Amerika fojiasi



Download 22,88 Kb.
bet1/2
Sana09.08.2021
Hajmi22,88 Kb.
#143664
  1   2
Bog'liq
TEADOR DRAYZER


TEADOR DRAYZER “AMERIKA FOJIASI” HAQIDA

Xulosa

Roman bosh qahramoni – Klayd Griffits – “hayotga amerikacha nuqtai nazar bilan Bosh qahramonning fojiaga olib kelgan asosiy kamchiligi, uning advokatlari Belnep va Jeffson tomonidan sudga olib chiqilgan edi. Advokatlar o‘zlarining himoyasini, mijozining “aqliy va ma’naviy qo‘rqoq” ekani atrofiga quradi. Kitobda bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri aytilmagan, ammo o‘quvchining o‘zi o‘ylab ko‘rsa, agar Klayd biroz aqlli, mas’uliyatli va jasoratli yigit bo‘lganida, u o‘zini burchakka taqab qo‘ymas edi: Roberta bilan munosabatlarni chuqurlashtirishdan avval o‘ylab ko‘rishi, qizning ertangi taqdiri uchun javobgarlik hissi borligini sezishi kerak edi.Klayd bilan sodir bo‘lgan fojia tasodifiy va muqarrar bo‘lgan bir qator omillarga asoslangan. Buning ostida uning bolalikda qattiqqo‘l ota-ona tarbiyasini olgani, sodda va orzularga beriluvchan yoshda ekani, boy oilaning kambag‘al a’zosi ekani, yuqori jamiyat tomonidan rad etilgan va ular bilan aloqa qila olmagani sabablari yotadi. Klayd Robertani chindan sevarmidi? Yoki ichki yolg‘izligi sabab va Kanzas-Siti shahrida jozibali Gortenziya Brigs tomonidan uyg‘otilgan ayol bilan jismoniy yaqinlikka bo‘lgan ehtiyoj tufayli yoqtirarmidi? O‘ylaymanki, u Robertani rostdan ham yoqtirar edi, lekin boy qarindoshining ishonchini yo‘qotish, chiroyli va boy Sondra Finchli bilan xayrlashish qo‘rquvi uning muhabbatini qabohatga aylantirdi. Kambag‘al va o‘ziga ishonchi yo‘q yigit boy oiladan chiqqan qiz bilan uchrashib, uning qo‘li va yuragiga ega chiqishiga ishonish mumkinligini anglab yetgach, oddiy ishchi qizga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ldi.Qat’iy axloqiy qadriyatlariga muvofiq tarbiyalangan Roberta ham, mehribon yuragiga qaramay, uning boshiga tushgan baxtsizliklar oldida o‘jar va shafqatsiz bo‘lib qoladi. Agar u yanada moslashuvchan bo‘lganida, Klaydsiz farzand ko‘rish va undan pul olish haqidagi taklifiga rozi bo‘lganida, yoki unga boshqa yo‘llar orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qilganida, balki bu fojialar ro‘y bermasmidi? Roberta Oldenning fojiasi shundaki, u ota-onasi va jamiyat oldida juda katta qo‘rquvni his qiladi va gunohini tan olishdan qo‘rqadi. Jamiyatning, odamlarning fikri uni qo‘rqitdi, shaxsiy hayotini jamiyat boshqaruviga topshirgan holda, jamiyat uchun oppoq ko‘rinish maqsadida undan voz kechishga tayyor turgan yaramas insonning ortidan qolmadi.Sondraga bo‘lgan muhabbati tufayli Klaydga, gazetadagi maqola orqali qotillik g‘oyasi keladi, lekin... U jinoyat qilishni xohlaydimi yoki yo‘qmi? Buni na u, na boshqalar va na kitobxon roman oxirigacha tushunmaydi, toki qatl qilinish uchun ketayotgan Klayd yoniga kelgan rohib Mak-Millan va’zida dahshatli hikoyaga yakuniy nuqtani qo‘ymagunicha. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, yigit qotillikni avvalo o‘z yuragida sodir etib bo‘lgani uchun ham aybdor edi.Klaydning ichki kechinmalari bir qator faktlardan boshqa narsa emas: u Robertadan qutulmoqchi edi, uning fikricha, boy va baxtli yashashi uchun bundan boshqa yo‘l yo‘qligidan g‘azab va nafrat tufayli qizni urdi; qizni cho‘kib ketishdan qutqarmadi, chunki u buni butun umr orzu qilgan ishlarga yetkazadigan yagona tez yo‘l deb bildi.Qatl qilinishidan oldin “Amerika fojiasi” qahramoni qo‘rquv va yolg‘izlik ta’sirida ruhiy inqilobni boshdan kechiradi, bu o‘sha mash’um ko‘lda sodir bo‘lgan voqeani haqqoniy aytib berishga imkon beradi. Drayzer o‘z romanida nafaqat jinoyatchining va o‘limga hukm qilingan shaxsning ichki his-tuyg‘ularini ochib bergan mukammal psixolog, balki Amerika jamiyatining tuzilishini – uning eng yuqori pog‘onasidagi muhtojlik nimaligini bilmagan boylar va butun umr muhtoj yashaydigan kambag‘al qatlamning uzviy bog‘liq hayotini, hamma narsa, hattoki sud tizimi ham o‘zaro manfaat uchun qurilgan toza kapitalistik jamiyatni tasvirlab bergan ajoyib rassom ham edi (asardagi prokuror ham sudya rutbasiga erishish uchungina ishni tezroq ochishga harakat qiladi, haqiqatni yuzaga chiqarish ikkinchi o‘rinda edi. Kecha bizda xokimlar, prezident aytgani uchungina va o‘z o‘rnini saqlab qolish uchungina xalqdan uzr so‘raganlari kabi).


Download 22,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish