T oshkent davlat stomatologiya instituti



Download 2,11 Mb.
bet1/3
Sana05.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#530837
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Kalla suyagining topografiyasi – ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, chakka va chakka osti qanot tanglay chuqurchalari, devorlari, ochiladigan teshiklar va yoriqlar ularning klinik ahamiyati


T OSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI


REFERAT
Mavzu: Kalla suyagining topografiyasi – ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, chakka va chakka osti qanot tanglay chuqurchalari, devorlari, ochiladigan teshiklar va yoriqlar ularning klinik ahamiyati.

Bajardi: __________________________
Tekshirdi: __________________________

Toshkent-2022

Kalla suyagining topografiyasi – ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, chakka va chakka osti qanot tanglay chuqurchalari, devorlari, ochiladigan teshiklar va yoriqlar ularning klinik ahamiyati
Yonoq suyagi os. zygomaticum old tarafidagi pastki uchi vositasida yuqori jag‘ suyagi bilan birlashadi. Ustki burchagi peshona suyagi bilan birlashganligi uchun peshona о‘simtasi processus frontalis hosil bо‘ladi. Pastki-yon tarafdan chakka suyagi bilan birikkanligi uchun chakka о‘simtasi processus temporalis hosil bо‘ladi. Yonoq suyagida yon yuza - facies lateralis, kо‘z kosasiga qaragan yuza - facies orbitalis, chakka yuzasi - facies temporalis tafovut etiladi. Kо‘z kosasiga qaragan yuzada – kо‘z kosa-yonoq teshigi foramen zygomaticoorbitale, yon yuzada yonoq yuz-teshigi foramen zygomaticofaciale, chakka yuzasida esa yonoq-chakka teshigi foramen zygomaticotemporale bо‘ladi. Bu teshiklar о‘zaro tutashgan bо‘lib - yonoq kanalini hosil qilishda qatnashadi.
Tanglay suyagi os palatinus - yuqori jag‘ suyagi bilan ponasimon suyakning qanotsimon о‘simtalari orasida joylashadi. Tanglay suyagi gorizontal va vertikal plastinkalardan iborat. Gorizontal plastinka lamina horisontalis old tomonda yuqori jag‘ning tanglay о‘simtasi bilan birikadi va qattiq tanglayni hosil qilishda qatnashadi va shu sababdan pastki yuzasiga facies palatina, uning qirrasiga esa crista palatina deyiladi. Yuqori yuzasi burun bо‘shlig‘iga qaraganligi uchun facies nasalis deyiladi. Bu yuzada dimog‘ suyagi birlashadigan qirra crista nasalis tafovut etiladi. Bu qirra orqa sohada orqa burun uchi - spina nasalis posterior bilan yakunlanadi. Gorizontal plastinkaning tanglay yuzasining yon tarafida katta tanglay teshigi foramen palatinum major, orqaroqda esa ikki-uchta kichik tanglay teshiklari foramina palatina minor kо‘rinadi. Bu teshiklar katta tanglay kanali canalis palatinus major ga davom etadi. Gorizontal va vertikal plastinkalarning birlashish joyidagi piramidasimon о‘simta processus pyramidalis ponasimon suyakning qanotsimon о‘simtalari orasiga kirib turadi.
Tanglay suyagining perpendekulyar plastinkasi lamina perpendicularis burun bо‘shlig‘i orqa sohasining yon devorlarini hosil qilishda qatnashadi va yuqori jag‘ suyagining burun bо‘shlig‘iga qaragan yuzasining davomi bо‘lib hisoblanadi. Bu yuzani burun yuzasi facies nasalis deb atalib, ikkita qirra tafovut etiladi. Pastki chig‘anoq qirrasiga crista conchalis - pastki burun chig‘anog‘i, yuqorigi g‘alvirsimon crista ethmoidalis qirraga о‘rta burun chig‘anog‘i birikadi. Perpendikulyar plastinkasining orqa qismining lateral yuzasida katta tanglay egati - sulcus palatinus major kо‘rinadi. Bu egat yuqori jag‘ suyagining va ponasimon suyak qanotsimon о‘simtasidagi xuddi shunday egatlar bilan birgalikda - katta tanglay kanalini hosil qilishda qatnashadi. Perpendikulyar plastinkaning yuqori qismida ikkita о‘siq bо‘ladi; oldingi - kо‘z kosasining devorini hosil qiluvchi - processus orbitalis; orqadagi ponasimon suyak bilan birikuvchi - processus sphenoidalis. О‘simtalar orasida esa о‘yma incisura sphenopalatina hosil bо‘ladi.
Kо‘z yosh suyagi - os lacrimale kо‘z soqqasining ichki devorini hosil etishda qatnashadi. Yuqori qirrasi peshona suyagining burun qismi bilan, pastki qirrasi esa yuqori jag‘ suyagi bilan birlashadi. Medial yuzasi g‘alvirsimon suyak bilan birlashsa, lateral yuzasi kо‘z sohasini hosil etishda qatnashadi. Lateral yuzada qirra crista lacrimalis posterior va kо‘z yosh egati sulcus lacrimalis kо‘rinadi. Bu egat yuqori jag‘ suyagi peshona о‘simtasining xuddi shunday egati bilan kо‘z yosh xaltachasining chuqurchasi fossa sacci lacrimalis ni hosil etadi.
Burun suyagi - os nasale - tо‘rt qirrali, yassi suyaklar turkumiga kiradi. Medial qirralari vositasida о‘zaro birlashadi. Lateral qirralari yuqori jag‘ suyagining peshona о‘simtasi bilan birlashadi. Yuqori qirrasi peshona suyagining burun qirrasi bilan birikadi. Pastki qirrasi erkin bо‘lib, burun bо‘shlig‘ining noksimon teshigini chegaralab turadi. Burun suyagida g‘alvirsimon suyak egati –sulcus ethmoidalis va mayda teshiklar faramena nasalia bо‘ladi.
Dimog‘ suyagi - vomer - tо‘rt qirrali, yassi suyaklar guruhiga kiradi. Yuqori qirrasi ikki qanotga bо‘linib turadi va ala vomeris deyiladi. Bu qanotlar orasiga ponasimon suyakning qirrasi kirib turadi. Dimog‘ suyagining pastki qirrasi yuqori jag‘ suyagining burun bо‘shlig‘iga qaragan qirrasi crista nasalis bilan va tanglay suyagining shunday qirralari bilan birlashadi. Oldingi qirrasi esa g‘alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi bilan birlashadi. Orqa qirrasi erkin xolda turib, burun bо‘shlig‘ini ikkiga bо‘lib turadi. Dimog‘ suyagining ikki yon yuzasida burun-tanglay - sulcus vomeris egatlari bо‘lib, kesuv tishlar orasidagi teshik tomoniga yо‘naladi. Dimog‘ suyagining orqa sohasida qirralar bо‘lib crista choanalis vomeris, ponasimon qismiga pars cuneiformis vomeris deyiladi.


Til osti suyagi - os hyoideum - kalla suyaklarini hosil etishda qatnashmaydi. Bо‘yin mushaklari orasida joylashadi. Uning joylashishi VI bо‘yin umurtqasi sohasiga tо‘g‘ri keladi. Kalla suyaklari bilan boylam va mushaklar vositasida birlashadi. Til osti suyagida tanasi - corpus, juft xoldagi katta shoxlar - cornua majora va kichik shoxlar - cornua minora tafovut etiladi.

Yuqori jag‘ - maxilla - kallaning yuz qismini hosil etishda qatnashadigan, g‘ovakli suyaklar guruhiga kiradi. Bu suyakda tanasi – corpus maxillae va tо‘rt о‘simtasi tafovut etiladi. Peshona suyagi bilan birlashadigan, yuqori tarafga yо‘nalgan о‘simta - processus frontalis, tanglay suyagi bilan birlashadiga о‘simtaga - processus palatinus, yonoq suyagi bilan birikuvchi о‘simtaga - processus zygomaticus, tishlar joylashadigan о‘simtaga - processus alveolaris deyiladi. Yuqori jag‘ suyagining ichida katta, havo saqlaydigan bо‘shliq - sinus maxillaris bо‘lib, burun bо‘shlig‘i bilan aloqa bog‘laydi. Yuqori jag‘ suyagining tanasida tо‘rtta yuza tafovut etiladi. a) oldingi yuza – focies anterior; b) kо‘z kosasi yuzasi – facies orbitalis ; g) chakka osti yuzasi – facies infratemporalis; d) burun yuzasi – facies nasalis. Oldingi yuza - facies anterior yuqori qismida kо‘z kosasining ostki qirrasi - margo infraorbitalis bilan chegaralanadi. Oldingi yuzaning lateral yon qismida yonoq-alveolyar qirra bilan yonoq о‘simtalari joylashadi. Oldingi yuzaning pastki qismida tishlar joylashadigan alveolyar о‘simta oylashadi. Ikki tarafda esa burun bо‘shlig‘ini hosil etishda qatnashadigan burun о‘ymasi - incisura nasalis kо‘rinadi. Burun о‘ymasi pastda qirrali о‘simta – spina nasalis anterior bilan chegaralangan.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish