5-mavzu: talim-tarbiya ishlari gigiyenasi reja



Download 81,74 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi81,74 Kb.
#568311
  1   2
Bog'liq
5-mavzu


5-MAVZU: TALIM-TARBIYA ISHLARI GIGIYENASI
Reja:
1.Dars jadvalini va tanaffuslarni gigiyenik baholash.
2.Yoshlarni mehnat qilishga qо‘yilgan gigiyenik talabini baholash.
3.Yoshga oid kun tartibini gigiyenik baholash.
Tayanch tushunchalar: ta’lim, tarbiya, aqliy mehnat, charchash va o‘ta charchash, nevroz, ratsionalizatsiyalash.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lig‘ini saqlash masalasi keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib o‘quvchilarning charchashi – ya’ni, toliqishi va o‘ta charchashining oldini olish vazifasini ham o‘z ichiga oladi, Bu esa birinchi navbatda o‘quvchining o‘ta toliqishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota-onalarning diqqat markazida turishi lozim. «Maktab kasalliklari» deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o‘quvchilar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.


Ta'lim gigiyenasi o`qituvchiga bolalarning kamroq kuch sarf qilgani holda yuqori o`zlashtirishga erishuviga yordam bеrishga da'vat etilgandir. Shuning uchun ta'lim gigiyenasi problеmalari juda ko`p masalalarini (o`quv plani va programmasini gigiyеnik jihatdan tahlil qilish, dars gigiyenasi, maktab va uydagi o`quv faoliyatining gigiyenasi, o`qitish gigiyenasi va boshqalar) o`z ichiga oladi. Aqliy va jismoniy toliqish o‘zaro aloqadordir. Buni birinchi marta Italiya olimi Mosso aniqlagan. Haddan tashqari aqliy toliqish bajarilayotgan jismoniy ishning samaradorligini kamaytiradi yoki aksincha, jismoniy toliqish aqliy mehnatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susayishini. xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning bo‘zilishini ham kiritib o‘tish lozim.
Ba’zi adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlarini kun davomida o‘rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o‘z navbatida o‘qish va mehnat qilish bo‘yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng ob’ektiv mezon hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:

  1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha minut davom etib, o‘quvchi ish sharoitiga moslasha boradi.

  2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan davridir. Bunda diqqat dominantasi vujudga keladi.

3. To‘liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning dastlabki belgilari paydo bo‘la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining pasayishi bilan harakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan harakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning maxsuli va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida ko‘zatish mumkin. Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi?
Aqliy mehnatning yuqori mahsuldorlini ta’minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish;
- ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
- mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, bir ish to‘rini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish.
- muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish.
Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini ta’minlash, charchashni oldini olish choralari quyiidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1."O‘qituvchi yangi materialni o‘quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo‘lgan vaqtida tushuntirish;
2.Darsning birinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo‘llab, o‘quvchi, diqqatini o‘zoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuksak natijaga erishiladi.
3.Dars berish usulini o‘zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;
4.Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5.O‘quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o‘quv texnika vositalarini keng qo‘llash, ammo o‘quv texnika vositalaridan, televizordan, programmalashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafil’mlardan foydalanishning o‘zi asosiy gigiyena koidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
6.Dars materialini tushuntirishda ko‘rgazma quro’llardan (rasmlar namoyshi qilish, tajribalar ko‘rsatish) didaktiv o‘quv vositalardan maksimal foydalanish.

  1. Dars oralig‘ida fizkulminutlar o‘tkazish. O‘qituvchining pedogogik mahorati, uning yangi materialni tushuntirish paytidagi ko‘tarinki kayfiyati, o‘qituvchining har-xil ohangda so‘zlashish. O‘qituvchi bir-xil ohangda so‘zlagan nutqi o‘quvchini zeriktirib, mudratib qo‘yadi, bunday payda o‘quvchi tomonidan dars materialini o‘zlashtirish qiyinlashadi, bosh miya yarim shartlari po‘stlog‘ida tarqoq tormozlanish jarayoni paydo bo‘lib, uyqu bosadi.

Gigiyenistlar o‘quvchilarning darsda toliqish sabablarini o‘rganib chiqib, qiziqarli ma’lumotlarni keltirdilar. Ular aniqlashicha, yuqori sinf o‘quvchilarining charchashiga asosiy sabab ko‘pincha ularning darsga qiziqmasliklari, o‘qishning og‘irligi, mashg‘ulot bajarishga layoqatsizlik, darsni zerikarli o‘tilishi, dars materialini tushunmaslik, mikromuhitning salbiy ta’siridir. Agarda charchash holati o‘z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa u o‘ta charchash holatiga o‘tadi. Bu organizm uchun kasallikdir.
O‘ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o‘zlashtirishlari pasayib ketadi. Maktab o‘quvchilarida o‘ga charchash, asosan o‘quv va o‘qishdan tashqari ishlarning me’yoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, ochik havoda yto’g’rili sayr qilmaslik, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
Sog’liq o’nta namunali indeksda bolalar va o’smirlar o’zlari sog’liqlari haqida qanday o’ylashlari asosida o’lchangan (Erhart et al. 2009; Ravens-Sieberer et al. 2010). Bu besh ballik tizimda o’nta savol berib ko’rib o’lchangan: "O’tgan hafta haqida o’ylash o’zingizni yaxshi va sog’lom xis qildingizmi? O’zingizni energiyaga to’la deb xis qildingizmi? Hafa bo’ldingizmi? O’zingizni yolg’iz xis qildingizmi? O’zingizga yyto’g’rili vaqt topdingizmi? Bo’sh vaqtingizda o’zingiz hohlagan ish bilan shug’ullanishga imkoniyatingiz bo’ldimi? Ota- onangiz sizga oqilona munosabatda bo’ldimi? O’rtoqlaringiz bilan vaqtingizni choq o’tkazdingizmi? Maktabda yaxshi baho oldingizmi? Diqqat qila oldingizmi?" (0 = hech qachon, 1 = ba’zan, 2 = tez tez, 3 = juda tez, 4 = har doim ).
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim olishi uchun mablag’ sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sog’liqni asrashda yaxshi omil hisoblanadi1.
O‘ta charchash natijasida nerv tizimida qo‘zg‘alish va tormozlanishning kelishib ishlash xususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi.
Nevroz yoki asab kasalligi quyidagi kamchiliklar tufayli vujudga keladi:

  1. O‘ta charchash;

  2. Aqliy mehnatning zo‘riqishi;

  3. O‘quv yuklamasining ortib ketishi;

  4. Turli yuqumli kasalliklardan so‘ng;

  5. Vitamin etishmasligidan;

  6. Oiladagi notinch hayot;

  7. O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilikdan.

Nevrozga chalingan bolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo‘ladi;

  1. Hayolparastlik;

  2. O‘jarlik, qaysarlik;

  3. Qo‘rquv;

Bu holatdagi bolalarda ishtaha yo‘qoladi, tez-tez shamollaydi, boshi og‘riydi, boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda, yig‘loqi, kamgap, besaramjon, injiq, serharxasha, uyqulari notinch, uyquda alahlaydigan ko‘p tush ko‘radigan bo‘ladilar.
Bu negativ holatlarni yo‘qotish uchun ota-onalar, vrachlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o‘quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o‘quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, aktiv dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofein, kofe ichmasliklari kerak. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim olishi uchun mablag sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sog’liqni asrashda yaxshi omil hisoblanadi2.
Bola o`qishning dastlabki kunlarida yangi kun tartibiga moslanishi, yangi jamoaga o`rganishi ancha qiyin bo`ladi. Maktab yoshi bu morfologik, psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanish bo`lib, o`quvchilarning ta'lim, tarbiya talabalariga javob bеrishni talab qiladi. Birinchi sinflarda 4,5% - 2,5% bolalar maktabda o`qishga tayyor bo`lmasligi mumkin. Bunda bola organizmining rivojlanishdan umuman orqada qolishgina emas, balki bolaning maktabdagi ishlarga tayyor bo`lmasligini ham tushunmoq kеrak. Bunda o`qishga shartli rеflеkslar hosil bo`lishi, diffеrеntsial tormozlanishning rivojlanish darajasi, nеrv jarayonlarining harakatchanligi, ikkinchi signal sistеmasining rivojlanish darajasi, nutqning ravonligi, talaffuzda nuqsonlar bo`lmasligi, mayda harakatlarni bajara olish qobiliyati, harakatlar uyg`unligi va boshqalar kiradi.
Bolalarning maktabga tayyorligini aniqlash uchun amalda quyidagilarni qo`llash mumkin:
1. Tovushni talaffuz qilishdagi nuqsonlar.
2. Doira kеsishni kuzatish.
3. So`z ta'siriga adеkvat javob hosil bo`lishi.
4. 3 ta topshiriq bеrish bilan psixologik yеtuklikni aniqlash.
5. Odamning rasmini chizish, bеsh burchak shaklda joylashgan nuqtalarni ko’chirish.
Mana shu uchta topshiriqni bajargan bolalarga 3-8 ball baho qo`yiladi va o`quvchilarni sog`lig`i va maktabga tayyorgarligi aniqlanib, asosiy yoki tayorlov guruhlariga bеlgilanadi.
O'rta maktabning 1,2,3-sinflarida bir haftalik nagruzka 24-26 soat, 4 sinfda 26 soat bo’lishi kerak. Bu dars soatlaridan ko‘proq soatlar ashula, jismoniy tarbiya, rasm, mehnat darslariga ajratish kerak. 7 yashar bolalarni 45 minutlik dars charchatib qo'yadi, shuning uchun birinchi sinfda 35 minut dars o‘tib, qolgan 10 minutida turli ko'rgazmali qurollami ko'rsatish tavsiya etiladi. Darslar qiyin va oson bo'lishi mumkin. Qiyin fanlar osonroq o‘zlashtiriladigan 
fanlar bilan almashtirilib turilsa yaxshi bo'ladi.
Dars jadvalida o'quv predmetlarining navbatlashib turishi bosh miya po'stlog'ining kun mobaynida bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko'chishini ta’minlaydi. Bu esa charchash va о’tа charchashning oldini oladi.
Jismoniy tarbiya va qo‘l mehnati darslari bo'lsa, maktab o'quvchisining funksional holatiga ijobiy ta’sir etadi.
Bu darslarni kunning qiyin darslari orasiga qo'yish mumkin. Jismoniy tarbiya va mehnat darslaridan keyin bolalarda ish qobiliyati 20 %ga ortadi, 
bunday predmetlarga uchinchi dars ajratilsa yanada yaxshi bo'ladi.
Dushanba va shanba kunlari ish qobiliyati pastroq bo'ladi, shuning uchun
bu kunlarga kam soat va oson predmetlar qo'yilishi tavsiya etilmaydi. O'quv yilining muddati o'quvchilaming yoshiga qarab belgilanadi. Kichik 
maktrab o'quvchilari uchun yozgi kanikullar boshqa yosh gruppalarga qaraganda
ancha uzun bo'ladi. O'quvchilar kanikulda dam olgandan keyin ish qobiliyati ortadi
Boshlang'ich sinflarda vaqtning ko‘p qismi o'qish darslariga ajratiladi. Bu darslarda o'quvchilar bosh miyapo'stlog'i va ko'ruv, eshituv organlariga anchagina zo'r berib ishlaydilar. O'qish darslari quyidagi gigiyenik
talablarga javob berishi lozim: alifbe va darslik shriftlari bolaiarning yoshiga mos keladigan, harflar aniq bosilgan bo'lishi kerak. Kitob rasmlar bilan yaxshi bezatilgan bolishi kerak.
Kitobga yaxshi yorug’lik tushib turishi kerak va kitob o'quvchining ko'zidan 
3040 sm narida yoriq holda bo’lishi kerak. o’quvchi kitobni o'z ida tovush 
bilan so'zlarni aniq talaffuz etib o'qishi kerak. 
O'quvchi o'qiganda tovush boyliklariga zo‘r bermasligi, qisqa vaqt mobaynida o'qishi kerak. Yozuv darsida bosh miya katta yarim sharlarning nutq, nutq harakati, sezish, ko‘rish va nerv markazlari qo'zg'aladi. Bu darsda qo’l panjalari 
va barmoqlarning mayda muskullariga zo‘r keladi.
Kichik sinf o'quvchilari yozuv darslarida chiziqli (gorizontal, gorizontal bilan qiyachiziqli), matematika darslarida esakatak daftaridan foydalanadilar. Kichik yoshdagi bolalarga chiziqsiz qog'ozga yoki shablon qo'yib yozishga ruxsat berilmaydi.
Chunki ko'z va barmoqlarning muskullari tez charchab qoladi.
Boshlangich sinf o'quvchilari uchun to'xtovsiz yozish 5 minutdan 15 minutgacha belgilanadi. O'quvchilarning yozuv qurollari ruchka, qalamlari ularning yoshiga mosbo’lishi lozim. Ashula darsini gigiyenik talablar asosida olib borilishi kerak. 
Ashula darsi olib boriladigan sinf havosi toza, iliq, yetarlicha nam bo'lishi lozim. Ashula aytilganda o'quvchilar ovozini asta-sekin kuchaytirib borishlari talab 
etiladi.
O'quvchilar dam olmasdan bor yo'g'i 4,5 minut mobaynida ashula aytishi m umkin.Ashulani yaxshisi tik turib aytgan ma’qul. O'tirib aytiladigan bo'lsa ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'idagi organlar bosilibqoladi, bu esa nafas olish va chiqarishni 
qiyinlashtiradi.Uzoq muddat tik turib ashula aytish ham tavsiya etilmaydi. Shuning uchun, tik turib 15-20 minut ashula aytilgandan so'ng bolalarga 5,6 minut 
tanaffus berilib, o'tqazib qo'yiladi.7- 12 yoshli bolalarni sovuq havoda uzoq 
muddat ashula aytishi qat’iyanman etiladi, chunki bolaning bu yoshida ovoz 
pardalari boylamlari juda nozik bo'lib rivojlanishda bo'ladi.
Har bir darsda jismoniy-tarbiya minutlari o'tkazilishi lozim. Bu o'quvchilaming aqliy charchashini oldini oladi. Jismoniy tarbiya minutida fortochkalarni ochib qo'yish kerak. Jismoniy-tarbiya minuti 2-3 minut bajariladi, mashqlarni barcha o’quvchilar bajarishi shart.Jismoniy-tarbiya minutlari uchun gavdaning orqa 
tomonidagi muskullar,qad-qomatini ko’tarib turadigan va nafas aktida ishtirok 
etadigan muskullarning mustahkamlanishiga yordam beradigan mashqlar talab 
etiladi. Bu mashqlarda orqa, qo’l panjasi muskullarini ham mashq qildirish bolalarning 
charchashining oldini oladi.
Jismoniy-tarbiya minutlarmi o’tkazishdan maqsad, muskul va qon aylanish
organlarini bir vaziyatda tutib, zo'r berib aqliy ish bajarayotgan o’quvchilarni aktiv faoliyatga ko'chirishdir.

Download 81,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish