TEADOR DRAYZER “AMERIKA FOJIASI” HAQIDA
Xulosa
“Amerikacha orzu” har doim ham muvaffaqiyat hikoyasi emas. Ba’zan bu tush fojia bilan tugashi ham mumkin. Asarda muvaffaqiyat, yaxshi ish, pul, boy xotin qanday qilib qahramonni jinoyatga va qatlga olib borishi yoritilgan. Muallif o‘sha davr Amerika dunyosini boricha, hech qanday romantikasiz ko‘rsatib bergan. Asardagi qahramonlar xarakterining mohirona ochib berilishi ham bu qahramonlar taqdiri qanday rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Masalan, Roberta; albatta, har qanday odam bu qizga achinadi, lekin, shu bilan birga, tushunasizki, uning o‘zi oqibatlari haqida o‘ylamasdan “amerikacha orzu”ga erishmoqchi edi. Muallif Klayd kabi yigitlarni shunchalik mohirona tasvirlaganki, yoqmasa-da, uning xatti-harakatlari o‘quvchiga tushunarli.XX asr boshlarida yashagan, hech qanday qobiliyatga ega bo‘lmagan oddiy amerikalik yigitcha go‘yo go‘zal hayot haqidagi orzusini ro‘yobga chiqarish uchun faqatgina intilish va omad kerak deb hisoblar edi. Ammo bu maqsadlarga erishishda insoniylik, vijdon, iroda, axloq, odob kabi tushunchalarni kerakmas deb bildi. U bolaligidanoq bu xayollarni mahkam ushlagan edi. Ushbu xayolotlar asta-sekin, lekin doimiy ravishda butun jamiyat tomonidan ilhomlantirildi. Xayolot odamni o‘zini anglashdan uzoqlashtiradi va jar yoqasiga olib keladi. Kuchli irodaga ega bo‘lmagan, ehtiros va xayollar bo‘roniga bo‘ysungan Klayd Griffits aslida “amerikacha orzu”ni amalga oshirish o‘rniga yolg‘izlik, tahqirlanish, nafrat va qotillik iskanjasida qoladi.Romanda hamma narsa amerikaliklarga xos. Ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar, dinga bo‘lgan munosabat, iqtisodiyotga, ishga, siyosiylashtirilgan sud jarayonlari va albatta “amerikacha orzu”. Jamiyatni boy bo‘lish, har qanday holatda ham oson hayot kechirish uchun o‘zlarining “oftob tagidagi joy”ini olish istagigina boshqaruvchi o‘sha davr Amerikasining tasviri asarda moxirona o‘z ifodasini topgan. O‘quvchida roman qahramoni Klayd Griffitsga bo‘lgan munosabat kitob davomida bir necha bor o‘zgaradi. Avvaliga yoqimtoy va kulgili yigitcha bo‘lib ko‘ringan Klaydga asar o‘rtasida nafratingiz qo‘zg‘asa, asar so‘ngida balki rahmingiz kelishi ham mumkin...qaraydigan tipik yosh amerikalik” edi. Bolaligidan u moddiy qadriyatlarni ma’naviy qadriyatlardan yuqori qo‘ygan ko‘plab vatandoshlariga to‘liq o‘xshashga va ularning standartlariga intildi. Green Davidson mehmonxonasida xabarchi bo‘lib ishlash juda dindor, va’zgo‘y oilada o‘sgan yigit uchun yangi, jozibali dunyo kabi ko‘rindi. Bu yerda katta daromad va ota-onasining muayyan faoliyati tufayli bolalikda topa olmaslikdan qo‘rqqan haqiqiy do‘stlar topdi. U bilan vaqt o‘tkazishga rozi bo‘lgan chiroyli qizlar bor. Bunda u uchun avvalgi turmush tarziga ko‘ra ijtimoiy axloq yo‘l qo‘ymaydigan – restoranlarda ziyofat qilish va ishratxonalarga tashrif buyurish kabi ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalar ochildi. Klayd haqiqiy hayot bilan to‘qnashishi bilan uni ortidan keladigan qiyinchiliklarga qarshi tura olmaydi: yo‘lda qizning o‘limida tasodifiy jinoyatchiga aylanganidan so‘ng o‘n yetti yoshli yigit hamma narsani tashlab, Kanzas-Siti shahridan qochib ketadi. Asarning birinchi qismida muallif o‘quvchini bosh qahramon xarakterining asoslari bilan tanishtiradi. Bunda pulni va o‘yin-kulgini sevuvchi, ayollarga suyagi yo‘q, real hayot haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmagan yosh yigitcha tasvirlangan edi.“Amerika fojiasi”ning ikkinchi qismi yigitning amakisi boy sanoatchi Samuel Griffitsga tegishli bo‘lgan fabrikaning oddiy ishchisi Klayd Griffits va Roberta Olden o‘rtasidagi munosabatlar voqeasini hikoya qiladi. Uchinchi qism – bu asarning yuridik qismi bo‘lib, ikkinchisining uzviy davomi – bunda jinoyat chuqur tahlil qilinadi, sud bo‘lib o‘tadi, va hukm o‘qilganidan keyingi Klayd ongidagi ma’naviy o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |