O’zbekistonning jahon ham jamiyatoidagi o’ziga xos o’rni



Download 36,79 Kb.
bet1/6
Sana18.02.2022
Hajmi36,79 Kb.
#455608
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’ZBEKISTONNING JAHON HAM JAMIYATOIDAGI O’ZIGA XOS O’RNI


O’ZBEKISTONNING JAHON HAM JAMIYATOIDAGI O’ZIGA XOS O’RNI
XX asrning oxirgi o’n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim voqealar sodir bo’ldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Yevropaning qator mamlakatlari mustabid tizim zulmidan qutilib demokratik rivojlanish yo`liga o’tdi.Sobiq SSSR o’rnida mustaqil davlatlar paydo bo’lib ular jahon hamjamiyatiga bevosita qo’shilib xalqaro munosabatlarning alohida subyektlariga aylandilar.

1991 yilda SSSR tarqalib ketgach jahon rivojlanishida yangi murakkab bir davr yuzaga keldi.


Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi.Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo’linish ro’y berdi.Ko’chlar markazigacha asosan ikki joyda to’plangan, dunyo ikki qutbli bo’lgan bo’lsa, endi vaziyat o’zgardi, dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi, nazorat qilish qiyinlashdi.
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va ziddiyatlar yanada o’sdi.
Uchinchidan jahonning ko’pgina mamlakatlarida ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf-xatarlar o’sib borayapti.
Boy va kambag`allar o’rtasida mulkiy tafovutning kuchayishi, ishsizlikning, qashshoqlikning avj olishi, bir qator mintaqalarda milliy-etnik va diniy nizolarning kelib chiqishi ekstremizm va fundamentalizm kabi ilatlarning kuchayishi ijtimoiy-siyosiy barkarorlikka putur yetkazuvchi omillar xisoblanadi.
To’rtinchidan yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo’lsa ham hali ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda saqlanaetganligi va bunday qurolga ega bo’layotgan davlatlar safining ortib borishi, shuningdek ekologik muammolarning kuchayishi ham jahon taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda.
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu uning jug`rofiy-siyosiy jahatdan qulay mintaqada ekanligidir.
Birinchidan, O`zbekiston markaziy Osiyo mantaqasining transport, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan.
Ikkinchidan, O`zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy minyeral-hamashyo resurslari bor.
Uchinchidan davlatimiz nafaqat o`zini o`zi ta`minlaydigan, balki chetga chiqarishga Iqtisodiyotning asosi bo’lmish muhim tarmoqlarga ega.
To’rtinchidan O`zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o`rni bor. Yurtimiz ma`naviy merosga boy.
Shu bilan birga O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilib mustaqil rivojlanigshida salbiy ta`sir ko’rsatuvchi qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar:

Birinchidan, jug`rofiy-strategik tarafdan olib qarasaq, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko’ramiz.


Ikkinchidan, markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bog`liq ekologik falokat ta`siri seziladi.

Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e`tiborni taqozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta`sir etish istaklari borligini ham xisobga olmasdan bo’lmaydi.

O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlardan muhimi, uning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olganidir.

1991 yil 31 avgusta Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik haqidagi bayonotda O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan unda: Xalqaro hamjamiyatning to’la xuquqli a`zosi bo’lgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsablari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z xududini qurol yarog`lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va taziyiqqa yo`l qo’ymaslikdan iborat — deb qayd qilindi.

Prezident I.Karimov o`zining “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqiyot yo`li” kitobida mamlakatimizning mustaqil tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g`risidagi Chet el investitsiyalari to’g`risidagi,investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tug`risidagi,Tashki iqtisodiy faoliyat to’g`risidagi xujjatlarda o`z ifodasini topdi.

O`zbekiston Prezidenti I.Karimovning birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48 (1993) va 50-yubiley (1995 sessiyalaridagi nutqlarida mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining bosh yo`nalishlari belgilab beriladi.

O`zbekiston hukumati respublika tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saklashga sodiqlik:
davlatning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini xurmat qilish:
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik:
nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish:

kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik:

ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi:

davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonlik va xavfsizligini ta`minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, xalq do’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish:

tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik:

davlatlararo alokalarda teng huquqning va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi:

tashqi aloqalarni ham ikki tamonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

1992 yil 2 martda O`zbekiston Respublikasi o`z tarixida birinchi bor xalqaro hamjamiyatning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zoligiga qabul qilindi.1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta`sis etilib, ish boshladi.

Bugungi kunda BTM ning O`zbekistondagi vakolatxonasi respublikada BTM ning taraqqiyot Dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, narkotiklarni nazorat qilish bo’yicha Dastur, Bolalar jamg`armasi singari ixtisoslashgan muassalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi.

O`zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tanqislikni mustaxkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot — Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (EXHT) a`zo bo’lib kirdi.

O`zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy tashkilotlar Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg`armasi Evropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog`liqni saqlash. tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Osiyo va Tinch okean xavzasi bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BTMning ta`lim, fan va madaniyat bo’yicha Qo’mitasi (YuNESKO) va boshqa tashqilotlar a`zosidir.

O`zbekiston o`z taraqqiyotida, shuningdek tashqi siyosiy aloqalarida Amerika Qo’shma Shtatlari bilan hamkorlikka katta e`tibor bermokda. 1992 yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochildi.

O`zbekistonda 1996 yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta o’zbek-amerika qo’shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatdi. Bular orasida Navoyi viloyati Zarafshon vodiysidagi, Muruntovda AQSh ning N`yumont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog` jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi qo’shma korxonasi bor.

So’nggi yillarda O`zbekistonning AQSh bilan tashqi savdo munosabatlari ortib bormoqda. Masalan, 1998 yilda O`zbekistondan chiqarilgan bo’lsa, shu davr mobaynida AQSh dan 242,9 mln. dollarlik maxsulot eksport qilib olindi e`tibor olindi.

O`zbekiston ko’pgina mintakaviy tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, Nato, EKO, Islam konfyerentsiyasi, qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.

O`zbekiston O`rta Osiyo davlatlari bilan Turkiya, Pokiston, Yeron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a`zo bo’lib kirdi va Trans Osiyo temir yo`li qurilishida faol ishtirok etmoqda.

Tashqi iqtisodiy aloqalarda respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning tuxtovsiz kirib kelishni ta`minlamoqda. O`zbekiston xukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya, Gyermaniya, Shveytstsariya banklari va firmalari bilan 1,5 milliard AQSh dollari hajmida 32 ta yirik kredit bitimi tuzdi va ular amalga oshmoqda.

Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan O`zDEU avto, O`zDEU elektroniks xissadorlik birlashmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Germaniya va Janubiy Koreya bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilonmoqda.

1917 yil oxirlarida O`zbekistonga kiritilgan investitsiyalarning umumiy xajmi 8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlar sarmoyadorlari ishtirokida 3200 dan ortiq ko’shma korxona qurilmokda.

Sobiq SSSR parchalanib ketgandan sung, 1991 yilning 21 dekabrida Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi tuzildi. O`zbekiston hamdo’stlik g`oyasini qo’llab, uning ta`sis etuvchilaridan biri bo’lib bu tashkilotga a`zo mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlashi borasida faol ish olib bormoqda.

Davlatimizning tashqi siyosatda Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo’yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, MDH ning boshqa mamlakatlari bilan siyosiy, savdo, iqtisodiy va boshqa sohalarda ikki tomonlama shartnomalar izalanib o’zaro manfaatli hamdo’stlik aloqalar uchun mustahkam asos yaratildi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning 1999 yil dekabr va 2000 yil may oydilagi O`zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O`zbekistonning o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustaxkamlashda ikki davlatning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashida alohida o’rin tutadi.

1992 yil mayda MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan kollektiv xavfsizlik to’g`risida shartnoma imzolandi. Shu bilan birga shuni alohida ta`kidlab aytish zarurki, sobiq Ittifoqni qayta tuzishga urinish, ma`muriy buyruqbozlik boshqaruv tuzumiga qaytish O`zbekiston uchun umuman to’g`ri kelmaydigan harakatdir.

O`rta Osiyo Respublikalari raxbarlari A.Akayev, N.Nazarbayev, I.Raxmonov 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentdagi Prezidentning Do’rmon qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda I.A.Karimovning xalqaro terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini qo’llab-quvvatladilar.

O`zbekiston tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar. Qozog`iston, Qirg`iston, Tojikistion, Turkmaniston bilan hamkorlik qurdoshlarcha do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

1994 yil 10 yanvarda O`zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi o`rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta`minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish Qirg’iziston, keyinchalik Tojikistonning ham kirishi O’rta Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayoning chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. Integratsiya dasturi yuzasidan 53 ta loyiha ishlab chiqildi. O`rta Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil O`rda (1993), Nukus (1994), Tashhovuz (1995) shaharlarida bo’lib o’tgan uchrashuvlaridan Orol dengizi muammosiga bag`ishlangan chora-tadbirlar ko’rildi.

Markaziy Osiyo davlatlari hamdo’stligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan zaiflashishini ko’rsatmaydi, balki murakkab o’tish davrida mintaqa mamlakatlarining o’zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir.

Istiqlol yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi ham xalqaro munosabatlar sohasida katta e`tibor beriladi.Qoraqalpog`istonda xorijiy mamlakatlar bilan aloqa bo’yicha Vazirlikligining Qoraqalpog`iston bo’limi tuzildi. 1996 yilda Qoraqalpog`istonning tashqi savdo oboroti 228,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

1996 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklar hissasi Rossiya 11,4 foiz, AQSh 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11.1 foiz, Niderlandiya 7,2 foizni tashkil etdi.

Eksport qilingan tovarlar hajmi 122.9 million dollarga teng bo’ldi.Eksportga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.

Qoraqalpog`iston xalqi I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig’ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda Orolga va Oralbo’yi aholisiga azaliy yordam berish masalasi muhokama tashabbusi bilan Nukusda o’tkazilgan xalqaro konferentsiya esa tarixiy voqea bo’ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri — Nukus Deklaratsiyasi bo’lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e`tibori Orol muammosiga qaratildi.
XXI asr bo’sag’asida jahon tapaqqiyotining
mazmuni tubdan o’zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan SSSR va AQSH
yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi.
Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o’zaro muxoliflik
muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda “sovuq urush” siyosati hukmronlik qilardi. Butun
insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi.
XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo’lgan ulkan
imperiya – SSSR parokanda bo’ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava 


Download 36,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish