Toshkent toshkent



Download 135,65 Kb.
bet1/13
Sana13.06.2022
Hajmi135,65 Kb.
#661660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TOSHKENT
4-Semestr Amaliyot sirtqi, 45, SDS Monitoring system, 1-KITOB, 4-mavzu MIRSHOD TOLIBOV mustaqil ishi, 4-mavzu MIRSHOD TOLIBOV mustaqil ishi, 11-мавзу. Минтақалар молияcи ва уни тартибга солиш-fayllar.org, 11-мавзу. Минтақалар молияcи ва уни тартибга солиш-fayllar.org, Mintaqaviy iqtisodiyot Mustaqil ish 11, Mintaqaviy iqtisodiyot Mustaqil ish 11, 4-mavzu MIRSHOD TOLIBOV mustaqil ishi testlari, 4-mavzu MIRSHOD TOLIBOV mustaqil ishi testlari, 4-mavzu MIRSHOD TOLIBOV mustaqil ishi testlari (1), 4-mavzu MIRSHOD TOLIBOV mustaqil ishi testlari (1), Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ish shakllari

TOSHKENT
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahridir, shuningdek, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biridir. Bu shahar Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 mi2) ni tashkil etadi. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 694 400 nafarni yoki Oʻzbekiston aholisining qariyb 8% ni tashkil etadi. 2018-yilga koʻra, Toshkent shahrining YIM $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVIII—XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan.
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi.


Geografik joylashish


Toshkent vohasi Tyan-Shanning gʻarbiy yonbagʻirlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng togʻoldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chatqol togʻ tizmalari bilan oʻralgan boʻlib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib oʻtuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qoʻshilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan oʻtib, Gʻazalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik boʻylab oqadi. Gʻarbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi oʻzani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari Oʻrta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy boʻlgan poyonsiz choʻl yastanib yotadi.
Chirchiq daryosi havzasi Oʻrta Osiyoning qadimiy dehqonchilik va shahar madaniyatlari beshiklaridan biridir. Uning hududida Toshkentning markazi paydo boʻlgan. Joydan joyga koʻchib turgan bu markaz qadimda va oʻrta asrlarda Choch yoki Shosh, keyin esa Toshkent nomi bilan mashhur boʻlgan.
Toshkent vohasida barcha tarixiy davrlarda suv moʻl-koʻl boʻlgan. Tarixan tarkib topgan kanallar tarmogʻi shaharni suv bilan taʼminlab turgan. Shu bois shahar xech qachon suv taqchilligini sezmagan. Buni oʻrta asrlardan to XIX asrgacha Toshkent toʻgʻrisida yozgan mualliflar xamisha taʼkidlab kelganlar. Bu yerdagi iqlim hozirgi odamlarning ajdodlari paydo boʻlgan, yaʼni bir necha oʻn ming yil muqaddam mavjud boʻlgan iqlimdan farq qilgan. Issiq quruq yoz bilan yillik yogʻin miqdorining asosiy qismi yogʻadigan qahraton qish almashinib turgan.
Toshkentning togʻ yonbagʻirlari va tekisliklar oʻsimliklarga boy boʻlib, ibtidoiy odamlar ovlaydigan yovvoyi hayvonlar juda koʻp boʻlgan. Ularning aksariyati, jumladan, arxar, jayron, qulon va asl bugʻu kabi hayvonlar yaqin vaqtda yoʻqolib bitgan boʻlsa, junli karkidon, gʻor ayigʻi, arslon singari hayvonlar esa ancha ilgari yoʻqolib ketgan. Ular haqida ibtidoiy odamlar manzillarini qazib oʻrganish chogʻida topilgan qoldiqlar orqali maʼlumot olish mumkin.
Bu yerlarda bir necha yuz ming yil avval ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi ibtidoiy jamoalar gʻorlar va togʻ bagʻri bostirmalarini, yoki daryo sohillari va chashmalar yonidagi ochiq manzillarni egallab makon qilganlar. Bunday joylar hozirgi Toshkent shahri hududida ham mavjud boʻlgan.
Jumladan, Boʻz suv yoqasidagi Qoʻshilish manzilgohidan birmuncha nozik ishlangan chaqmoqtoshlar, pichoqlar, bigizlar, ibtidoiy ustalar tomonidan bundan toʻqqiz ming yil avval yasalgan ov va mehnat qurollari topildi. Topilmalar orasidan yovvoyi buqa tur suaklarining uchrashi, mutaxassislar fikricha, ularning oʻsha vaqtlardayoq xonakilashtirilgan deb taxmin qilishga asos boʻldi. Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni Toshkent vohasi hududida ham kechgan.
Miloddan oldingi uchinchi ming yillikdan boshlab, bu hudud dastlabki chorvadorlar tomonidan oʻzlashtira boshlashgan. Ular ish asboblari va jezdan qurollar tayyorlashni oʻrganganlar. Arxeologlar Toshkent shahri hududi va uning atrofida chorvadorning koʻpdan koʻp qabrlari hamda qoʻrgʻonli dahmalarini topganlar. Bu joylarda dafn etilganlarning yoniga jezdan yasalgan ish asboblari, qurollar, zeb-ziynatlar va qoʻlda yasalgan idishlar ham qoʻyilgan.
Toshkent shahri hududida bunday qabristonlar hozirgi shampan vinosi zavodi yaqinidan, shuningdek, Qoraqamish arigʻi boʻyidan topilgan. Sirgʻalida esa dasht chorvadorlari va yilqichilarining manzili boʻlganligi aniqlangan. Bu yerdan ish qurollaridan tashqari burama halqali jez bilaguzuklar ham topilgan.

Download 135,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti