- Reja:
- 1.Hijriy qamariy yil.
- 2.Hijriy shamsiy yil.
- 3.Qamariy va Hijriy shamsiy yil hisoblari.
- Musulmonlar kalendari (Hijriy kalendar) tо`lik ma`noda sof qamariy kalendar hisoblanadi. U faqat oy fazalarining о`zgarishiga asoslanadi.Dunyodagi kо`pchilik Xalqlarning qamariy kalendarlari dehqonchilik va boshqa xо`jalik extiyojlari ta`sirida keyinchalik qamariy-shamsiy kalendarga aylangan. Masalan, qadimgi vaviloniyaliklar, yaxudiylar, yunonlar, rimliklar avvaliga qamariy kalendardan foydalanganlar, keyinchalik esa yil fasllarining о`zgarishiga moslashtirilgan qamariy- shamsiy kalendarga о`tishga majbur bо`lganlar. Musulmonlar kalendari Hozir ham qamariy-shamsiy kalendarga aylanmay saqlanib qolgan dunyodagi yagona qamariy kalendardir.
- Mazkur kalendar Quyoshning harakatiga mutlaqo aloqador bо`lmagan va butunlay Oyning aylanma harakatiga asoslangan kalendar bо`lib, u Hozirgi kunda islom dini davlat dini deb qabul qilingan Yaqin va О`rta sharqdagi Jazoir, Indoneziya, Maroqash, Poqiston va boshqa kо`pgina mamlakatlarda qо`llaniladi. Musulmonlar kalendari VII asrning birinchi choragida Arabistonda paydo bо`lgan va keyinchalik arablar tomonidan boshqa Xalqlarning majburan yoki ixtiyoriy islom diniga kiritilishi natijasida u shu Xalqlar orasida ham tarqalgan. 1917 yilga qadar islom diniga e`tikod qilgan Kavkaz Xalqlari, tatarlar, boshkirdlar, о`zbeklar, tojiklar, turkmanlar, kirgiz va kozoqlar ham mana shu Hijriy yil hisobi, kalendardan foydalanganlar.
- Hijriy yil. Hijriy sо`zi arabcha – kо`chish sо`zidan olingan. Milodiy 610 yilda Makkada paygambarlik nozil bо`lgan Muhammad alayxis-salom (570-632) ummaviy zodagonlarning qarshiligi va tazyiki tufayli о`z izdoshlari bilan 622 yili Makkadan Madinaga (Yacribga) xijrat qiladi. Xijrat milodiy 622 yilning 8 sentabrida yoki qamariy yil Safar oyining 27 kuni sodir bо`ladi. Shu kuni rasulollox va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun gorda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Xijrat 15 kun davom etadi.
- Rivoyatlarga kо`ra xijrat haqidagi fikr paygambarimiz xotirasi Muharram oyida tug`ilgan, shuning uchun Hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan, ya`ni xijrat sodir bо`lganidan 56 kun hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentabrdan orqaga sanalib 56 kun chiqarib tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga, aniqrogi 15 iyuldan 16 iyulga (payshanbadan jumaga) о`tar kechasiga tо`gri keladi. Musulmonlarda kunning almashuvi chegarasi tun oqshomi hisoblanadi.
- Xijratdan о`n yetti yil о`tgach, milodiy 638 yilda halifa Umarning buyrugi bilan mana shu xijrat vaqti – birinchi Muharram (milodiy 622 yil 16 iyulga tо`gri keladi) musulmon yil hisobining boshi deb e`lon qilinadi. Mana shu yil hisobi Mana shu yil hisobi “Hijriy yil hisobi” deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |