Reja: Bollar kasalligi fanining rivojlanish davrlari. Bolalar gigiyenasi fani haqida tushuncha “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining vazifalari O’zbekistonda bolalar salomatligini muhofaza qilish
1. Bollar kasalligi fanining rivojlanish davrlari. 2. Bolalar gigiyenasi fani haqida tushuncha 3. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining vazifalari 4. O’zbekistonda bolalar salomatligini muhofaza qilish. Sog’lom avclodni tarbiyalashga oid davlat dasturlari.
Pediatriya -bolalar kasalliklari to’g’risidagi fan bo’lib uning rivojlanish tarixini 3 davrga bo’lib o’rganish mumkin.
Pediatriya rivojlanishining birinchi davrida professor – akusher N.M.Maksimovich Ambodik katta rol o’ynadi. U o’zining “Doyachilik sanati yoki doyachilik ilmi ” degan asarida dolalarni to’g’ri parvarish qilish va yosh go’daklarga xos kasalliklarni tasvirlab bergan.
S.G.Zibelin bolani ko’krak suti berib emizish to’g’risida o’z asarlarida ko’rsatib bergan.
Rus pediatriyasining rivojlanishida professor – akusher S.F.Xatovskiy katta rol o’ynadi. U birinchi bo’lib pediatriya tibbiyotining alaohida sohasi deb ajratdi. U “bola faqat uning o’ziga xos qoidalariga muvofiq o’sib, rivojlanib boradigan zotdir. Bola katta yoshli odamning shunchaki jajji nusxasi emas ” degan ajoyib so’zlarni aytib o’tgan. Xatovskiy birinchi “ pediatriyada – bolalar kasalliklariga doir qo’llanmani yozgan ”
Pediatriyaning rivojlanishidagi ikkinchi davri XIXasrning boshidan to 1917 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pediatriya maxsus fan sifatida rivojlanib boradi. Bu davrda 1834 yili Peterburgda 50 o’rinli bolalar kasalxonasi ochildi. Pediatriya rivojlanishida ikkita eng yirik rus vrachlari – N……P.Gundobinlarning samarali hissa qo’shgan. N.F.Filatov “ bolalar kasalliklari semiotikasiva diagnostikasi ”, “ bolalarda uchraydigan meda – ichak kasalliklari” va boshqa asarlar yozgan. N.P.Gundobin bolalarning anatomic fiziologik va gistalogik xususiyatlari to’g’risida o’zining asarlarida yozib o’tgan.
Pediatriyaning rivojlanishidagi 3 davri 1917 yildan keyin boshlandi. Davlat rahbarlari tomonidan onalik va bolalikning muhofaza qilishning muhofazalarini belgilab bergan. 1944 yil “xomilador ayollarga, ko’p bolalik va yolg’iz onalarga davlat yordamida ko’paytirish to’g’risida ”, “Qahramon ona” faxriy unvonini belgilash ta’sir qilish to’g’risida farmon e’lon qilindi. Bu davrda pediatriyaning rivojlanishida A.A.Kisel, G.N.Speranskiy, V.I.Malchanov, Y. F.Dombrovskiy A.F.Tur, A.A.Koltipin katta hissa qo’shgan.
Gigiyena - odamni bizni o’rab turgan tashqi muhitni sog’lomlashtirish yo’llarini o’rganadi.
Gigiyena fani 1)maktab gigiyenasi, 2) communal gigiyena, 3) ovqatlanish gigiyenasi, 4) mehnat gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni o’z ichiga oladi.
Maktab gigiyenasi bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muhit o’rtasidagi qonuniyatlarni o’rganadi. Ularni to’g’ri rivojlanishi uchun zarur gigiyena asoslarini ishlab chiqadi.
Maktab gigiyenasining asosiy maqsadi - bola aqliy mehnat qobiliyatining funksional imkoniyatlari ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarning oldini olish uchun chora tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek bolalar muassasalarida – sanitariya gigiyena holatini yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayonining gigiyenik asoslari, maktablarni to’g’ri qurish va obodonlashtirish va shunday boshqa masalalar bilan shug’ullanadi.
Pediatriya va bolalar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
--bolalar va o’smirlar salomatlik holati kasallanishning tahliliy, va ularning jismoniy rivojlanishining sanitariya nazoratini va bolalarni sog’lomlashtiruvchi kompleks chora - tadbirlarni amalgam oshirish;
-- maktabgacha va maktab muassasalarida, litsey va kollejlarda bolalarning salomatligi va ishlash qobiliyatlarini yaxshilashda ta’lim tarbiya va o’qitish jarayoni gigiyenasi ustidan kundalik sanitariya nazoratini tahskillashtirish;
--bolalar va o’smirlar muassasalarida jismoniytarbiya darslarini turli shakllarda olib borishni tashkil qilishda bolalr organizmining funksional holati va salomatligini olgan holda tashkillashtirish ishlarini nazorat qilish;
--bolalar va o’smirlarning salomatligini kuchaytirishda yozgi sog’lomlashtirish ishlarini rejalashtirish va amalgam oshirish, yozgi sog’lomlashtirish muassasalarida tibbiyot xonalarini anjomlashtirish, epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni amalgam oshirishda sanitariya nazoratini kuchaytirish;
--bolalar muassasalarini loyihalashtirishda, qurilishida va ularni rekonstruksiya – qayta tamirlashning hamma bosqichlarida ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib boorish;
--bolalar va o’smirlar muassasalarida kundalik joriy sanitariya nazoratini o’tkazish instrumental va laborator uslublarni qo’llab bolalar muassasalarida ratsional ovqatlanishni tashkil qilish;
-- yillik reja va hisobotlarni, kompleks va kelajak rejalarni va bolalar muassasalarining sanitariya holatini yaxshilashtiruvchi reja – topshiriqlarni tashkillashtirish;
--bolalar va o’smirlar aholisi orasida sanitariya – epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni kuchaytirish borasida qarorlar, uslubiy qo’llanmalar, xatlar va boshqalar tayyoprlash va ishlab chiqarish.
Respublikamizda bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash va mustahkamlashga katta ahamiyat beriladi. Davriy ravishda reja asosida maktabgacha bolalar muassasalri, maktab, litsey, kollej va boshqa tashkillashtirilgan muassasalarga qatnovchi bolalar va o’smirlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Tibbiy ko’riklarda tor mutahasislarning doimiy ravishda qatnashishi funksional siljishlarni va kasalliklarni erta aniqlashda, davolash va sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni o’z vaqtida samarali o’tkazishda yordam beradi.
O’zbekistonda mustaqillikga erishgandan so’ng, asosiy maqsad sog’lom avlodni tarbiyalashn belgilab oldi. 2000 yil “soglom avlod yili” deb elon qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan oliy janob ishlarning davomi deb xisoblanadi. Mustaqil O’zbekiston oldida turgan asosiy masalalardan biri bu ta’lim tarbiya tizmidan tubdan o’zgarib, hozirgi zamon talabi darajasiga ko’tarishdir. Mamlakatimizni birinchi ordeni “sog’lom avlod uchun” bo’lib. U 4-marta 1999 yilda qabul qilingan. 1993 yil 29-aprelda “ sog’lom avlod uchun” jamg’armasi tuzildi.
1993 yil 3-dekabrda vazirlar mahkamasining 589 qarori bilan o’sib kelayotgan avlodnisog’lomlashtirish chora tadbirlarini haqida kompleks dastur qabul qilindi. Budasturning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1 Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi.
2.Har bir xalq maorifi xodimi ta’lim tarbiyaning gigiyenik normalarini bilishlari.
3.Sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
4.Yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish.
5.“Sog’lom avlod uchun” dasturini keng targ’ib qilish.