Qo’rg’oshin ruxli rudalarni kolektiv boyitish texnalogiyasi
Reja:
1 Qo’rg’oshin rudalari
2 Qо‘rg‘oshin-ruxli rudalarning minerallari
3 Qo’rg’oshin rux rudalarini boyitishning kolektiv texnalogfiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Qо‘rg‘oshin davriy sistemaning tо‘rtinchi guruhida joylashgan bо‘lib, atom nomeri 82 va atom massasi 207,2. Bu og‘ir metall kо‘kish – kul rangga ega bо‘lib, yumshoq va egiluvchan. Yer qobig‘ida qо‘rg‘oshinning miqdori 1,6 * 10 -3 %. Uning zichligi 11,34 g/sm3 , erish harorati 327,4 0 S, qaynash harorati 1725 0 S. Qо‘rg‘oshin qо‘rg‘oshinli akkumulyatorlarni ishlab chiqarishda keng ishlatiladi va uning kо‘pgina qismi elektr kabellarini sirtini qoplash uchun ishlatiladi. Qо‘rg‘oshin kо‘pgina metallar bilan qotishma hosil qiladi va uning tarkibida temir, mis, surma, qalay, kadmiy va kalsiy uchraydi va natijada uning mustahkamligi va yemirilishga chidamliligi oshadi. Masalan qо‘rg‘oshin oksidi xrustal va optik shisha tarkibiga qо‘shiladi. AQSH da olingan 1mln 398 ming tonna qо‘rg‘oshinning 880 ming tonnasi akkumulyator ishlab chiqarish uchun; 178 ming tonnasi tetraetil qо‘rg‘oshin ishlab chiqarish uchun; 147 ming tonnasi xar xil qotishmalar, bо‘yoq va kimyoviy moddalar olish uchun 89 ming tonna; trubalar ishlab chiqarish uchun 30 ming tonna, kabellarni sirtini qoplash uchun va boshqalar uchun 60 ming tonnasi sarf bо‘lgan. Qо‘rg‘oshin asosan AQSH (541 ming tonna); Avstraliya (387 ming tonna); Kanada (366 ming tonna); Meksika (171 ming tonna); Peru (183 ming tonna) kabi davlatlarda qazib olinadi.
Qо‘rg‘oshin rudalarini flotatsiyasining texnologik sxemalari va reagentlari sulfidli qо‘rg‘oshin rudalarini boyitish texnologiyasi, galenitni katta – kichikligi, flotatsion faolligi va undagi piritni miqdoriga bog‘liq. Kombinirlangan gravitatsiya – flotatsiya usuli yirik zarrachali galenit uchun qо‘llanilib, uning asosiy qismi og‘ir aralashmalarda boyitiladi yoki chо‘ktirish mashinalarida ajratib olinadi. Bu usul faqatgina qо‘rg‘oshin uchungina emas, balki qо‘rg‘oshin – rux va polimetall rudalar uchun ham qо‘llanadi. Galenitni flotatsiyalash ishqoriy muhitda, ya’ni rN 8 – 8,5 ga teng bо‘lganda ksantogenatlar yoki ditiofosfatlar ta’sir etib (30-60g/t) olib boriladi. Ruda tarkibidagi pirit esa sianid tuzlari yordamida yaxshi chо‘ktiriladi. Agar ruda tarkibida temir oksidlari va gidroksidi uchrasa, texnologik sxemaga boyitish stoli va magnitli saralash jarayonlari kiritiladi. Bu kabi kombinirlangan sxema Marokkoning “Mibladen”, GFR ning “Mexernix” fabrikalarida qо‘llanadi. Galenit va serussitni ketma – ket flotatsiyalash Fransiyaning “San-Sebastyan” va Shvetsiyaning “Vassbo” fabrikalarida qо‘llaniladi. Chet el fabrikalarida qо‘rg‘oshin asosan sulfidli rudalardan ajratib olinadi va faqat 25% gina aralash va oksidli rudalardan ajratib olinadi. MDH davlatlarida aralash va qiyin boyitiluvchi rudalar 45 % ni tashktl etadi.
Oksidlagan qо‘rg‘oshin va rux minerallari 10 % dan oshmaydi, misni qiymati esa 3%. Birinchi bosqichli maydalash shaxtaning о‘zida amalga oshiriladi. 250 mm gacha maydalangan ruda skip yordamida yuqoriga chiqariladi. 16 mmli ruda KSD – 2200 maydalagichiga kelib tushadi . -50 mm gacha maydalangan maxsulot og‘ir suzpenziya sexiga jо‘natiladi. Aralash rudalar uch bosqichda maydalanadi va og‘ir suzpenziya sexiga boyitish uchun jо‘natiladi. Ziryanovsk kombinatiga kelib tushadigan xamma rudalar avval og‘ir suzpenziyada boyitiladi. Og‘ir fraksiya asosiy korpusdagi bunkerga jо‘natiladi va u yerda birinchi xamda ikkinchi seksiyada yer osti usulida qazib olingan rudalar boyitiladi. Qolgan ucha seksiyada esa Grexovsk konining aralash rudalari va qolgan xamma rudalar birgalikda boyitiladi. Kombinatda qisman kollektiv – selektiv sxema bо‘yicha rudalar boyitiladi. Yer osti usulida qazib olingan rudalar yanchish jarayonida 40- 55 % gacha yanchilib, (-0,074 mm) birinchi asosiy mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga jо‘natiladi. Birinchi bosqich tegirmoniga natriy sulfid (10-16 g/t) va sianid tuzi (0-2,5 g/t) qо‘shiladi. Birinchi asosiy mis –qо‘rg‘oshin flotatsiyasidan avval pulpa taqsimlovchiga rux kuparosi (270- 430 g/t), flotatsiyaga esa natriy sulfit (5-20g/t), butil va izopropilksantogenati aralashmasi 1:1 (3- 7g/t) va siklogeksanol (15-40g/t) qо‘shiladi. Mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasining chiqindisi 75-85 % gacha qayta yanchilib, ikkinchi mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga jо‘natiladi. Sfalerit va piritni chо‘ktirish maqsadida ikkinchi bosqich tegirnmoniga natriy sianid tuzi (0-2,5 g/t, pulpa taqsimlovchiga esa rux kuporosi (50-100 g/t), ikkinchi asosiy mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga esa ksantogenatlar aralashmasi (2-6 g/t), siklogeksanol (20-35 g/t), ba’zida kalsiy oksidi qо‘shiladi. Asosiy mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasida rN=7,2-7,6 nazoratli flotatsiyada esa rN =7,8- 8,2 bо‘lishikerak. Tozalash jarayonidan keyin va qо‘shimcha flotatsiya (rux kuporosi 50-165 g/t va sianid 3-12 g/t) о‘tkazilgach, kollektiv mis – qо‘rg‘oshin konsetrati tarkibida 15-16 % mis , 36-37 % qо‘rg‘oshin va 6-7 % rux bor. Nazoratli mis – qо‘rg‘oshin chiqindisi tarkibida 0,024 % mis, 0,24 % qо‘rg‘oshin va 4,8 % rux bо‘lib, rux pirit flotatsiyasiga jо‘natiladi . Rux pirit flotatsiyasi nazoratli mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi bilan aralashtirilgach, va mis kuporosi (40-75 g/t) ksantogenat, (10-25 g/t), ditiofosfat (3-15g/t) va kerosin (3-15g/t) ta’sir ettirilib olib boriladi va bunda rN= 8,2-8,5 bо‘lishi kerak. Ikkita nazoratli jarayonga mis kuporosi 15-25 g/t, ksantogenat 5-15 g/t va ditiofosfat (3-15g/t) qо‘shilib, chiqindisi chiqindilar maydoniga jо‘natiladi. Uning tarkibida 0,06 % qо‘rg‘oshin, 0,1 % rux va 0,02 % mis bor.Tozalash jarayonidan sо‘ng rux – pirit boyitmai rux flotatsiyasiga jо‘natiladi va ishqoriy muxit xosil qilish maqsadida oxak 300-400g/t qо‘shiladi. Oxakdan tashqari rux flotatsiyasiga mis kuporosi (5g/t gacha), ksantogenat (1 g/t gacha) va ditiofosfat (5 g/t gacha) xamda I tozalash jarayoniga oxak beriladi (100-200 g/t). Uchta tozalash jarayonidan sо‘ng, 58 %li rux boyitmai olinib, uning tarkibida 0,03 % mis va 1 % qо‘rg‘oshin bо‘ladi xamda ruxni ajratib olish foizi 88,5 % ni tashkil etadi. Nazoratli flotatsiyaning chiqindisi rux – pirit nazoratli flotatsiyasi chiqindisi bilan qо‘shilib chiqindilar maydonigachiqindilar maydoniga jо‘natiladi. Kollektiv mis – qо‘rg‘oshin flotatsiyasi sianid usulida ajratiladi. Kollektiv boyitma qо‘rg‘oshin boyitmaidan avval kontakt chanda natriy sulfid (10-40 g/t) va kaliysianid (100-180 g/t) bilan aralashtiriladi. Kaliysianidning о‘zini qо‘llaganda mis – qо‘rg‘oshin boyitmai ajratish jarayoni yomonlashadi va shuning uchun qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga kalsiy xlorit 60 – 118 g/t, aktivlashtirilgan kо‘mir 8-14 g/t, ksantogenat 0-2 g/t va siklogeksanol 0-2 g/t qо‘shiladi. Kaliy sianid xuddi shuningdek birinchi va ikkinchi tozalash jarayoniga 20-54 g/t qо‘shiladi, birinchi tozalash jarayoniga esa natriy sulfid 5-20 g/t qо‘shiladi. Nazoratli qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga esa kaliy xlorid 10-18 g/t, ksantogenat (2 g/t gacha) va siklogeksanol (2g/t gacha) qо‘shiladi. Uch marta tozalangan qо‘rg‘oshin boyitmai tarkibida 74 % qо‘rg‘oshin, 3 % rux va 1,9 % mis bо‘lib, qо‘rg‘oshinni ajratib olish foizi 87,2 % . Ikkinchi nazoratli qо‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi tayyor mis boyitmai bо‘lib, tarkibi 26 % mis, 3 % qо‘rg‘oshin va 4,5 % rux bо‘lib, misni ajratib olish foizi 71 % . Og‘ir suzpenziyada boyitishdan ajratilgan shlamlar aloxida siklda boyitiladi. Grexovsk konining aralash rudalarini boyituvchi texnologik sxemasi uch bosqichli yanchish jarayonidan iborat. Mis – qо‘rg‘oshin boyitmai 4 ta tozalash jarayonidan keyin qо‘rg‘oshin boyitmai va mis oraliq maxsulotiga ajratiladi. Mis oraliq maxsuloti tarkibida 23 % mis va 10 % dan kо‘proq rux bor. Shu sababli filtrdash jarayonidan keyin u mis flotatsiyasiga jо‘natiladi. Bir karra tozalangan mis boyitmai tarkibidagi mis 20 % ga oshadi. Snegirevsk qо‘rg‘oshin rudasi Grexovsk koni rudasini boyitiladigan texnologiya bо‘yicha boyitiladi. Kombinatda shu bilan birga Orlovsk konining mis rudasi xam boyitiladi. Mis – qо‘rg‘oshin boyitmaini ajratish uchun jarayonga kaliy sianid (800-900g/t), kalsiy xlor (375-400g/t) qо‘shiladi. Rux flotatsiyasida flotoaktiv piritni chо‘ktirish uchun yuqori ishqoriy muxit xosil qilinadi va (4200-8400g/t) oxak qо‘shiladi. Snegirevsk konining sidirg‘a bir tekis rudalari sulfidlar va oksidlar aloxida boyitiladigan sxema bо‘yicha boyitiladi. Bunda misni oksidli minerallari 40-50 % ni tashkil etadi. Sulfidizatsiya jarayoniga (3-4kg/t gacha) natriy sulfid qо‘shiladi. Oltin va kumush quyiltirgich quyilmasidan ionitli filtr yordamida ajratib olinadi
Xulosa
Mening xulosam shuki - Qо‘rg‘oshin rudalarini flotatsiyasining texnologik sxemalari va reagentlari sulfidli qо‘rg‘oshin rudalarini boyitish texnologiyasi, galenitni katta – kichikligi, flotatsion faolligi va undagi piritni miqdoriga bog‘liq. Kombinirlangan gravitatsiya – flotatsiya usuli yirik zarrachali galenit uchun qо‘llanilib, uning asosiy qismi og‘ir aralashmalarda boyitiladi yoki chо‘ktirish mashinalarida ajratib olinadi. Bu usul faqatgina qо‘rg‘oshin uchungina emas, balki qо‘rg‘oshin – rux va polimetall rudalar uchun ham qо‘llanadi. Galenitni flotatsiyalash ishqoriy muhitda, ya’ni rN 8 – 8,5 ga teng bо‘lganda ksantogenatlar yoki ditiofosfatlar ta’sir etib (30-60g/t) olib boriladi. Ruda tarkibidagi pirit esa sianid tuzlari yordamida yaxshi chо‘ktiriladi. Agar ruda tarkibida temir oksidlari va gidroksidi uchrasa, texnologik sxemaga boyitish stoli va magnitli saralash jarayonlari kiritiladi. Bu kabi kombinirlangan sxema Marokkoning “Mibladen”, GFR ning “Mexernix” fabrikalarida qо‘llanadi. Galenit va serussitni ketma – ket flotatsiyalash Fransiyaning “San-Sebastyan” va Shvetsiyaning “Vassbo” fabrikalarida qо‘llaniladi. Chet el fabrikalarida qо‘rg‘oshin asosan sulfidli rudalardan ajratib olinadi va faqat 25% gina aralash va oksidli rudalardan ajratib olinadi. MDH davlatlarida aralash va qiyin boyitiluvchi rudalar 45 % ni tashktl etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
1. Abramov A.A. Pererabotka , obogasheniye i kompleksnoye ispolzovaniye tverdix poleznix iskopayemix. ─ M.: MGGU,2004.
2. Abramov A.A.Texnologiya pererabotki i obogasheniya rud svetnix metallov. ─ M.: MGGU, 2005
3. Adamov E.V. Obogashenie rud svetnix metallov. ─M.: Nedra,1992.
4. Umarova I.K. , Solijonova G.Q. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash. Darslik. ─ T.: Cho‘lpon, 2009
5. Razumov K.A.Proyektirovaniyeobogatitelnix fabrik – M.: Nedra, 1992
6 Refarat.uz
7 Arxiv.uz
8 Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |