O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «Teri va tanosil kasalliklari»



Download 89,5 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi89,5 Kb.
#13452
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH

VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi

Fan: dermatovenerologiya

Davolash fakulteti

Tibbiy-pedagogika fakulteti

Tibbiy-prophilaktika fakulteti



MAVZU:№ 5

Blister va virusli dermatozlar. Akantolitik pufakcha: etiopatogenez, klinik xususiyatlari, diagnostika, dispanserizatsiya. Dyuring urchuqsimon dermatiti. Oddiy gerpes, o`rab oluvchi temiratki. So`gallar.Virusli kaalliklar va OITS- assosirlangan dermatozlarni tashxislash va davolash.

4 kurs talabalar uchun

Tuzuvchilar: Musaeva N.Sh.

Karimova M.K.

MAVZU:№ 5

Blister va virusli dermatozlar. Akantolitik pufakcha: etiopatogenez, klinik xususiyatlari, diagnostika, dispanserizatsiya. Dyuring urchuqsimon dermatiti. Oddiy gerpes, o`rab oluvchi temiratki. So`gallar.Virusli kaalliklar va OITS- assosirlangan dermatozlarni tashxislash va davolash.

PO'RSILDOQ YARA (Pemphigus)

Po'rsildoq yara – akantoliz (akantolizis) tufayli o'tkir yallig`la-nishsiz teri va shilliq pardalarda rivojlangan pufak hosil bo'li-shi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Po'rsildoq yara har ikkala jinsda uchrab, 40 yoshdan kattalarda ko'proq uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi.

Po'rsildoq yaraning 4 xili tafovut etiladi: oddiy (P. vulgaris), barg-simon (R.foliaceus), tarqaluvchi (P. vegetans) va seboreyali (P.seborrhoi-cus). Oddiy turi boshqa turlariga nisbatan ko'proq uchraydi. Og`iz shil-liq pardasi jarohatlanishi bargsimon turidan boshqa hamma turlarida kuzatiladi.

Oddiy po'rsildoq yara deyarli doimo og`iz shilliq pardasi jaro-hatlanishi bilan boshlanadi yoki teri jarohatlanishi bilan boshlan-sada, albatta keyinchalik og`iz shilliq pardasi ham jarohatga uch-ray-di. SHu sababli kasallik avjiga chiqqan davrda doimo og`iz shilliq pardasi jarohatlanganligini kuzatamiz.

Klinikasi. Oddiy po'rsildoq yaraning klinik ko'rinishi tipik, monomorf pufaklar toshishi bilan xarakterlanadi. Ko'rinishidan sog` bo'lgan teri sathida o'lchamlari 0,5–1,0 santimetrdan 5 sm, hatto undan katta o'lchamli, yupqa tomli pufak paydo bo'ladi. Pufak suyuqligi shaffof bo'lib, qisqa muddatda loyqalanadi. Pufak tomi oson yorilib, yuza, to'q qizil rangli chaqalar hosil qiladi. Bu chaqalar uzoq bitmaydi. CHaqa chetlarida epidermis bo'lakchalari saqlanadi. Epidermis bo'lakchalarini pinset yordamida torsak ko'rinishidan sog` ko'ringan teri sathidan epidermis oson ko'chishi kuzatiladi va ayrim shaftoli mevasi terisining engilgina tozalanishini eslatadi. Bu holat akantolizis hodisasi tufayli kuzatilib, Nikolskiy simptomi deb nomlangan.

Og`iz shilliq pardasida hosil bo'lgan pufaklar juda yupqa tomli bo'lib, tikanaksimon qavatning yuqori sohalaridan akantoliz tufayli vujudga keladi. Ovqat luqmalari, til harakati ta`sirida tezda yorilib, yuza, dumaloq-suyri shaklli to'q qizil chaqalar hosil qiladi. Aksariyat og`iz shilliq pardasida pufakni kuzatish qiyin. Hosil bo'lgan chaqalar ko'rinishidan sog` shilliq pardalar yuzasida kuzatiladi. Eroziya atroflarida epiteliy ko'chkilari, bo'lakchalari kuzatiladi, ularni chetlaridan tortilsa Nikolskiy alomati oson chaqiri-ladi. Ayrim hollarda eroziya yuzalarini parda qoplagandek bo'lib, uni shtapel yordamida oson ko'chirish mumkin va u parda emas, pufak tomi, ya`ni epiteliy ko'chkisi hisoblanadi. Agar o'z vaqtida tashxis qo'yilmay, davo boshlanmasa, yakka-yakka siyrak toshmalar ortidan ko'plab toshmalar lunj, milk, tanglay sohalarida paydo bo'ladi, yangi eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar qo'shilib yirik-yirik o'choqlar ho-sil qiladi. Ularning bitishi sust bo'lib, uzoq davom etadi. Ovqatlanish, gaplashish og`riq tufayli og`irlashadi, gipersalivasiya tufayli lab burchaklari bichiladi, og`riydi. Bunday bemorlar og`iz bo'shlig`i-dan qo'lansa is anqiydi. Pufak va chaqalar og`iz shilliq pardasidan tashqari lab qizil hoshiyasi, og`iz burchaklari, iyak, dahanda ham paydo bo'ladi. Toshmalar ko'pincha qo'shilib lab qizil hoshiyasi va teri yuzasidagi chegara yo'qoladi. Jarohat yuzasi qonli, yiringli qaloqlar bilan qoplanib, joylarda namlik, joylarda quriq yoriqlar vujudga keladi. Ayrim hollarda ovoz bo'g`ilishi kuzatiladi, bu hol yutqun jarohatlanganidan darak beradi.

Oddiy po'rsildoq yara ko'pincha yutqunning jarohatlanishi bilan boshlanib, uzoq vaqt bilinmaydi.

Seboreyali po'rsildoq yaraning og`iz shilliq pardasidagi klinik kechishi oddiy po'rsildoq yaradan farq qilmaydi. U terida yog`li qaloqlar bo'lishi holida kechib, asosan, boshning soch qismi, burun qanotlari burmasi, lab burchaklari, quloq suprasi burmalari, ko'krak qafasi sohasida kuzatiladi. YUzda xususan, yonoq, burun devorlari, qanotlari sohasida, peshonada eritematoz o'choqlari holida kechgani sababli "qizil yugirik" ko'rinishini eslatadi va shu sabab eritematoz tur deb ham ataladi.

Tashxis. Tashxis uchun asosiy belgi – Nikolskiy simptomi hisoblanib, u oson chaqiriladi. Agar chegaralangan jarohat holida og`iz shilliq pardasi shikastlansa va Nikolskiy simptomi musbat bo'lsa, po'rsildoq yara tashxisi yakuniy deb bo'lmaydi, sababi bu simptom allergik medikamentoz stomatitlarda ham uchraydi. SHu sabab tashxis qo'yish sitologik tekshiruv, ya`ni bosma surtmadan akantolik hujayra topilishiga asoslanadi.

Akantolik hujayrani aniqlash uchun o'choqdan, ya`ni pufak tubi chaqadan, bir bo'lak kanselyariya rezinkasi yordamida surtma olinib, buyum oynachasiga surtiladi. Ashyo quritilib, spirt yordamida fiksasiya qilinadi, so'ngra Romanovskiy-Gimza usulida bo'yaladi. Akantolitik hujayra o'zgargan tikansimon hujayra bo'lib, u dumaloq shaklli va yirik siyohrang yadroga ega. Hujayra sitoplazmasi bir xil rangga ega emas: yadro atrofi och zangori rangda, chekkalari esa to'q ko'kish tusga ega. Akantolitik hujayralar to'p-to'p bo'lib joylashadi. Hujayralar soni kasallik avj olgan va qaytalangan paytda ko'payadi.

Po'rsildoq yara og`iz shilliq qavatida uchrasa, birlamchi toshmasi pufakli kasalliklar bilan qiyoslanadi. Po'rsildoq yarani pufakli dermatozlar bilan qiyoslaganda pufaklarni epiteliyga nisbatan joylashishini inobatga olish zarur. Pemfigoidda pufaklar subepitelial joylashadi, shu sababli ular qalin tomga ega va uzoq vaqt yorilmay saqlanadi, ularni kuzatish mumkin. Pemfigoidda hosil bo'lgan eroziyalar biroz yallig`langan, qizargan asosga ega va ko'pincha ularning yuzasi fibrinoz parda bilan qoplangan bo'ladi. Po'rsildoq yara tashxisida xal qiluvchi ahamiyatga ega belgilar: bosma-surtmadan akantolitik hujayra musbatligiga, IFR javobi, tikanaksimon qavat hujayralararo substansiyalarida yig`ilishini kuzatishdir.

Oddiy po'rsildoq yaradan ko'z po'rsildoq yaraning farqi shuki, kon`yuktivada chandiq kuzatiladi. Ayrim, kam hollarda oddiy po'r-sil-doq yara ham ko'z kon`yuktivasini jarohatlashi mumkin, ammo hech qachon chandiq hosil qilmaydi va izsiz yo'qoladi.

Ko'p xilli eksudativ eritema o'tkir boshlanib, mavsumiylikka ega va nisbatan qisqa vaqt davom etadi (4–5 hafta) hamda rivojlangan yallig`lanish bilan xarakterlanadi, ayniqsa og`iz shilliq pardalari, lab sohasidagi toshmalar. Bosma-surtmadan akantolitik hujay-ra bo'lmasligi, Nikolskiy simptomlari kuzatilmasligi bilan farq qiladi.

Klimatik gingivit va pufak tomirlari sindromi oddiy po'rsil-doq yaradan shu bilan farq qiladiki, bu kasalliklarda og`iz shilliq pardalarida doimo pufakni ko'rish mumkin. Nikolskiy simptomi (–), akantoliz kuzatilmaydi.

Prognoz. Kortikosteroid preparatlarni qo'llangunicha bo'lgan davrlarda prognoz yomon hisoblangan. Kortikosteroid preparatlari faqatgina jarayonni to'xtatadi, shu sabab ularni to'xtovsiz, uzoq muddat qabul etishga to'g`ri keladi, bu esa o'z navbatida turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.

Davolash. Po'rsildoq yarani davolashda kortikosteroidlar va sitostatik preparatlar tayinlanadi. Kortikosteroidlardan prednizolon, deksametazon, triamsinolon qo'llaniladi. Prednizolon katta zarba beruvchi miqdorda tayinlanib, bemor holati inobatga olinadi. 50–80 mg sutkaga (deksametazon 8–10 mg sutkaga, triamsinolon 40–80 mg).

YUqori miqdordagi dorini toshmalar toshishi tugab, chaqalar epitelizasiyaga uchrashigacha bir miqdorda qabul qilinadi, so'ng gormonlar miqdori kamaytirila boshlanadi. Prednizolon sutkalik miqdorini har 5 kunda 5 mg dan kamaytirilib, minimal miqdor ta`minlovchi miqdor deb ataladi. Ko'pincha bu miqdor 10–15 mg prednizolonga teng. SHunday tarzda davolash natijasida uzoq vaqtdan so'ng dorini man etish, taxminan 20% bemorlarga nasib etadi. Katta miqdorda prednizolon tayin etilsa, kuniga 2–3 g. kaliy xlorid yoki boshqa xil kaliy preparati (kaliy asetat, orotat kaliy, "asparkam"), askorbin kislotasi yuqori miqdori va turli vitaminlar tayin etiladi, vaqti-vaqti bilan anabolik steroidlar (nerabolil, retabolil, fenobolil) tayinlanadi. Suv-tuz almashinuvini regulyasiya qilish maqsadida diuretik vositalar: gipotiazid, furosemid tayin etiladi. Piodermiya vujudga kelishining oldini olish maqsadida antibiotiklar tayin etilishi kerak.

Po'rsildoq yara shunday kasallikki, kortikosteroidlar qo'lla-ni-shiga monelik yo'q, sababi shu preparatlargina bemorlarni o'limdan saqlab qoladi.

Mahalliy davolash. Og`iz shilliq pardasini turli xil dezinfeksiyalovchi va dezodorasiyalovchi vositalar bilan chayqash, eroziyalar-ni anilin bo'yoqlari bilan ishlov berish zarur. Eroziya o'choqlari-ni mumkin qadar tez epitelizasiyalanishi uchun og`iz bo'shlig`ini sana-siya qilish hamda rasional protezlar zarur. Lab qizil hoshiyasi jaro-hatlansa antibiotik va kortikosteroid saqlovchi mazlar va 5% dermatol mazi surtish zarur. Po'rsildoq yara bilan og`ruvchi bemorlar dispanser hisobida turadilar va ambulator davolanib, bepul dori oladilar.

Pemfigoid faqat ko'rinishi pemfigusga (pufaklar borligi bilan) o'xshash kasalliklar guruhi pemfigoidlar deb ataladi va bu guruh quyidagi kasalliklarni o'z ichiga oladi:

1. Leverning bullyoz pemfigoidi, parampemfigus yoki xususiy noakantolitik po'rsildoq yara.

2. CHandiqlanuvchi pemfigoid.

3. Faqat og`iz shilliq pardasi noakantolitik xushfe`l po'rsil-doq yarasi. Bu guruh kasalliklarning asosiy belgisi ularning xushfe`l kechishi, pufakchalarning subepitelial (subepidermal) joyla-shishi, akantoliz va Nikolskiy alomati yo'qligidir.

BULLYOZ PEMFIGOID

Bullyoz pemfigoid, asosan, 50 yoshdan katta kishilarda uchrab taxminan 10 % hollarda kasallik og`iz shilliq pardasining jarohat-la-nishi bilan boshlanadi.

Klinik ko'rinishi. Terida, ayrim hollarda qizargan dog` yuzasida tarang tomli, seroz suyuqlik saqlovchi pufak hosil bo'lishi bilan boshlanadi. Pufak o'rnida hosil bo'lgan eroziya nisbatan tez epitelizasiyaga uchraydi. Og`iz shilliq pardasida, ayrim hollarda biroz shishgan va giperemiyalangan yuzada 0,5–1 sm diametrga ega bo'lgan, tarang tomli va seroz, kamroq gemoragik suyuqlik saqlovchi pufak vujudga keladi. Ular bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanadi, so'ng yorilib eroziya hosil bo'ladi, asta-sekin fibrinoz parda bilan qoplanib, epitelizasiyaga uchraydi.

Tashxisi. Og`iz shilliq pardasida joylashgan bullyoz pemfigoidni birinchi navbatda po'rsildoq yara bilan qiyosiy tashxis qilmoq zarur.

Bullyoz pemfigoidning chegaralangan holatda og`iz shilliq pardasida uchrashi, uni qolgan guruh pemfigoidlardan farqlanishini qi-yin-lashtiradi. CHegaralangan bullyoz pemfigoidning klinik ko'ri-ni-shini, fa-qatgina og`iz shilliq pardasining xushfe`l kechuvchi noakantolitik po'r-sil-doq yarasi-dan farqlash juda qiyin. Agar toshmalar teriga ham toshsa tashxis oson-lashadi. RIF tashxisda yordam beradi: faqat og`iz shilliq parda xush-fe`l kechuvchi noakantolitik po'rsildoq yarada nurlanish qaytishi kuza-til-maydi, chandiqlanuvchi pemfigoidda bevosita RIF musbat bo'ladi.

Klimakterik gingivitda pufaklarning milklarda hosil bo'lishi shu yoshdagi ayollarga xos, pufak o'rnida hosil bo'lgan eroziyalar tezda bitadi va yallig`lanish alomatlarisiz kechadi. Klimakterik gingivit amboseks guruhi preparatlari bilan muvaffaqiyatli davolaniladi, bu guruh preparatlar esa pemfigoidga ijobiy ta`sir eta olmaydi.

Joylashgan medikamentoz eritema, turli xil medikamentoz toksikodermiyalar kabi dorilar iste`mol etilgandan so'ng, og`iz shilliq pardasida hosil bo'ladi. Jarayon eritema va pufak bosqichlari bilan kechadi, shu sabab jarohat eroziya va uning atrofida rivojlangan eritematoz dog` holida kuzatiladi.

Prognoz – hayot uchun xavfsiz. Uzoq remissiya bilan kechadi.

Davolash. Eng samarali vosita bo'lib, kortikosteroidlar hisob-lanadi, misol uchun prednizolon 20–30 mg sutkada va difenildiamin-sulfon (DDS). SHuni aytish kerakki, kortikosteroidlarning samarasi po'rsildoq yaradagiga nisbatan kam.

DYURINGNING GERPETIFORM DERMATOZI

(DERMATOZIS HERPETIFORMIS)

Gerpetiform dermatoz (dermatit Duhring) yoki Dyuring kasalligi doimo terida qichimali, guruh-guruh joylashgan polimorf toshmalar toshishi bilan boshlanadi, og`iz shilliq pardasi jarohatlanishi 10% bemorlardagina kuzatiladi.

Klinik ko'rinishi. Gerpessimon dermatozda qanday toshmalar (pufak, pufakcha, dog`, tuguncha, bo'rtma, yiringcha) holida toshishidan qat`iy nazar, toshmalar guruh-guruh bo'lib toshadi, kasallik avjlanishi galogen preparatlar qabul qilinishi, ayniqsa yod preparatlari qabul qilingach kuzatiladi.

Toshmalar, asosan, qalin va tarang tomli subepitelial, o'lcham-la-ri no'xot kattaligidek pufakchalar holida tosha boshlaydi. Pufak-cha-lar shaffof suyuqlik saqlab, suyuqlik tarkibida 15–40% zozino-fillar aniqlanadi, pufakchalar atrofi shilliq pardasi biroz shi-shib, giperemiyali bo'ladi. Pufakcha yorilgach, eroziyalar nisbatan tez bitadi. Ni-kolskiy simptomi manfiy, bosma-surtmada akantolitik hujayra yo'q, aksincha zozinofillar aniqlanadi. Qonda zozinofiliya, kam ri-voj-langan leykositoz kuzatiladi. Kasallik davriy (siklik) kechishi bilan xarakterlanadi. Kasallikka YAddosoning yodli sinamasi xos, ya`ni 50% kaliy yod mazi sog` teriga surtilsa, 24–28 soatdan keyin shu sohada guruh-guruh toshmalar paydo bo'ladi.

Prognozi – yaxshi.

Davolash. Sulfon preparatlari bilan davolanadi: DDS 0,05–0,1 g dan 1 kunda 2 mahal tayin etilib, qon tahlil nazoratda 5 kunlik davriy ravishda, 3 kunlik tanaffus bilan beriladi.

Kasallik profilaktikasi bug`doy va javdar mahsulotli ovqatlar-dan parhez qilinishi kerak.

Oddiy uchuk (HERPES SIMPLEX)

Oddiy uchuk (pufakchali temiratki) yoki oddiy gerpes (herpes simplex), ko'p uchrovchi terining virusli kasalligi hisoblanadi. Kasallik har ikkala jinsda, har xil yoshda uchraydi. Kasallikning joylashishi, kechishi va og`irligiga qarab bir necha turi farqlanadi.

Etiologiyasi. Oddiy uchuq chaqiruvchisi filtrlanuvchi virus hi-soblanadi. Bugun odam gerpes virusi bilan chaqiriladigan hasta-liklar soni ko'payib dunyoda gripp kasalligidan keyingi o'rinni egallaydi. Gerpes viruslarining turlaridan odamda OGV–1 (yuz uchu-g`i) va OGV–2 (genital gerpesi) turi ajratilgan. Jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar guruhiga genital gerpes qo'zg`atuvchisi OGV–2 kiritilgan.

Patogenezi. Organizmga virus turli yo'llar bilan tushadi (havo tomchi yo'li, teri va shilliq pardalar orqali) va gerpetik infeksiya klinikasini yuzaga keltirib, organizmda bir umr qolib ketadi, latent holatdan aktiv holatga o'tib, kasallikning qaytalashiga olib ke-ladi. Virus teri, shilliq qavatlar periferik va markaziy nerv sistemasi, jigar, qon tomirlar endoteliysini va qon hujayra-larini (T-lim-fositlar, eritrositlar, trombositlarni) zararlaydi va (OGV-2) odam hujayrasining genetik tizimiga integrasiyalanib hujayra-lar-ning atipik trasformasiyalanishiga olib keladi (bachadon bo'yin ra-ki). Ko'p hollarda virus organizmda tinch holatda turib klinik alomat-larsiz kechadi va bu odamlar infeksiya manbai va tar-qa-tuvchilardir. Gerpes kasalligining tez-tez qaytalab turishiga va og`ir kechishiga gumoral va hujayra immunitetining ahamiyati juda katta.

Kasallik patogenezida va uning qaytalashida quyidagi omillarning ahamiyati katta: organizmning issiqlanishi, sovuq qotishi, yuqumli kasalliklardan keyingi holat, rak va boshqa holatlar, qaysiki, hujayra immunitetining susayishiga olib keluvchilar.

Klinikasi. Oddiy uchuqning ko'p uchrovchi sohasi tabiiy yoriqlar atrofi hisoblanadi: burun qanotlari, og`iz burchaklari, lab qizil hoshiyasi, jinsiy a`zolar. Dastlab bir joyda, kamroq ikki va undan ortiq sohalarda chegaralangan giperemiya yuzasida o'lchamlari moshdek yoki mayda no'xotdek pufakchalar hosil bo'ladi. Har bir o'choqda pufakchalar 2–3 tadan 8–10 tagacha etadi. Pufakchalar guruh-guruh joylashib, shaffof eksudat saqlaydi, suyuqlik 2–3 kunda xiralashadi. Ayrim hollarda pufakchalar tomi birikib, 1–1,5 sm li ko'pkamerali pufak hosil bo'ladi, pufak chetlari gajimdor ko'rinishga ega. Keyinchalik pufakchalar qurib sarg`ish-qo'ng`ir qaloqga aylanadi va 5–6 kundan so'ng ko'chadi. Qaloqlar o'rnida biroz qizg`ish yoki pigmentli dog` qoladi. Ayrim hollarda esa pufakchalar 2–3 kundan so'ng yoriladi va to'q qizil rangli, atrofi gajimdor eroziya hosil bo'ladi. Pufakchalar toshishi sanchiq, achishish, ayrim hollarda atrof to'qi-ma-larning shishishi bilan kechadi. Bemorning umumiy ahvoli odatda o'z-garmaydi, ayrim bemorlargina holsizlik, mushaklar og`rishi, et uyushi-shidan shikoyat qiladilar. Tana harorati 38–39° S gacha ko'ta-ri-lishi mumkin.

Gerpetik stomatit – oddiy uchuqning bir ko'rinishi hisoblanadi. Pufakchalar og`iz shilliq pardasida tarqoq holda toshadi va lab, lunj, milk hamda tanglayni jarohatlaydi. SHishib, qizargan shil-liq pardada to'p-to'p pufakchalar hosil bo'lib, 1 soat ichida yoriladi va ular o'rnida mayda gajimdor eroziyalar ko’zatiladi. 2–4 kun o'tgach, eroziya yuzalari mayin, yupqa fibrinoz parda bilan qoplaydi. 6–14 kun va undan uzoqroq vaqt o'tgach eroziyalar epitelizasiyaga uchraydi.

Bemorlar gipersalivasiya va og`riqdan shikoyat qiladilar.

O'tkir gerpetik (o'tkir aftoz) stomatit 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda tashxis qilinadi. Bexosdan boshlanib, ayrim hollarda kamqonlik, harorat ko'tarilishi kabi holatlar bilan boshlanadi. Giperemiyalanib shishgan shilliq parda yuzasida aftasifat toshma toshadi, toshma har xil sohada joylashishi mumkin. Oddiy gerpetik tosh-ma-dan farqli o'laroq ular markazidan nekrozlangan afta ko'rini-shida bo'lib, atrofi o'tkir yallig`langan halqa bilan o'ralgan holda bo'ladi. Ular o'lchami 0,5–10 sm keladi. Dastlab toshmalar chegarali bo'lib, juda afta ko'rinishiga o'xshab ketadi, ko'plab toshmalar ko’za-til-sa, qo'shilib, katta-katta eroziv yarali o'choqlar vujudga keladi. Jarayon gipersalivasiya va kuchli og`riq bilan kechadi.

Ayollarda jinsiy a`zolar sohasi uchug`i qo'zg`atuvchisi homila va yangi tug`ilgan chaqaloqlarning zararlanishiga sabab bo'ladi. Bunda homila tash-lash, homila o'limi yoki har turdagi nuqsonlarning paydo bo'lishi ko’zatilishi mumkin. SHular bilan bir qatorda virus bachadon bo'yni raki (saratoni) rivojlanishiga asosiy sabab bo'lib hisoblanadi.

Keyingi yillarda jinsiy yo'l bilan yuqadigan turli infeksiyalar ko'payib ketib, birgalikda kechishini hisobga olgan holda, genital gerpes bilan murojaat qilgan bemor nikohdan tashqari, ko'p va betartib jinsiy aloqalar borligini ko'rsasa – bu bemorni boshqa JYBYUIlarga tekshirish maqsadga muvofiqdir.

Tashxis. Tipik klinik ko'rinish va joylashish bilan kechgan oddiy uchuq tashxisi qiyinchilik tug`dirmaydi. Og`iz shilliq pardasida joylashib, gerpetik stomatit holida kechsa ko'p xilli eksudativ eritema yaralari bilan qiyosiy tashxis qilinadi.

Ko'p xilli eksudativ eritemada mavsumiylik (bahor, ko’z) bor; o'ta qizarib shishgan shilliq pardada yirik pufak hosil bo'lib, tezda yoriladi. YOrilgan pufak o'rnida yirik, noaniq shaklli eroziya o'chog`i hosil bo'ladi va fibrinoz parda bilan qoplanadi. Lab qizil hoshiyasida pufak suyuqligi tezda qurib, qalin qonli qaloq vujudga kela-di. Gipersalivasiya ko’zatilib, ovqatlanish og`riqli va qiyin bo'ladi.

Differensial tashxisi:

1. Siphilis primaria.

2. Herpes zoster.

3. Impetigo contagiosa.

4. Ulcus vulvae acutum.

Pufakchalar yorilib, eroziya hosil bo'lganda birlamchi zaxm tosh-malariga o'xshab ketadi. Ammo shankrning oval shaklli, atrofi qizar-magani, qattiq-elastik infiltrat borligi, yuzasidan oqish trepone-malar topilishi, shu bilan birgalikda achishmasligi, uni qiynal-masdan oddiy uchuqdan ajratishga imkon beradi.

Laorator tekshiruv usullari: polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR).

QAMRAB OLUVCHI TEMIRATKI (HERPES ZOSTER)

Qamrab oluvchi temiratkini filtrlanuvchi virus chaqiradi. Har ikkala jinsda ham uchrab, har xil yoshlarda ko’zatiladi, ammo 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda uchramaydi.

Kasallik o'tkir kechib, qattiq nevralgik og`riqlar bilan ko’zatiladi va tana harorati ham ko'tariladi.

Klinikasi. Asosan periferik nerv tolalari bir tomonlama jarohatlanadi, ko'pincha qovurg`alararo nerv jarohatlanib, nerv tolalari yo'nalishi bo'yicha toshma toshib, og`riq bezovta qiladi.

Uchlamchi nervning birinchi va uchinchi shoxi jarohatlansa og`iz shilliq pardasida toshmalar toshishi ko’zatiladi. Toshmalar xuruj-xuruj qilganday toshadi, ular paydo bo'lgach, harorat ko'tariladi. Giperemiyalangan teri yuzasida guruh-guruh pufakchalar paydo bo'lib, ular dastlab seroz suyuqlik saqlaydi, asta-sekin suyuqlik loyqa-lanadi, qurib seroz qaloq hosil qiladi. Dastlabki guruh toshmalaridan so'ng navbatdagi guruh toshmalar paydo bo'lib, nerv tolasi yo'nalishini qoplaydi. Toshmalar bir vaqtda toshmaydi, shu sabab bir bemorda har xil toshma: eritema, pufakcha, seroz qaloqlar, eroziyalar ko’zatiladi, eroziyalar cheti mayda gajimdor. Qaloqlar ko'chib, eroziya bitgach, o'rnida ikkilamchi dog` hosil bo'ladi.

Og`iz shilliq pardasining chegaralangan holdagi jarohatlanishi juda kam uchraydi. Qamrab oluvchi temiratki oddiy uchuqdan farqli o'laroq bir tomonlama jarohat chaqirib, toshmalar nevralgik og`riq bilan kechadi va toshmalardan oldin bezovta eta boshlaydi. Pufakchalar tanglay, lunj, til shilliq pardasida joylashadi. Til jarohatlansa jarayon tilning ikkinchi yarmiga ham o'tadi va uni 2/3 qismini egallaydi, bu holat til innervasiyasi bilan bog`liq, sababi uchlamchi nerv shoxlari bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi. O'ta shishgan, qizargan shilliq pardada hosil bo'lgan to'p-to'p pufakchalar tezda yorilib, gajimdor eroziyalar hosil qiladi. Eroziya yuzalari 2 kunda zich fibrinoz pardalar bilan qoplanadi. Qamrab oluvchi temiratki uzoq kechib, ayrim hollarda 5 hafta davom etadi.

Kam quvvatli, og`ir xastalikka chalingan bemorlarda kasallikning gangrenoz turi ko’zatiladi. Bu hollarda toshmalar o'rnida yaralar hosil bo'lib, o'rnida chandiqlar qoladi.

Qamrab oluvchi temiratki o'zidan so'ng immunitet qoldiradi, qaytalashi ko’zatilmaydi. Ammo og`ir kasalliklar bilan og`rigan kishilarda, immunitet susayishi ( rak, leykoz) qaytalash va tarqoq turi ko’zatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda kasallikdan so'ng nevralgik og`riq uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Patogenezi. Kasallikni filtrlanuvchi virus chaqiradi, u der-matoneyrotrop xususiyatga ega. Virus, bolalarda suvchechak chaqiruvchi virus bilan bir xildir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar: sovuq olishi, surunkali intoksikasiyalar, qon kasalliklari, o'sma kasalliklari.

Davosi. Birinchi navbatda analgetiklar (analgin, baralgin) tayin etiladi. Asetilsalisil kislotasi yoki amidopirin 0,5 g. dan kuniga 3–4 marta, antibiotiklar, xususan, rifampisin 0,6 g. 1 sutkada (0,3 g. dan 2 mahal). Vitaminlardan V12 – 500 m/o har kuni. Mahalliy anilin bo'yoqlarining spirtdagi eritmalari, virusga qarshi ta`sirga ega vositalar, saqlovchi mazlar (aklovir 5%, tebrofen 2%, oksalin 3%) tayin etiladi. Mahalliy qo'shimcha quruq issiq ta`siri, UBN, ultratovush, diadinamik tok nerv yo'nalishi bo'ylab tayin etiladi.

YUQUMLI MOLLYUSK

YUqumli mollyusk degenerativ va sitoliz holatlari bilan kechadigan virus kasallik.

Etiologisi va patogenzi. Kasallik qo'zg`atuvchisi (Molluscovirus hominis) filtrlanuvchi, DNKli virus bo'lib, aksariyat bog`cha, kichik maktab yoshdagi bolalarda (1–7 yosh) kasallik chaqiradi. Ularga kasallik to'g`ridan-to'g`ri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish-tovoq, o'yinchoq va boshqalardan yuqishi mumkin. Ayrim holat-larda kasallik bolalar muassasasida epidemik tarqalib ketishi mumkin. Kattalarga virus maishiy- kontakt yo'li bilan birgalikda jinsiy aloqa yo'li orqali yuqadi. SHu sababli yuqumli mollyusk jinsiy yo'l bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiradi.

Klinikasi. Kasallikning inkubasion davri 2–3 haftadan bir necha oygacha davom etadi. SHundan so'ng sog`lom teri yuzasida mayda (1–2 mm), asta-sekin kattalashadigan, chegaralari aniq, yaltiroq, oqish marvarid rangli, markazida kindiksimon botiqchali, zich-elastik konsistensiyaga ega tugunchalar paydo bo'ladi. Ular yuz, ko'z atrofi, bo'yin, ko'krak, qo'l panjasi, qorin sohasi, jinsiy a`zolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari sub`ektiv hissiyotlarsiz kechadi. Tugunchalarni yon tomonlaridan siqib ko'rilganda, markazidagi botiq-cha-dan bo'tqasimon massa chiqadi. Bu massa mug`uzlangan eniteliy hujay-ralaridan iborat bo'lib, mollyusk tanachalari deb ataladi. Tugun-cha-lar son va hajmi jihatidan har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda tugunchalar ingichka asosda, oyoqchada joylashadi. YUqumli mollyuskning quyidagi klinik turlari farqlanadi: ko'p sonli mayda toshmali, ingichka asosli (oyoqchali) va gigant toshmali.

Diagnozi. Klinik belgilarga asoslanib kasallikni aniqlash qi-yin emas. YUqumli mollyuskni terining o'simtali toshmalari va jinsiy a`zolarda joylashgan holatlarda zaxm toshmalari bilan taq-qoslab ko'riladi. Bunda, yuqumli mollyuskni boshqa turdagi toshma ele-ment-laridan ajratib turuvchi belgi – siqib ko'rilganda, markazdagi bo-tiq-chadan bo'tqasimon massa chiqishi va mikroskopda ko'rilganda, katta, oval, protoplazmasida kiritmalari bor hujayralar (mollyusk tanachalari) topilishidir. Jinsiy aloqa orqali kasallik yuqtirilgan hollarda zaxm va OIVga qon tekshiruvlarini o'tkazish o'rinlidir.

Davosi. Tugunchalar pinset bilan siqib tashlanadi yoki o'tkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olinadi, ba`zan diatermokoagulyasiya, kriodestruksiya usullari qo'llaniladi. O'rni – 2–5% li yodning spirtli eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga qarshi (bonafton, oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) malhamlar surtiladi.

Ikkilamchi infeksiya bilan asoratlangan hollarda antibiotikli malhamlar (tetrasiklin, sintomisin, eritromisin va boshqalar) ishlatiladi.

So’gallar

So’gallarni papillamatoz virus chaqiradi. So’gallarning 4 turi bor: oddiy , yassi, utkir uchli kandilomalar. So’gal hamma yoshdagi kishilarda uchraydi, oddiy va yassi ko’proq bolalarda va yoshlarda uchraydi. Kassallik yuqumli.

Oddiy so’gal , asosan , qo’llarda, yuzda, lab qizil hoshiyasida, lab burchagiga yaqin sohasida, juda kam hollarda og’iz shilliq pardasida uchraydi. Oddiy so’gal diametric 1 sm gacha boruvchi tugunchadan tashlkil topgan. Tuguncha teri sathidan ancha ko’tarilib turadi, rangi qo’ng’ir yoki teri rangida, zich konsistensiyada. Uzoq saqlanuvchi yirik so’gal yuzasida so’rg’ichsimon o’simtasi bo’lib, yuuzasi muguzlanib turadi.

Yassi so’gal koproq bolalarda va yoshlarda ko’zatiladi. O’lchamlari 3 mm gacha bo’lgan, teri yassi sathidan biroz ko’tarilib truvchi, ko’pincha polygonal shaklidagi tugunchalardan iborat. Rangi teri rangida yoki pushti, qo’g’ir tusda bo’ladi. Bu xil so’gallar ko’p uchrovchi sohalar: qo’l panjasi, yuzalari va yuz terisi. Yuzda ko’plab toshsa, lab qizil hoshiyasida ham ko’zatiladi. Ayrim bolalar biroz qichishidan shikoyat etadilar.



Davolash.

Yuqoridagi tur so’gallarda virusga qarshi 3% li oksalin , 5% li tebrofen, 0,5% bonafton mazlari ishlatiladi

Davolash. YUqoridagi tur so'gallarda virusga qarshi 3% li oksalin, 5% li tebrofen, 0,5 % bonafton mazlari ishlatiladi. Suggestiv terapiya ham ijobiy ta`sir ko'rsatadi. Krioterapiya va elektrokoagulyasiya yaxshi samara beradi.

O'TKIR UCHLI KANDILOMALAR



YUmshoq konsistensiyali, bo'lak-bo'laklardan tashkil topgan va ko'rinishi "gulkaram", "xo'roz toji"ni eslatuvchi, ingichka "oyoqcha"da turuvchi hosiladir. Rangi pushti yoki sog` teri rangida, ta`sirlanish natijasida kattalashadi. O'tkir uchli kandilomalar, asosan, jinsiy a`zo, anal soha, olat toji, yopqichi sohasi, qinga kirish sohasida, bolalarda esa burun, yonoq, burun-lab burmalari sohasida uchraydi. Davosi: jarrohlik usulida olib tashlanadi.
Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish