YEXHT bilan hamkorlik. O’zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni
mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga
oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
(YEXHT) ga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo’lgan Yevropada
xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va
Kengashning 10-iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon
hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki
bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar
yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan
shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning
ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik ruhida
bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi. 1999-yil noyabr oyida bo’lgan YEXHTning
Istanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro
markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 1996-yil fevral oyida O’zbekiston bilan
Yevropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul
oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va
hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va
unga a’zo bo’lgan 27 ta mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib
siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini
ta’minlovchi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Oliy Majlisi bilan Yevroparlament o’rtasida ham aloqalar o’rnatildi. Bu
aloqalar O’zbekiston parlamenti bilan Yevroparlament o’rtasida 1998-yilda tuzilgan
hamkorlik qo’mitasi darajasida kengayib bormoqda. O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi
o’rtasida imzolangan sheriklar va hamkorlik to’g’risidagi bitim bunga aloqador davlatlar
parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilindi.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish
bo’yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi
Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa
dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik
xaqidagi shartnomaga qo’shilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |