1. miyada joylashgan bezlar



Download 21,93 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi21,93 Kb.
#70818
Bog'liq
Endokrin bezlar


Endokrin bezlar alohida a’zolar tizimini hisoblanib, ulaming ishlab chiqargan mahsulotlar qonga yoki limfaga quyiladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon orqa, ayrisimon, buyrak usti bezi, me’da osti bezining Langengars orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi, interrenal tizim va paragangliyalar kiradi. Ichki sekretsiya bezlari biologik faol modda — gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar juda oz miqdorda bo‘lsa ham, organizm faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta’sir
qilish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmning taraqqiyotini, o‘sishini boshqaradi.

Ichki sekretsiya bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo'linadi.


1. Entodermadan hosil bo‘lgan visseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimon orqa va ayrisimon bezlar).
2. Entodermadan hosil bo‘lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (me’da osti bezi orolchalari).
3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po‘stloq qismi, jinsiy bezlar va interrenal tizim).
4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi — nerv nayining oldingi qismidan hosil bo'lgan bezlar (gipofiz vaepifiz).
5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi simpatik nerv tizimidan hosil bo'lgan bezlar (buyrak usti bezining mag'iz qismi va paragangliyalar)

Undan tashqari biz ichki sekretsiya bezlarini o’zlashtirishda ularni joylashgan o’rniga qarab sinflarga ajratishimiz ham mumkin:

1.miyada joylashgan bezlar

a) gipofiz b)epifiz

2. Bo’yin soxasida joylashgan bezlar

a) qalqonsimon b) qalqon oldi c) ayrisimon bez

3. Qorin soxasida joylashgan bezlar

a) meda osti bezi

b) buyrak usti bezi

4. Jinsiy bezlar

a) erkaklarda urug’don

b) ayolla tuxumdon

I. Gipofiz bezi ponasimon suyakdagi turk egarining gipofiz chuqurchasida joylashgan. 3 qismdan iborat:

1. oldingi – adenogipofiz

2. oraliq

3. orqa – neyrogipofiz

Adenogipofizdan quyidagi gormonlar ishlab chiqariladi va qonga quyiladi:

AKTG, somatotrop, gonadotrop, tireotrop, laktotrop, lyutenlovchi va follikula stimullovchi – bu gormonlar trop gormonlar bo’lib, bilvosita tasir ko’rsatadi. Masalan tireotrop gormoni qalqonsimon bezga tasir qilib, tiroksin gormonini chiqarilishini kuchaytiradi.

Epifiz bezida melatonin ishlab chiqariladi va u jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi

II. Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq a’zo bo'lib, ichki sekretsiya bezlari ichida eng kattasidir. Normal holatda qalqonsimon bez 80% tiroksin va 20% triyodotironin ishlab chiqaradi. Uning gormonlari organizmdagi asosiy modda almashinuviga ta’sir qilib, issiqlik almashinuvini, oqsil, yog', uglevodlar sarflanishini kuchaytiradi. Kaliy va suvni organizmdan chiqishini, organizmning o'sishini boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizimi faoliyatini kuchaytiradi.

Qalqonsimon orqa bezlari (glandula parathyroidea), odatda, to'rtta (ikkita yuqorigi va ikkita pastki) bo'lib, qalqonsimon bez bo'laklari orqa yuzasida joylashgan yumaloq yoki cho'zinchoq tanachalardan iborat. Qalqonsimon orqa bezlari paratgormon ishlab chiqaradi. Bu gormon suyak to'qimaning parchalanishini va kalsiyning qonga chiqishini ta’minlaydi. Paratgormon ikki qismdan iborat bo'lib: birinchi qismi fosforni buyrak orqali ajralib chiqishini, ikkinchi qismi kalsiyni to'qimalarda to'planishini boshqaradi.

III. Meda osti bezi aralash bez hisoblanadi. Unda bir necha xil hujayralar farqlanadi:



  1. Β hujayralari orqali insulin ishlab chiqariladi

  2. A hujayralarida glyukagon

  3. D hujayralarida somatostatin ishlab chiqariladi

  4. G hujayralarida gastrin ishlab chiqariladi

Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis) juft a’zo bo'lib, po’stloq va mag’iz qismdan iborat. Bezning po'stloq moddasi uch: tashqi koptokchali, o'rta dastali va ichki to'r qavatga bo'linadi. Buyrak usti bezining po'stloq moddasi hayot uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan kortikosteroid gormonlar ishlab chiqaradi. Po'stloqning koptokchali qavati ishlab chiqalgan mineralokortikoidlar (aldosteron) mineral va suv almashinuvini boshqaradi. Dastali qavat ishlab chiqargan glyukokortikoidlar (gidrokortizon, kortikosteron) modda almashinuviga ta’sir qiladi.

Buyrak usti bezining mag'iz moddasida ikki xil hujayralar bo'ladi.Epinefrotsitlar mag'iz moddasining asosini tashkil qilib, adrenalin gormoniniishlab chiqaradi. Norepinefrotsitlar uncha katta bo'lmagan guruhlar shaklida joylashib, noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi.

IV. Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralardan tashqari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'ladi.

Erkaklaming jinsiy gormoni — androgenlami homila davrida o'sayotgan moyaklar ishlab chiqaradi.



Ayollar jinsiy bezlari follikulalari va tuxumdoni estrogen gormonlar va oz miqdorda testosteron
ishlab chiqaradi. Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a’zolarining taraqqiyoti va o‘sishiga, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taraqqiyotiga ta’sir qiladi.
Download 21,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish