1-mashg’ulot O‘simlikshunoslik va chorvachilikda biologiya fanida erishilgan yutuqlardan foydalanish darajasini o‘rganish Mashg‘ulotning maqsadi



Download 21,74 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2022
Hajmi21,74 Kb.
#865851
  1   2
Bog'liq
1-mavzu


1-mashg’ulot O‘simlikshunoslik va chorvachilikda biologiya fanida erishilgan yutuqlardan foydalanish darajasini o‘rganish
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga biologiya fanida erishilgan va erishilayotgan yutuqlardan o‘simlikshunoslik va chorvachilikda foydalanish darajasini o‘rgatish.


Metodik ko‘rsatmalar
Biologiya fani aniq fanlar (matematika, fizika, geometriya, astronomiya va h)dan farq qilib, hajm jihatidan keng, mazmun jihatidan murakkab nazariy masalalarni qamrab oladigan fandir.
Biologiya - bu tiriklik haqidagi fan bo‘lib, materiyaning ma’lum bir shakli sifatidagi tiriklikning yashash va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Biologiya yunoncha bios- hayot, logos- fan degan ma’noni bildiradi. Biologiya atamasini 1802 yilda bir-biridan mustasno tarzda fransuz olimi J.B. Lamark va nemis olimi G.R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Insoniyat azaldan tiriklikka qiziqish bilan qaragan. Shu sababli biologiya fan sifatida shakllanib va rivojlanib bordi. Biologiyaning fan bo‘lib shakllanishida qadimgi Yunonistonda Geraklit, Empedokl, Aristotel, Teofrast, Lukretsiy Kar, Klavdiy Galen, Markaziy Osiyoda Ahmad ibn Nasr Jayxoniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sinolar juda katta hissa qo‘shishgan.
Aristotel (384-322) dunyoning real mavjudligi va uni anglab olish mumkinligini ta’kidlagan. U biologiya fanining rivojlanishida ko‘p yangiliklarni amalga oshirdi va hayvonlarning 510 turini izohlab, ilk bor ularni «Qonlilar» va «Qonsizlar» guruhiga bo‘ladi. Bu hozirgi umurtqalilar va umurqasizlarga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, biologiyaning shakllanishi va rivojlanishidagi keskin davr buyuk ingliz olimi Ch.Darvinning oddiydan murakkabga asta-sekin milliard yillar davomida, erda tiriklikning evolyusion nazariyasining yaratilishiga to‘g‘ri keladi. Bu nazariya o‘simlik va hayvonot olamidagi barcha murakkab jarayonlar haqidagi tushunchalarni tubdan o‘zgartirdi va qayta shakllantirdi. Bu esa biologiyaning rivojlanishi jarayonida mavjudotlarning atrof-muhit bilan munosabatini chuqur o‘rganuvchi tarmoqlarni vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
2. Tirik tabiatni o‘rganish dexqonchilik ishlarini rivojlantirishda ham o‘z aksini topdi. Ma’lumki, jaxon aholisi soni yildan-yilga ortib bormoqda. 21 asrning boshlarida sayyoramizning aholisi 6 mlrd. dan oshib ketdi. Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha kunduzda 100-120 gr oqsil iste’mol qilishi kerak. Vaholanki, ko‘pchilik aholining iste’mol qiladigan kunlik oqsili 50-60 grammdan oshmaydi. Bu esa ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlashdek muhim muammolarni keltirib chiqaradi. Bularni hal qilish uchun sermahsul hayvon zotlari, tezpishar, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, serhosil yangi o‘simlik navlarini yaratishni taqozo etadi. Bu masalalarni hal qilishda seleksiya va uning nazariy asosi hisoblangan genetika, evolyusion ta’limot, biotexnologiya qonuniyatlarini yaxshi bilish kerak.
O‘simliklardan mo‘l hosil etishtirishda tuproq nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, monokulturadan voz kechish, almashlab ekishni joriy etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashishda biologik usullardan keng foydalanishni talab etadi.
Tabiiy sharoitda tarqalgan foydali o‘simlik va hayvonlardan foydalanish uchun ularning biologiyasini, ya’ni rivojlanishi, ko‘payish tezligi, hosil berish darajasini bilish kerak.
O‘rmon xo‘jaligini yuritish, ovchilik, mo‘ynachilik bilan shug‘ullanish ham biologik bilimlarga asoslanadi. Keyingi paytlarda sanoatning gurkirab rivojlanishi natijasida suv, havo, tuproq ifloslanib ketdi (Orol dengizi misolida). Natijada o‘simliklar, hayvonlar va insonlar hayotiga xavf tug‘dirmoqda. Qanchadan qancha o‘rmonlarni kesilishi va cho‘llarni inson tomonidan o‘zlashtirilishi tufayli ko‘pgina foydali tabiiy o‘simliklar kamayib bormoqda va yo‘qolishi arafasida turibdi. SHuning uchun ham insoniyatga zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni yuqori sur’atlar bilan ko‘paytirish usullarini yaratish hozirgi zamon fani oldida turgan eng muhim dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda seleksiya fanini ahamiyati juda katta. Shu sababli, insoniyat ko‘p asrlar davomida seleksiya yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning o‘n minglab yangi navlarini yaratdi. Hozirgi vaqtda 4000 ga yaqin bug‘doy navlari, 2000 ga yaqin olma navlari 10 000 ga yaqin atirgul navlari, 9000 ga g‘o‘za navlari ma’lum.
Chorvachilik va o‘simlikshunoslikda biologiyaning quyidagi yutuqlaridan foydalanilmoqda: o‘simliklarni kasalliklardan va zararkunandalardan himoya qilish uchun mikrobiologik moddalar, bakterial o‘g‘itlar, o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi regulyatorlar, gen va hujayra muxandisligi usullari asosida qishloq xo‘jalik o‘simliklarining yuqori hosilli, noqulay tashqi ta’sirlarga chidamli yangi navlari, duragaylarini yaratish, qimmatli ozuqa qo‘shimchalari va biologik aktiv moddalar (oqsillar, aminokislotalar, fermentlar, vitaminlar, veterinariya uchun preparatlar), chorvachilikda asosiy kasalliklarning oldini olishda biomuhandislik usullarini ishlab chiqish va ular yordamida profilaktika, diagnostika va terapiya yo‘lga qo‘yilmoqda.
Chorvachilikda nasldorlikni oshirish, em-xashak sifatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi sanoatining chiqindilarini foydali qayta ishlash texnologiyalarini yaratish kiradi.
Gen injeneriyasi yordamida nukleotidlar tartibi o‘zgargan DNK molekulasi hosil qilinadi va uni ishlab turgan hujayra genomiga o‘tkaziladi va shu bilan yangi irsiy belgili hujayralar olinadi. Gen injeneriyasi hozirgi kunda organizmlar irsiyatini o‘zgartirishning eng qulay usullaridan biri bo‘lib qoldi. Hujayra injeneriyasining qo‘llanilishi natijasida hayvonlarning klonini olish biotexnologiyasi yaratildi. Bakteriyalarda klon iborasi asosan, bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan, irsiyati va sifat jihatidan bir xil teng bo‘lgan bakteriya koloniyasini yoki aynan bir gendan ko‘chirib olingan gen nusxalari yig‘indisini ifodalash uchun ishlatiladi.
Yuksak o‘simliklarning klonlari sun’iy sharoitda hujayradan etishtiriladi yoki qalamchani payvandlash yo‘li bilan olinadi. Hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonlarini olish yaqin yillargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977 yilda ingliz olimi J. Gerdon tomonidan hujayra injeneriyasi usulini qo‘llash natijasida hayvonlarni klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. YAdrosiz tuxum hujayraga shu organizmning somatik hujayra yadrosini ko‘chirib o‘tkazish bilan genotipi bir xil bo‘lgan organizmlarni olish mumkin. Agar shu usulni qishloq xo‘jalik hayvonlarida qo‘llasa juda katta amaliy ahamiyatga erishish mumkin. Chunki koramollar, qo‘ylar va boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida sersut, seryog‘, serjun, go‘shtdorlari uchraydi. Jinsiy ko‘payishda bu xo‘jalik qiymatiga ega bo‘lgan belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin.
Naslchilik ishlarini yanada rivojlantirishga qishloq xo‘jalik hayvonlarining nasl qoldirish qobiliyatining pastligi va ularning vegetativ yo‘l bilan ko‘paya olmasligi to‘sqinlik qilayapti. Mana shu tabiiy to‘siqlarni olib tashlash uchun hayvonlarni ko‘paytirishda tabiiy usuldan sun’iy usulga o‘tish mumkinligi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi biotexnologik usullarda o‘z aksini topmoqda.
Shunday usullardan biri embrionlarni transplantatsiya qilishdir. 1971- yilga kelib sichqonlar embrionini muzlatish va eritish borasida muvaffaqiyatli ishlar qilindi. 1973- yilda esa sigirlarning muzlatilgan embrioni eritilib, so‘ngra ko‘chirib o‘tqazilishi natijasida birinchi buzoq olindi. Embrionlarni transplantatsiya qilish yo‘li bilan 10 yil mobaynida (1973-1982 y.y.) Kanadada 5413 ta buzoq olindi, AQSHda 1990 yilgacha 500 ming, Hamdo‘stlik mamalakatlarida esa shu muddatga kelib 12 ming buzoq olingan. Embrionlarni transplantatsiya qilish bo‘yicha Xalqaro jamiyat tuzilgan bo‘lib (MOTE, 1984y), unda 35 mamlakatdan 830 ta a’zo ish olib boradi. Keyingi 12 yil ichida embrionlarni transplantatsiya qilish bo‘yicha rekord natijalarga erishildi. Masalan, AQSHda har bir donor sigirdan yiliga 135 ta, Fransiyada 80 ta, Germaniyada 57 ta, Rossiya Federatsiyasining chorvachilik institutida 44 donor sigirdan 261 ta, Ukraina chorvachilik institutida 6 donor sigirdan 71 ta transplantat buzoq olindi. Ma’lumki, hayvonlar tabiiy em-xashakni etarli darajada hazm qilmaydi, ayrim hollarda oziqaning yarmidan ko‘pi go‘ngga chiqib ketadi. SHuning uchun oziqaning to‘yimliligini oshirish va balanslantirish uning tarkibidagi oqsil hamda aminokislotalar biotexnologik usulda olinib kerakli mikdorda qo‘shiladi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari kasalliklariga qarshi emlash uchun ishlatiladigan vaksinalar olish katta iqtisodiy samara beradi. Odatda ishlatiladigan vaksina preparatlari kasallik qo‘zgatuvchi (bakteriya, virus) larni kuchsizlantirish yoki aktivligini yo‘qotish va unga har xil oziqlantiruvchi suyuqliklar qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Chorvachilik fermalaridagi chiqadigan go‘ngdan biogaz olish ham biotexnologik asosga ega. Biogaz beruvchi qurilmalar alohida xo‘jaliklarni yoqilg‘i va yuqori samarali ekologik toza o‘g‘itlar bilan ta’minlaydi. Bunday qurilmalarni joriy etish chorvachilik va parrandachilik fermalari, ularning atrofidagi ekologik muhitni yaxshilaydi.

Download 21,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish