O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA ITTIFOQI BILAN HAMKORLIGI
O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O‘zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a`zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muloqoti faol xarakterga ega. U 5 asosiy qo‘shma organ doirasida amalga oshirilmoqda: Hamkorlik kengashi (13 ta yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan), Hamkorlik qo‘mitasi (14 ta yig‘ilishi), Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita (12 ta yig‘ilishi), Parlament hamkorligi qo‘mitasi (13 ta yig‘iilishi) hamda Adliya, ichki ishlar va boshqa masalalar bo‘yicha quyi qo‘mita (14 ta yig‘ilishi).
2011-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Bryusselga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozu va Yevropa Ittifoqining energetika masalalari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek O‘zbekistonda YeI diplomatik vakolatxonasini (Delegatsiyasini) tasis etish to‘g‘risidagi Kelishuv, O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma hamda 2011-2013 -yillarda Yevropa Ittifoqi Komissiyasi texnik ko‘magi Indikativ dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi.
Bryussel shahriga oliy darajadagi tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi bilan turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni teng huquqlilik va o‘zaro sheriklik asosida kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.
2011- yilning 31-may kuni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Hozirgi kunda YeIning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Eduards Stiprays faoliyat yuritmoqda.
2017-yilning 16-19-iyul kunlari Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bryussel shahriga O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
2017-yilning 9-10-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini O‘zbekistonga “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida u Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.
O’zbekiston 1992 yilning 26 fevral kunidan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) ishtirokchisi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasini YXHT va uning institutlari bilan o’zaro hamkorligi turli darajalarda boradi va o’z ichiga keng qamrovli muammo va masalalarni oladi.
O’zbekiston Respublikasining YXHT huzuridagi doimiy vakolatxonasi
1994 yilda Vena shahrida o’z ishini boshlagan.1995 yilda O’zbekiston tomonining tashabbusligida Toshkent shahrida YXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqa Byurosi ochildi.
1999 yilda Tashkilotning O’rta Osiyo davlatlarida va Qozog’istonda alohida vakolathonalarining ochilishi munosabati bilan Byuro YXHTning Toshkentdagi Markaziga aylantirildi.
2006 yil iyun oyida O’zbekiston taklifiga ko’ra Tashkilot Doimiy kengashining O’zbekistonda YXHT loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi tashkil etilishi to’g’risida qarori qabul qilindi. Shu yil iyul oyida O’zbekistonda YXHT loyihalari muvofiqlashtiruvchisi lavozimi tashkil etilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va YXHT kotibiyati o’rtasida Memorandum imzolandi. Hamkorlikning ushbu ko’rinishi O’zbekiston tomoni uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalar va O’zbekistyon va Tashkilotning o’zaro ta’sirini kuchaytirishdagi YXHT faoliyatini bir joyga jamlash imkonini berdi.
Imzolangan Memorandum doirasida 2007 yilda respublikaning vazirliklari va idoralari hamkorligida YXHTning barcha uch yonalishida 18 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lsa, 2008 yilda - 15 ta, 2009 yilda - 14 ta, 2010 yilda - 12 ta, 2011 yilda – 12 ta, 2012 yilda – 11 ta, 2013 yilda – 11 ta loyiha amalga oshirildi. 2014 yilda amalga oshirish uchun 14 ta loyiha tasdiqlangan. Hozirgi vaqtda respublikada 20 dan ortiq YXHT loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hamkorlikning asosiy urg’usi O’zbekistonning milliy manfaatlari va halqaro kun tartibidagi masalalarni, xavfsizlikning yangi tahdid va da’vatlarini hisobga olgan holda barcha uch yonalish bo’icha Tashkilot doirasida qabul qilingan majburiyat va tamouillarni respublikada amalga oshirishga yonaltirilgan.
Loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiatining institutlari, shuningdek inson huquqlarini himoya qilish hukumat idoralari - Oliy Majlisning inson huquqlari bo’icha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari Milliy markazi hamda O’zNNTMA va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faol jalb etilgan.
O’zbekistonni doimo ravishda YXHTning amaldagi raislari tashrif buyurishadi: 1998 yilda - B.Geremek (Pol’sha), 1999 yilda - K.Vollebek (Norvegiya), 2000 yilda - B.Ferrero-Valdner (Avstriya), 2001 yilda – M.Djeoane (Ruminiya), 2002 yilda - A.Martinsh da Krush (Portugaliya), 2003 yilda – Ya.-H. de Sxeffer (Gollandiya), 2004 yilda - S.Passi (Bolgariya), 2005 yilda - D.Rupel (Sloveniya), 2006 yilda - K. de Gyuxt (Belgiya), 2007 yilda - M.Moratinos (Ispaniya), 2008 yilda - A.Stubb (Finlyandiya), 2011 yilda - A.Adjubalis (Litva), 2013 yilda - L.Kojara (Ukraina).
2013 yilda O’zbekistonga YXHTning Bosh kotibi L.Zannier tashrif buyurdi.
2008-2013 yillarda O’zbekistonga shuningdek Tashkilotning rasmiy vakillari bir necha bor tashrif buyurishdi: OAV erkinligi bo’icha vakil M.Harashti (2008 va 2009 yillrda), Nizolarni oldini olish Markazi direktori G.Zalber (2009 va 2011 yillarda), Kam millatlar masalalari bo’icha Oliy komissar K.Vollebek (2009, 2010, 2011 va 2012 yillarda), Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosi direktori Ya.Lenarchich (2009 yilda), OAV erkinligi bo’icha vakili D.Miyatovich (2011 yilda), Odam savdosiga qarshi kurashish masalalri bo’icha YXHT maxsus vakili va muvofiqlashtiruvchisi M.-G.Djiammarinaro (2013 yilda).
O’zbekistonning YXHT bilan xamkorlik va havfsizlik masalalari bo’icha tashabbuslari tashkilotning qator hujjatlarida o’z aksini topgan.O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari vakillari YXHTning barcha uch yonalishlari bo’icha o’tkaziladigan anjuman, forum, seminar va treninglarda qatnashib keladilar.
O’zbekiston delegatsiyasi YXHTga a’zo mamlakatlarni tashqi ishlar vazirlari yillik uchrashuvlarida qatnashib keladi. 2013 yil 5-6 dekabr kunlari Ukrainaning poytaxti Kievda bo’lib o’tgan tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvida O’zbekiston delegatsiyasi tashqi ishlar vaziri o’rinbosari darajasida ishtirok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |