Reja: Gormonlar Aminokislotalar Vitaminlar Fermentlar Gormonlar



Download 41,05 Kb.
bet1/6
Sana10.03.2023
Hajmi41,05 Kb.
#917842
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Garmonlar vitaminla


Reja:
1. Gormonlar
2. Aminokislotalar
3. Vitaminlar
4. Fermentlar

Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω - hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi.
Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas:
Tireotrop gormon - asosan qalqonsimon bezda,
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) - buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga,
Estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va h.k.
Boshqalari (qalqonsimon bez Gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va boshqalar) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi.
Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq, mas: Insulin, Uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi.
Testosteron va boshqa Androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi,
Glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, Estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi,
Oʻsish gormoni (Somatotrop Gormonlar) Yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga taʼsir etadi.
Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz Gormonlarni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) Gormonlarning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan Gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda qandaydir biror sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekresiya bezidan Gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror Gormonlar kamayib ketsa (mas. Toʻqimalarda Gormonlar tez parchalanganda) rilizing Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez Gormonlarni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi Gormonlarini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chiqariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz Gormonlarining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi Gormonlar miqdori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Mas. glyukoza koʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi.

Download 41,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish