig'ish birliklariga o'rnatiladi. Masalan, avtomobilning elektr jihozlari, sovitish sistemasi, yonilg'i bilan ta'minlash sistemasi, tormozlash sistemasi kabilar.
  • 3. Umumiy vazifaga ega bo'lgan quti, g'ilof va shunga o'xshash idishlarga joylangan buyumlar to'plami. Masalan, chizmachilik gotovalniyasi, o'lchash asboblari kabilar. Kompleks - ikki va undan ortiq ixtisoslashtirilgan buyumlar tayyorlovchi korxonada yi!(ish vositasida birlashtirilmagan, ammo o'zaro bir-biriga bog'liq eksplutatsion vazifalarni bajarishi ko'zda tutilgan buyum. Kompleksga kiruvchi har bir buyum kompleks uchun bir yoki bir necha asosiy ishlarni bajarishga xizmat qiladi. Masalan, stanoklarning potok liniyalari, parmalash qurilma, paxta terish mashinalari va boshqalar. Kompleksni o'rnatish uchun mo'ljallangan detallar, yig'ish birliklari, ehtiyot qismlar ham kompleksga kiradi.
  • Komplekt- tayyorlovchi korxonada yiglish vositasida biriktirilmagan,umumiy yordamchi xarakterdagi vazifalarga ega bo'lgan ikki va undan ortiq bo'lgan buyumlar. Komplektga ehtiyot qismlar komplekti, asboblar va jihozlar, o'lchash apparatlari komplekti va boshqalar kiradi. Shuningdek, komplektlarga yiglish birikmalari va detallar bilan qo'shib jo'natiladigan, ishlatishda yordamchi vazifa bajaruvchi yig'ish birliklari va detallarni ham kiritish mumkin.
  • Buyum sirtida yorug`likning taqsimlanishi uning shakll va hajmini aniqlashga yordam beradi. Shu sababli rasmda buyumning hajmini sezish (tasavvur qilish) uchun yorug`lik va soya shartli tasvirlanadi. Buyum sirti tim soyadan yaltiroq darajasigacha yoritilishi mumkin. Bunda yorug`lik manbai hamma vaqt rasmkashning chap tomoni orqasida va undan tushadigan yorug`lik nuri gorizontal tekislik bilan 45° burchak tashkil etadi deb qabul qilinadi. U holda rasm nimaga» asosan (tavsif, chizma, asliga qarab) chizilishidan qat`iy nazar buyumni hamma vaqt yoritish chapdan soyasi esa o`ng tomonda boladi
  • Rasmda buyumning hajmli bo`lib ko`rinishi yorug`lik va soyaning almashishi natijasida rovy beradi. Buyumni yoritishda uning sirtida hosil buladigan soya va`yorug`lik quyidagicha nomlanadi: o`z yarim soya yoritilgan joy va oq dog` (yaltirog`i). Buyumning ko`p yoritilgan, ya`ni yorug`lik sirtga tikka tushib turgan joyi uning yaitlrog`i deyiladi, Buyumning yoritilmagan qismi, buyumning o`z deyiladi. Buyumnirsg kam yoritilgan ya`ni yorug`lik sirtga urinma bo`lib o`tgan joyi (yoritilgan joyidan to o`z.soyasigacha) yarim deyiladi. Buyumning o`z soyasi tushgan tornoniga boshqa biror buyum yorugligining aksi tushib turgan joy refleks deyiladi. Rasmda tushgan soya ko`rsatilmaydi.
  • Yorug`lik va soyalami rasmda tasvirlash uchun soya berishning quyidagi usullari mavjud; to`g`ri chiziqlar, ya`ni` shtrixo`ka yordamida soya berish; shraffirovka, nuqtalar yordamida soya berish, tushlash, akvarel yoki tush yordamida bo`yash, aerograf yordamida purkab bo`yash. Chizmachilik amaliyotida aytilgan usullardan bajarilishi osonroq bo`lganlaridan foydalanadilar: 1.Shtixovka usulida soya berish.
  • Bu usul yordamida soya berishda shtfix chiziqlar silindr yaso`chilariga parallel va konusning yaso`chilari bo`yicha prizma yon qirrasiga parallel va piramidaning asos qirrasiga perpendikulyar va o`zaro-parallel v.aziyatda o`tkaziladi va chetki kontur yasovchi (qirra)larga yaqiniashgan sari`ular zichlashtirib boriladi.

Har qanday detal uning aniq bajarilgan chizmasi orqali yasaladi. Standart talabiga muvofi q detal chizmasi barcha soddalashtirish va shartliliklar qo‘llanilgan holda eng kam ko‘rinishlarda chizilishi lozim. Aks holda, chizmani o‘qish murakkablashib ketadi va detalning geometriyasini o‘qish qiyinlashib, yasalgan detal yaroqsiz bo‘lishi mumkin. Detalning u yoki bu qismi shaklini aniqlash maqsadida kesim qo‘llaniladi.


Uning ichki tuzilishini aniqroq bilish maqsadida kesim bilan birga qirqim ham qo‘llaniladi. Shunday qilinganda detalning ko‘rinishlari soni kamayadi. Kesim deganda detalning shaklini uning o‘qiga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan tekislik orqali aniqlash usuli tushuniladi. Shunda tekislikda hosil bo‘lgan yuza kesim deyiladi. Kesim standartga muvofi q bajariladi. Kesimdan ko‘proq val, o‘q, shatun kabi detallarning shakli va ulardagi o‘yiq chuqurcha, bo‘rtiq kabilarning geometriyasini aniqlashda qo‘llaniladi.

Bunday elementlarning o‘qlari orqali detal o‘qiga perpendikulyar qilib kesuvchi tekislik o‘tkazilsa, detalning ko‘ndalang kesimi hosil bo‘ladi. 1.9-chizma, b dagi val ko‘rinishining yaqqol tasviri (1.9-chizma, a) ga qarab uni o‘yiq, teshik va chuqurchalari orqali aniqlash mumkin. Agar valning yaqqol tasviri berilmasa, ba’zi elementlarning shakli, chuqurligini aniqlash qiyin bo‘ladi.

XULOSA Chizma bu maxsus chizma asboblari yordamida ma’lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo‘lib, u bizga buyum haqida, ya’ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o‘lchamlari bo‘yicha to‘la ma’lumot beradigan hujjatdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig‘iladi. Chizma o‘ziga xos grafik baynalminal (internatsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir

Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti natijasida muhandislik fanlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Men o’z kurs ishimning I bobida chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar haqida to‘xtalgan bo‘lsam, kurs ishimning II bobida esa chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar mavzusini o‘qitish metodikasi haqida yanada kengroq yoritgan holda o‘z kurs ishimni yakunladim. Biroz kamchiliklar bo‘lsada, o‘z ishimni to‘laqonli yorita oldim deb o‘ylayman. Va ushbu ishimni yozish davrida o‘zimda ko‘plab tajribalar va bilimlar egalladim. Kelgusida shu olgan bilim va ko‘nikmalarim asosida o‘z kasbimning mohir ustasi bo‘lishimga ishonaman.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. – 176 2. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T.: O’zbekiston, 2009. -56 b. 3. I.Rahmonov. Chizmachilikdan test . T., «O‘qituvchi», 1994. 4. Yu.Qirg‘izboyev va boshqalar. Mashinasozlik chizmachilik kursi. T., «O‘qituvchi», 1989. 5. E.Ro‘ziyev, A.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. T. Yangi asr avlodi. 2010. 6. A.Ashirboyev. Chizmachilik. T. Yangi asr avlodi. 2008. 7. S.K.Bogolyubov, A.I.Voinov. Texnikaviy chizmachilik kursi Toshkent, «O’qituvchi», 1976. 8. Y.N.Baxanov. Texnikaviy chizmachilikdan topshiriqlar to’plami. Toshkent, «O’qituvchi», 1982. 9. Sh.K.Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Toshkent, “Iqtisod – moliya”, 2008. 10. I.Rahmonov «Chizma geometriya kursi va texnikaviy grafikadan testlar». T. «O’qituvchi» nashriyoti 1996 y. 11. I.Rahmonov, A.Abdurahmonov., Chizmachilik kursi bo’yicha testlar . T., TDPU rizografi, 2009. 12. M.Xalimov, Chizma geometriya va muhandislik grafikasi. T., Voris, 2013. 11. Internet web sahifalari 12.T.Rixsiboyev. «Kompyuter grafikasi»O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, T. 2006. 13.B.Hayitov. «Muhandislik kompyuter grafikasi» dan ma`ruzalar matni. Durdona nashriyoti, B. 2014. 14. D.Mamatov. «Kompyuter grafikasi» Durdona nashriyoti, B. 2014


E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish